Ingliz tili 1-fakulteti | O’zDJTU
2.5K subscribers
8.73K photos
871 videos
33 files
1.14K links
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

•https://www.instagram.com/ingliz_1_fakulteti?stkn=MTM2aTUyZm10cjZlOQ==

📩 Matbuot kotibi: @c_xsnva
Download Telegram
🇺🇿Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti 👍Yoşlar ittifoqi kengaşi hamda “Eko taraqqiyot va yaşil ğoyalar” koordinatori hamkorligida taşkil etilgan “ECO QUIZ: CHILL & LEARN” ekologik tadbiri bölib ötdi.

Ekologiya va tabiat muhofazasiga befarq bölmagan faol talabalar bir joyga jamlanib, öz bilim va iqtidorlarini atrofliça namoyon etişdi.Tadbirkorlik va ekologik ongni oşirişga qaratilgan uşbu bellaşuvda talabalar nafaqat mantiqiy hamda qiziqarli savollarga javob berişdi, balki jamoaviy muhitda muloqot qiliş, yangi döstlar orttiriş va foydali ma’lumotlarni özlaştiriş imkoniyatiga ega bölişdi.

Bellaşuv yakuniga köra, yuqori bilimi, zukkoligi va ekologik madaniyati bilan ajralib turgan eng faol iştirokçilar va ğoliblar taşkilotçilar tomonidan munosib ravişda taqdirlandilar. Uşbu tadbir talaba-yoşlarda tabiatga bölgan mehr-muhabbatni va “yaşil ğoyalar”ni yanada rivojlantiriş yölida muhim qadam böldi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3❤2
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🇺🇿 Bugun, 2-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida talaba-yoşlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqaraşini boyitiş va ekologik madaniyatini oşirişga qaratilgan bir qator tadbirlar bölib ötdi.

📚 “Faynberg izdoshlari” tögaragining ilk maşğuloti.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti 2528-guruh iqtidorli talabasi Eşmuratova Aysuliw taşabbusi hamda Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti Ingliz tili 1-fakulteti kengaşi qöllab-quvvatlaşi ostida tögarak tashkil etildi. İştirokçilar atoqli şoir va tarjimon Aleksandr Faynberg hayoti hamda ijodi haqida ma’lumotga ega bölib, şoirning şe’rlarini ifodali ijro etdilar. Maşğulot yakunida ğoliblar taqdirlandi, iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌱 “ECO QUIZ: Chill & Learn” ekologik viktorinasi.
Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti 🇺🇿Ingliz tili 1-fakulteti kengaşi hamda Eko taraqqiyot va yaşil ğoyalar koordinatori hamkorligida Ingliz tili 1-fakulteti binosi oldida ötkazilgan viktorinada talabalar ekologiyaga oid savollarga javob berib, özlarining bilimlarini sinab kördilar. Ğoliblar munosib taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6❤‍🔥3🔥2😍1
TALABALAR TURAR JOYIGA TAŞRIF

İngliz tili 1-fakulteti IPMBIB mutaxassisi D. Matyakubova hamda tyutor N. Masadikova 4-talabalar turar joyiga taşrif buyurdilar.

Taşrif davomida talabalarning yaşaş şaroitlari, mavjud imkoniyatlari va kundalik hayoti bilan yaqindan tanişildi. Şuningdek, talabalar bilan samimiy suhbat taşkil etilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Bunday taşriflardan közlangan asosiy maqsad — talabalarga yaratilgan şaroitlarni örganiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim va tarbiya jarayonida hamkorlikni yanada mustahkamlaşdan iborat.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🤩2❤‍🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Ingliz tili integrallaşgan kursi №1 kafedrasi dotsent v.b. Mirkasimova Zilola Alişerovna rahbarligida 25-26-guruh talaba qizlari hamkorligida «Careers in Tourism: Job rules, personality traits, applying and interviewing» mavzusida oçiq dars taşkil etildi.

Mavzu doirasida
Guess the tourism job
Personality traits match
Good Employee vs Bad Employee
Job interview role-play kabi topshiriqlar tashkil etildi.

Dars jarayonida faol iştirok etgan talabalar, xususan Normurodova Zarina, Isakova Muxlisa, Ergaşeva Sabrinalarga samimiy minnatdorçilik bildiramiz.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🥰3🔥1
🎭SAN’ATNING UÇ JILOSI — BIR SAHNADA

Universitetimizda
RAQS
QÖŞIQÇILIK
AKTYORLIK yönalişlarini birlaştirgan qiziqarli san’at tadbiri bölib ötadi.

✨RAQS — ÖZINGIZNING USLUBINGIZNI NAMOYIŞ ETING.
Bu yerda faqat milliy raqslar bilan çeklanib qolmaymiz! Çunki har bir raqs turining öziga xos jozibasi bor.
Özingizga yoqqan qöşiq va unga mos raqsni tanlang hamda sahnada ijro eting.
Yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda iştirok etişingiz mumkin.

🎙QÖŞIQÇILIK — MUSIQANI QANÇALIK YAXŞI BILASIZ?
Iştirokçilar 2 kişilik jamoalarga bölinadi.
🎧1-BOSQIÇ — “SÖZNI TOP!”
Bir iştirokçi quloqçin orqali qöşiq tinglaydi, ikkinçi iştirokçi esa unga turli sözlarni aytadi.
Vazifa — aytilgan sözni töğri topiş.
⏰Har bir jamoaga 5 daqiqa vaqt beriladi.
Kim eng köp sözni töğri topsa — ğolib.

✅2-BOSQIÇ — “QÖŞIQNI DAVOM ETTIR!”
Barça jamoa a’zolari navbat bilan bittadan qöşiq kuylaydi.
Bir marta aytilgan qöşiqni boşqa iştirokçi takrorlay olmaydi.
Kimning qöşiq xazinasi eng boy?
Oxirigaça qolgan iştirokçi — ğolib.

🎭AKTYORLIK — SAHNA SIZNIKI
🎬Sevimli filmingizdan biror sahnani tanlang va uni öz uslubingizda ijro eting.
Yakka yoki jamoaviy tarzda iştirok etişingiz mumkin.
Obraz, mimika, his-tuyğu va aktyorlik mahoratingizni namoyiş eting.

📅SANA: 5-noyabr
⏰VAQT: 12:30
📍MANZIL: OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti
💻Murojaat uçun: @NKN_studentka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2❤‍🔥1🤩1
«TOP MODEL: YANGI QIYOFA» LOYIHASINING 2-MAVSUMIGA KASTING EʼLON QILINADI!

📺 “Mahalla” telekanali tomonidan taşkil etilayotgan “TOP MODEL: Yangi qiyofa” loyihasining 2-mavsumida iştirok etiş istagidagi qizlar kastingga taklif etiladi!

Loyiha yangi isteʼdodlarni kaşf etiş, yoşlarning ijodiy salohiyatini namoyon etiş hamda moda va televideniye olamida öz örnini topişiga kömaklaşişni maqsad qilgan.

🛡 Kastingda kimlar iştirok etişi mumkin?

18 yoşdan katta;
böyi 165 sm va undan baland;
quvnoq, kreativ va pozitiv;
bilimga çanqoq, öziga xos xarakterga ega;
kamera qarşisida özini erkin tuta oladigan;
moda va gözallikka qiziquvçi qizlar.

Muhimi, model böliş tajribasi talab etilmaydi!

Loyihada iştirokçilarning nafaqat taşqi körinişi, balki şaxsiyati, iqtidori, dunyoqaraşi va ijodiy salohiyatiga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

🏆 Ğoliblarni qanday imkoniyatlar kutmoqda?

🥇 1-örin sohibasi respublikamizda ötkaziladigan moda namoyişida professional modellar bilan birgalikda iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi.

🥈🥉1-, 2- va 3-örin egalari kiyim-keçak hamda kosmetika brendlari bilan bir yillik hamkorlik şartnomasini tuziş imkoniyatini qölga kiritadilar.

Şuningdek, ğoliblar va iştirokçilar homiylarning qimmatbaho sovğalari hamda maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

📷 Loyiha doirasida professional fotosessiyalar, moda va podium maşğulotlari, beauty-master-klasslar, televideniye tajribasi hamda turli kreativ sinovlar taşkil etiladi.

➡️ Loyihaning doimiy hamkorlari — Bloom Beauty va Dodo Pizza.

✉️ Kastingda iştirok etiş uçun:
Telegram: @gulmiramirsalimova
Instagram: @top_model_uz

Körsatuvdan lavhani tomoşa qiliş: https://youtu.be/YqzmCY_0PVU?si=xRi5ovJw2wxrJz4y

Öz imkoniyatlaringizni namoyon eting, yangi tajribalar sari dadil qadam taşlang va özingizdagi yulduzni kaşf eting!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4