FinCode: Buxgalteriya xizmatlari va avtomatlashtirish.
Buxgalteriya va dasturlash amalda har kuni to‘qnashadigan sohalar. Dasturchi hisob mantig‘ini, buxgalter esa dasturning texnik tomonini to‘liq tushunmagan joyda oddiy operatsiyalar ham ortiqcha vaqt va asab talab qila boshlaydi.
O‘zim 4 yildan buyon 1C dasturchisi hamda 3 yildan beri bosh buxgalter sifatida ishlab kelyapman. Bu yo‘nalishda birinchi yoki yagona emasman, albatta. Lekin har ikki sohaning ichida yurganim uchun masalaga bir vaqtning o‘zida ham buxgalteriya qoidalari, ham dastur imkoniyatlari tomondan qarashga odatlanganman: buxgalter sifatida jarayondagi og‘riqlarni bilsam, dasturchi sifatida ularga qanday yechim berish mumkinligini ko‘raman.
FinCode shu ikki yo‘nalishda ishlaydi:
• Buxgalteriya xizmatlari — hisob-kitobni tartibli, to‘g‘ri va xavfsiz yuritish;
• Biznesni avtomatlashtirish — 1C va hisob tizimidagi bir xil takrorlanuvchi qo‘l mehnatini yengillashtirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni imkon qadar minimal darajaga tushirish.
Kanalda balandparvoz gaplar yoki internetdan ko‘chirilgan quruq ma’lumotlar bo‘lmaydi. Amaliyotdagi real keyslar, hisob-kitobdagi xatolar va kundalik ishni osonlashtiradigan tajribalar bilan bo‘lishib boraman.
Kuzatib boring, fikr va savollar bo‘lsa — izohlarda doim ochiqman.
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.

❤1
E-IMZO Pro Assistant — buxgalterlar uchun pro yordamchi!
Soliq va ЭДО portallarida o‘nlab kalitlar ichidan keragini qidirish, parol terish va biridan chiqib boshqasiga o‘tish har kuni 30–60 daqiqa vaqt oladi. Ayniqsa hisobot davrining so‘nggi soatlarida tezkorlik juda muhim.
Shu jarayonni tezlashtirish uchun amaliyotimdan kelib chiqib E-IMZO Pro Assistant kengaytmasini ishlab chiqdim va Chrome do‘koniga chiqardim.
Kengaytma nima beradi:
• STIR, JSHSHIR yoki korxona nomi bo‘yicha tezkor qidiruv;
• Saytdan chiqmasdan (logout qilmay) boshqa kabinetga o‘tish;
• Master parol bilan parollarni xavfsiz saqlash;
• Faol kabinet ko‘rsatkichi va qisqa tugmalar (
Ish vaqtini kamida 3–4 barobar tejaydi. Hozircha Didox, my.soliq.uz, oldmy.soliq.uz va Bojxona saytlarida ishlaydi.
Kengaytma lokal tartibda (faqat sizning kompyuteringizda) ishlaydi — ma’lumotlar tashqariga chiqmaydi.
Chrome, Edge va Opera brouzerlari uchun moslangan.
📥 O‘rnatish:
Chrome web extension
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
Soliq va ЭДО portallarida o‘nlab kalitlar ichidan keragini qidirish, parol terish va biridan chiqib boshqasiga o‘tish har kuni 30–60 daqiqa vaqt oladi. Ayniqsa hisobot davrining so‘nggi soatlarida tezkorlik juda muhim.
Shu jarayonni tezlashtirish uchun amaliyotimdan kelib chiqib E-IMZO Pro Assistant kengaytmasini ishlab chiqdim va Chrome do‘koniga chiqardim.
Kengaytma nima beradi:
• STIR, JSHSHIR yoki korxona nomi bo‘yicha tezkor qidiruv;
• Saytdan chiqmasdan (logout qilmay) boshqa kabinetga o‘tish;
• Master parol bilan parollarni xavfsiz saqlash;
• Faol kabinet ko‘rsatkichi va qisqa tugmalar (
Alt+E).Ish vaqtini kamida 3–4 barobar tejaydi. Hozircha Didox, my.soliq.uz, oldmy.soliq.uz va Bojxona saytlarida ishlaydi.
Kengaytma lokal tartibda (faqat sizning kompyuteringizda) ishlaydi — ma’lumotlar tashqariga chiqmaydi.
Chrome, Edge va Opera brouzerlari uchun moslangan.
📥 O‘rnatish:
Chrome web extension
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
👍2❤1
Kengaytma (extension) o‘zi nima?
Brauzer kengaytmasi (extension) o‘zi nima va u kompyuterga qanday o‘rnatiladi?
Kecha e’lon qilingan yordamchidan so‘ng ko‘pchilik hamkasblarimizda «Bu kompyuterga o‘rnatiladigan yangi dasturmi?», «Fayl yuklab olishim kerakmi?» degan haqli savollar tug‘ildi.
Keling, dasturchilik atamalarisiz, buni oddiy tilda tushuntirib beraman:
• Bu yangi dastur emas: Kompyuteringizga .exe fayl yoki alohida begona dastur yuklab olmaysiz. Windows sozlamalariga yoki kompyuter xotirasiga hech narsa yozilmaydi.
• Bu — brauzeringiz ichidagi qulay vosita: Kengaytma (extension) xuddi brauzeringizdagi «Tarjimon» (Google Translate) yoki xatcho‘p (zakladka) kabi Chrome, Edge yoki Opera ichiga qo‘shiladigan kichik yordamchi tugmadir.
• O‘rnatilishi 1 soniya: Rasmiy Chrome do‘konidagi havolaga kirib, shunchaki ko‘k rangli «Установить» tugmasi bosiladi, tamom. O‘chirish ham xuddi shunday — istalgan vaqtda sichqonchaning chap tugmasi orqali brauzerdan butunlay o‘chirib yuboriladi.
Boshqacha aytganda, bu sizning amaldagi brauzeringizga Didox yoki Soliq kabinetlarida ishlashni osonlashtiradigan bitta qulay tugma qo‘shish demakdir.
Navbatdagi postda bu yordamchining xavfsizligi va kalitlar masalasiga to‘xtalamiz.
Shuningdek, bugun kanalga kengaytmani o‘rnatish va uni amalda sinab ko‘rish bo‘yicha qisqa video ham joylayman.

Bu assistent xavfsizmi?
«Kalitlarim va parollarim o‘g‘irlanmaydimi?» — Xavfsizlik bo‘yicha ochiq javob.
Buxgalter sifatida bu xavotirni juda to‘g‘ri qabul qilaman. Qo‘limizdagi har bir E-IMZO kaliti ortida korxona mablag‘lari va shaxsiy javobgarligimiz turibdi. Ehtiyotkorlik — buxgalter uchun shart bo‘lgan eng to‘g‘ri xislat.
Shu sababli, tizim qanday ishlashini oddiy va ochiq tushuntirib beraman:
• Kalitlarni ko‘chirib olmaydi: Kengaytma kompyuteringizdagi E-IMZO dasturining o‘rniga ishlamaydi yoki ERI kalitlarga tegmaydi. U faqat har kuni o‘zingiz qo‘lda qiladigan «kalitni qidirish» va «parolni kiritish» harakatingizni tezlashtirib beruvchi pult vazifasini bajaradi xolos.
• Internetsiz ham ishlaydi: Kengaytmaning shaxsiy tashqi serveri yo‘q. Kompyuteringizdan internet simini sug‘urib qo‘ysangiz ham u ishlayveradi. Internetga ulanmagan narsa esa hech qanday ma’lumotni tashqariga chiqara olmaydi.
• Master parol himoyasi: Parollarni saqlashda o‘zingiz bitta umumiy master parol o‘rnatasiz. Xonadan chiqayotganda bitta tugma bilan panelni qulflab ketsangiz, kompyuteringizga boshqa kimdir o‘tirsa ham kalitlardan foydalana olmaydi.
• Rasmiy do‘kon nazorati: Dastur Google kompaniyasining Chrome Web Store rasmiy do‘konidan o‘tgan. U yerda har bir ilova xavfli kodlar yoki viruslar bor-yo‘qligiga jiddiy tekshiriladi.
Qisqa aytganda: bu yordamchi ERI kalitni o‘ziga olmaydi, balki stolingizda sochilib yotgan o‘nlab kalitlarni tartibli qutiga joylab, keraklisini bir zumda qo‘lingizga tutqazib turadi.
Bugun kanalga kengaytmaning brauzerga o‘rnatilishi va Didox hamda Soliq kabinetlarida qanday ishlashini ko‘rsatuvchi amaliy video joylayman — o‘zingiz ko‘rib, baho berishingiz mumkin bo‘ladi.

23-sentyabr kuni e’lon qilinishi kerak bo‘lgan video qo‘llanma montaj jarayoni va texnik sozlamalar sababli biroz kechikdi — buning uchun uzr so‘rayman.
Material to‘liq tayyor bo‘ldi. Ko‘rish oson va qulay bo‘lishi uchun uni 3 ta qisqa videoga bo‘ldim:
1. Brauzer kengaytmasi (extension) o‘zi nima?
2. E-IMZO Pro Assistant xavfsizmi yoki xavfmi?
3. Portallarda tizimdan qanday foydalanamiz?
Bugun soat 19:00 dan boshlab videolarni shu kanalga ketma-ket joylab boraman.
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
1. Brauzer kengaytmasi (extension) o‘zi nima?
2. E-IMZO Pro Assistant xavfsizmi yoki xavfmi?
3. Portallarda tizimdan qanday foydalanamiz?
Bugun soat 19:00 dan boshlab videolarni shu kanalga ketma-ket joylab boraman.
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-qism: Google Extension (kengaytma) o‘zi nima?
Ko‘pchilik hamkasblarimizda kengaytma haqida eshitganda «Bu qandaydir begona dasturmi?», «Kompyuterimga virus tushmaydimi?» degan savol va xavotirlar paydo bo‘ldi.
Ushbu qisqa videoda:
• Extension (kengaytma) aslida nima ekani;
• U kompyuter tizimiga emas, faqat Chrome brauzeriga qanday ulanishi;
• O‘rnatish uchun kompyuterga hech qanday alohida fayl yuklanmasligi sodda tilda ko‘rsatib berildi.
Keyingi qismlarda kengaytmani o'rnatish, uning xavfsizligi, kalitlar va parollar bilan qanday ishlashi haqida to‘xtalamiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2-qism: E-IMZO Pro Assistant nima? U siz o‘ylagandek xavfmi yoki yordamchi?
Har bir buxgalter qo‘lidagi E-IMZO kaliti ortida korxona hisob-raqamlari va shaxsiy javobgarlik turishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun yangi vositaga ehtiyotkorlik bilan yondashish — eng to‘g‘ri qaror.
Ushbu videoda barcha xavotirlarga amaliy javob berildi:
• Kengaytma
• Tashqi serverga ulanmasdan, to‘liq oflayn (lokal) ishlashi;
• va boshqa xavfsizlik tartiblari tushuntirildi.
Keyingi (yakuniy) qismda tizimdan Soliq va Didox portallarida amalda qanday tezkor foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
Har bir buxgalter qo‘lidagi E-IMZO kaliti ortida korxona hisob-raqamlari va shaxsiy javobgarlik turishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun yangi vositaga ehtiyotkorlik bilan yondashish — eng to‘g‘ri qaror.
Ushbu videoda barcha xavotirlarga amaliy javob berildi:
• Kengaytma
.pfx kalit fayllarini o‘ziga ko‘chirib olmasligi va kompyuteringizdan tashqariga chiqarmasligi;• Tashqi serverga ulanmasdan, to‘liq oflayn (lokal) ishlashi;
• va boshqa xavfsizlik tartiblari tushuntirildi.
Keyingi (yakuniy) qismda tizimdan Soliq va Didox portallarida amalda qanday tezkor foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-qism: E-IMZO Pro Assistant’dan foydalanish yo‘riqnomasi
Endi har gal Didox yoki Soliq portallaridan chiqib, qayta-qayta kalit qidirish va parol terishga hojat yo‘q.
Ushbu videoda tizimning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatildi:
•
• STIR yoki korxona nomi bo‘yicha tezkor qidirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi kabinetga o‘tish;
• Kun davomida soatlab vaqt oladigan bir xil mayda harakatlarni yo‘qotish.
YouTube’dagi to‘liq videoga havola: youtube.com/@fincode24
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
Ushbu videoda tizimning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatildi:
•
Alt + E qisqa tugmasi orqali yordamchi panelni 1 soniyada ochish;• STIR yoki korxona nomi bo‘yicha tezkor qidirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi kabinetga o‘tish;
• Kun davomida soatlab vaqt oladigan bir xil mayda harakatlarni yo‘qotish.
Eslatma: Videoning oxirgi qismi ataylab tezlashtirildi. Dasturning barcha imkoniyatlari, nozik jihatlari va to‘liq sozlamalarini o‘z ichiga olgan 24 daqiqalik to‘liq video yo‘riqnoma YouTube kanalimizga joylandi.
YouTube’dagi to‘liq videoga havola: youtube.com/@fincode24
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
❤2👍1
E-IMZO Pro Assistant bo‘yicha to‘liq amaliy qo‘llanma YouTube kanalimizda!
Ko‘plab buxgalter va tadbirkorlar kun davomida o‘nlab
Ushbu muammoni bartaraf etuvchi E-IMZO Pro Assistant brauzer yordamchisi bo‘yicha to‘liq videoni tomoshabinlarga qulay bo‘lishi uchun 2 qismga bo‘lib YouTube kanalimizga joyladik:
🔹 1-qism: O‘rnatish, xavfsizlik va my.soliq.uz bilan ishlash • Kengaytmani Chrome do‘konidan o‘rnatish; • Ma’lumotlar xavfsizligi va master-parol sozlamasi; • my.soliq.uz portalida
🔹 2-qism: Didox, Old-Soliq, Bojxona va qo‘shimcha imkoniyatlar • Didox.uz portalida hisob-fakturalarni imzolash; • Eski soliq (my2.soliq.uz) va Bojxona (dep.customs.uz) portallarida kalitlarni almashtirish; • Ishni tezlashtiruvchi nozik sozlamalar va ko‘p beriladigan savollar. 👉 2-qismni tomosha qilish: [2-video havolasi]
Kengaytmani o‘rnatish uchun bosing: E-IMZO Pro Assistent
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
Ko‘plab buxgalter va tadbirkorlar kun davomida o‘nlab
.pfx kalitlari orasidan keraklisini qidirishga, parollarni qayta-qayta terishga qimmatli vaqtini sarflaydi.Ushbu muammoni bartaraf etuvchi E-IMZO Pro Assistant brauzer yordamchisi bo‘yicha to‘liq videoni tomoshabinlarga qulay bo‘lishi uchun 2 qismga bo‘lib YouTube kanalimizga joyladik:
🔹 1-qism: O‘rnatish, xavfsizlik va my.soliq.uz bilan ishlash • Kengaytmani Chrome do‘konidan o‘rnatish; • Ma’lumotlar xavfsizligi va master-parol sozlamasi; • my.soliq.uz portalida
Alt + E qisqa tugmalari orqali kabinetlararo tezkor o‘tish. 👉 1-qismni tomosha qilish: [1-video havolasi]🔹 2-qism: Didox, Old-Soliq, Bojxona va qo‘shimcha imkoniyatlar • Didox.uz portalida hisob-fakturalarni imzolash; • Eski soliq (my2.soliq.uz) va Bojxona (dep.customs.uz) portallarida kalitlarni almashtirish; • Ishni tezlashtiruvchi nozik sozlamalar va ko‘p beriladigan savollar. 👉 2-qismni tomosha qilish: [2-video havolasi]
Kengaytmani o‘rnatish uchun bosing: E-IMZO Pro Assistent
@finncode — Aniq hisob, to‘g‘ri tizim.
YouTube
E-IMZO Pro Assistant (1-qism): O‘rnatish, xavfsizlik va my.soliq.uz portalida tezkor ishlash
Ko‘plab buxgalter va mutaxassislar kun davomida o‘nlab E-IMZO kalitlari orasidan keraklisini qidirishga qimmatli vaqtini sarflaydi. Ushbu videoda ushbu muammoni to‘liq hal qiluvchi E-IMZO Pro Assistant kengaytmasi bilan tanishamiz.
Videoda:
• Brauzer kengaytmasi…
Videoda:
• Brauzer kengaytmasi…
E-IMZO Pro Assistant: Amaliyotdagi natijalar va yangi bosqich rejalari
Didox.uz, Soliq.uz va Bojxona kabi portallarda ERI kalitlari bilan ishlashni tezlashtirish maqsadida taqdim etilgan brauzer kengaytmasidan foydalanayotgan amaliyotchi hamkasblarimizga murojaat qilmoqchimiz.
Hozirda loyihaning keyingi bosqichi ustida ish bormoqda — kengaytma qamrovini yangi davlat va korporativ axborot tizimlariga kengaytirish hamda ishlash barqarorligini yanada oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Yangi funksionalni ishlab chiqishda aynan sizning kundalik ish tajribangiz, takliflaringiz va duch kelingan noqulayliklarni inobatga olish biz uchun muhim.
Amaliyotda ishlatayotganlardan qisqa so‘rov:
• Kengaytma kundalik hisobot va fakturalar bilan ishlashingizda qanchalik qulaylik yaratmoqda?
• Portallarda qotish, kalit tanlashda kechikish yoki boshqa biror texnik xatolikka duch kelmadingizmi?
• Keyingi yangilanishlarda aynan qaysi saytlar integratsiyasini ko‘rishni istaysiz?
Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Bundan tashqari, loyiha bo‘yicha savollar, o‘rnatishdagi tushunmovchiliklar yoki kengaytma imkoniyatlarini bilish uchun sun’iy intellekt (Gemini AI) integratsiya qilingan maxsus maslahatchi botimiz xizmatingizda. Bot loyiha tafsilotlari bo‘yicha istalgan savolingizga 24/7 rejimida professional javob beradi:
👉 @FinCodeHubBot (E-IMZO Pro Assistant bo‘limi)

Hisobotlarni topshirib boʻlgan aksar buxgalterlar 😂😂..
😁1
Assalomu alaykum, aziz hamkasblar.
Foyda solig‘i hisobotlarni topshirish bilan o‘tgan shiddatli, mas’uliyatli kunlar ortda qolib, biroz sokin va tartibli pallaga keldik.
Ushbu qizg‘in jarayonda E-imzo Pro Assistantdan foydalanib, uning qulayliklarini amalda sinaganlar oramizda ko‘p bo‘ldi deb o‘ylayman.
Bizda esa yangiliklar talaygina. Kengaytmani yanada qulay va barqaror qilish maqsadida yangilanishlarni ikki bosqichda taqdim etaman:
Yaqin kunlardagi tezkor reliz:
• Ma’lum bo‘lgan kichik xatoliklar to‘liq bartaraf etildi;
• Kalitlarni qidirish funksiyasi aytish kerakki, yuqori darajada rivojlantirildi;
• Yana bir nechta portallarida ishlash imkoniyati qo‘shildi.
Navbatdagi yirik yangilanish:
Tizim imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqadigan kattaroq funksional ustida ishlayapman (buning tafsilotlari bo‘yicha tez orada alohida post qilaman).
Mazkur yangilanishlar har kungi ishingizni yanada yengillashtirishiga ishonaman.
📥 O‘rnatish:
Chrome web extension
@finncode - Aniq hisob, to'g'ri tizim.

Google
E-IMZO Pro Assistant - Chrome Web Store
O'zbekiston davlat va tijorat portallarida E-IMZO kalitlarini tezkor qidirish, saralash va 1-tugma bilan kirish yordamchisi.