Road to Final
35 subscribers
1 photo
1 video
2 links
"Finalgacha taktika haqida gaplashamiz"
Download Telegram
Channel created
Ushbu statistika o'tgan mavsum davomida Barselona yuqori liniya sabab ushlagan ofsaydlar soni. 201 ta!

Ha, o'tgan mavsumdagi Barsaning haybatli ko'rinishi xohlaymizmi, yo'qmi o'sha riskka asoslangan futbol mevasi edi.

Seviliya - Barselona (4-1) o'yinini o'tkazib yuboribman. Hozirgina uchrashuv "highlights"ini ko'rdim: Sevilya 4 golidan 1 tasini penaltidan, qolgan 3 tasini yuqori liniyani bir xil uslubda buzish natijasida uribdi. Qizig'i, Sevilya futbolchilari o'yin davomida 10 marta ofsayd holatiga tushishgan.

Barsa yuqori liniyasini qanday buzish kerakligini o'tgan mavsum Kompanining Bavariyasi va yana bir qancha jamoalar ko'rsatib bergandi. Bu mavsum Enrike ham odatiy, avval o'zi ishlagan ko'rinishda namoyish qilib berdi.

90 daqiqa yuqori himoya chizig'ida o'ynashga harakat qilish ayni paytdagi Barselonaning eng asosiy muammosi, deb o'ylayman. Birinchidan, bunga "anti" topilib bo'lindi. Ikkinchidan, yuqori liniya futbolchilardan yuqori konsentratsiya, jismoniy kuch talab qiladi. Jamoaning ayni paytdagi jismoniy holati uchun bu yanada og'irroq yuk.

Xo'sh, unda nima qilish kerak?
- Agar bu holat keyingi o'yinlarda ham takrorlanaversa, bu masala qiyin-ku, lekin Flik o'z falsafasiga o'zgartirish kiritishi kerak. Balki himoyani orqaroqda ushlar, balki futbolchilardan 90 daqiqa emas, deylik, 50-60 daqiqa yuqori liniyada turib berishlarini talab qilar.

Aksiga olib, hozircha bu mavsum uchun Hansining riskni kamaytirish yo'lida taklif qilgan 1-g'oyasi ham o'xshamayabdi.

Finalgacha... πŸͺ™
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀5πŸ‘4πŸ’―3
Road to Final
Ushbu statistika o'tgan mavsum davomida Barselona yuqori liniya sabab ushlagan ofsaydlar soni. 201 ta! Ha, o'tgan mavsumdagi Barsaning haybatli ko'rinishi xohlaymizmi, yo'qmi o'sha riskka asoslangan futbol mevasi edi. Seviliya - Barselona (4-1) o'yinini…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana o'sha avvalroq Kompani Keyn ijrosida ko'rsatib bergan, keyinchalik barcha shu yo'sinda Barsaning yuqori himoya liniyasini bemalol buzib o'tayotgan uslub.

1/2

Finalgacha... πŸͺ™
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀4πŸ’―4🀝3🀯1