This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Serial Haqida Qisqacha:
"Borsa kelmas" (From) seriali Amerika bo‘ylab sayohat qilayotgan odamlarning yo‘lida to‘satdan yiqilgan daraxt chiqishi va ularning boshqa yo‘l qidirib, g‘alati bir shaharchaga kirib qolishi bilan boshlanadi. Bu shaharchaning asosiy dahshati shundaki, undan chiqib ketishning imkoni yo‘q — qaysi yo‘nalishga qarab yurmasin, barcha yo‘llar aylanib kelib yana shaharcha markaziga olib chiqaveradi.
Shaharcha aholisi kunduzi nisbatan tinch yashasa-da, tun tushishi bilan haqiqiy dahshat boshlanadi: o‘rmon ichidan inson qiyofasidagi, doimo sovuq tabassum bilan yuradigan maxluqlar chiqib keladi. Bu maxluqlar yugurmaydi, qichqirmaydi, aksincha, juda xotirjamlik bilan uylarning derazalarini taqillatib, odamlarni aldab ichkariga kirishga harakat qiladi. Agar kimdir tasodifan eshikni ochsa yoki derazani yopishni unutsa, bu jonzotlar uy ichidagi barcha tirik jonni vahshiylarcha parchalab tashlaydi.
Aholi faqat qadimiy tosh tumorlar (talismanlar) yordamida uylarini himoya qiladi. Serial davomida shaharchaning o‘zini o‘zi tayinlagan "shirifi" Boyd Stivens va yangi kelgan Mettyuzlar oilasi bu sirli joyning kelib chiqishini aniqlashga, o‘rmonning tubidagi g‘alati daraxtlar va "portal"larning sirini ochishga hamda uyga qaytish yo‘lini topishga harakat qiladilar. Har bir yangi ma’lumot esa bu joyning biz bilgan dunyodan ancha yiroq va qorong‘u ekanligini ko‘rsatib boradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥2🔥1