Filarmoniya.uz
691 subscribers
7.78K photos
1.83K videos
3 files
1.86K links
O'zbekiston davlat filarmoniyasi

Instagram: https://instagram.com/filarmoniyauz

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100078041283159

☎️ +998712344440
Kassa: +998712349945

Manzil: Toshkent, 100017 Navoiy kochasi 2
Download Telegram
#Milliy_party

Poytaxtimizning Sergeli tumani “Yangi Bunyodobod” mahallasida yorqin yulduzlar ishtirokida “Milliy party” konsert dasturi bo’lib o’tdi.

O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, "O'zbekkonsert" davlat muassasasi tashkilotchiligida o'tkazilgan mazkur musiqa oqshomi tuman aholisiga zavqli taassurotlar taqdim etdi.

Dj shou, qiziqarli flesh-moblar, taniqli yulduzlar ijrosidagi eng so'nggi xitlar, teatr va kino aktyorlari, bloger va vaynerlarning chiqishlari muxlislarga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Jazirama yozning farahbaxsh oqshomlarida tashkil etilayotgan mazkur gala konsertlardan ko'zlangan maqsad tuman aholisi va mehmonlariga sifatli madaniy xizmat ko'rsatish, xushkayfiyat ulashish va dam olish kunlarini mazmunli o'tkazishlariga imkoniyat yaratishdan iborat.

Shunday ekan, har shanba va yakshanba kunlari o'tkaziladigan mazkur madaniy dasturlarga tashrif buyuring, aziz muxluslar!

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
Parijga Temuriylar, Boburiylar kelganmi yo'qmi bilmadimu - lekin aniq To'maris kelgan ekan!

O‘zbekistonning birinchi oltin medali muborak!

Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova finalda g‘alaba qozondi va 52 kg vaznda chempionga aylandi. O‘zbekistonlik qizlardan yozgi olimpiadada birinchi chempion.

Sportchilarimizning zafarli yurishlari bardavom bo‘lsin!

#sport

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

@filarmoniyauz