Qachonki o‘z vazifangizdan tashqari bajarayotgan ishlaringiz sizga na moddiy, na ma’naviy foyda keltirmasa — bu ishni qilishni to‘xtating.
Ishxonada ortiqcha yukni o‘zingizga olar ekansiz, boshliqlar faqat bundan xursand bo‘lishadi. Ammo bu hursandchilikni ular na so‘z, na amal bilan sizga bildirishadi.
Unutmang: har qanday qilingan ish uchun — xoh moddiy, xoh ma’naviy — haq to‘lanishi lozim.
@fikrmcha

👍7👏3🫡2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Murod akaning bu fikrlariga qo‘shilaman.Haq gap!
Yana shuni ham aytish kerak: odamlarning haqiqiy xulqini bilish uchun ular bilan bir joyda yashash yoki ishlash kerak. Ko‘chada yoki ma’lum bir davralarda o‘tiribgina ular haqida fikr bildirib bo‘lmaydi. Qayerdadir o‘qigandim: hozir hammaning “102 qiyofasi” bor (ya’ni bir yuz, ikki qiyofa).

👍4❤1👏1
Nega yoshlik bir pasda o’tib ketdi?
30 yoshga kirasiz. Oilangiz, farzandingiz bor. Kuchingiz avvalgidek emas. Vaqtingiz avvalgidek emas.
Do’ppini qo’yib, o’tirib o’ylaysiz:
Nimani xato qildim? Nega yoshlik bir pasda o’tib ketdi?
Bor vaqtingizni ajratib, oxirigacha birgamiz degan ulfatlaringiz - o’z hayoti bilan bo’lib ketdi.
Kechalaringizni sarflagan serial, futbollaringiz - ishingizda ham, daromadingizda ham befoyda bo’lib chiqdi.
O’yinlarda yutganlaringiz, hayotda yutishingizga yordam bermadi.
Yoshlikda vaqtlari ko’p bekor ketganiga afsusda edilar Hasanxon Yahyo
Bekor o’tgan daqiqalariga achingandilar Yusuf Qarzoviy.
Biz ham ustozlardan hoziroq o’rganib, vaqtimizni tejashni boshlashimiz mumkin.
Yoki
Vaqtni uvol qilib, o’ttizga kirib, boshimiz devorga urilishini kutishimiz mumkin.

👍5👏3❤1
Juda g'alati odamlarimiz borda.
- Balki bizni ham eshitarsiz,balki biz ham haqdurmiz?!
- Yo'q, toki biz to'g'ri deb bilgan narsalarni,to'g'ri deb qabul qilmas ekansiz,sizlar nohaqsiz.
- Siz aytayotganlar noto'g'ri bo'lsa hammi?
- Ha!
G'alati elat bu,g'alati el bu!!!

👍3👏2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi yomg‘irdan keyingi ob-havo — bu siz va men nafas olishni xohlagan havo edi. Yomg‘irdan oldingi havo emas.
@fikrmcha
❤3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa...
Qarzdan boshing ham bo‘lganida,
Uyda osh-non kam bo‘lganida,
Ko‘zing tinib, nam bo‘lganida,
O‘z-o'zingga deysan: “Shunaqa...”
Unda unday, bunda bunday deb,
Hayotingdan topolmayin zeb
Ota-onang pensiyasini yeb,
O‘z-o'zingga deysan: “Shunaqa...”
Yugurasan, chopasan tinmay,
Uyqusizsan, tinchlikni bilmay.
Onang charchab ketti-ku, ahir,
Sen aytasan: “Men nima qilay?”
Goh onangga aytging keladi:
“Onajonim, sen meni kechir.”
Holatingni bolang biladi,
Nima qilay, shu ekan taqdir.
Taqdir deysan shivirlab qalbdan,
Chora so‘rab yoringdan, do‘stdan.
Bu yil shu bir kiyiming bilan
Uch faslni o‘tkazding rostan.
Shunaqa, ha, shunaqa ekan,
Qarzga botma, huddi mendaqa.
Qarzdan boshing ko‘tara olmay,
Sher yozasan keyin shunaqa
@fikrmcha
Qarzdan boshing ham bo‘lganida,
Uyda osh-non kam bo‘lganida,
Ko‘zing tinib, nam bo‘lganida,
O‘z-o'zingga deysan: “Shunaqa...”
Unda unday, bunda bunday deb,
Hayotingdan topolmayin zeb
Ota-onang pensiyasini yeb,
O‘z-o'zingga deysan: “Shunaqa...”
Yugurasan, chopasan tinmay,
Uyqusizsan, tinchlikni bilmay.
Onang charchab ketti-ku, ahir,
Sen aytasan: “Men nima qilay?”
Goh onangga aytging keladi:
“Onajonim, sen meni kechir.”
Holatingni bolang biladi,
Nima qilay, shu ekan taqdir.
Taqdir deysan shivirlab qalbdan,
Chora so‘rab yoringdan, do‘stdan.
Bu yil shu bir kiyiming bilan
Uch faslni o‘tkazding rostan.
Shunaqa, ha, shunaqa ekan,
Qarzga botma, huddi mendaqa.
Qarzdan boshing ko‘tara olmay,
Sher yozasan keyin shunaqa
@fikrmcha
👍3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi ishxona
Erkak kishi uchun yaxshi ishxonada va yaxshi jamoa bilan ishlash hayotidagi eng muhim narsalardan biridir.
Bo‘lishi mumkin, siz yaxshi ishxonadasiz, ammo atrofingizdagi jamoa yoki rahbariyatda xulq tomonlama nuqsonlar bo‘lsa, unda bu juda yomon.
Ishxonasidan baraka topganlar 1000 dan 1 ta yoki 10 000 dan 1 ta bo‘ladi.
Juda ko‘plab sohalarda ishlab ko‘rdimki, odamlarning xulqidagi go‘zallik aslo jins va yoshga bog‘liq emas.
Sizni qadrlashlari uchun eng yaxshisi bo‘lishingiz ba’zan kamlik qiladi.
Siz buni rahbaringizga isbotlashingiz mumkin, ammo rahbaringiz buni tan olmasligi va bunga e’tibor qaratmaslik ehtimoli bor.

👍7👏1😁1
O‘zbekistondagi eng katta yolg‘onni bilasizmi? Bu – shaharlararo taksi haydovchilarining “1 ta odam kerak” degan gapi.
Bu shu darajada mashhur “yolg‘on”ki, hatto haydovchilarning o‘zlari ham rostdan bittagina yo‘lovchi yetishmayotganiga ishonib qolishgandek tuyuladi. Ularning gapiga ishonib mashina oldiga kelasiz. Qarabsizki, mashina ichida yo bitta odam bo‘ladi, yo umuman hech kim bo‘lmaydi.
Eng kulgili jihati shundaki, mashinada odam yo‘qligidan sizdan ko‘ra ko‘proq haydovchining o‘zi hayratga tushgandek ko‘rinadi. Shundan keyin boshlanadi:
— Aka, 2 ta odamni falon joydan olamiz.
— Bitta odam bor edi, hozirgina ketib qolibdi.
— 5 minut o‘tirib turing.
Va shu “5 minut” degani sekin-asta 10 minutga, 20 minutga, 30 minutga, ba’zan esa 1 soatga aylanadi. Xullas, xalq tilida aytganda, “shustriy” bo‘lmasangiz, kutaverasiz.
@fikrimcha

👍4👏3😁1
Moliyaviy bilimsizlik
Siz yoshmisiz?
Unda kreditga yaqinlashmang.
Aslida esa boshqacha aytaman:
yoshingizdan qat’i nazar kreditga yaqinlashmang.
Nega?
Chunki kredit — bu eng katta stresslardan biri.
Shuni unutmang:
qarz olgan qo‘l doimo past bo‘ladi.
Qarz berganlar oldida siz har doim bir pog‘ona past turasiz. Hatto hammasi o‘zaro rozilik bilan bo‘lsa ham.
Ko‘pchilik:
“Maoshimga qarab kredit oldim”, deydi.
Lekin muammo foizda emas.
Muammo — qarzning o‘zida.
Eng to‘g‘ri yo‘l —
topayotganingizga yarasha yashash.
Avval moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi yarating.
Kamida 3–6 oylik xarajatingiz jamg‘arma sifatida bo‘lsin.
Ishoning:
kredit bo‘lmasa inson ancha xotirjam yashaydi.
Yana bir haqiqat:
Hamma qilayotgan narsa — to‘g‘ri degani emas.
Erkin yashashni xohlaysizmi?
Qarzsiz yashashni o‘rganing.

👍5❤3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pul. Ko‘pchilik insonlar suhbatga borganda pul omilini tan olishga va uni ochiq aytishga qo‘rqishadi. Sababi — ish beruvchining fikri salbiylashishi haqida noto‘g‘ri tushuncha mavjud. To‘g‘risi ham shundaymikan aslida? Ishoning, unday emas.
Menimcha, bugungi kapitallashgan dunyoda, ayniqsa “hamma narsani pul hal qiladi” degan qarash hukmron jamiyatda yashar ekanmiz, ish beruvchi bilan pul masalasini ochiqroq gaplashib olish kerak.
Agar siz shogird maqomida ishga joylashayotgan bo‘lsangiz, talablar va suhbat shaklining boshqacha bo‘lishi tabiiy. Chunki siz ushbu soha bo‘yicha hali yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emassiz.
Agar esa siz bu sohani yaxshi bilsangiz va o‘z bilim hamda tajribangiz korxonaga kerak ekanini isbotlay olsangiz, unda sizda ish beruvchi oldiga shaxsiy talablaringizni qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shuning uchun yaxshi daromad topishni istasangiz, avvalo o‘zingiz bilgan va tushungan sohada faoliyat boshlang.

👍1👏1
Har ikki holatda ham ish beruvchi bilan shartlarni aniq kelishib olish kerak!
1-Aniq vazifa
2-Aniq pul
1-Aniq vazifa
2-Aniq pul
👍3👏1