"FikrLAB"
56 subscribers
30 photos
9 videos
10 links
"FikrLAB" loyihasining rasmiy telegram sahifasi

Loyihada ishtirok etish uchun @fikrlabuzbot ga o'tib ariza qoldiring!
Download Telegram
Chet elda ko‘p ko‘rardik, turli sohalardagi yoshlar kichik klublar tashkil etib davlat kutubxonalari yoki book kafelarda muhokamalar olib borishayotganini. Bu avvalo bir sohadagi yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantiradi, qolaversa ayni shunday muhokamalarda yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik duch keladigan umumiy muammolarga yechimlar topiladi.

Bizda ham media sohasidagi yoshlar uchun shunday klub tashkil etildi. Bugun Kontent markazida “FikrLAB” yosh jurnalistlar klubining ilk uchrashuvi o‘tkazildi. Ko‘plab masalalarda fikrlashdik🔥

“Media maydonda raqabatbardosh kadr bo‘lish uchun bizga yana qanday ko‘nikmalar kerak? Nimalar ustida ishlashimiz lozim? Birgalikda qanday muammolarga yechim topa olamiz?” degan savollarga o‘zaro javob qidirdik. Bu birinchi yig‘ilishimiz, endi har haftada kamida bir marotaba uchrashuvlar tashkil etishga kelishib oldik. Nasib, yaqin oylarda natijalarimiz haqida ham ma’lumotlar berib boramiz😎💥

Klubimizga a’zo bo‘lishni istagan tengdosh hamkasblarimizga eshigimiz ochiq. Telegram orqali @Fikrlab_admin profiliga ma’lumotlaringiz va ijodiy ishlaringizdan yuborsangiz bo‘ladi!

@fikrlabuz
2🔥2❤‍🔥1👍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Kontent markazida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvi o’tkazildi. Mehmonimiz esa uzoq yillik tajribaga ega ustoz jurnalist, “Yangi media ta’lim markazi” asoschisi, Dr. Beruniy Alimov bo’ldilar.

Intervyular olishda, reportajlar tayyorlashda ko’pchilik yo’l qo’yadigan xatolar, jurnalistik etiket haqida muhokamalar olib bordik. Intervyuga tayyorlanish bosqichini batafsil ko’rib chiqdik. Suhbatdosh bilan samarali muloqot olib borishda yangicha metodlarni o’rgandik.

Bugungi yangi bilimlar va tajribalar faoliyatimizda albatta o'z natijasini ko'rsatadi! Juda qiziqarli va foydali mahorat darsi uchun tashakkurlar🔥

#kontentmarkazi #fikrLab #mahoratdarsi

@fikrlabuz
🔥5👍1
Forwarded from OVOZA | Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“FikrLab” yosh jurnalistlar klubi a’zolari uchun navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi

Efir: 20.10.2025 | 19:00
#Toshkent
Muxbir: Zarnigor Tolibova

🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM
🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2👍1
Kontent markazidagi "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining bu galgi uchrashuviga taniqli yurist, advokat Alisher Agzamovni taklif etdik🔥

OAV vakillarining qanday huquqlari bor? Qanday majburiyatlari bor? Ziddiyatli vaziyatlarda qanday yo'l tutish kerak?

Mana shunday savollarga javob oldik. Muhokamalar har doimgidan ham uzoqroqqa cho'zildi. Talashib tortishdik rosa))

Eslatma: Klubga a'zo bo'lmoqchi bo'lganlar telegram orqali @fikrlab_admin ga ma'lumotlaringizni yuborsangiz bo'ladi. Hozircha imkoniyatingiz bor.

P/s: 30 yoshgacha bo'lgan, OAVlarda rasmiy faoliyat olib borayotgan jurnalistlar qabul qilinadi!

@fikrlabuz
🔥3👏2
🎙️ “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi bu galgi yig‘inida 20 yillik tajribaga ega psixolog Go‘zal Ro‘zmetovani mehmon sifatida qabul qildi.

🧠 Uchrashuv davomida ishtirokchilar jurnalistika faoliyatida psixologik barqarorlikni saqlash, intervyular jarayonida hissiy muvozanatni yo‘qotmaslik, stress va bosimni yengish yo‘llari haqida qimmatli maslahatlar oldilar.

💬 Go‘zal Ro‘zmetova o‘zining hayotiy tajribasi va kasbiy kuzatuvlari asosida yosh jurnalistlarga nafaqat nazariy, balki amaliy tavsiyalar ham berdi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤‍🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman doirasidagi tadbirlarni yoritishda yuzlab xorijiy va mahalliy OAV xodimlari ishtirok etmoqda.

Matbuot markazida media vakillari tezkor va sifatli axborot tayyorlashi, uzatishi hamda samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱TELEGRAM | 📱INSTAGRAM
📱FACEBOOK | 📱YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvini o'tkazdik🔥

Bu galgi mehmonimiz Adliya vazirligida uzoq yillar matbuot kotibi sifatida faoliyat olib borgan, hozirda vazirlikning media markazi rahbari Sevara O'rinboyeva bo'ldilar. Mahorat darsimiz "Huquqiy va siyosiy mavzularning OAVda yoritilishi" mavzusida o'tdi.


Foydali va qiziqarli dars uchun tashakkur!

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱TELEGRAM | 📱INSTAGRAM
📱FACEBOOK | 📱YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Til bilmaslik muammosi jurnalistlarga ham ko’pincha pand beradi. Ba’zi hamkasblarimiz ishlardan ortib til o’rganolmasligi yana ba’zilarining esa til kurslariga to’lov qilishga imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Lekin baribir bugungi davrda til bilish shart, zamon talabi bu.

Mana shunday muammoga yechim sifatida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi a’zolari uchun bepul ingliz tili darslari yo’lga qo’yildi. Ishga ham halaqit bermaydi, 18:30 da boshlayapmiz. Bugun birinchi dars ham ajoyib o'tdi🔥

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱TELEGRAM | 📱INSTAGRAM
📱FACEBOOK | 📱YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1