"FikrLAB"
58 subscribers
30 photos
9 videos
10 links
"FikrLAB" loyihasining rasmiy telegram sahifasi

Loyihada ishtirok etish uchun @fikrlabuzbot ga o'tib ariza qoldiring!
Download Telegram
🎙️ “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi bu galgi yig‘inida 20 yillik tajribaga ega psixolog Go‘zal Ro‘zmetovani mehmon sifatida qabul qildi.

🧠 Uchrashuv davomida ishtirokchilar jurnalistika faoliyatida psixologik barqarorlikni saqlash, intervyular jarayonida hissiy muvozanatni yo‘qotmaslik, stress va bosimni yengish yo‘llari haqida qimmatli maslahatlar oldilar.

💬 Go‘zal Ro‘zmetova o‘zining hayotiy tajribasi va kasbiy kuzatuvlari asosida yosh jurnalistlarga nafaqat nazariy, balki amaliy tavsiyalar ham berdi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤‍🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman doirasidagi tadbirlarni yoritishda yuzlab xorijiy va mahalliy OAV xodimlari ishtirok etmoqda.

Matbuot markazida media vakillari tezkor va sifatli axborot tayyorlashi, uzatishi hamda samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱TELEGRAM | 📱INSTAGRAM
📱FACEBOOK | 📱YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvini o'tkazdik🔥

Bu galgi mehmonimiz Adliya vazirligida uzoq yillar matbuot kotibi sifatida faoliyat olib borgan, hozirda vazirlikning media markazi rahbari Sevara O'rinboyeva bo'ldilar. Mahorat darsimiz "Huquqiy va siyosiy mavzularning OAVda yoritilishi" mavzusida o'tdi.


Foydali va qiziqarli dars uchun tashakkur!

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱TELEGRAM | 📱INSTAGRAM
📱FACEBOOK | 📱YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Til bilmaslik muammosi jurnalistlarga ham ko’pincha pand beradi. Ba’zi hamkasblarimiz ishlardan ortib til o’rganolmasligi yana ba’zilarining esa til kurslariga to’lov qilishga imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Lekin baribir bugungi davrda til bilish shart, zamon talabi bu.

Mana shunday muammoga yechim sifatida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi a’zolari uchun bepul ingliz tili darslari yo’lga qo’yildi. Ishga ham halaqit bermaydi, 18:30 da boshlayapmiz. Bugun birinchi dars ham ajoyib o'tdi🔥

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱TELEGRAM | 📱INSTAGRAM
📱FACEBOOK | 📱YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️Bugun shanba, odatdagidek Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvini o’tkazdik. Bu gal taniqli jurnalist, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, O'zJOKU faxriy professori Bobur Alixanov tomonidan mahorat darsi bo’lib o’tdi.

“O‘zbekistonda axborot-media muhitini takomillashtirishda strategik yondashuv va tizimli islohatlar” mavzusida fikrlashdik, muhokamalar olib bordik!

Yana bir yangilik, endilikda Bobur Alixonov Kontent markazida tashkil etilgan bir nechta loyihalarda ishtirok etayotgan yoshlarga o’zlarining boy tajribalari asosida qiimmatli bilimlarini va tavsiyalarini berib boradilar!


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Kontent markazida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdik. Hozirgi ekologik vaziyatdan kelib chiqib bu gal “Ekologik xavfsizlik: asosiy muammolar, oqibatlar va barqaror rivojlanish yo‘llari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi🌳

Mehmonimiz esa «Oila va tabiat» ijtimoiy-siyosiy, ekologik gazetasi bosh muharriri Xusniddin Berdiyev bo’ldilar. Ekologik masalalarning OAV’da yoritilishi bo’yicha fikr almashdik, muhokamalar olib bordik🔥

Bugungi bilimlar, tavsiyalar albatta kelgusida ekologik mavzularda tayyorlaydigan materiallarimizning sifatiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi💥


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
❗️Giyohvandlikka qarshi kurash: ta’sirchan kontentlar, media mahsulotlar, tanlovlar va loyihalar. Amaliy harakatlar milliy dasturidan nimalar kutilmoqda?

Bugun Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Narkotik va o‘qotar qurollarni nazorat qilish Agentligi, SSV, DXX, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mutasaddilari ishtirokida "GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: RESPUBLIKADAGI VAZIYAT, KO‘RILAYOTGAN CHORALAR VA YANGI STRATEGIYALAR" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

⚡️Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda narkojinoyatlar soni 2 baravarga, noqonuniy muomaladan olingan narkotiklar musodarasi 67 foizga oshgan bo‘lsa, sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi
80 baravarga keskin ko‘paygan.

2024 yilda huquq-tartibot idoralarining sa’y-harakatlari natijasida 5 ta yashirin narkolaboratoriyalar faoliyatiga chek qo‘yilgan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 12 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 10 oyida respublikada 12 848 ta narkojinoyat aniqlanib, 2 tn 761 kg narkotik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan hamda iste’molga chiqib ketishining oldi olingan.


👍
Ma’lumot uchun:
Joriy yilning 3 noyabrdagi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi” qabul qilindi.


Milliy dasturda belgilangan ustivor yo‘nalishlar yuzasidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan kuch tuzilmalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan ishchi yig‘ilishda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yilgan edi.

Giyohvandlikka qarshi kurashishda qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?

🔵
Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarga nisbatan qo‘llanilayotgan muqarrar jazo haqidagi ta’sirchan kontentlar tayyorlanadi;

🔵
Taniqli san’atkorlar, xonanda, aktyor, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari bilan hamkorlikda “Yoshlar bilan birgamiz” loyixasi yo‘lga qo‘yiladi;

🔵
Qisqa va chuqur ma’noga ega bo‘lgan media mahsulotlar tayyorlanib, voyaga yetmaganlar auditoriyasini inobatga olgan holda ular ko‘p vaqt o‘tkazadigan tarmoq sahifalarida hamda LED-ekranlar orqali yoritilishi ta’minlanadi;

🔵
Badiiy va hujjatli filmlar, ko‘p qismli seriallar, teatr tomoshalarida yoshlarni qurshab olayotgan jinoyat turlarining ayanchli yakunini, ta’lim faoliyati, talabalar turar joyi va boshqa hayotiy ko‘rinishlarda namoyish etish yo‘lga qo‘yiladi;

🔵
“STOP NARKO” Telegram-boti modernizatsiya qilinib, tunu kun ishlaydigan ishonch telefoni tashkil etiladi;

🔵
Xulq-atvordagi o‘zgarishlar va ijtimoiy muhit asosida xavf guruhidagi o‘smirlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etilib, Mahalla hududlarida Ichki ishlar vazirligi mas’ulligida yoshlar patrullik guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

🔵
Maktablar, liseylar va OTMlarda “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi, narkomaniya profilaktikasiga bag‘ishlangan rasmlar, insho va teatr sahnalashuvlari tanlovlari o‘tkaziladi;

🔵
Giyohvand moddalar tarqatilishi, ular saqlanadigan joylar va uyushgan jinoyatchilik domiga tortish haqida ishonchli ma’lumot taqdim etgan fuqarolarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilinadi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Kontent markazida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi a’zolari uchun o’zgacha uchrashuv bo’ldi. Sababi bu gal mehmon sifatida 12 yil O’zbekistonning Afg’onistondagi favqulotda va muxtor elchisi sifatida faoliyat olib borgan Yodgorxo’ja Shodmonovni taklif etgandik. Yodgorxo’ja akachalik Afg’onistonni va u yerdagi jarayonlarni yaqindan biladigan odam bo’lmasa kerak deb o’ylagandik, adashmagan ekanmiz...

Yodgorxo’ja aka so'zlab bergan vaziyatlarni juda ko’pchilik hozirgacha faqat kitoblarda o’qigan yoki kinolarda ko’rgan bo’lsa kerak. Afg’oniston bilan Markaziy Osiyo va jumladan, O’zbekiston munosabatlari haqida juda foydali ma’lumotlar oldik. Mintaqamizdagi vaziyatni chuqurroq anglashimiz uchun ayni muddao bo’ldi!

P/S: Bugungi uchrashuvdan keyin yana Yodgorxo’ja aka kabi insonlarni, amaldorlarni ham klub yig’inlariga taklif etish va ochiq muloqot tarzida muhokamalar olib borish fikri tug’ildi. A’zolar o’z nashrlarida ham ushbu suhbatlarimizni e’lon qilib borishsa omma uchun ham qiziq bo’lsa kerak.


Keyingi uchrashuvlarimizga kimlarni taklif etsak, ulardan oladigan javoblarimiz sizga ham qiziq bo’ladi? Ushbu post ostiga yozib qoldiring!

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi mehmoni uzoq yillik tajribaga ega jurnalist, "Oltin qalam" mukofoti sohibi Elyor Go‘ro‘g‘liyev bo'ldilar.

Materiallar tayyorlashda uning xalqchil, tushunarli bo'lishini ta'minlash, emotsiyalarga boy kadrlarni ko'ra olish va ulardan foydalanish borasida foydali tavsiyalar berdilar!

Vaqt ajratib kelganingiz va ajoyib mahorat darsi uchun rahmat🔥

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🚀TELEGRAM 📷INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM