Kanal atrofimizdagi, jamiyatimizdagi muammolar,yangi chiqayotgan qonunlar va ularga nisbatan berilayotgan reaksiyalarning tahriri va tanqidi yoki ularning to'g'riligi haqidagi subyektiv,xolisona fikirlar ulashish maqsadida yaratildi.
๐2
Umid qilaman muammolarni hal qilish uchun tashalgan qadamimizni qo'llab-quvvatlaysiz.Qilinayotgan harakatlarimizning har birida xalqimizning manfaati ko'zlangan.
Kun.uz ning bergan ma'lumotiga ko'ra, endilikda xorijdan kirib kelayotgan aloqa qurilmalarining IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish narxlari yuqori darajada oshganligi ma'lum qilindi.Bunga berilgan haqiqiy javobni komentariyalarda ko'rishimiz mumkin.Izohlarning hech birida ijobiy fikirlar keltirilmagan.Faqatgina tizimga achinish va noroziliklarni ko'rishimiz mumkin.Narxlarning oshish sababi qilib esa noqonuniy savdoni cheklash keltirilgan.Bunda savol vujudga keladi. Insonlar qonunga qarshimi? Javob esa YO'Q.
Qonunlar fuqarolarning hayotini yaxshilash uchun yaratiladi va shunday bo'lishi kerak aslida.Bu vaziyatda esa bu qarorning hamma o'ziga bo'lgan ta'siri tahlil qilish bilan izohlar qoldirmoqda.Hamma ham yaxshiroq telefon yaxshiroq qurilma ishlatishni hohlaydi albatta. Ammo oylik maoshlarning qiymati xalqimizni cheklab qo'yadi. Shuning uchun odamlar bunday vaziyatda kreditga yoki qarzga murojat qilishi tayin. Endi esa o'sha qarzning qiymati 30% oshdi. Bu albatta xursand qiladigan xabar emas.Tangada ikkita tomon bo'ladi,ammo,qancha o'ylamay bu situatsiyadagi tanganing ikkinchi tomonini topa olmadim. Harakatlarning qonuniy bo'lishi,xavfsizlikka e'tibor qaratish albatta muhim.Lekin narxlarni oshirish bilan faqatgina xalq qiynaladi, muammo esa hal bo'lmaydi.Albatta hardoim hammasi o'zimiga bog'liq.
Fikr xolis<<
Fikr xolis<<
Chunki biz ko'p go'sht yeyapmiz,chunki oyliklar yetishini hisoblashyapti orttirish esa qiziqmas,chunki O'zbekistonda rus tilini bilganlar ishga olinadi, ozbek tili esa ustunlik berishi mumkin xolos,chunki hayotni yaxshilash deganda xalqdan pul olish tushuniladi,chunki o'zbek farzandlarining tafakkuriga bolaligidan siyosatga aralashmaslik kerak degan fikr o'yib yoziladi,chunki fan olimpiadalarda g'olib chiqqan kamida uchta tilni biladigan haqiqiy kadrlarga tankaning maktabni zo'rg'a bitirgan o'g'li,jiyani,amakivachchasi derektor,chunki bunaqa gaplar,haqiqatlar faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi komentariyalardagina bayon qilinayapti xolos.Ochiqchasiga ayta olganlar esa kasal bo'lib to'shagida yotibdi yoki qamoqxonaga yo'llanma berilgan yoki tuproqqa!!!
๐2
Assalomu alekum. Bugungi yozadigan so'zlarimga qanday mavzu yoki qanday yo'nlishdagi fikrlar ekanligini aniq bilmayman. Bilganim shuki,bu gaplar ko'ngildan chiqarib yozilayotganligi. 27- fevral 2025-yil,men Primqul Qodirovning tarixiy romani bo'lgan "Yulduzli tunlar" asarini yana bir marta o'qib tugatdim va bu oson bo'lmadi. Bu asarni 4 yil oldin o'qiganman va yana qayta o'qishga jur'atim yetmay yurardim. Lekin kitob baribir o'ziga tortaverdi. Asar buyuk sarkarda, turkiy til rivojiga katta hissa qo'shgan ijodkor, barchaga "shoh va shoir" nomi bilan tanilgan Zahriddin Muhammad Boburning hayot yo'li haqida. Asarni o'qishim davomida men Bobur bilan birga yashadim,birga ijod qildim,birga jang qildim. U his qilgan tuyg'ularni imkonim qadar his qilishga tirishdim. Lekin uning o'rnida bo'lish u yoqda tursin, u haqida o'qishning o'zi menga og'irlik qildi.Uning zafarlari-yu mag'lubiyatlari,ayriliq kechinmalari meni hayolimda bo'ron bo'lib girdobdek aylanib hamma joyni to'zitib yubordi. Boburning bolalik yillaridan to olamdan ko'z yumguniga qadar bo'lgan davri bir insonga tushishi mumkin bo'lgan eng og'ir yuk qanday bo'lishini ko'rsatib beradi. Asarni o'qib insonlarning qay darajada sofdil,sodiq va do'stlik tuyg'usini o'ziga mustahkam qalqondek qo'lidan qo'ymaganligini ko'rib bir daraja quvonsang,yana insonlarning johilligi,ularning sadoqat degan devorni osongina buzib,sotqinlikning eng jirkanch ifodasi bo'la olishini ko'rib aql va qalbing ming bo'lakka bo'linadi.Boburning hayoti misilsiz fidokorliklarning,aql va zakovatning eng oliy isboti bo'lib xizmat qiladi. Asardan namunalar keltirmoqchi bo'ldim. Ammo ular shunchalik ko'pki,butun kitobni ko'chirib chiqishimga to'g'ri kelar ekan. Shuning uchun uni chunchaki ixlos bilan o'qishni tavsiya qila olaman. Va shu joyda savol tug'uladi,nega men bular haqida oldin bilmaganman?Nima uchun bilmaymiz?Bilganimiz faqatgina ularning bir ikkita g'azallari va qayerda tug'ilganligi yoki shunga o'xshash ozgina ma'lumotlar. Qolganlari esa esda yo'q. Chunki ularning hammasi murakkab sanalar bilan bog'lab tashlangan.Men bu sanalarni kerak emas demayman,lekin asosiy ma'lumotlarni ular bilan birga eslab qolish juda qiyin va zerikarli. Tariximizni adabiy yo'nalish bilan o'rganish oson va qiziqarliroq menimcha.Albatta bular shaxsiy fikr.Ta'lim sistemasini yaxshilash qolgan barcha yo'nalishlarning rivojlanishiga olib keladi. Bu esa o'zimizga bog'liq.Va yana o'sha so'zlar, fikr xolis.Harakatlar rivojlanish uchun.