Italiyaning Milan klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Stefano Piolini mavsum yakunida oʻz lavozimidan ozod etishga qaror qildi. Bunga sabab esa Milanning yevrokuboklarda qoniqarsiz natija qayd etgani va ichki chempionatda asosiy raqibi Interga skudettoni boy bergani qilib koʻrsatilgan. Hozircha uning oʻrnini kim egallashi nomalum.
🇮🇹 Stefano Pioli 1965 - yil 20- oktabrda tugʻilgan.
🇮🇹 Stefano Pioli 1965 - yil 20- oktabrda tugʻilgan.
Madridnin Atletiko klubi Shtutgart hujumchisi Seru Girassiga qiziqish bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Diego Simeoning shaxsan oʻzi Gvineyalik forvardni jamoasida koʻrishni istayapti. Hujumchi joriy mavsumda Germaniya Bundesligasida 23 ta oʻyinda 25 ta gol kiritgan. Transfermarket hujumchini 40 million yevroga baholagan.
Seru Girassi 1996 - yil 12 - martda tugʻilgan.
Seru Girassi 1996 - yil 12 - martda tugʻilgan.
Romada ijara asosida toʻp surayotgan Belgiyalik hujumchi Romeo Lukaku masvum oxirida Chelsiga qaytadi. Bunga sabab Rimliklar futbolchi uchun Chelsi soʻrayotgan 43 million yevroni toʻlay olmasligida. Malumot uchun Lukaku joriy mavsum Roma safida A seriya doirasida 10 ta gol kiritishga movafaq boʻldi.
🇧🇪 Romeo Lukaku 1993 - yil 13 - mayda tugʻilgan.
🇧🇪 Romeo Lukaku 1993 - yil 13 - mayda tugʻilgan.
Chelsining Brazilyalik himoyachisi Tiago Silva joriy mavsum yakunida klubni tark etishi deyarli aniq boʻlib ulgurdi. Malumotlarga qaraganda himoyachiga oʻz vatanidan takliflar bor. 40 yoshli himoyachi 2020 - yildan buyon Arestokratlar sharafini himoya qilib kelayapti.
🇧🇷 Tiago Silva 1984 - yil 22 - sentabrda tugʻilgan.
🇧🇷 Tiago Silva 1984 - yil 22 - sentabrda tugʻilgan.
Rimning Latsio klubida ijara asosida oʻynayotgan Marsel futbolchisi Matteo Genduzi toʻliq shaklda Latsio tomonidan sotib olinadi. Italyan klubi 25 yoshli fransuz uchun 13 million yevro toʻlaydi. Ushbu bitimga 5 million yevro miqdorida bonuslar ham kiritiladi.
🇫🇷 Matteo Genduzi 1999- yil 14 - aprelda tugʻilgan.
🇫🇷 Matteo Genduzi 1999- yil 14 - aprelda tugʻilgan.
Messages in this channel will be automatically deleted after 1 month
