Felt, not Said
64 subscribers
554 photos
61 videos
94 links
Some feelings can only be written, not spoken.
Download Telegram
Felt, not Said
Video
Xato qilganingda senga aybdorlik va ahmoqlik hissini bermaydigan shaxs haqiqiy ne’matdir.
🍓4
Qalb qilgan tanlovini har qanday qusurlardan xoli va betakror deb biladi. Shunday qilib, qalb ko’zning pardalarini yopib qo’yadi. Shu tariqa, qalb jismga ta’sir o’tkaza olishi ma’lum bo’ladi.
O’zi qalb tanlov qilolmaydi. Tanlaganida edi, o’ylab tanlar edi.
Ammo u tanlolmaydi, ungacha yetib bormaydi. Uning ojizligi ham shunda. Balki shu sababdan, u bir “savdo” deyilar.

Deymizki: “Allohim, Senga chin muhabbat qilganlardan qil! Senga muhabbat qo’yganlarga muhabbat qilishimizni va ushbu ahdlarimizda sobit qolishimizni nasib et va qalbimizga xayrli bo’lmaganini kirgazma!”
🍓1
💌 Muhabbat hech qachon bo‘shliqda paydo bo‘lmaydi. Har bir tuyg‘uning ildizi bo‘lganidek, muhabbatning ham ko‘ngilda unib chiqishiga sabab bo‘ladigan bir fazilat, bir ma’no yoki bir joziba mavjud bo‘ladi. Ba’zan u insonning zakovati, ba’zan odobi, ba’zan esa qalbidan taralgan nurdir. Shunday ekan, muhabbatning bir sababga tayanishi tabiiy hol. Inson rostdan ham hech bir sabab va ma’nosiz seva oladimi? Agar shunday bo‘lsa, muhabbat bilan tasavvur orasidagi chegara qayerda qoladi?

Axir daraxt ham ildizsiz o‘smaydi. Muhabbat ham qalbda biror haqiqatga tutashganidagina mustahkam turadi. Faqat xayolga qurilgan tuyg‘ular esa tonggi tuman singari quyosh chiqishi bilan tarqalib ketadi. Balki muhabbatning o‘zi emas, unga yuklangan mubolag‘alar insonni adashtirar.

Muhabbatning umri uning nimaga bog‘langaniga qarab belgilanadi. Agar u vaqt yemiradigan narsalarga bog‘lansa, vaqt bilan birga zaiflashadi. Agar u suratga mahliyo bo‘lsa, surat o‘zgarganda sinovga duch keladi. Agar manfaatga qurilgan bo‘lsa, manfaat tugashi bilan ma’nosini yo‘qotadi. Chunki foniyga bog‘langan narsa foniyning qismatini ulashadi.

Ammo muhabbat boqiy ma’nolarga yuzlansa, uning qadri ham umridan uzun bo‘ladi. Chunki dengizga quyilgan daryo qurib qolmaganidek, boqiylikdan oziqlangan muhabbat ham zamon o‘zgarishlaridan qo‘rqmaydi. Shuning uchun muhabbatning kuchi uning qanchalik ehtirosli ekanida emas, balki qanchalik yuksak ma’noga bog‘langanidadir.
🍓1
Insonni eng ko’p aldaydigan narsa uning tabassumi emasmi? Axir kulayotgan har bir yuz baxtlimi? Jim turgan har bir insonning aytadigan gapi yo’qmi? Ko’p gapirgan dono bo’ladimi yoki kam gapirgan teranroq bo’ladimi?

Dardini ko’zlari bilan anglatgan oshiq qalblarda iz qoldiradi. Ammo dardini tabassumi ortiga yashirib, boshqalarga umid ulashgan inson… u allaqachon nafsini yenggan bo’ladi. Ana shunday odamni orif deydilar.

Tog’ning ulug’ligi balandligida emas, sukutidadir. Dengizning salobati to’lqinida emas, tubining cheksizligidadir. Insonning qiymati ham ovozining balandligida emas, qalbining kengligidadir.

Har kim o’z dardini gapira oladi. Ammo har kim o’z dardi bilan boshqalarga malham bo’la oladimi? Har kim sevaman deydi. Ammo har kim sevgisini odob bilan isbotlay oladimi? Har kim kuladi. Ammo kulayotganlarning bari xotirjammi?

Shuning uchun ham insonni so’zidan oldin sukuti, nigohidan oldin xulqi, tabassumidan oldin sabri tanitadi. Chunki eng chuqur haqiqatlar baqirib emas, sokin yashaladi.
🍓2
“Sendan so‘ngra hayotda yaxshilik yo‘qdur,
umrim uzun bo‘lishidan qo‘rqib yig'layapman...”

Ali roziyallohu anhunining, Fotima roziyallohu anhoning vafotlaridan so‘ng aytgan so'zlari

Ibn Kasir “Al bidaya van nihaya” kitobidan
💔2🍓1
Umr sevishni o'rganish uchun yetmagan bir paytda, nafrat qilishni qachon o'rganaqoldingiz...???
💔4🍓1
O'lguncha yashab bersak bo'ldimi?

#Suhbatdan
🍓2
Bosim qanchalik katta bo'lsa, hajm shunchalik kengayadi.

P.s Yorilib ketmaguncha o'zingdasan.

Demadi dema
🍓3
... Va sen yillardir ichida yashagan u yurakdan, jamadonlar to'la xotiralar bilan o'zingni yolg'izligingga ko'chib o'tasan...
🍓2
\
❤‍🔥1

— Почему ты не позвонила и не написала?
— Мне было плохо
— Тебе было плохо и ты не пришла. Ты не пришла рассказать мне об этом, посидеть со мной, успокоиться. Почему ты выбираешь сражаться сама, когда рядом я.

В тот момент в голове что-то перевернулось бесповоротно. Раньше мне казалось, что так и должно быть. Зачем обременять других? А оказывается все иначе… Кто-то винит тебя за то, что ты ‘жалуешься и ноешь’,а кто-то считает предательством то, что ты замолкаешь и несешь все сама.
❤‍🔥1🍓1
Har bir zarram oshiq,
Har bir zarrangga...
🍓2
Men sizni yomg`ir ostida sayrga taklif qilaman.
Hohlasangiz chiqing, hohlamasangiz iltimos chiqing...
🍓2
она долго молчала.
но молчание её было переполнено словами, криками и болью. тем, что её губы никогда не стали бы произносить.
и лишь потому, что те, кому она хотела бы это сказать, не смогли бы понять истинной сути её слов.
так что оставалось ей делать?
верно. молчать.
❤‍🔥2🍓1
🍓3
Forwarded from .
Novza metroga 5 daqiqalik masofadagi kvartiraga 2 nafar sherik qiz kerak.

2 xonali kvartiraning 1 xonasi beriladi. Uyda qulay yashash uchun barcha sharoitlar mavjud: Wi-Fi, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqa zarur jihozlar bor.

Narxi: 105$
(Kommunal to’lovlar va Wi-Fi alohida to’lanadi.)

Ozodalikka rioya qiladigan, mas’uliyatli va birga ahil yashay oladigan qizlar murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun: @zayd_maleek (profil qiz bolaniki).
❤‍🔥1