Farxod Karimov | Shaxsiy kanal
912 subscribers
26 photos
7 videos
1 file
41 links
Yaqin Sharq va Jahon siyosatining dolzarb masalalari boʻyicha ekspert, siyosiy fanlar doktori, professor Farxod Karimovning tahliliy fikr-mulohazalari taqdim etib boriladigan shaxsiy telegram sahifasi.
Download Telegram
🚫Mojarolar tufayli neft narxi oshishda davom etmoqda

🔴Jahon bozorida Brent markali neft narxi bir barrel uchun 87 dollardan oshdi. Bu 2024 yil iyul oyidan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

🔴Ma’lum qilinishicha, hafta boshidan beri Brent nefti taxminan 18 foizga qimmatlashgan. Faqat 2 mart kunining o‘zida narxlar 13 foizga o‘sgan, bu esa Ukrainadagi urush boshlanganidan beri kuzatilgan eng tez o‘sish sur’atlaridan biri hisoblanadi.

🔴Mutaxassislar bu o‘sishni Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro bilan bog‘lamoqda. AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eron hududiga zarbalar bergan, Tehron esa javob tariqasida mintaqadagi bir qator ob’yektlarga hujum qilgan.

🔴Shu bilan birga, Eron Hurmuz bo‘g‘ozini nazoratga olganini ma’lum qildi. Bu yo‘l dunyo neft savdosining muhim qismi o‘tadigan asosiy dengiz yo‘laklaridan biri hisoblanadi.

🔴Tahlilchilarga ko‘ra, agar Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat uzoq vaqt barqarorlashmasa, Brent nefti narxi 100 dollardan ham oshib ketishi mumkin. Biroq Goldman Sachs banki hozircha ikkinchi chorakda neft fyucherslarining o‘rtacha narxi 76 dollar atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

🔴Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Rossiyaning Urals markali nefti ham qimmatlashdi. Hafta boshida uning narxi 49 dollardan oshdi, bu esa 2024 yil noyabridan beri birinchi marta kuzatilmoqda.

🔴Ekspertlar fikricha, Yaqin Sharqdagi vaziyat davom etsa, jahon energetika bozorida narxlar yana o‘zgarishi mumkin.

😎 telegram 😎 instagram
🟥you tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯52
Eron qoʻshni davlatlar bilan urushish niyatida emas. Prezident Pazeshkiyon uzr soʻrab hujum qilmaslikni soʻrab chiqdi.
👍26🔥6
🌷 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak!

Aziz va muhtarama opa-singillar, qadrli onajonlar!

Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.

Hayotingiz doimo mehr, baxt, quvonch va barakaga to‘lsin.

Yuzingizdan tabassum, xonadoningizdan fayz-u baraka, hayotingizdan muvaffaqiyatlar arimasin.

Siz bor ekansiz – hayot go‘zal, dunyo nurafshon! 🌸

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💐
👍146🥰3
💡 Bugun 23:00 da Siyosatshunos Farhod Karimov bilan yopiq telegram kanalimizda suhbatimiz bor.

🎙 Mavzu: Yaqin Sharqdan kim nimani xohlaydi?

🔗 Suhbat yopiq formatda bo‘lib o‘tadi. Faqat to'lov qilganlar qatnasha oladi.

Murojaat uchun:@nurbekgofurov
👍133🔥1
AQSHning dunyo bo'ylab joylashtirilgan doimiy va muvaqqat harbiy bazalari.

Buncha xarajatni nima keragi bor ekana? Xitoyning masalan 1 tagina tashqi harbiy bazasi bor, lekin AQSHga jiddiy raqobatchi bo'la olmoqda.
AQSHning bu harbiy bazalarini moliyalashtirishini monitoring qilish deyarli imkonsiz. Shu sababli millardlab pul yuvish imkoniyatlari ochiladi bu orqali.

P.S. Muvaqqat baza deganda ma'lum bir muddatga harbiy texnikalar joylashtirib turilgani ham inobatga olingan (doimiy kontingent emas).
👍10🤯4
Ash Shara mintaqada Eron proksi kuchlaridan tozalanishi tarafdori

So'ngi paytda asosiy e'tibor Eron atrofida bo'layotgan voqealarga qaratildi. Suriya va Falastinda ham aslida voqealar to'xtab qolmadi. Suriya Prezidenti Yaqin Sharq mintaqasida Eron proksi kuchlarining to'liq tozalanishini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilmoqda. Xususan, Hizbollah tashkilotining Livanda siyosiy va harbiy harakat sifatida faoliyati tugatilishida Livan va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikni qo'llab-quvvatlamoqda.
👍3😈2🗿1
Daryo | Rasmiy kanal
Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjonda qo‘lga olindi U Bokudagi klinikalardan birida o‘z uslubida davolash uchun pulli qabul tashkil etgan. Uning qabuliga kelganlar soni ortib, yirik navbatlar paydo bo‘lgan. Batafsil — https://daryo.uz/M1bC9bKDR 👉 Obuna…
Dunyo dunyo bilan, biznikilar soqqa qilish bilan ovora. Nima deyishni bilmaysiz bu holatda. O'zbekistonliklar qolib Ozarbayjonliklarni aldab pulini olish har kimga ham emas lekin. Biznes loyihalar tuzdirish kerak bu akaga.
🤣44🔥3😁21
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Eron Iroq emas, lekin...

Ekspertlarimiz: professor, siyosatshunos Farhod Karimov va tadqiqotchi Azamat Rahimov

Tomosha qiling ➡️https://youtube.com/live/--L2DgzfU-s?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
👍7
➡️Yaqin Sharqdagi mojaroning xalqaro savdo yo‘llari va transport-logistika tizimiga ta’siri

© Tojiddinov Shukurjon, "Farxod Karimov maktabi" a'zosi

🚫Bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan siyosiy va harbiy keskinlik global iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan transport va logistika tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyo savdosining katta qismi dengiz yo‘llari orqali amalga oshiriladi va bu yo‘llarning muhim qismi aynan Yaqin Sharq hududidan o‘tadi. Shuning uchun ham ushbu mintaqada yuzaga kelayotgan har qanday mojaro xalqaro savdo tizimi barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Hozirgi vaziyatda dengiz transporti xavfsizligi, savdo yo‘llarining barqarorligi va logistika xarajatlari global iqtisodiy jarayonlarning muhim omiliga aylanib bormoqda.

🚫Yaqin Sharq geografik jihatdan Osiyo, Yevropa va Afrika o‘rtasidagi asosiy transport chorrahasidir. Osiyoda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, xomashyo va energiya resurslari Yevropa bozorlariga aynan shu hudud orqali yetkazib beriladi. Ayniqsa Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va ularni bog‘lovchi dengiz yo‘llari xalqaro savdoda strategik ahamiyatga ega. So‘nggi paytlarda mintaqadagi siyosiy keskinlik savdo kemalari harakatiga xavf tug‘dirib, logistika tizimining barqaror ishlashini qiyinlashtirmoqda.

🚫Bu jarayonda eng muhim strategik nuqtalardan biri — Hormuz bo‘g‘ozi hisoblanadi. Ushbu bo‘g‘oz Fors ko‘rfazini ochiq okean bilan bog‘laydigan asosiy dengiz yo‘li bo‘lib, dunyodagi eng muhim energiya transport yo‘llaridan biri sanaladi. Jahon neft savdosining katta qismi aynan shu yo‘l orqali amalga oshiriladi. Agar bu hududda harbiy keskinlik kuchaysa yoki transport harakati cheklansa, global energiya ta’minotida jiddiy uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

🚫Hozirgi vaziyatda Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi harbiy-siyosiy taranglik xalqaro savdo tizimiga bevosita ta’sir qilmoqda. Dengiz transporti kompaniyalari xavfli hududlardan o‘tishda qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. Kemalar uchun sug‘urta to‘lovlari oshmoqda, ayrim hollarda esa kemalar uzoqroq va xavfsizroq yo‘nalishlardan harakatlanishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa yuk yetkazib berish muddatining uzayishiga va transport xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda.

🚫Transport xarajatlarining oshishi global iqtisodiyotga zanjirli ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda bu jarayon tovarlar narxining oshishiga sabab bo‘ladi. Energiya resurslari, sanoat mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish xarajatlari ortgani sari bozor narxlari ham ko‘tariladi. Bu esa global inflyatsiya bosimini kuchaytiradi. Ayniqsa Yevropa davlatlari bunday o‘zgarishlarni sezilarli darajada his qilmoqda.

🚫Yevropa iqtisodiyoti xalqaro savdo tizimiga juda kuchli bog‘langan. Yevropa sanoati uchun zarur xomashyo, energiya resurslari va ko‘plab sanoat komponentlari Osiyo va Yaqin Sharq hududidan import qilinadi. Agar transport yo‘llari xavfsizligi pasaysa yoki logistika jarayonlari qiyinlashsa, bu Yevropa iqtisodiyotining ishlab chiqarish zanjirlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli Yevropa davlatlari dengiz savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

🚫Yaqin Sharqdagi vaziyat Markaziy Osiyo davlatlariga ham ta’sir qilmoqda. Mintaqa davlatlari dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan hududlar bo‘lgani uchun xalqaro savdo jarayonida transport yo‘llari alohida ahamiyatga ega. Dengiz transporti tizimidagi beqarorlik Markaziy Osiyo davlatlari eksport va import xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin.

🚫Shu bilan birga, hozirgi vaziyat Markaziy Osiyo uchun yangi imkoniyatlarni ham yaratmoqda. Dengiz transport yo‘llaridagi xavf ortgani sari quruqlik transport yo‘nalishlariga qiziqish kuchaymoqda. Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalarida quruqlik transport koridorlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayon Markaziy Osiyo davlatlarini muhim tranzit hududga aylantirish imkoniyatini yaratmoqda.

😎 telegram 😎 instagram
🟥you tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94
O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi.

Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi ko‘targan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani ta’kidlandi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.

Facebook
|Instagram|X
👍9💯3🥱2
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Terrorchilarga pul o‘tkazib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling!

Ekspertimiz: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi ulamosi Abduvohid domla Ahmadaliyev va Siyosatshunos Farhod Karimov

Tomosha qiling ➡️https://youtube.com/live/zm5WG4qUeXY?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
👍8