fazliddin.dev
70 subscribers
52 photos
40 videos
6 files
34 links
💻 Dasturlash va o'zimning hayotim haqida shaxsiy blog

Batafsil:
https://fazliddin.dev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Website orqali pul topishning bir necha samarali usullari mavjud:

Biror bir aniq yo‘nalish tanlab (masalan uy,do‘kon va boshqalar) shu mahsulot uchun sayt yaratasiz.

Saytni ustozingiz yoki sizdan kuchli bo‘lgan dasturchiga ko‘rsatib kamchiliklari bo‘lsa uni to‘ldirasiz.

Keyin esa instagram shaxsiy profiliz orqali shu saytga reklama yoqasiz.

Ya‘ni shu yo‘nalishdagi tadbirkorlarga shunaqa saytlar yasab bera olishingizni va birinchi 3 ta mijozga bonus sifatida 1 oygacha bepul texnik xizmat ko‘rsatishingiz aytasiz.

Agar bu sayt ularga hech qanday manfat olib kelmasa pullarini 100% qaytarib berishingizni aytasiz.


Tadbirkorlarda kafolat bo‘lgandan keyin sizga aloqaga chiqishlari oson bo‘ladi.

Agar mobodo saytizni sotib olishmasa ham sizga bu tayyor partfoliyo vazifasini bajaradi
🔥4👍1
Pul yoki tajriba

Umuman barcha sohada pul ham,tajriba ham muhim ahamiyatga ega.

Lekin har xil vaziyatlarga ko‘ra siz uchun birini ikkinchisidan ustunligini tanlash, holat va maqsadlarga bog‘liq.

Masalan, keling tajribani tanladik deylik.

1.Dasturlashda tajriba orttirish sizning texnik ko‘nikmalaringizni oshiradi va yanada samarali dasturchi bo‘lishingizga yordam beradi.

2.Haqiqiy loyihalar ustida ishlash muammolarni hal qilish, kodni optimallashtirish va yangi texnologiyalarni o‘rganishga yordam beradi.

3.Ish topishingiz ham ancha osonlashadi.

Endi PULning afzaliklarini ko‘rib chiqsak.

1.Moliyaviy barqarorlik.

Dastlabki bosqichlarda ham daromad olish sizga moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi va dasturlashga to‘liq e'tibor qaratishga imkon beradi.

Shuningdek, bu sizga ta’lim, texnik asbob-uskunalar va rivojlanish uchun sarmoya qilish imkoniyatini beradi.


2.Shaxsiy qadrni ko‘tarish.

Agar siz tezda daromad keltiradigan loyihalar bilan ishlasangiz, o‘z ishingizning qadrini anglaysiz va kelajakda o‘z narxingizni oshirishga imkon beradi.

Nima qilish kerak?

Agar siz yangi boshlovchi bo‘lsangiz, tajriba orttirish birinchi navbatda muhim. Kichik loyihalar yoki ko‘ngilli loyihalarda ishlash orqali dasturlash bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin.

Lekin sharoitingiz to‘g‘ri kelmasa unda pulni tanlashingiz mumkin.Faqat kuchli dasturchi bo‘lingizga ko‘proq vaqt ketishi mumkin bo‘ladi.

Xulosa

Tajribani ham, pulni ham muvozanatli ravishda boshqarish dasturchilik sohasida uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi yo‘ldir.

@fazliddin_developer
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 million dollar olib kelgan veb-sayt

@fazliddin_developer
🔥4❤‍🔥1
Bu dastur haqida bilarmidingiz?

Bu odam fleshkasini yo‘qotganligi tufayli 8 milliard dollarlik kompaniyaga asos solindi.

2007-yilda MIT o'quvchisi Dryu Houston USB fleshkasini yo‘qotishi joniga tegdi.
Bu muammoni hal qilish uchun kichik dastur yasadi.

Dastur xohlagan faylni saqlab, istalgan qurilmadan yuklab olish imkoniyatini berardi.
Dastur shunchalik oson ediki undan istalgan odam foydalana olardi.

Barcha foydalanuvchilar uchun boshlang'ich 2gb joy tekin edi.
Foydalanuvchilar do'stlarini taklif qilgani uchun ham o‘zlariga ham do‘stlariga bepul joy berilar edi.

Bu strategiya kompaniya mijozlar soni 100 mingtadan 4 milliontaga chiqdi.

2009-yilda Stiv jobs okam sotvomoqchi boldila va rad javobini olganlari uchun o‘zlari
2011-yilda ICloudga asos soldila.

Hozirga kelib esa dropbox kompaniyasi 8 milliard qiymatni tashkil etadi.

Bundanam qiziq malumotlarni o'tqazmaslik uchun kanalga obuna bo‘lishni unutmang.

@fazliddin_developer
🔥4
Dasturlashdan daramad topa olmaslik belgilari


1.Ta‘lim dargohlariga ishonib,passiv harakat qilish.

Ko‘pchilik o‘quvchilar o‘quv markazlari yoki Universitetdagi bilim bilan cheklanib qoladi.

Aslida asosiy ko‘nikmalar mustaqil o‘rganish orqali keladi.Ya‘ni bu bilimlar orqali ko‘pchilikdan ajralib turasiz

2.Proyekt olishda Riskdan qochish.
Yosh dasturchilar azgina bilmagan narsalari bo‘yicha ham ishlar chiqib qolsa,u proyektni olishdan qo‘rqishadi.

Vaholanki proyekt  olganizdan keyin sizda ma‘sulyat oshadi.

Ustozlarizdan agar bo‘lsa kuchli dasturchi do‘stlarizdan yordam olib bo‘lsa ham shu proyektni tugatishga harakat qilasiz.

Qisqasi comfort zonadan chiqib, o‘zingizni biroz qiynaysiz.

Mobodo bu ishni qila olmagan taqdirizda ham bu loyiha sizga yaxshiga tajriba bo‘ladi.

Faqat ma‘lum miqdorda kechiktirib bo‘lmaydigan loyihalar olmang.

Chunki mobodo bu loyihani qila olmasangiz,mijozni ham noqulay vaziyatga solib qo‘yasiz.

3.Arzonga ishlashdan qo‘rqish

Ba‘zi yosh dasturchilar kursni bitirdim, endi shuncha bilimim bilan qimmat narxga ishlashim kerak dib o‘ylashadi.

Aslida bozordagi holat unchalik emas.

Ya‘ni dasturlashni biladiganlar ko‘p lekin haqiqiy dasturchilar kam.

Bu paytda siz qanday maosh bo‘lishidan qatiy nazar ishga kirishingiz va kompaniya yoki mijozingizga ko‘proq qiymat berish haqida o‘ylashingiz kerak bo‘ladi.

@fazliddin_developer
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu holatga siz ham tushganmisiz😂

Izohlarda bundan ham qiziq voqealar bo‘lgan bo‘lsa yozib qoldiring.
ping-pong.html
9 KB
Qarela nima topib oldim.

Bu ping pong o'yinini 2 o'lchamdagi animatsiyalar qilish mavzusida o'tgan edim.

O'yin faqat kompyuterlarda ishlaydi!

O'yinchilar ikkita o'lchamda harakatlana oladi va W.A.S.D bilan I.J.K.L harflari yordamida boshqariladi

Ana endi shu o'yin bilan tanishlaringizni lol qoldirsangiz bo'ladi.

@fazliddin_developer
🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men va Ilon Maskni nima bog‘lab turadi?

Izohlarda yozishingiz mumkin.

Mening variantim :

H - Harakat
👍5
Buni eski chatlarimdan topib oldim

Ish joyiga kirish uchun ariza topshirganda qanchalik “dux” bo’lishi kerak deb o’ylaysiz?

Bunaqa tajriba, bunaqa skillarim bilan Senior dasturchi lavozimiga topshirganimga nima deysizlar😂

Mani joyida ishga olishlari keregidi)

@fazliddin_developer
🤣4👍3
Bepul dars, Kitob va Maxsus sovg‘a

Mani anchadan beri kuzatadigan kuzatuvchilarim bilishsa kerak. Man Adm Global kompaniyasida ishlab kelaman.

Undan tashqari MIT o‘quv markazida ham dasturlashdan dars beraman.

Hozir o‘zimning shaxsiy offline Frontend kursimni ochishga qaror qildim.

Sizlarni 3-noyabr kuni bepul ochiq darsimga taklif qilaman.

Bunda sizga 0 dan IT da daromadga chiqishgacha bo‘lgan yo‘lni o‘z tajribamdan kelib chiqib tushuntiraman.

Savollaringiz bo‘lsa ularga ham qo‘ldan kelgancha javob beraman.

Ochiq darsga kelganlarni ham nasib qilsa quruq qo‘ymiman😉.

Ochiq darsga qatnashgan har bir ishtirokchiga jamoamiz bilan tuzilgan
"<HTML> && *{CSS}" kitobini sovg‘a tariqasida beraman.

Undan tashqari  kofe va shirinlik bilan ham mehmon qilaman😋

Va eng katta bonus (Maxsus sovg‘a) esa ...

Ha uni ochiq darsga kelganlarga aytaman.

Xullas yakshanba kuni sizlarni shu manzilda soat 16:00 da kutaman.

Manzil: Beruniy metro korzinka 3 qavat (MIT o‘quv markazi)

❗️Diqqat joylar soni cheklangan!
👍4❤‍🔥11🔥1
Ochiq darsga kelish niyatida bo‘lganlar @fazliddin_dev_dm Ism va telefon raqamingizni qoldiring
👍1
Hammelani kutib qolaman
🔥4👍1
Bugun qanday kunligini bilasizmi?

Bugun uzoq kutilgan Frontend bo‘yicha ochiq darsimiz.

Soat 16:00 da Beruniyda sizlarni kutaman.

Kelganlar quruq ketmasligiga va‘da beraman.

Kitob, bilimlar va maxsus sovg‘aga ega bo‘lasiz.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana vada qilingan ochiq darsni ham o‘tqazib oldik.

IT va ish topishdagi tajribalarimni kelganlarga qo‘ldan kelgancha tushuntirdim.

Kitob sovg‘amiz ham kelganlarga yoqdi degan umiddaman.

Kelgan insonlarga katta rahmat.

@fazliddin_developer
👍32
🔥3
🩸Kelajakda tirik qolish kerakku!

Skynet, Jarvis, Gideon, Megan oldinlari filmlarda "fiction" sifatida ko'rilgan suniy intelektlarning 1000lab turi hozirda mavjud.

Bazida robot yasidigan tanishlarim bilan suniy intelekt yordamida boshqariladigan robot loyihasini qilish fikri keladi🤖

Suniy intelektga jismoniy harakat qila olish fikri esa odamni "chatgpt"ga shunaqangi "prompt"lani yozishga chorlidi😅


@fazliddin_developer
😁1🤣1
Vibe