FAVOIDUZ
178 subscribers
231 photos
6 videos
1 file
27 links
Favoid.uz tahririyati.
Admin: @favoid_admin .
@Favoiduz tahririyati, Olimlarning foydali so‘zlaridan parchalar.
O‘zbek tilidagi tafsir qanavati: @tafsirul_karim
Download Telegram
🌙 Zulhijja oyi hiloli (1447 / 2026)

Saudiya Arabistoni Oliy mahkamasi bugun oqshom mamlakat rasadxonalarida Zulhijja oyi hiloli (yangi oy) muvaffaqiyatli ko‘ringanini rasman e’lon qildi. Oliy mahkamaning yakuniy bayonotiga ko‘ra:
18-may (Dushanba): Zulhijja oyining 1-kuni;
26-may (Seshanba): Arafa kuni;
27-may (Chorshanba): Qurbon hayiti (Iyd al-Adho) bayramining birinchi kuni deb belgilandi.
Alloh taolo kirib kelayotgan ulug‘ kunlar va Qurbon hayitini barcha musulmonlarga muborak qilsin! Ushbu fazilatli kunlarni O‘zi rozi bo‘ladigan amallar bilan o‘tkazishimizni nasib aylasin!

• ═════ ❁✿❁═════ •

@favoiduz

#️⃣ #Zulhijja #Зулҳижжа
❤‍🔥22💯1
Rasululloh ﷺ dedilar:

إذا رأيتم هلال ذي الحجة وأراد أحدكم أن يضحي فليُمسِك عن شعره وأظفاره

“Agar Zulhijja hilolini ko‘rsangiz va birortangiz qurbonlik qilishni iroda qilsa, bas, sochi (tanasidagi tuklari) va tirnoqlarini olishdan tiyilsin”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Sahih Muslim, (1977).

#️⃣ #Qurbonlik #Zulhijja #Қурбонлик #Зулҳижжа
❤‍🔥4
Zulhijjaning avvalgi oʻn kunida roʻza tutish

🎙 Ustoz Dilmurod Abu Muhammad hafizahulloh

• ═════ ❁✿❁═════ •

#️⃣ #Zulhijja #roʻza #nafl_roʻza
#Зулҳижжа #рўза #нафл_рўза
❤‍🔥31
​​Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

التعلق بأستار الكعبة أو إلصاق الصدر عليها أو ما أشبه ذلك بدعة لا أصل لها، فلم يكن النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم وأصحابه يفعلون ذلك، وغاية ما ورد هو الالتزام فيما بين باب الكعبة والحجر الأسود فقط.

“Kaʼba yopinchigʻiga yopishish, koʻkrakni uning devoriga bosish yoki shunga oʻxshash amallar asossiz bidʼatdir. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ham, u zotning sahobalari ham bunday qilmaganlar. Bu borada vorid boʻlgan narsa faqat Kaʼba eshigi bilan Hajarul Asvad oʻrtasida iltizom qilishdir (yaʼni oʻsha joyga yopishish)”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Yoʻldagi yogʻdu” fatvolari (8/179).

#️⃣ #Kaʼba #haj #umra #Каъба #ҳаж #умра
❤‍🔥4
Maymun ibn Mehron rahimahulloh dedi:

أدركت الناس وإنهم ليكبرون في العشر، حتى كنت أشبهه بالأمواج من كثرتها

“Men shunday odamlarni ko‘rdimki, ular (Zulhijjaning) o‘n kunligida shu qadar ko‘p takbir aytishar ediki, men uni ko‘pligidan dengiz to‘lqinlariga o‘xshatar edim”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Ibn Rajab, “Fathul Boriy”, (9-jild, 9-bet).

#️⃣ #zulhijja #takbir #зулҳижжа #такбир
❤‍🔥3👍1
Alloma Ibn Rajab al-Hanbaliy rahimahulloh dedi:

تعرض لنفحات مولاك في هذا العشر، فإن فيه لله نفحات يصيب بها من يشاء، فمن أصابته سعد بها آخر الدهر

“Mana shu (Zulhijjaning) oʻn kunligida Mavloingiz rahmat shabadalariga yuzlaning. Zero, bu kunlarda Allohning shunday rahmat esintilari borki, ularni Oʻzi xohlagan bandalariga ato etadi. Kimga ulardan birortasi nasib qilsa, umrining oxirigacha baxtiyor boʻladi“.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Latoiful Maorif”, (274-bet).

#️⃣ #zulhijja #зулҳижжа
❤‍🔥3
Arafa kuni roʻza tutish

Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

صيام يوم عرفة لغير الحاج سنة مؤكدة؛ فقد سئل رسول الله صلى الله عليه وسلم عن صوم يوم عرفة فقال: "أحتسب على الله أن يكفر السنة التي قبله والسنة التي بعده"، وفي رواية: "يكفر السنة الماضية والباقية"، وأما الحاج فإنه لا يسن له صوم يوم عرفة؛ لأن النبي صلى الله عليه وسلم كان مفطراً يوم عرفة في حجة الوداع.

“Haj qilmayotgan odam uchun Arafa kuni roʻza tutish ta’kidlangan sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Arafa kuni roʻzasi haqida so‘ralganda, u zot: “Allohdan umid qilamanki, u o‘zidan oldingi va keyingi yil (gunohlari)ga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Termiziy (749). Alboniy sahih dedi). Boshqa rivoyatda esa: “O‘tgan va kelgusi yil (gunohlari)ni kafforat qiladi”, deyilgan (Muslim (1162)).
Ammo hoji uchun Arafa kuni roʻza tutish sunnat emas. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam vidolashuv hajida Arafa kuni og‘izlari ochiq (roʻza tutmagan) holda bo‘lgan edilar”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Zakot va roʻzaga oid fatvolar”, (794-bet).

#️⃣ #zulhijja #arafa #roʻza #nafl_roʻza #зулҳижжа #арафа #рўза #нафл_рўза

📌 Arafa kuni — 26 may seshanba kuni
👍2❤‍🔥1
Arafa kuni roʻza tutish

🎙 Ustoz Abu Muhammad Dilmurod hafizahulloh

• ═════ ❁✿❁═════ •

#️⃣ #zulhijja #arafa #roʻza #nafl_roʻza #зулҳижжа #арафа #рўза #нафл_рўза

📌 Arafa kuni — 26 may seshanba kuni
❤‍🔥1
​​Arafa kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi

Savol: Arafa kuni qazo niyatida, yaʼni qazoni qasd qilgan holda roʻza tutishning hukmi nima?
Javob: Arafa kuni roʻza tutish taʼkidlangan sunnat boʻlib, unda ulugʻ fazilat bor. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bu haqda: “Allohdan umid qilamanki, u oʻzidan oldingi va keyingi yil (gunohlari)ga kafforat boʻladi”, deganlar (Termiziy (749). Alboniy sahih dedi). Agar inson bu roʻzani nafl niyatida tutsa, bu yaxshidir. Agar qazo niyatida tutsa, yaʼni zimmasida Ramazondan qolgan kunlari boʻlib, Arafa kunini oʻsha qarzlari hisobidan tutsa, buning zarari yoʻq. Umid qilamanki, unga ham qazo roʻzasining savobi, ham Arafa kunining savobi hosil boʻladi.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

✍🏻 Fazilatli shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh
💿 “Yoʻldagi yogʻdu” fatvolari, 246-tasma

#️⃣ #zulhijja #arafa #roʻza #nafl_roʻza #qazo #зулҳижжа #арафа #рўза #нафл_рўза #қазо

📌 Arafa kuni — 26 may seshanba kuni
1
Hofiz Ibn Abdulbarr rahimahulloh dedi:

أَنَّ دُعَاءَ يَوْمِ عَرَفَةَ أَفْضَلُ مِنْ غَيْرِهِ وَفِي ذَلِكَ دَلِيلٌ عَلَى فَضْلِ يَوْمِ عَرَفَةَ عَلَى غَيْرِهِ. وَفِي الحَدِيثِ أَيْضًا دَلِيلٌ عَلَى أَنَّ دُعَاءَ يَوْمِ عَرَفَةَ مُجَابٌ كُلُّهُ فِي الأَغْلَبِ.

“Arafa kunidagi duo boshqa kunlardagi duolardan afzaldir. Bu esa Arafa kunining boshqa kunlardan fazilatli ekaniga dalildir. Shuningdek, bu hadisda Arafa kunidagi duolarning aksari ijobat qilinishiga ham dalil bor”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“At-Tamhid”, (6/41).

#️⃣ #zulhijja #arafa #duo #зулҳижжа #арафа #дуо
❤‍🔥21
Odamlarga imomlik qilayotgan inson, oʻzingga ehtiyot boʻl!

Sufyon as-Savriy rahimahulloh dedi:

إِذَا رَأَيْتَ الرَّجُلَ يَحْرِصُ عَلَى أَنْ يَؤُمَّ فَأَخِّرْهُ.

“Agar bir kishi imom boʻlishga qattiq intilayotganini koʻrsang, uni orqaga sur”.

📚 Ibn al-Jaʼd “Musnad”, (1786).

Shayxul Islom Ibn Taymiyya rahimahulloh dedi:

ﻭﻫﻲ ﻓﺘﻨﺔ؛ ﻟِﻤَﺎ ﻓﻴﻬﺎ ﻣﻦ ﺍﻟﺸﺮﻑ ﻭﺍﻟﺮﺋﺎﺳﺔ، ﺣﺘﻰ ﺭُﺑَّﻤﺎ ﻛﺎﻥ ﻃﻠﺒُﻬﺎ ﻣﺜﻞ ﻃﻠﺐ ﺍﻟﻮﻻﻳﺎﺕِ ﻭﺍﻹﻣﺎﺭﺍﺕِ، ﺍﻟﺬﻱ ﻫﻮ ﻣﻦ ﺇﺭﺍﺩﺓ ﺍﻟعلو ﻓﻲ ﺍﻷﺭﺽ؛ ﻭﻫﺬﺍ ﻣُﻀِﺮٌّ ﺑﺎﻟﺪِّﻳﻦ، ﻭقد ﺭَﻭﻯ ﻛﻌﺐ ﺑﻦ ﻣﺎﻟﻚ ﻋﻨﻪ ﷺ ﺃﻧﻪ ﻗﺎﻝ: (ﻣﺎ ﺫِﺋْﺒﺎﻥِ ﺟﺎﺋﻌﺎﻥِ ﺃُﺭْﺳِﻼ ﻓﻲ ﻏﻨَﻢٍ ﺑﺄﻓﺴَﺪَ ﻟﻬﺎ ﻣِﻦ ﺣِﺮﺹِ ﺍﻟﻤَﺮْﺀِ ﻋﻠﻰ ﺍﻟﻤﺎﻝِ، ﻭﺍﻟﺸﺮَﻑ ﻟِﺪِﻳﻨِﻪ)، ﻗﺎﻝ ﺍﻟﺘﺮﻣﺬﻱ: ﺣﺪﻳﺚ ﺣﺴَﻦ ﺻﺤﻴﺢ. ﻭﻷﻧﻪ ﻳُﺨﺎﻑ ﻋﻠﻰ ﺻﺎﺣﺒﻬﺎ ﺍﻧﺘﻔﺎﺧُﻪ ﺑﺬﻟﻚ ﻭﺍﺧﺘﻴﺎﻟُـﻪ، ﻭﺃﻥ ﻳُﻔﺘﻦ ﺑﺎﺷﺘﻬﺎﺭه؛ ﻭﻟﺬﻟﻚ ﺻﻠّﻰ ﺣﺬﻳﻔﺔُ ﺑﻦ ﺍﻟﻴﻤﺎﻥ ﻣﺮﺓ ﺇﻣﺎﻣًﺎ ﺛﻢ ﻗﺎﻝ: (ﻟﺘﺼﻠُﻦّ ﻭُﺣﺪﺍﻧًﺎ، ﺃﻭ لَتَـلتَمِسُنَّ ﻟﻜﻢ ﺇﻣﺎﻣًﺎ ﻏﻴﺮﻱ، ﻓﺈﻧﻲ ﻟﻤّﺎ ﺃَﻣَﻤﺘُﻜﻢ ﺧُﻴِّﻞ ﺇﻟﻲَّ ﺃﻧﻪ ﻟﻴﺲ ﻓﻴﻜﻢ ﻣِﺜﻠﻲ).

“U (imomlik) fitnadir. Unda sharaf va rahbarlik borligi uchun, baʼzan uni talab qilish yer yuzida oliy boʻlishni istashdan iborat boʻlgan hokimlik va amirlikni talab qilish kabidir. Bu esa dinga zarar yetkazuvchi narsadir.
Kaʼb ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimizdan ﷺ rivoyat qilgan hadisda u zot shunday deganlar: “Qoʻylar orasiga qoʻyib yuborilgan ikkita och boʻri ularga, kishining mol-dunyo va obroʻ-mansabga boʻlgan hirsi uning diniga yetkazadigan zarardan koʻra koʻproq zarar yetkazmaydi”. Termiziy: “Hasan sahih hadis”, dedi.
Shuningdek, imomlik qilayotgan kishining bu sababli kibrlanib ketishi, oʻziga bino qoʻyishi va mashhurlik bilan fitnalanib qolishidan qoʻrqiladi. Shu sababli Huzayfa ibn Yamon bir marta odamlarga imom boʻlib namoz oʻqidilar-da, soʻng shunday dedilar: “Yo yolgʻiz-yolgʻiz (alohida) namoz oʻqiydigan boʻlasiz, yoki oʻzingizga mendan boshqa imom qidirasiz. Chunki sizlarga imomlikka oʻtganimda, menga goʻyo sizlarning ichingizda mendan yaxshiroq odam yoʻq degan xayol keldi””.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Sharh Umdatul Fiqh”, (2/142).

#️⃣ #imomlik #imom #namoz #taqvo #ixlos #IbnTaymiyya #Savriy
#имомлик #имом #намоз #тақво #ихлос #ИбнТаймийя #Саврий
❤‍🔥5🔥1
Shayx Muqbil ibn Hadiy al-Vadiʻiy rahimahulloh dedilar:

‏لا بد من الفتنة والاختبار ‏يقول الله عز وجل : ( ونبلوكم بالشر والخير فتنة ) ‏والشأن كل الشأن لمن صبر و ثبت.

“Albatta fitna va sinov boʻlishi muqarrar. Alloh azza va jalla shunday deydi: «Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik bilan sinov qilib imtihon qilamiz» (Anbiyo: 35). Asosiy masala esa kim sabr qilib, sobit qadam tura olishidadir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Al-Jomiʻ al-Kabir”, 1/608.

#️⃣ #sinov #imtihon #sabr #sobitqadamlik #Muqbil
#синов #имтиҳон #сабр #собитқадамлик #Муқбил
2❤‍🔥1👍1
Ibnul Qoyyim rahimahulloh dedilar:

كلما اتسع علم العبد انشرح صدره واتسع. وليس هذا لكل علم بل للعلم الموروث عن الرسول صلى الله عليه وسلم وهو العلم النافع. فأهله أشرح الناس صدراً وأوسعهم قلوباً وأحسنهم أخلاقاً وأطيبهم عيشاً.

“Banda ilmi qanchalik kengaysa, uning koʻngli ham shunchalik ochiladi va kengayadi. Biroq bu har qanday ilmga emas, balki Rasul sollallohu alayhi va sallamdan meros boʻlib qolgan ilmga xosdir, mana shu foydali ilmdir. Shuning uchun uning ahli odamlar orasida koʻngli eng ochiq, qalbi eng keng, axloqi eng goʻzal va hayoti eng huzurbaxsh boʻlganlaridir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Zodul maʼod” (2/23).

#️⃣ #ilm #IbnulQoyyim #илм #ИбнулҚоййим
❤‍🔥33
Qalblarni isloh qilish

Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

الإيمان إذا وقر في القلب حمل الإنسان على العمل، لكن العمل الظاهر قد لا يحمل الإنسان على إصلاح قلبه، فعلينا أن نعتني بقلوبنا وأعمالها، وعقائدها، واتجاهاتها، وإصلاحها وتخليصها من شوائب الشرك والبدع، والحقد والبغضاء، وكراهة ما أنزل الله على رسوله وكراهة الصحابة رضي الله عنهم، وغير ذلك مما يجب تنزيه القلب عنه.

“Iymon qachon qalbda mustahkam oʻrnashsa, insonni amal qilishga undaydi. Lekin zohiriy amal har doim ham insonning qalbini isloh qilishga olib kelavermaydi. Shuning uchun biz qalblarimizga, ularning amallariga, aqidalariga, yoʻnalishlariga va isloh boʻlishiga ham ahamiyat berishimiz darkor. Ularni shirk va bidʼat aralashmalaridan, adovat va gʻayirlikdan, Alloh Oʻz Rasuliga nozil qilgan narsalarni, hamda sahobalarni roziyallohu anhum yomon koʻrishdan va qalbni poklash vojib boʻlgan boshqa barcha illatlardan xalos etishga jiddit eʼtibor qaratmogʻimiz lozim”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Amma Juzi Tafsiri”, 154-bet.

#️⃣ #iymon #qalb #aqida #sahobalar #shirk #bidʼat #adovat
#иймон #қалб #ширк #бидъат #ақида #адоват #саҳобалар
❤‍🔥2
۞ Shayx Solih al-Favzon hafizahulloh dedi:

«Allohning rahmatidan noumid boʻlish gunohi kabiralarning eng kattalaridandir. Chunki unda Alloh subhanahu va taologa nisbatan yomon gumon qilishlik bor. U oʻz sohibini tavba qilmaslikka undaydi. Chunki u: garchi tavba qilsam-da, Alloh meni magʻfirat qilmaydi, deydi. Alloh subhanahu va taolo esa shunday deydi: “(Ey Muhammad), Mening oʻz jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-maʼsiyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid boʻlmangiz! Albatta Alloh (Oʻzi xohlagan bandalarining) barcha gunoxlarini magʻfirat qilur. Albatta Uning Oʻzigina magʻfiratli, mehribondir. Sizlarga azob kelib, soʻngra yordam berilmay qolishidan ilgari (yaʼni Allohning biron balo-qazosiga duchor boʻlmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar – Unga boʻyinsuninglar!”» (Zumar: 53-54).

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

📚 «Tavhid kitobi sharhi».

#noumid #gunoh #kunfoydalari
❤‍🔥41👍1
Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

لا يجوز لأحد أن يؤخر صبيا من الصف فيخرجه من المسجد أو يؤخره إلى الصف الثاني؛ لأن من تقدم إلى مكان في المسجد فهو أحق به من غيره.

“Hech kimga safda turgan bolani orqaga surib, masjiddan chiqarib yuborish yoki uni ikkinchi safga oʻtkazib qoʻyish joiz emas. Chunki masjidda kim biror joyni oldin egallagan boʻlsa, oʻsha joyga boshqalardan koʻra haqliroqdir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Sifatus Solah”, 207-bet.

#️⃣ #namoz #saf #jamoat #masjid #Usaymin
#намоз #саф #жамоат #масжид #Усаймин
👍4❤‍🔥3
Муҳаррам ойи ва Ошуро куни рўзаси
Дилмурод Абу Муҳаммад
Shayx Abu Muhammad Dilmurod (hafizahulloh)

Muharram oyi va Ashuro kuni ro‘zasi

📅 25-iyun, payshanba — Ashuro kuni.
❤‍🔥5
۞ Imom Shofi'iy va hasadgo‘ylar

Imom Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy rahimahulloh dedi:

حضرتُ الشّافعيّ وقيل له: إنّ فلاناً يقولُ: الشّافعيُّ ليس بفقيهٍ. فضحك وأنشأ يقولُ:
إنِّي نَشأتُ وحُسّادي ذَوُو عَددٍ ...
ربَّ المَعَارِج لا تُفْنِي لهم عدداً

“Men Shofi’iy huzurlarida edim. Shunda u zotga: “Falonchi: ‘Shofi’iy faqih emas’, deyapti”, deyildi. Shunda u zot kuldilar va quyidagi baytni o‘qidilar:
Men shunday ulg‘aydimki, hasadgo‘ylarim son-sanoqsizdir,
Ey yuksak darajalar Robbisi, ularning sanog‘ini kamaytirmagin!”

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Bayhaqiy “Manoqib ash-Shofi'iy” (2/74); “Al-Javohir vad-Durar” (3/990).

📌 Izoh: Yaʼni, menga ato etgan ilm va fazilatni kamaytirma. Chunki Allohning bandasiga bergan neʼmati qancha ulugʻ boʻlsa, unga hasad qiluvchilar ham shuncha koʻp boʻladi.

#️⃣ #hasad #hasadgoʻy #ilm
#ҳасад #ҳасадгўй #илм
2❤‍🔥1👍1111
۞ Shayx Muqbil ibn Hadiy al-Vadiʼiy rahimahulloh dedi:

فحبُّ الشَّرف والمال والزعامة هو الذي يجعل الشخص يضطَّرب وله في كل يوم موقف ويتلوَّن

“Sharaf, mol-dunyo va peshvolikka bo‘lgan muhabbat kishini beqaror qilib qo‘yadi. Natijada u har kuni boshqa bir mavqeni tutadi va (vaziyatga qarab) o‘zgarib turadi”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Maqtalu ash-Shayx Jamil ar-Rohman”, 42-bet.

#️⃣ #sharaf #hurmat #mol #dunyo #peshvolik #rahbarlik #Muqbil
#шараф #ҳурмат #мол #дунё #пешволик #раҳбарлик #Муқбил
💯31👍1111
❤‍🔥4👍2💯1111