FAVOIDUZ
178 subscribers
231 photos
6 videos
1 file
27 links
Favoid.uz tahririyati.
Admin: @favoid_admin .
@Favoiduz tahririyati, Olimlarning foydali so‘zlaridan parchalar.
O‘zbek tilidagi tafsir qanavati: @tafsirul_karim
Download Telegram
Dunyoning kengayishi va farovon hayot har doim ham yaxshilik alomati emas

عَن أَبِي جُحَيْفَةَ قَالَ: قَالَ رَسُول اللهِ ﷺ: «إِنَّهَا سَتُفْتَحُ عَلَيْكُمُ الدُّنْيَا حَتَّى تُنَجِّدُوا بُيُوتَكُمْ كَمَا تُنَجَّدُ الْكَعْبَةُ»، قُلْنَا: وَنَحْنُ عَلَى دِينِنَا الْيَوْمَ؟ قَالَ: «وَأَنْتُمْ عَلَى دِينِكُمُ الْيَوْمَ»، قُلْنَا: فَنَحْنُ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌ أَمِ الْيَوْمَ؟، قَالَ: «بَلْ أَنْتُمُ الْيَوْمَ خَيْرٌ».

Abu Juhayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Rasululloh ﷺ dedilar: “Albatta dunyo sizga shunchalik ochiladiki, hatto uylaringizni Kaʼba bezatilganidek bezatadigan boʻlasiz”.
Biz: “Oʻsha paytda ham bugungidek dinimizda boʻlamizmi?”, dedik.
U zot ﷺ: “Ha, bugungidek diningizda boʻlasiz”, dedilar.
Biz: “Unda oʻsha paytdagi holimiz yaxshiroq boʻladimi yoki bugungimi?”, dedik.
U zot ﷺ: “Yoʻq, bugungi holingiz yaxshiroqdir”, dedilar.

📚 Bazzor “Musnad” (4227). Alboniy “As-Silsila as-Sahiha” (3486)da sahih degan.

وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بنِ مَسعُودٍ قَالَ: نَظَرَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ إِلَى الْجُوعِ فِي وجُوهِ أَصْحَابِهِ فَقَالَ: «أَبْشِرُوا، فَإِنَّهُ سَيَأْتِي عَلَيْكُمْ زَمَانٌ يُغْدَى عَلَى أَحَدِكُمْ بِالْقَصْعَةِ مِنَ الثَّرِيدِ وَيُرَاحُ عَلَيْهِ بِمِثْلِهَا»، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ، نَحْنُ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌ، قَالَ: «بَلْ أَنْتُمُ الْيَوْمَ خَيْرٌ مِنْكُمْ يَوْمَئِذٍ».

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
Rasululloh ﷺ sahobalarining yuzlarida ochlik alomatlarini koʻrib dedilar: “Xushxabar boʻlsin! Albatta sizlarga shunday zamon keladiki, ertalab sizlardan har biringizga bir lagan sarid (goʻsht va non aralashtirilgan taom) keltiriladi, kechqurun esa yana shundayi keltiriladi”.
Ular: “Ey Allohning Rasuli! Oʻsha paytda biz yaxshiroq boʻlamizmi?”, dedilar.
U zot ﷺ: “Yoʻq, bugungi holingiz oʻsha kundagi holingizdan yaxshiroqdir”, dedilar.

📚 Bazzor “Musnad” (1941). Alboniy “Sahih at-Targʻib vat-Tarhib” (2142)da sahih degan.

Bir oʻylab koʻring: “...uylaringizni Kaʼba bezatilganidek bezatadigan boʻlasiz...” va “...ertalab sizlardan har biringizga bir lagan sarid (goʻsht va non aralashtirilgan taom) keltiriladi, kechqurun esa yana shundayi keltiriladi...” Qasrlar, uylar va lazzatli taomlar... Shunga qaramay, Rasululloh ﷺ sahobalariga: “Yoʻq, bugungi holingiz yaxshiroqdir”, dedilar.
 
✍🏻 Shayx Abul Haris Ibrohim Tamimiy hafizahulloh
🔗 t.me/ebrahimtamimi/1661

#️⃣ #Hadis #Dunyo #Farovonlik #Taqvo #Qanoat
#Ҳадис #Дунё #Фаровонлик #Тақво #Қаноат
4❤‍🔥2👍1111
Qatoda rahimahulloh dedi:

من أعطي مالا أو جمالا وثيابا وعلما ثم لم يتواضع كان عليه وبالا يوم القيامة

“Kimga mol-dunyo, chiroy, kiyim-kechak va ilm (kabi neʼmatlar) ato etilsa-yu, shunga qaramay tavozeli (kamtar) boʻlmasa, Qiyomat kuni (bu neʼmatlar) unga balo boʻladi”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“At-Tavozuʼ val-Xumul”, 90-bet.

#️⃣ #Qatoda #Mol #Dunyo #Boylik #husn #chiroy #goʻzallik #kiyim #libos #Ilm #Tavoze #Kamtarlik #Neʼmat #Qiyomat #Oxirat
#Қатода #Мол #Дунё #Бойлик #Ҳусн #Чирой #Гўзаллик #Кийим #Либос #Илм #Тавозе #Камтарлик #Неъмат #Қиёмат #Охират
❤‍🔥5👍1🔥1111
❤‍🔥42111
Shayx, alloma Robiʼ ibn Hadiy al-Madxaliy rahimahulloh dedi:

حارب نفسك من الكبر؛ خلق خبيث يدفع إلى الكفر وإلى احتقار الناس وإلى رد الحق

“Nafsingdagi kibrga qarshi kurash! Chunki u insonni kufrga, odamlarni mensimaslikka va haqni rad etishga olib boradigan razil xulqdir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Luqmonning o‘g‘liga qilgan vasiyati” sharhi, 21-bet.

#️⃣ #kibr #Madxaliy #кибр #Мадхалий
👍3❤‍🔥2111
Imom Zuhriy rahimahulloh dedi:

لا تأخذ العلم جملة، فإن من رام أخذه جملة ذهب عنه جملة، ولكن الشيء بعد الشيء مع الأيام والليالي

“Ilmni birdaniga ola ko‘rma! Kim uni birdaniga olishga intilsa, undan birdaniga ayrilib qoladi. Biroq ilm oz-ozdan, kunlar va tunlar o‘tishi bilan egallanadi”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Jomi’ Bayanil Ilm va Fadlih”, (1/104).

#️⃣ #ilm #Zuhriy #илм #Зуҳрий
💯432❤‍🔥1👍111
Alloma Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

صفر كغيره من الأزمنة يقدر فيه الخير والشر، وبعض الناس إذا انتهى من شيء في صفر أرّخ ذلك وقال: انتهى في صفر الخير، وهذا من باب مداواة البدعة ببدعة، والجهل بالجهل، فهو ليس شهر خير ولا شهر شر.

“Safar oyi ham boshqa vaqtlar kabi bo‘lib, unda ham yaxshilik, ham yomonlik Allohning taqdiri ila sodir bo‘ladi. Baʼzi odamlar Safar oyida biror ishini tugatsa, sanani qayd etayotib: Safarul-xayrda (yaʼni, xayrli Safar oyida) tugadi, deydilar. Bu esa bidʼatni bidʼat bilan, jaholatni jaholat bilan davolashga urinish jumlasidandir. Chunki u na yaxshilik oyi va na yomonlik oyidir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Al-Qavlul Mufid fi Sharh Kitab at-Tavhid” (1/567).

#️⃣ #safar #safar_oyi #Usaymin #сафар #сафар_ойи #Усаймин
❤‍🔥2👍2111
5❤‍🔥211
Imom Ibnul Qоyyim al-Javziyya rahimahulloh dedi:

فقد تلاعب الشيطان بأكثر هذا الخلق، كتلاعب الصبيان بالكرة، وأخرج لهم أنواع الكفر والفسوق والعصيان فى كل قالب.

“Darhaqiqat, shayton odamlarning aksari bilan xuddi bolalar toʻp oʻynagandek oʻynadi. Natijada ularni kufr, fosiqlik va osiylikning turli koʻrinishlariga giriftor qildi”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Igʻosatul Lahfan” (2/875).

#️⃣ #IbnulQoyyim #shayton #ИбнулҚоййим #шайтон
❤‍🔥53111
Shayx Muhammad Nosiruddin Alboniy rahimahulloh dedi:

أنا أنصحك أنت وغيرك أن لا تهتموا بالرد على كل ناعق، هذا باب واسع لا نهاية له، اليوم أصبح العلم فوضى، كل من شعر أنه يحسن أن يكتب عبارة ولو كانت مكسرة - من الناحية العربية - تكسيرا، فهو يكتب ولا يبالي؛ لأنه لا رقيب ولا حسيب، ولذلك فليس من العلم ولا من الحكمة في شيء أن الناس يهتموا بكتابة أي كاتب، وهو ليس له قدم لا أقول: راسخة، ليس له قدم في العلم فضلاً عن أقول: ليس له قدم راسخة في العلم.

“Senga ham, boshqalarga ham nasihatim shuki, har bir qagʻillovchiga raddiya berish bilan mashgʻul boʻlmang. Chunki bu nihoyasi yoʻq keng bir eshikdir. Bugungi kunda ilmda tartibsizlik hukm surmoqda. Kim oʻzini biror jumlani yozishni eplay olaman deb his qilsa, garchi u arab tili nuqtai nazaridan chil-parchin xatolarga toʻla boʻlsa ham, yozaveradi va bunga parvo ham qilmaydi. Chunki uni nazorat qiladigan ham, soʻroqqa tutadigan ham yoʻq. Shuning uchun, ilmda mustahkam oʻrin egallash u yoqda tursin, hatto oddiy qadami ham boʻlmagan har qanday kimsaning yozganlariga eʼtibor berish na ilmga va na hikmatga muvofiqdir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Silsilatu al-Huda van-Nur”, 676-tasma, 50-daqiqadan keyin.
❤‍🔥3👍1111
3❤‍🔥1💯1
Imom Sufyon as-Savriy rahimahulloh dedi:

لَمْ يَفْقَهْ عِنْدَنَا مَنْ لَمْ يَعُدَّ الْبَلَاءَ نِعْمَةً، وَالرَّخَاءَ مُصِيبَةً

“Bizning nazdimizda baloni neʼmat, farovonlikni esa musibat deb bilmagan kishi hali haqiqiy fahm egasi boʻlmagan”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Ibn Abu Hotim, “Taqdimatul Jarh vat-Taʼdil” (1/94).

#️⃣ #Savriy #balo #musibat #farovonlik #neʼmat #Саврий #бало #мусибат #фаровонлик #неъмат
32❤‍🔥211
Imom Sufyon as-Savriy rahimahulloh dedi:

لا تصحب مع من يحصي منته عليك.

“Senga qilgan yaxshiligini sanab yuradigan kishi bilan doʻst tutinma”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Bayhaqiy, «Shuʼabul iymon» (9504).

#️⃣ #Savriy #minnat #doʻst #Саврий #миннат #дўст
21❤‍🔥111
Shayx, alloma Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

‏ينبغي لنا نحن معشر طلبة العلم أن نبين للناس أن الإسراف في الولائم أمر لا ينبغي، وأنه ربما يكون فيه مضرة، أما المضرة المالية فظاهرة، والمضرة الاجتماعية ربما يكون في هذا إحراج لبعض الناس فإن أكثر الناس لا يأتون إلى هذه الولائم إلا مجاملة.

“Biz, ilm toliblari jamoasi, odamlarga toʻy-ziyofatlarda isrof qilish to‘g‘ri emasligini tushuntirishimiz lozim. Chunki buning zarari bo‘lishi mumkin. Moliyaviy zarari ochiq-oydindir. Ijtimoiy zarari shuki, u ba’zi insonlarni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki aksariyat odamlar bunday ziyofatlarga faqat xushmuomalalik yuzasidan boradilar”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Bulug‘ul Marom” sharhi, 11-jild, 373-bet.

#️⃣ #Usaymin #isrof #toʻy #Усаймин #исроф #тўй
❤‍🔥21👍11
4❤‍🔥222
Imom Ibn Taymiyya rahimahulloh dedi:

وأما اتخاذ موسم غير المواسم الشرعية كبعض ليالي شهر ربيع الأول التي يقال إنها ليلة المولد، أو بعض ليالي رجب، أو ثامن عشر ذي الحجة، أو أول جمعة من رجب، أو ثامن شوال الذي يسميه الجهال (عيد الأبرار) فإنها من البدع التي لم يستحبها السلف ولم يفعلوها؛ والله سبحانه وتعالى أعلم.

“Shar’iy mavsumlardan boshqa kunlarni, masalan, Rabi’ul-avval oyining Mavlid kechasi deb ataladigan ba’zi kechalarini, yoki Rajab oyining ba’zi kechalarini, yoki Zulhijjaning o‘n sakkizinchi kunini, yoki Rajabning birinchi jumasini, yoki johillar “Abrorlar hayiti” deb ataydigan Shavvol oyining sakkizinchi kunini (maxsus) mavsum qilib olishni salaflar mustahab sanamagan va amal qilmagan bid’at amallardandir. Alloh subhanahu va taolo biluvchiroqdir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Al-Fatawa al-Kubro, 4-jild, 414-bet.

#️⃣ #IbnTaymiyya #mavlid #ИбнТаймийя #мавлид
4❤‍🔥1
5322❤‍🔥11