FAVOIDUZ
178 subscribers
231 photos
6 videos
1 file
27 links
Favoid.uz tahririyati.
Admin: @favoid_admin .
@Favoiduz tahririyati, Olimlarning foydali so‘zlaridan parchalar.
O‘zbek tilidagi tafsir qanavati: @tafsirul_karim
Download Telegram
۞ «Эй Аллоҳ! Менга фойда берадиган илм ва даражамни кўтарадиган амал ризқ қилгин.»

Ибн Умар розияллоҳу ‘анҳумо,
саждаларида шундай дер эди:


اللَّهُمَّ لَكَ ‌سَجَدَ ‌سَوَادِي،
وَبِكَ آمَنَ فُؤَادِي،
اللَّهُمَّ ارْزُقْنِي عِلْمًا يَنْفَعُنِي،
وَعَمَلًا يَرْفَعُنِي

Эй Аллоҳ! Танам Сенга сажда қилди, юрагим эса Сенга иймон келтирди.
Эй Аллоҳим, менга фойда берадиган илм ва даражамни кўтарадиган амал ризқ қилгин.



Ибн Аби Шайба /4373/
/Ҳасан/
Шайх Арафат ал-Муҳаммадий
👍5❤‍🔥3
۞ Савол:
Одамларни улар рози бўлмасалар, суратга олишимиз мумкинми?

🎙️ Шайх:

Йўқ, мумкин эмас — бу ҳаром.
Бу суратга олиш ишларида Аллоҳдан қўрқинг.

(Бугунги кунда) қўлида телефони бўлган ҳар ким — у ўнгга-сўлга қараб, суратга олаверди.

То улардан рухсат сўралмас экан. Одамларни на олдидан, на орқасидан, ҳатто бир бармоғини ҳам суратга олиш жоиз эмас.

Агар сизга рухсат берилса — суратга олинг.
Агар рухсат берилмаса — суратга олманг!

Бу иш мумкин эмас.

Қандай қилиб сиз одамларнинг шахсий ҳаётига кираяпсиз?

Ким сизга бу ҳуқуқни берди?

Йўқ!
Энг ҳайратланарлиси — нашр қилади.
Суратга олади, сўнгра уни оммага тарқатади!

Бу —ҳаром!



Шайх Арафат ал-Муҳаммадий حفظه الله
❤‍🔥6👍5
۞Аҳли сунна вал жамоа

أَهْلُ السُّنَّةِ والْجَماعَِة

Аҳли сунна вал жамоа — булар Пайғамбар -соллаллоҳу алайҳи ва саллам- ва У кишининг саҳобалари эътиқодда, сўзда ва амалда қандай бўлган бўлсалар, шу сингари бўлганлардир.

Улар “аҳли сунна вал жамоа” деб номланди, чунки улар суннатда маҳкам турганликлари ва унда бирлашганликлари учундир.


📚
Манба: “Музаккиратун ала-л-‘Ақийдат ул-Васития”
Фазилатли шайх Муҳаммад ибн Солиҳ ал-Усаймин رحمه الله,
6-бет, “Аҳли сунна вал жамоа” фасли.
4❤‍🔥4
۞Илмий танқидга тоқатсизлик — олимлар ахлоқидан эмас.

Мисрнинг аълломаси ва муҳаддиси шайх Аҳмад Муҳаммад Шокир (رحمه) деди:

«Албатта мен танқидга тоқатсизлик ва ўзини ундан устун деб билишни олимлар ахлоқидан деб ҳисобламайман, ва бу мўминлар ахлоқидан ҳам эмас.

Бу — илмидан ғурурланиш ва сохта кибрдир.

Биз учун бу борада Аллоҳ таъалонинг қуйидаги сўзи кифоя қилади:

َإِذَا قِيلَ لَهُ ٱتَّقِ ٱللَّهَ أَخَذَتْهُ ٱلْعِزَّةُ بِٱلْإِثْمِ فَحَسْبُهُۥ جَهَنَّمُ ۚ وَلَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ


«Агар унга, Аллоҳдан қўрқгин, дейилса, уни кибру хавоси гуноҳга етаклайди. Жаҳаннам унга етарлидир. У қандай ҳам ёмон ўрин-а?»

(Бақара сураси, 206-оят)
___________
Шайх доктор Абдулиллаҳ ар-Рифаъий.(حفظه الله)
🔥4❤‍🔥3
إنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

Бугун, 1447 ҳижрий йил, 1-Рабиъул-Охир куни, Саудия Арабистонининг Бош Муфтийси, аллома ва фақиҳ, Кибор уламолар кенгаши раиси шайх АбдулъАзиз Оли аш-Шайх вафот этди. Аллоҳ таъало у кишини раҳматига олсин, гуноҳларини кечирсин ва жаннатда даражасини баланд қилсин.
❤‍🔥9
❤‍🔥9💯4
👍4💯2❤‍🔥1
Bidʼatlar bir-birini ergashtirib keladi

Shayx Ubayd ibn Abdulloh al-Jobiriy rahimahulloh dedi:

البدع يجرُّ بعضها بعضًا، ولهذا قال قائل الأئمة: (البدعة بريد الكفر)
فالذين أحدثوا بدعة التسبيح بالحصى جماعةً؛ الذين أنكر عليهم ابن مسعود رضي الله عنه صنيعهم، ووبَّخهم، جرَّتهم بدعتهم إلىٰ قتال صفوة الأمة وخيارها من الصحابة والتابعين، قال عمرو بن سلمة راوي الخبر رحمه الله: (فرأيت عامة أولئك الحِلَق يطاعنوننا يوم النهروان مع الخوارج).
وصاروا يتقرَّبون بدماء خيار الأمة، ويقولون: الرواح الرواح، الجنَّة الجنَّة! بل النار النار! إن الجنَّة ليست في دماء خيار الأمة وصفوتها من الصحابة وفضلاء التابعين، لكن البدع تسوِّغ الكفر.

“Bidʼatlar bir-birini ergashtirib keladi. Shuning uchun imomlardan biri: “Bidʼat — kufrning elchisidir”, degan.
Jamoat boʻlib toshchalar bilan tasbeh aytish bidʼatini paydo qilganlar, Ibn Masʼud roziyallohu anhu qilmishlarini inkor qilib, ularni koyigan oʻsha kimsalar, oʻz bidʼatlari sababli ummatning saralari va yaxshilari boʻlmish sahoba hamda tobeinlarga qarshi jang qilishgacha yetib borishdi. Ushbu xabarni rivoyat qilgan Amr ibn Salama rahimahulloh aytadi: “Nahravon kuni oʻsha halqalarda oʻtirganlarning aksariyati xavorijlar bilan birga bizga qarshi nayza sanchayotgan holda (jang qilayotganini) koʻrdim”.
Ular ummatning eng yaxshi insonlari qonini toʻkish bilan (Allohga) yaqinlik hosil qilmoqchi boʻlishar va: “Olgʻa, olgʻa! Jannatga, jannatga!” deb hayqirishardi. Yoʻq, aslida: “Doʻzaxga, doʻzaxga!” Zero, Jannat sahobalar va tobeinlarning fozillari kabi ummatning sara kishilari qonini toʻkishda emas. Lekin bidʼatlar kufrga yoʻl ochadi”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Ikki Roziy aqidasi” sharhi (199–200 betlar).
❤‍🔥44👍2
Abu Xallod rahimahulloh dedi:

ما من قوم فيهم من يتهاون بالصلاة ولا يأخذون على يديه إلا كان أول عقوبتهم أن ينقص من أرزاقهم.

“Qaysi bir qavm orasida namozga beparvo bo‘ladigan kimsa bo‘lsa-yu, ular uni bu ishdan qaytarmasalar, ularga beriladigan ilk jazo rizqlarining kamaytirilishi bo‘ladi”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Ibn Rajab al-Hanbaliy, “Fathul-Boriy”, 3-jild, 144-bet.
❤‍🔥51
🌙 Zulhijja oyi hiloli (1447 / 2026)

Saudiya Arabistoni Oliy mahkamasi bugun oqshom mamlakat rasadxonalarida Zulhijja oyi hiloli (yangi oy) muvaffaqiyatli ko‘ringanini rasman e’lon qildi. Oliy mahkamaning yakuniy bayonotiga ko‘ra:
18-may (Dushanba): Zulhijja oyining 1-kuni;
26-may (Seshanba): Arafa kuni;
27-may (Chorshanba): Qurbon hayiti (Iyd al-Adho) bayramining birinchi kuni deb belgilandi.
Alloh taolo kirib kelayotgan ulug‘ kunlar va Qurbon hayitini barcha musulmonlarga muborak qilsin! Ushbu fazilatli kunlarni O‘zi rozi bo‘ladigan amallar bilan o‘tkazishimizni nasib aylasin!

• ═════ ❁✿❁═════ •

@favoiduz

#️⃣ #Zulhijja #Зулҳижжа
❤‍🔥22💯1
Rasululloh ﷺ dedilar:

إذا رأيتم هلال ذي الحجة وأراد أحدكم أن يضحي فليُمسِك عن شعره وأظفاره

“Agar Zulhijja hilolini ko‘rsangiz va birortangiz qurbonlik qilishni iroda qilsa, bas, sochi (tanasidagi tuklari) va tirnoqlarini olishdan tiyilsin”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Sahih Muslim, (1977).

#️⃣ #Qurbonlik #Zulhijja #Қурбонлик #Зулҳижжа
❤‍🔥4
Zulhijjaning avvalgi oʻn kunida roʻza tutish

🎙 Ustoz Dilmurod Abu Muhammad hafizahulloh

• ═════ ❁✿❁═════ •

#️⃣ #Zulhijja #roʻza #nafl_roʻza
#Зулҳижжа #рўза #нафл_рўза
❤‍🔥31
​​Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

التعلق بأستار الكعبة أو إلصاق الصدر عليها أو ما أشبه ذلك بدعة لا أصل لها، فلم يكن النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم وأصحابه يفعلون ذلك، وغاية ما ورد هو الالتزام فيما بين باب الكعبة والحجر الأسود فقط.

“Kaʼba yopinchigʻiga yopishish, koʻkrakni uning devoriga bosish yoki shunga oʻxshash amallar asossiz bidʼatdir. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ham, u zotning sahobalari ham bunday qilmaganlar. Bu borada vorid boʻlgan narsa faqat Kaʼba eshigi bilan Hajarul Asvad oʻrtasida iltizom qilishdir (yaʼni oʻsha joyga yopishish)”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Yoʻldagi yogʻdu” fatvolari (8/179).

#️⃣ #Kaʼba #haj #umra #Каъба #ҳаж #умра
❤‍🔥4
Maymun ibn Mehron rahimahulloh dedi:

أدركت الناس وإنهم ليكبرون في العشر، حتى كنت أشبهه بالأمواج من كثرتها

“Men shunday odamlarni ko‘rdimki, ular (Zulhijjaning) o‘n kunligida shu qadar ko‘p takbir aytishar ediki, men uni ko‘pligidan dengiz to‘lqinlariga o‘xshatar edim”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

Ibn Rajab, “Fathul Boriy”, (9-jild, 9-bet).

#️⃣ #zulhijja #takbir #зулҳижжа #такбир
❤‍🔥3👍1
Alloma Ibn Rajab al-Hanbaliy rahimahulloh dedi:

تعرض لنفحات مولاك في هذا العشر، فإن فيه لله نفحات يصيب بها من يشاء، فمن أصابته سعد بها آخر الدهر

“Mana shu (Zulhijjaning) oʻn kunligida Mavloingiz rahmat shabadalariga yuzlaning. Zero, bu kunlarda Allohning shunday rahmat esintilari borki, ularni Oʻzi xohlagan bandalariga ato etadi. Kimga ulardan birortasi nasib qilsa, umrining oxirigacha baxtiyor boʻladi“.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Latoiful Maorif”, (274-bet).

#️⃣ #zulhijja #зулҳижжа
❤‍🔥3
Arafa kuni roʻza tutish

Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

صيام يوم عرفة لغير الحاج سنة مؤكدة؛ فقد سئل رسول الله صلى الله عليه وسلم عن صوم يوم عرفة فقال: "أحتسب على الله أن يكفر السنة التي قبله والسنة التي بعده"، وفي رواية: "يكفر السنة الماضية والباقية"، وأما الحاج فإنه لا يسن له صوم يوم عرفة؛ لأن النبي صلى الله عليه وسلم كان مفطراً يوم عرفة في حجة الوداع.

“Haj qilmayotgan odam uchun Arafa kuni roʻza tutish ta’kidlangan sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Arafa kuni roʻzasi haqida so‘ralganda, u zot: “Allohdan umid qilamanki, u o‘zidan oldingi va keyingi yil (gunohlari)ga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Termiziy (749). Alboniy sahih dedi). Boshqa rivoyatda esa: “O‘tgan va kelgusi yil (gunohlari)ni kafforat qiladi”, deyilgan (Muslim (1162)).
Ammo hoji uchun Arafa kuni roʻza tutish sunnat emas. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam vidolashuv hajida Arafa kuni og‘izlari ochiq (roʻza tutmagan) holda bo‘lgan edilar”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Zakot va roʻzaga oid fatvolar”, (794-bet).

#️⃣ #zulhijja #arafa #roʻza #nafl_roʻza #зулҳижжа #арафа #рўза #нафл_рўза

📌 Arafa kuni — 26 may seshanba kuni
👍2❤‍🔥1
Arafa kuni roʻza tutish

🎙 Ustoz Abu Muhammad Dilmurod hafizahulloh

• ═════ ❁✿❁═════ •

#️⃣ #zulhijja #arafa #roʻza #nafl_roʻza #зулҳижжа #арафа #рўза #нафл_рўза

📌 Arafa kuni — 26 may seshanba kuni
❤‍🔥1
​​Arafa kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi

Savol: Arafa kuni qazo niyatida, yaʼni qazoni qasd qilgan holda roʻza tutishning hukmi nima?
Javob: Arafa kuni roʻza tutish taʼkidlangan sunnat boʻlib, unda ulugʻ fazilat bor. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bu haqda: “Allohdan umid qilamanki, u oʻzidan oldingi va keyingi yil (gunohlari)ga kafforat boʻladi”, deganlar (Termiziy (749). Alboniy sahih dedi). Agar inson bu roʻzani nafl niyatida tutsa, bu yaxshidir. Agar qazo niyatida tutsa, yaʼni zimmasida Ramazondan qolgan kunlari boʻlib, Arafa kunini oʻsha qarzlari hisobidan tutsa, buning zarari yoʻq. Umid qilamanki, unga ham qazo roʻzasining savobi, ham Arafa kunining savobi hosil boʻladi.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

✍🏻 Fazilatli shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh
💿 “Yoʻldagi yogʻdu” fatvolari, 246-tasma

#️⃣ #zulhijja #arafa #roʻza #nafl_roʻza #qazo #зулҳижжа #арафа #рўза #нафл_рўза #қазо

📌 Arafa kuni — 26 may seshanba kuni
1
Hofiz Ibn Abdulbarr rahimahulloh dedi:

أَنَّ دُعَاءَ يَوْمِ عَرَفَةَ أَفْضَلُ مِنْ غَيْرِهِ وَفِي ذَلِكَ دَلِيلٌ عَلَى فَضْلِ يَوْمِ عَرَفَةَ عَلَى غَيْرِهِ. وَفِي الحَدِيثِ أَيْضًا دَلِيلٌ عَلَى أَنَّ دُعَاءَ يَوْمِ عَرَفَةَ مُجَابٌ كُلُّهُ فِي الأَغْلَبِ.

“Arafa kunidagi duo boshqa kunlardagi duolardan afzaldir. Bu esa Arafa kunining boshqa kunlardan fazilatli ekaniga dalildir. Shuningdek, bu hadisda Arafa kunidagi duolarning aksari ijobat qilinishiga ham dalil bor”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“At-Tamhid”, (6/41).

#️⃣ #zulhijja #arafa #duo #зулҳижжа #арафа #дуо
❤‍🔥21
Odamlarga imomlik qilayotgan inson, oʻzingga ehtiyot boʻl!

Sufyon as-Savriy rahimahulloh dedi:

إِذَا رَأَيْتَ الرَّجُلَ يَحْرِصُ عَلَى أَنْ يَؤُمَّ فَأَخِّرْهُ.

“Agar bir kishi imom boʻlishga qattiq intilayotganini koʻrsang, uni orqaga sur”.

📚 Ibn al-Jaʼd “Musnad”, (1786).

Shayxul Islom Ibn Taymiyya rahimahulloh dedi:

ﻭﻫﻲ ﻓﺘﻨﺔ؛ ﻟِﻤَﺎ ﻓﻴﻬﺎ ﻣﻦ ﺍﻟﺸﺮﻑ ﻭﺍﻟﺮﺋﺎﺳﺔ، ﺣﺘﻰ ﺭُﺑَّﻤﺎ ﻛﺎﻥ ﻃﻠﺒُﻬﺎ ﻣﺜﻞ ﻃﻠﺐ ﺍﻟﻮﻻﻳﺎﺕِ ﻭﺍﻹﻣﺎﺭﺍﺕِ، ﺍﻟﺬﻱ ﻫﻮ ﻣﻦ ﺇﺭﺍﺩﺓ ﺍﻟعلو ﻓﻲ ﺍﻷﺭﺽ؛ ﻭﻫﺬﺍ ﻣُﻀِﺮٌّ ﺑﺎﻟﺪِّﻳﻦ، ﻭقد ﺭَﻭﻯ ﻛﻌﺐ ﺑﻦ ﻣﺎﻟﻚ ﻋﻨﻪ ﷺ ﺃﻧﻪ ﻗﺎﻝ: (ﻣﺎ ﺫِﺋْﺒﺎﻥِ ﺟﺎﺋﻌﺎﻥِ ﺃُﺭْﺳِﻼ ﻓﻲ ﻏﻨَﻢٍ ﺑﺄﻓﺴَﺪَ ﻟﻬﺎ ﻣِﻦ ﺣِﺮﺹِ ﺍﻟﻤَﺮْﺀِ ﻋﻠﻰ ﺍﻟﻤﺎﻝِ، ﻭﺍﻟﺸﺮَﻑ ﻟِﺪِﻳﻨِﻪ)، ﻗﺎﻝ ﺍﻟﺘﺮﻣﺬﻱ: ﺣﺪﻳﺚ ﺣﺴَﻦ ﺻﺤﻴﺢ. ﻭﻷﻧﻪ ﻳُﺨﺎﻑ ﻋﻠﻰ ﺻﺎﺣﺒﻬﺎ ﺍﻧﺘﻔﺎﺧُﻪ ﺑﺬﻟﻚ ﻭﺍﺧﺘﻴﺎﻟُـﻪ، ﻭﺃﻥ ﻳُﻔﺘﻦ ﺑﺎﺷﺘﻬﺎﺭه؛ ﻭﻟﺬﻟﻚ ﺻﻠّﻰ ﺣﺬﻳﻔﺔُ ﺑﻦ ﺍﻟﻴﻤﺎﻥ ﻣﺮﺓ ﺇﻣﺎﻣًﺎ ﺛﻢ ﻗﺎﻝ: (ﻟﺘﺼﻠُﻦّ ﻭُﺣﺪﺍﻧًﺎ، ﺃﻭ لَتَـلتَمِسُنَّ ﻟﻜﻢ ﺇﻣﺎﻣًﺎ ﻏﻴﺮﻱ، ﻓﺈﻧﻲ ﻟﻤّﺎ ﺃَﻣَﻤﺘُﻜﻢ ﺧُﻴِّﻞ ﺇﻟﻲَّ ﺃﻧﻪ ﻟﻴﺲ ﻓﻴﻜﻢ ﻣِﺜﻠﻲ).

“U (imomlik) fitnadir. Unda sharaf va rahbarlik borligi uchun, baʼzan uni talab qilish yer yuzida oliy boʻlishni istashdan iborat boʻlgan hokimlik va amirlikni talab qilish kabidir. Bu esa dinga zarar yetkazuvchi narsadir.
Kaʼb ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimizdan ﷺ rivoyat qilgan hadisda u zot shunday deganlar: “Qoʻylar orasiga qoʻyib yuborilgan ikkita och boʻri ularga, kishining mol-dunyo va obroʻ-mansabga boʻlgan hirsi uning diniga yetkazadigan zarardan koʻra koʻproq zarar yetkazmaydi”. Termiziy: “Hasan sahih hadis”, dedi.
Shuningdek, imomlik qilayotgan kishining bu sababli kibrlanib ketishi, oʻziga bino qoʻyishi va mashhurlik bilan fitnalanib qolishidan qoʻrqiladi. Shu sababli Huzayfa ibn Yamon bir marta odamlarga imom boʻlib namoz oʻqidilar-da, soʻng shunday dedilar: “Yo yolgʻiz-yolgʻiz (alohida) namoz oʻqiydigan boʻlasiz, yoki oʻzingizga mendan boshqa imom qidirasiz. Chunki sizlarga imomlikka oʻtganimda, menga goʻyo sizlarning ichingizda mendan yaxshiroq odam yoʻq degan xayol keldi””.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Sharh Umdatul Fiqh”, (2/142).

#️⃣ #imomlik #imom #namoz #taqvo #ixlos #IbnTaymiyya #Savriy
#имомлик #имом #намоз #тақво #ихлос #ИбнТаймийя #Саврий
❤‍🔥5🔥1
Shayx Muqbil ibn Hadiy al-Vadiʻiy rahimahulloh dedilar:

‏لا بد من الفتنة والاختبار ‏يقول الله عز وجل : ( ونبلوكم بالشر والخير فتنة ) ‏والشأن كل الشأن لمن صبر و ثبت.

“Albatta fitna va sinov boʻlishi muqarrar. Alloh azza va jalla shunday deydi: «Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik bilan sinov qilib imtihon qilamiz» (Anbiyo: 35). Asosiy masala esa kim sabr qilib, sobit qadam tura olishidadir”.

•~~~•┈•⊰✿۩📖۩✿⊱•┈•~~~•

“Al-Jomiʻ al-Kabir”, 1/608.

#️⃣ #sinov #imtihon #sabr #sobitqadamlik #Muqbil
#синов #имтиҳон #сабр #собитқадамлик #Муқбил
2❤‍🔥1👍1