This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari
#ibrat
📹 GʻANIMAT MEHMON
🎤 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
▶️ YouTube | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | Ummalife
🔗 Ulashing: @fatvouzlotin
#ibrat
🔗 Ulashing: @fatvouzlotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISSIQ-SOVUQ QILISH BOR NARSAMI?
#aqida
❓497-SAVOL: Issiq-sovuq bor narsami? Agar bor bo‘lsa, uni qanday qaytarish yoki umuman zarar yetmaydigan qilish mumkin?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, sehr bor narsa. Issiq-sovuq ham sehrning bir turidir. U zamonamiz olimlaridan Vahid Abdussalom Ba’liy hazratlarining “Sehr va jodudan saqlanish yo‘llari” kitobida quyidagicha ta’riflanadi: “Tafriq sehri – er-xotinni bir-biridan ajratish, sovitish va ular orasiga dushmanchilik solishdir”.
Musulmon odam sehr va boshqa zararli ta’sirlardan saqlanishi, himoyalanish uchun avvalo sehr bilan shug‘ullanadigan kishilardan uzoqroq yurishi kerak. Keyin esa barcha gunohlardan saqlanishi kerak. Zohiriy va botiniy pok bo‘lishi kerak. Zohiriy poklikka doim tahoratli bo‘lish, besh vaqt namozni o‘z vaqtida o‘qish kirsa, botiniy poklikka hasad, g‘iybat, adovat kabi ma’naviy illatlardan tiyilish kiradi.
Bundan tashqari sehrdan saqlanishda Qur’oni karimni tilovat qilish yoki uni tinglash, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida kelgan zikrlarda bardavom bo‘lish ham foydalidir.
Xususan, Nabaviy ta’limotda “Fotiha”, “Oyatal kursi”, “Falaq”, “Nas”suralarini ertalab va kechqurunda uch marotabadan o‘qishni odat qilish, umuman ko‘p Qur’on o‘qish va eshitish jin va shaytonlarning yomonligidan saqlanishda eng samarali usullardan biridir. Bu haqda Imom Buxoriy Oisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotsalar, ikki kaftlariga “Qul huvallohu ahad”, “Qul a’uuzu birobbil falaq” va “Qul a’uzu birobbinnasi” suralarini o‘qib, dam solib, badanlariga surtib yotardilar” – deyiladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife

KUFRGA SABAB BO‘LUVCHI SO‘ZLAR VA ISHLAR HAQIDA
#aqida
❓498-SAVOL: Men kecha juda xunuk ish qilib qo‘ydim. Jahlim chiqib turganda bir kishi falon ish xudo xohlasa bo‘ladi dedi, men esa qo‘pol so‘kinib bu ish bo‘lmaydi, dedim. Kufr keltirdimmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Musulmon kishining dindan chiqish haqida ulamolarimiz bir qancha sabablarni keltirganlar. Ular uch turli bo‘lib, Siz ichki holatingiz va qasdingiz qaysi biriga to‘g‘ri kelishiga qarab ish tuting. Qanday holat bo‘lgan bo‘lsa ham, astoydil pushaymon bo‘lib, tavba-istig‘for bilan o‘zingizni o‘nglang, solih amallarda davom eting. Kulfat kelgan tomonni isloh qilish, ya’ni, jahlni jilovlash, og‘ir-bosiq bo‘lish payida bo‘ling.
1. Noto‘g‘ri e’tiqod sababli dindan chiqish. Masalan, Alloh taolo haqida yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida yoki oxirat kuni haqida va hokazo dinga taalluqli ekani aniq bo‘lgan qat’iy ma’lumotlar to‘g‘risida shubha qilgan kishi dindan chiqqan bo‘ladi. Ammo unutmaslik lozimki, ko‘ngilga keladigan turli bema’ni o‘y-xayollar shubha hisoblanmaydi.
2. Ayrim ishlarni qilish sababli dindan chiqish. Masalan, but-sanamlarga sajda qilish, quyoshga sajda qilish va Mus’hafi sharifni chiqindixonaga uloqtirish kabi ishlarni sodir etgan kimsa dindan chiqqan bo‘ladi.
3. Ayrim so‘zlarni gapirish sababli dindan chiqish. Masalan, Alloh taoloning ismlarini, yoki hukmlarini yoki dinni va unga tegishli hukmlarni mazax qilgan kimsa dindan chiqqan bo‘ladi.
Ushbu uchinchi turida oldingilaridan farqli nozik jihatlari bo‘lgani uchun aqoid kitoblarida bu tur alohida ravishda keng va batafsil bahs qilingan. Bu bahslarning xulosalari quyidagilardir: Sirojiddin O‘shiy rahmatullohi alayh “Bad’ul amoliy” asarida kufr so‘zini gapirishning hukmini bunday bayon qilgan:
وَلَفْظُ الْكُفْرِ مِنْ غَيْرِ اعْتِقَادٍ بِطَوْعٍ رَدُّ دِيْنٍ بِاغْتِفَالِ
“E’tiqod qilmasdan (bo‘lsa-da) o‘z ixtiyori bilan kufr (so‘z)ni talaffuz qilish g‘aflat bilan dinni rad etishdir”.
Demak ixtiyoriy ravishda, ya’ni majburlanmasdan turib kufr so‘zini aytish dindan qaytish, ya’ni kufr hisoblanar ekan.
Kufr so‘zini aytuvchilarning holatlari turlicha bo‘ladi. Ba’zilari bu so‘zni bila turib qasddan aytgan bo‘lsalar, ba’zilari bilmasdan aytib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Bularning barchasining hukmi bir xil bo‘ladimi yoki farqli hukm bo‘ladimi?
Bunga ulamolar quyidagicha javob berganlar: Kufr so‘zini gapiruvchilarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:
1. Aytayotgan gapi kufr ekanini bila turib, uning ma’nosiga e’tiqod qilib aytuvchilar.
Kimki aytayotgan gapi kufr ekanini bilib, shuni o‘zi xohlab, uning ma’nosiga e’tiqod qilib aytgan bo‘lsa, bunday kimsa hech bir ixtilofsiz aniq kofirga aylangan bo‘ladi.
2. Aytayotgan gapi kufr ekanini bila turib, ammo ma’nosiga e’tiqod qilmasdan aytuvchilar;
Kimki aytayotgan gapi kufr ekanini bila turib, o‘z ixtiyori bilan uni aytgan bo‘lsa-yu ammo e’tiqodi unday bo‘lmasa, bu kimsaning dindan chiqqani haqida ixtilof qilingan:
– Hanafiy mazhabidagi mo‘tabar matnlardan bo‘lgan “Fatavoyi Qozixon” va “Fatavoyi Bazzoziya”lardagi hukmga ko‘ra bu odam dindan chiqqan bo‘ladi;
– Ba’zi ulamolar: “Iymon va kufr qalbning amallaridir, shunga ko‘ra bu odam dindan chiqqan bo‘lmaydi”, deganlar.
3. Aytayotgan gapi kufr ekanini bilmasdan va ma’nosiga ham e’tiqod qilmasdan aytuvchilar.
Kimki aslida kufr bo‘lgan so‘zni gapirsa, ammo aytgan gapining ma’nosiga ham e’tiqod qilmagan va uning kufr so‘z ekanini ham bilmagan bo‘lsa, bu kimsaning dindan chiqqani haqida ixtilof qilingan.
Ammo ulamolar kufr so‘zi aytilsa ham ayrim holatlarda istisno tarzda kufr hisoblanmaydi deganlar. Masalan bexosdan kufrga dalolat qiladigan so‘z og‘izdan chiqib ketgan bo‘lsa, yoki es- hushini yo‘qotgan holatda aytib yuborgan bo‘lsa, yoki mast holatda aljiragan bo‘lsa, kufrga hukm qilinmaydi (“E’tiqod durdonalari” kitobidan). Vallohu a’lam.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari
📹 SOLIHA AYOL TIMSOLI
🎤 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife
🔗 Ulashing: @fatvouzlotin
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife
🔗 Ulashing: @fatvouzlotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SURIYADA JIHOD BORMI?
#jihod
❓499-SAVOL: Men Tojikistondanman. Islomni o‘rganib, unga amal qilishga harakat qilaman. Men Suriya haqida so‘ramoqchi edim. Internetda ba’zi o‘zbek olimlari Suriyada jihod bor, kim inkor etsa fosiq, munofiq deb, chaqiryaptilar. Siz bunga nima deysiz?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Internetdagi da’vatchilar ma’ruzalarida jihod hamma uchun farz ekani haqida so‘z yuritadi. Aslida, jihod ikki qismdan iborat:
1. Talab jihodi – farzi kifoya. U hozir yo‘qligiga ulamolar ittifoq qilishgan. Chunki, hozirda davlatlar o‘rtasida tinchlik bitimi mavjud bo‘lib, urushmaslikka kelishilgan.
2. Mudofaa jihodi – farzi ayn. U dushmanlar musulmonlar yashaydigan yurtga urush qilib, bostirib kirsa, himoya uchun farz bo‘ladi.
Ma’lumki, jihodning o‘ziga yarasha qoidalari bor. Birinchidan, jihodga safarbar qilish uchun “Xalifa” bo‘lishi lozim. Vaholanki, xalifalik masalasi tarixda qolgani barchaga ma’lum. Qolaversa, jihod joriy bo‘lishi uchun ummatning ijmosi ham talab etiladi. Bular chaqirayotgan “jihod”ga Islom ummatining deyarli barchasi qarshi ekani kundek ravshan.
Bugungi kunda jihodga targ‘ib qilayotgan guruhlar qaysi siyosiy kuchlarga xizmat qilayotganlarini o‘zlari ham bilmaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim noma’lum bayroq ostida jang qilsa va bu yo‘lda o‘ldirilsa, demak, u johiliyat o‘limini topibdi” deb aytganlar. Ya’ni, kimki noma’lum bayroq ostida, uni kimning qo‘lida ekanini, uning maqsadi qandayligini bilmagan holda jang qilsa va bu yo‘lda o‘lsa u johiliyatda o‘lgandek bo‘ladi.
Dinimiz hatto urush ostida bo‘lgan va dushman zaminlarida yashagan, lekin jangovarlik sifatiga ega bo‘lmagan insonlarning o‘ldirilishiga ham ruxsat bermaydi. Jihodga chaqirayotganlarning aksariyat xalqi musulmon bo‘lgan o‘lkalarda begunoh insonlar o‘ldirilayotgan, nishonga olinayotgan hujumlarga shar’an ruxsat ko‘zi bilan qarashi juda achinarlidir.
“Niso” surasining 93-oyatida bir mo‘min kishini qasddan o‘ldirganlar jahannam azobiga duchor bo‘lishi xabar berilgan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda “Dunyoning yo‘q bo‘lib ketishi Alloh nazdida bir mo‘minning nohaq o‘ldirilishidan ko‘ra yengilroqdir” deb, bu jinoyatning oqibati qancha yomon ekaniga ishora qilmoqdalar (Ibn Moja rivoyati).
Buzg‘unchi toifalar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda “shahidlik”, “jihod”, “hijrat”, “takfir”, “xalifalik” kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida ayrim yoshlarni o‘zlarining tuzoqlariga ilintirishga muvaffaq bo‘lishayotgani achinarli hol, albatta.
Mashhur olim, marhum Muhammad Said Ramazon Butiy rahimahulloh aynan nizoli hududlarni ichida bo‘lgan va terrorchilar xususida shunday degan edilar: “Ular bir vaqtning o‘zida biror aybi yo‘q musulmonlarni kechasi bo‘g‘izlab ketishni “shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular oddiy yo‘lovchilar to‘la samolyotni ichidagi aybsiz insonlar bilan qo‘shib portlatib yuborishni ham “shariatda bor ish” deydilar. Har kim ko‘zlarini yumib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bugun oramizda yuribdilar, deb xayol qilsin. Ul zot shunday razil ishlarga rozi bo‘larmidilar?!”.
Dinimizda begunoh inson qonini to‘kish buzg‘unchilikning eng ulkan ko‘rinishi hisoblanadi. Islom hatto chumoliga ham ozor berishdan qaytaradi. Bunday vahshiylikni qilayotganlar dindorlik haqida qancha lof urmasin, qilgan yovuzliklari bu da’volari soxta ekanini fosh etmoqda. Vallohu a’lam.

ISHLAR O‘Z AHLIDAN BOSHQALARNING QO‘LIGA O‘TISHI HAQIDA
#hadis_sharhi
❓500-SAVOL: “Qachonki ishlar o‘z ahlidan boshqa kishilar qo‘liga o‘tkazilsa, qiyomatni kutavering”, degan hadisni sharhlab bersangiz?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Hadisning matni quyidagicha:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إِذَا ضُيِّعَتِ الأَمَانَةُ فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ قَالَ : كَيْفَ إِضَاعَتُهَا يَا رَسُولَ اللَّهِ ؟ قَالَ : إِذَا أُسْنِدَ الأَمْرُ إِلَى غَيْرِ أَهْلِهِ فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ (رواه الإمام البخاري)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon omonat zoye bo‘lsa, qiyomatni kutaver”, dedilar. “Uning zoye bo‘lishi qandoq, ey Allohning Rasuli?” deyishdi. “Qachon ish o‘z ahlidan boshqaga topshirilsa, qiyomatni kutaver”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilganlar).
Bu hadisi sharifdan omonat nafaqat savdo-sotiq yoki moliyaviy narsalarda, balki, ma’naviy sohada ham, jumladan rahbarlik ishboshilikda ham bo‘lishini anglab olamiz.
Ulamolarimiz ishning o‘z ahlidan boshqaga topshirilishini, din va dunyo ishlarida mazkur ishlardan xabarsiz, mutaxassis bo‘lmagan kishilarning ularga bosh bo‘lishi, deb izohlaganlar.
Omonat zoye bo‘lsa, barcha ish chappasiga ketadi. Haydovchi omonatni zoye qilsa, yo‘lovchilarning hayoti xavf ostida qoladi. O‘qituvchi omonatni zoye qilsa, kelajak avlod ilmsiz, johil bo‘ladi. Quruvchi omonatni zoye qilsa, binolar qulab, shaharlar vayron bo‘ladi. Shifokor omonatni zoye qilsa, bemorlar halok bo‘ladi. Ota-ona omonatni zoye qilsa, farzandlar tarbiyasi buzilib, axloqsiz bolalar ko‘payadi. Er-xotin omonatni zoye qilsalar, oilalar buziladi. Ulamolar omonatni zoye qilsalar, din hukmlariga to‘liq amal qilish yo‘qoladi, musulmonlarning huquqlari toptaladi. Rahbarlar omonatni zoye qilsalar, xalq adolatsizlik va zulmdan eziladi.
Xullas, bir ishni nomunosib kishiga topshirilsa, u o‘ziga berilgan mansab va vazifaning bilimdoni, loyiq kishisi bo‘lmagani uchun, tabiiyki, o‘sha ishda juda ko‘p xatolarni sodir etadi, ishni to‘g‘ri yo‘nalishda olib bormay, omonatni zoye qiladi, buning ortidan esa ko‘ngilsizliklar yuzaga keladi.
Bu hadisi sharif hozirgi kunimizda ham amal qilish juda ham dolzarb bo‘lib turibdi. Bir soha xodimi o‘z sohasini rivojlantirish, kamchiliklarini to‘g‘rilash o‘rniga boshqa sohani, uning xodimlarini aybini qidirib yurish bilan band bo‘ladi. Natijada o‘z sohasi kasodga uchraydi (Manba: “Hadis va hayot” kitobi). Vallohu a’lam.

MEHMONXONADA SPIRTLI ICHIMLIKLAR SOTILISHIGA IMKON YARATIB BERISH
#halol_harom
❓501-SAVOL: Yaqinda mehmonxona biznesini boshladik. Gohida mijozlar spirtli ichimliklar so‘rab qolishadi. Mehmonxona foydasiga sherik bo‘lmagan kishini yollab, spirtli ichimlik sotishiga ruxsat berish mumkinmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Mehmonxonangizda spirtli ichimliklar sotilishiga ruxsat berishingiz bilan, shu ishning gunohiga sherik bo‘lasiz. Zarurat bo‘lsa, mehmonxona nizomiga, mijozlarga spirtli ichimliklar yetkazib berish xizmati yo‘q deb, yozdirib qo‘ying. Lekin xonani ijaraga bergandan keyin, mijoz u yerda qiladigan gunohi uchun o‘zi javobgar bo‘ladi.
Albatta shariatimizda harom narsalar va ma’siyatlardan qaytarish bilan bir qatorda ma’siyat egalariga yordam berish, ular bilan hamkorlik qilish, shar’an harom narsalarni sotish, tashuvchilik qilish kabilardan ham qaytarilgan. Ulamolar ma’siyatga sababchi bo‘lish ham ma’siyatdir deganlar. Lekin shunday bo‘lsada ular ma’siyatga sababchi bo‘lishni ikki turga bo‘lganlar. Bevosita (yaqin) sababchi bo‘lish va bilvosita (uzoq) sababchi bo‘lish. Mashhur zamondosh muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlari o‘zlarining “Buhus” kitoblarida ma’siyatga sababchi bo‘lishga doir hukmlar haqida bahs qilib, jumladan otalari Muhammad Shafe’ Usmoniydan quyidagilarni naql qilganlar:
“Haromga bevosita (yaqin) sababchi bo‘lishning ikkinchi turi shuki, unda mazkur ish aslida (zotan) ma’siyatni harakatlantiruvchi bo‘lmaydi. Balki ma’siyat (navbatdagi bosqichda) o‘z ixtiyoriga ega bo‘lgan shaxs tomonidan sodir bo‘ladi. Masalan may (aroq) tayyorlovchiga uzum suvini sotish yoki uyni u yerda butga ibodat qiluvchiga ijaraga berish kabi. Chunki mazkur savdo yoki ijara garchi ma’siyatga yaqin sabab bo‘lsada, lekin ular bevosita ma’siyatni chaqiruvchi yoki harakatga keltiruvchi ishlar emas. Bu turdagi yaqin sabablarning hukmi, agar mazkur sotuvchi yoki ijaraga beruvchilar ularning ma’siyatiga yordam berish maqsadida sotgan yoki ijaraga bergan bo‘lsalar bu qat’iy harom hisoblanadi.
Ammo ma’siyatga yordam berishni qasd qilmagan bo‘lsalar, bu ham ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchisi: sotuvchi xaridorning may (alkogol) tayyorlashini bilmagan bo‘lishi. Bunda savdo bitimi karohatsiz joiz bo‘ladi. Ammo uning may tayyorlashini bilgan lekin unga yordam berishni qasd qilmagan bo‘lsa bu savdo makruhdir. Shu o‘rinda agar sotilgan narsa (masalan bu yerda uzumning suvi) o‘zgartirilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’siyatga ishlatishga yaroqli narsa bo‘lsa, haromga yaqin makruh hisoblanadi. Agar u o‘zgartirilgandan so‘ng ma’siyatga yaroqli narsa bo‘lsa, savdo halolga yaqin makruhdir”.
Demak, yuqoridagi qoidalarga ko‘ra, mijozlarga mast qiluvchi ichimliklar yetkazib berish, gunohga bevosita yordam berish va harom amaldir. Siz bilan mehmonxona mijozi o‘rtasidagi ijara bitimi, agar uning gunohiga yordam berishni qasd qilmagan bo‘lsangiz, ikki xil holatda bo‘ladi:
1. Mijozning xonasida gunoh ish qilishini bilmasangiz, ijara bitimi karohatsiz durust.
2. Mijozning xonasida gunoh ish qilishini bilsangiz, ijara bitimi makruhi tanzihiy (halolga yaqin makruh)dir. Chunki xonaning o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri gunohga ishlatiladigan narsa emas. Vallohu a’lam.

MAXFIY O‘QILADIGAN NAMOZLARDA JAHRIY QIROAT QILINSA, QAYTA O‘QISH KERAKMI?
#namoz
❓502-SAVOL: Bilmasdan ovoz chiqarib o‘qigan namozlarning qazosini o‘qishim kerakmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Yolg‘iz namoz o‘qiydigan kishi Bomdod, Shom va Xufton namozlarining qiroatini istasa ovoz chiqarib o‘qiydi, istasa ichida qiroat qiladi. Ovoz chiqarib qiroat qilgani afzaldir. Bu namozlar jamoat bo‘lib ado qilinganda ovoz chiqarib o‘qish vojib bo‘ladi. Peshin va Asr namozlarini yolg‘iz o‘qiguvchi ham jamoat bo‘lib o‘qilganda ham ovoz chiqarmasdan o‘qishi vojibdir.
Ovoz chiqarmasdan o‘qiladigan namozlar ovoz chiqarib o‘qilsa yoki Bomdod, Shom va Xufton namozlari jamoat bo‘lib ado qilinganda ovoz chiqarmasdan o‘qilsa, bu xatoni sajdai sahv bilan to‘g‘rilanadi va bu namoz qayta o‘qilmaydi. Lekin yuqoridagi xatoni qilganda sajdai sahv qilmasdan namozini tugatsa, namozda vojibni tark qilish bo‘lgani uchun nuqsonli bo‘lib, durust bo‘ladi. Ana shunday namozlarni qayta o‘qish mustahabdir (Manba: “Muxtasarul viqoya” va “Fatovoi Hindiya” kitoblari). Vallohu a’lam.

📹 EHTIROMI VOJIB ZOT
🎤 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife
🔗 Ulashing: @fatvouzlotin
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife
🔗 Ulashing: @fatvouzlotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAJOT TOPUVCHI TOIFA KIM?
#aqida
❓503-SAVOL: Ba’zilar Payg‘ambarimiz alayhissalomdan najot topuvchi toifa kim, deb so‘ralganida U zot: “Mening va sahobalarimning yo‘lida bo‘lganlardir”, – deganlar. shundan kelib chiqib, Ahli sunna val jamoa bu – sahobalarning yo‘llaridan yurgan kishilardir. Shu gap to‘g‘rimi? Unday bo‘lsa, biz sahobalarni yo‘lini qayerdan bilamiz? Ularga qanday ergashamiz?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Sahobalar to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishgani shubhasiz haq gap. Ularning hidoyatda bo‘lganlariga Rasul alayhissalomning o‘zlari guvohlik berganlar. Hijriy uchinchi va to‘rtinchi asrlarga kelib Islom ummati parokanda bo‘lib, firqachilik va tarafkashlik avj olgan bir paytda musulmonlarni sahobalarning yo‘llariga birlashtirgan imomlar bu — Imom Moturidiy va Imom Ash’ariydirlar. Shuning uchun ham ushbu ikki imomdan keyin kelgan ulamolar haqli ravishda Abu Mansur Moturidiyni “Imomul huda” (Hidoyat imomi), Imom Ash’ariyni “Nosirud-din” (Dinga nusrat beruvchi) deb ulug‘lashgan. Ushbu ikki buyuk imomning aqidaviy qarashlari ming yildan ortiq davr mobaynida musulmonlarni o‘zaro yakdil aqidada birlashtirib kelgan.
Hadis ilmidan ma’lumki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini turli rivoyatlar bir-birini izohlab, to‘ldirib keladi. Savolda zikr qilingan hadisni esa quyidagi rivoyatlar to‘ldiradi.
عن أنس بن مالك قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم إن بني إسرائيل افترقت على إحدى وسبعين فرقة وإن أمتي ستفترق على ثنتين وسبعين فرقة كلها في النار إلا واحدة وهي الجماعة
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Bani Isroil yetmish bir firqaga bo‘linib ketganlar. Ummatim yetmish ikki firqaga bo‘linadi. Ularning bittasidan tashqari hammasi do‘zaxdadir. O‘sha bittasi jamoatdir”, – dedilar.
Boshqa rivoyatda:
“Albatta Bani Isroil yetmish bir firqaga bo‘linib ketganlar. Bu ummat ulardan bir firqa ko‘p bo‘ladi. Ularning hammasi do‘zaxdadir. Faqat Savodul a’zam bundan mustasno”, deyilgan (Imom Tabaroniy rivoyati. Ibn Hajar Haysamiy "isnodi sahih", degan).
“Savodul a’zam” kalimasi “ulkan jamoat” ma’nosiga to‘g‘ri keladi.
E’tibor berilsa, ushbu ikki rivoyatda o‘sha najot topuvchi toifa “ulkan jamoat” ekani ta’kidlanmoqda. Endi o‘rinli savol tug‘iladi: Islom tarixida milliardlab musulmonlarni o‘zida jamlagan eng katta jamoat qaysi edi? Mo‘tazilami? Jahmiyyami? Yoki paydo bo‘lganiga hech qancha vaqt bo‘lmagan va hozirdan o‘zaro ixtiloflashishni boshlab yuborgan salafiylarmi?! Yo‘q! Islom ummatini hozirda va hozirga qadar jamlab kelgan katta jamoat – aynan Moturidiylar va Ash’ariylar hisoblanishadi. Bu Islom tarixidan barcha uchun ma’lum bo‘lgan va inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham aqoid ilmining mashhur olimlaridan biri Imom Hasan ibn Abi Azaba “Ravzatul bahiyya” kitoblarida: “Ahli sunna val jamoaning asosi ikki yirik olimga borib taqaladi: biri, Imom Abul Hasan Ash’ariy bo‘lsa, ikkinchisi Imom Abu Mansur Moturidiydirlar. Ushbu ikki imomdan qaysi biriga ergashgan kishi borki, aqidasidagi fasoddan, adashishdan salomat bo‘libdi va hidoyat topibdi”, deganlar.
Imom Muhammad Zohid Kavsariy rahimahulloh aytadilar:
فالأشعري والماتريدي هما إماما أهل السنة والجماعة في مشارق الأرض ومغاربها
ya’ni: “Imom Ash’ariy va Imom Moturidiy — mashriqu va mag‘ribda Ahli sunna val jamoa imomlaridir”.
Xulosa, Imom Moturidiy va Imom Ash’ariy rahimahumallohning ilmiy salohiyati juda yuqori bo‘lib, barcha ulamolar bir ovozdan Ahli sunna val jamoaning imomi deb e’tirof etishgan. U zotlar dinimizning sof manbalari sahobalar, tobe’inlar va taba tobe’inlarga juda yaqin davrda yashashgan va ularning ilmlaridan barakali foydalanishgan. Vallohu a’lam.

"O‘G‘IL KO‘RSAM IKKITA QO‘Y SO‘YAMAN" DEYILSA, NAZR HISOBLANADIMI?
#nazr
❓504-SAVOL: To‘rtta qizim bor. Yana farzand kutyapmiz. O‘g‘il farzand bersa, 7 kunligida ikkita qo‘y so‘yaman, deb niyat qilganman. Mana shu niyatim aqiqaga kiradimi yo nazrga kiradimi? Nazr haqida menda bilim yo‘q. Nazr qilinsa, nazr qilgan odam yeya olmas ekan, oila a’zolarichi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bir ishni talaffuz qilmasdan niyat qilishning o‘zi bilan nazr bo‘lib qolmaydi. Lekin ovoz chiqarib, “Agar o‘g‘il ko‘rsam, Alloh yo‘lida ikkita qo‘y so‘yaman”, deyilsa, bu nazrga aylanadi.
“Nazr” lug‘atda, yaxshilik yoki yomonlikka va’da qilishni bildiradi. Unda ogohlantirish ma’nosi bordir. Ya’ni, kishi biror ishni qilishini, albatta lozimligini o‘ziga ogohlantirish bo‘lishi uchun nazr qiladi. Shariat istilohida esa, aslida shar’an lozim bo‘lmagan, balki qilish qilmaslik ixtiyorli bir ishni ma’lum lafzlar bilan o‘ziga lozim qilib olishni, nazr, deb ataladi. “Bahrur Royiq” kitobida shunday kelgan: “Nazrning rukni nazrga dalolat qiluvchi siyg‘a, ya’ni so‘zdir. Uning sharti esa, oqil va balog‘atga yetgan bo‘lishdir” (4-juz, 300-bet).
Nazr mutlaq yoki muqayyad bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining “Alloh uchun zimmamda falon ish bor”, “Zimmamda nazr bor”, “Molim sadaqadir” yoki “Agar falon ishni qilsam haj qilish, umra qilish zimmamga lozim bo‘lsin, “Bemorligim tuzalsa, falon rakat nafl namoz o‘qiyman, nafl ro‘za tutaman” va boshqa shu kabi zimmaga lozim bo‘lishni ifoda qiluvchi lafzlarni aytishga o‘xshash. Omma xalq orasida “Agar farzand ko‘rsam, Alloh yo‘lida falon so‘m sadaqa qilaman, jonliq so‘yaman” yoki “Agar falon ishim amalga oshsa, falon kun ro‘za tutaman” kabi jumlalar bilan nazr qilish ko‘p uchraydi. “Agar mana bu ishim amalga oshsa, jonliq so‘yaman”, deb nazr qilganda nazr qiluvchi xoh boy bo‘lsin, xoh faqir bo‘lsin so‘yiladigan jonliqning go‘shtidan yeyolmaydi.
Bu haqda “Tabyinul Haqoiq” kitobida quyidagicha kelgan: “Agar jonliq so‘yishni nazr qilgan bo‘lsa, nazr qiluvchining o‘zi ham yemaydi va nisobga qodir bo‘lgan kishilarga ham uning go‘shtidan yedirolmaydi. Buning yo‘li faqirlarga sadaqa qilish bo‘lib, sadaqa qiluvchi o‘z sadaqasidan o‘zi ham yemaydi boy kishilarga ham yedira olmaydi”, deyilgan. (6-juz, 486-bet, Qurbonlik kitobi) “Bahrur Royiq” kitobida esa: “Nazr qiluvchi nazr qilingan jonliq go‘shtidan otasiga va bobosiga ular qancha yuqori bo‘lsa ham, farzandiga va farzandining bolalariga ular qancha past bo‘lsa ham yedira olmaydi”, deyilgan. (2-juz, 425-bet, Zakot kitobi).
Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, nazr qiluvchining aka-ukalari yoki boshqa qarindoshlari nisobga qodir boy kishilar bo‘lsa, ular ham yemaydi. Faqir bo‘lsalar, ularga berish joiz ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Xulosa shuki, savoldagi “Allohim o‘g‘il farzand bersa, yetti kunlik bo‘lganida ikkita qo‘y so‘yaman”, deb niyat qilishning o‘zi bilan nazr bo‘lmagan. Shuning uchun Alloh nasib qilib farzand ko‘rsangiz moliyaviy imkoniyatingizdan kelib chiqib ish qilsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam.

QIYSHIQ TISHLARNI TO‘G‘RILASH XILQATNI O‘ZGARTIRISHGA KIRMAYDIMI?
#halol_harom
❓505-SAVOL: Tishlarim qiyshiqligi hamda qoziq tishim labimdan bilinib turgani uchun tishlarimga sim (briket) qo‘ydirib to‘g‘rilatganman. Hadislarda tish orasini kengaytirganlarga la’nat aytilgan ekan. Men aksincha to‘g‘rilatdim. Ichimga shubha tushdi. Men noto‘g‘ri ish qildimmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Siz noto‘g‘ri ish qilmagansiz. To‘g‘ri, Payg‘ambarimiz alayhissalom inson xilqatini o‘zgartirishdan qaytarganlar. Lekin u qaytarish sog‘lom a’zoni ziynat uchun o‘zgartirishga tegishli. Nosog‘lom a’zoni tuzatish, o‘z holatiga keltirish uchun qilingan davo choralari man qilingan ish emas. Chunki, shariatda aybni ketkazish joiz. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda: "Kilob urushi kuni Arjafa ibn As’ad roziyallohu anhuning burni kesildi. U o‘ziga kumushdan burun yasab oldi. Ammo u sasib ketdi. Shunda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam amr qildilar va u o‘ziga tilladan burun yasab oldi", deyilgan.
Ammo bor chiroyga yana chiroy qo‘shish maqsadida turli amaliyotlar qo‘llash nojoiz. Bu mavzuda avval batafsil javob berilgan. Vallohu a’lam.

📹 DUNYO AYOLLARINING SAYYIDASI
🎤 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
▶️ YouTube | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | Ummalife
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari
📹 SIZGA ALLOHNING SALOMI BOʻLSIN!
🎤 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
▶️ YouTube | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | Ummalife
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QORAMOLNING ZAKOTI
#zakot
❓506-SAVOL: Oltita katta sigirim, ikkita ikki yashar va beshta bir yarim yashar buzoqlarim bor. Shulardan qancha zakot berishim kerak?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ma’lum bo‘lishicha sizda jami 13 nafar qoramol mavjud. Agar ushbu qoramollarni tijorat niyatida sotib olinmagan bo‘lsa, bu qoramollardan zakot berish vojib bo‘lmaydi. Chunki qoramolning soni o‘ttiztadan oshsa va ular yilning aksar qismida daladan o‘tlasa, zakot berish boshlanadi. Agar mazkur qoramollar tijorat niyatida sotib olingan bo‘lib, ularning qiymati zakot nisobidan ortiq bo‘lsa, umumiy qiymatning qirqdan biri zakot sifatida beriladi.
Qoramolning zakoti haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:
أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمَّا وَجَّهَهُ إِلَى الْيَمَنِ: أَمَرَهُ أَنْ يَأْخُذَ مِنْ الْبَقَرِ مِنْ كُلِّ ثَلَاثِينَ تَبِيعًا أَوْ تَبِيعَةً، وَمِنْ كُلِّ أَرْبَعِينَ مُسِنَّةً (رواه الامام أبو داود)
ya’ni: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida har o‘ttizta qoramoldan bitta erkak yoki urg‘ochi bir yoshli buzoq olishimni va har qirqtadan bir dona ikki yoshli urg‘ochi buzoq olishini amr qildilar” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).
Boshqa rivoyatda esa:
وَعَنْ مُعَاذٍ رضي الله عنه قَالَ: أَمَرَنِي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ لَا آخُذَ مِنَ الْبَقَرِ شَيْئًا حَتَّى تَبْلُغَ ثَلَاثِينَ، فَإِذَا بَلَغَتْ ثَلَاثِينَ فَفِيهَا عِجْلٌ تَابِعٌ جَذَعٌ أَوْ جَذَعَةٌ حَتَّى تَبْلُغَ أَرْبَعِينَ، فَإِذَا بَلَغَتْ أَرْبَعِينَ فَفِيهَا بَقَرَةٌ مُسِنَّةٌ. (رَوَاهُ الامام النَّسَائِيُّ)
ya’ni: Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga qoramol o‘ttiztaga yetmaguncha hech narsa olmasligimni amr qildilar. Qachon o‘ttiztaga yetsa, undan bir dona onasiga ergashib yurgan bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Bu to qirqtaga yetguncha. Agar unga yetsa, ikki yoshli g‘unajin” – dedilar (Imom Nasoiy rivoyatlari).
Qoramolning zakoti haqida fiqhiy manbalarda shunday deyiladi:
و في ثلاثين بقرا تبيع او تبيعة و في اربعين مسن او مسنة...
ya’ni: “O‘tizta sigirda bitta tabiy’ (bir yoshga to‘lgan erkak buzoq) yoki tabiy’a (urg‘ochi buzoq) va qirqtada musinn (ikki yoshga to‘lib uch yoshga chiqqan novvos) yoki musinna (g‘unajin) vojib bo‘ladi (“Muxtasarul viqoya” kitobi).
وأما نصاب البقر فليس في أقل من ثلاثين بقرا زكاة والأصل فيه ما روي عن رسول الله صلى الله عليه وسلم أنه قال لمعاذ حين بعثه إلى اليمن : في كل ثلاثين من البقر تبيع أو تبيعة وفي كل أربعين مسنة
ya’ni: “Sigirning nisobiga kelsak, o‘ttiztadan kamida zakot yo‘q. Buning dalili Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadis bo‘lib, U Zot alayhissalom Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga (voliy qilib) yuborayotganlarida “Sigirlarning har o‘ttiztasidan bitta erkak yoki urg‘ochi bir yoshli buzoq, har qirqtadan bir dona ikki yoshli urg‘ochi buzoq”, – dedilar (“Badoius sanoi’” kitobi).
Demak, sigirlar tijorat maqsadida sotib olinsa, zakot berishda ularning soniga emas qiymatiga qaraladi. Yilning aksarida dalada o‘tlab yuradigan sigirlar o‘ttiztaga yetmasa nisobga yetmagan hisoblanadi va ulardan zakot berilmaydi. O‘ttiztadan oshgach to qirqqa yetgunicha bitta bir yoshli buzoq (erkak yoki urg‘ochi), qirqtadan to oltmishtagacha bitta ikki yoshga to‘lgan g‘unajin yoki buqa beriladi. Oltmishtadan ortig‘ida har o‘ttiztasiga bittadan bir yoshli, har qirqtasiga bittadan ikki yoshga to‘lgan buzoq beriladi. Vallohu a’lam.

FARZ NAMOZIDAN KEYINGI O‘QILADIGAN DUO HAQIDA
#namoz
❓507-SAVOL: Namozni yakunlab, salom bergandan keyin “Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh. Allohumma antas salom...” deb aytiladigan duo har bir farzdan keyin o‘qiladimi yoki sunnat namozlardan keyin ham aytiladimi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Har bir farz namozidan keyin “Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh. Allohumma antas salam va minkas salam tabaarokta zal jalali val ikrom” duosini aytish sunnat. Farzdan keyin sunnat namozi bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham farqi yo‘q. Sunnat namozlaridan keyin bu duoni aytish sunnat emas.
Imom Muslim va boshqa muhaddislar tomonidan Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:
كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا انصرف من صلاته استغفر ثلاثا وقال: اللهم أنت السلام ومنك السلام تباركت ذا الجلال والإكرام. (رواه الامام مسلم وغيره عن ثوبان- رضي الله عنه)
ya’ni: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozlaridan forig‘ bo‘lsalar (ya’ni tugatsalar) uch marta istig‘for aytar edilar, keyin “Allohumma antas salam va minkas salam tabarokta zal jalaali val ikrom” der edilar”.
Oisha onamizdan naql qilingan hadisda shunday deyiladi:
كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَا يَقْعُدُ إلَّا بِمِقْدَارِ مَا يَقُولُ : اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلَامُ وَمِنْك السَّلَامُ تَبَارَكْت يَا ذَا الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ (رَوَاهُ الامام مُسْلِمٌ وَالامام التِّرْمِذِيُّ)
ya’ni: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam (farz namozining oxirida) salom berganlaridan keyin faqat: “Ey Alloh! Sen salomsan, salom sendandir, Sen muborak bo‘lding, ey jalol va ikrom egasi!” deydigan miqdoricha o‘tirardilar” (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyatlari). Vallohu a’lam.