#foydali
🔥 Ezoterik & Psixolog
✅ Rasmdagi post muallifligi kimga tegishli ekanligini biz uchun nomalum.
✅ Foydali maqola bo'lgani uchun kanalga joyladik.
✅ E'tiboringiz uchun tashakkur.
t.me/psixologFeruza759

Forwarded from БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_video
🌿 Farzandlaringiz bilan sevib o‘qiydigan ertak kitoblaringiz bo‘lsa izohlarda biz bilan bo‘lishing.
Kimlargadir foydali bo‘lishi mumkin!
Video yoqqan bo‘lsa, endi sizdan reaksiyalar kutib qolamiz!
Telegram | Telegram | Instagram | Psixolog

🌿 PSIXOLOGIK TRAVMALAR
Bizni psixikamizni jarohatlagan, azob bergan holatlar psixotravma hisoblanadi. Psixologik jarohatlar insonga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Ya’ni og‘ir judolik, kulfatlar, baxtsiz hodisalar inson uchun kutilmagan psixotravmalarga sabab bo‘ladi. Bolalarda esa ko‘pincha ota-onadan kaltak yeyishi, haqoratlar, kamsitishlar, mehrsizlik, bee’tiborlik, jazolash, yaqin insonidan ayrilish, ota-onaning janjali, ota-ona ajrimidan keyin ota mehridan ayrilishi, qo‘rquvlar psixotravma bo‘lib , ularning ong ostida qolib ketadi. Bolalar xulqidagi o‘zgarishlar, shaxs buzilishi ko‘pincha psixotravmalardan keyin yuzaga keladi.
Ota bilan munosabatdagi psixotravmalar , qiz bola turmushga chiqqach eri bilan munosabatlarda yuzaga chiqadi, onaga bog‘liq psixotravmalar farzandlari tarbiyasida yuzaga chiqadi.
Erkaklarda ham ayoli bilan, farzandlari bilan munosabatiga ta’sir qiladi.
Shuning uchun avvalambor ota-ona o‘zini o‘zgartirmas ekan, o‘zaro munosabatlarini bolaga bezarar tomonga o‘zgartirmas ekan, bola tarbiyasi to‘g‘risida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Kattalar dastlab o‘zlariga nima bo‘layotganini tushunib olishlari kerak. O‘zlarining psixologik holati haqida qayg‘urishlari lozim. Tabiiyki, psixologga bola emas, aslida ota-onalar muhtoj bo‘lishadi. Lekin kamdan-kam holatlarda buni tan olishadi.
Psixologga farzandlaridan shikoyat qilishar ekan, aslida muammo sababchisi o‘zlari ekanligini bilishmaydi. Shuning uchun ota-ona bilan konsultatsiya qilib, farzandining muammosiga birgalikda yechim topa olamiz.
Qisqasi, farzandlaringiz ham ertaga katta bo‘lgach, bolalikda olgan psixotravmalari uchun psixolog, psixoterapevt , hatto psixiatrga muhtoj bo‘lmasliklari sizning qo‘lingizda!

🌿 Xitoy markaziy televideniyasi ilk marotaba uzoq qishloqlik dexqonni o‘z studiyasiga suxbat uchun taklif qildi.
Dexqonning o‘g‘li Xitoyning eng nufuzli Shingxua universitetiga yuqori ko‘rsatkich bilan o‘qishga kirgani maxsus intervyuga sabab bo‘ldi.
To‘g‘ri-da, o‘ziga to‘q xonadonlar yillar mobaynida eng zo‘r o‘qituvchilarni yollab, farzandlarini bo‘lajak jiddiy sinovga tayyorlasalaru, uzoq qishloqdagi kambag‘alning o‘g‘li uloqni ilib ketsa.
Qanday qilib?
Naxotki, xaminqadar qishloq maktabida o‘qib shunday natijaga erishish mumkin bo‘lsa?!
▫️ Jurnalist: "O‘g‘lingizning muvaffaqiyatini nima bilan bog‘laysiz?"
▫️ Ota: "Bu undagi xarakatning natijasi. O‘g‘lim bolaligidan talaba bo‘lish orzusi bilan yashar edi".
▫️ Jurnalist: "Bu orzu xammada bor. Xitoydagi kuchli raqobatda birinchi bo‘lish misoli moʻjiza. Undagi kuchli qiziqishda oiladagi muhitning xam o‘rni bor. Farzand voyaga yetkazishda biror o‘ziga xos usulingiz bormi?"
▫️ Ota: "Mening biror usulim yo‘q. O‘zim qashshoq oilada o‘sdim. Otamda mening savodimni chiqarish uchun xam ortiqcha mablag‘ bo‘lmagan. O‘g‘lim maktabga kuzatgan ilk kun undan yaxshi o‘qishini, nimaiki o‘rgansa menga xam o‘rgatishini so‘radim.
U xar kuni maktabdan qaytib, o‘qituvchisidan o‘rganganlarini menga katta xayajon bilan tushuntirar edi.
Kechki mahal birgalikda dars qilish, o‘g‘limni tinglash kundalik mashg‘ulotimga aylandi.
O‘qish-yozishni o‘rgandim, shunday bo‘lsa xam darslarimiz to‘xtab qolmadi: yuqori maktabning so‘nggi kuniga qadar o‘g‘lim menga ustozlik qildi.
Ehtimol shu voqea uning muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgandir.
O‘g‘lim boshida azbaroyi mening oldimdagi mas’uliyatni deb o‘qishga jiddiy qaragan bo‘lsa, bora-bora unda ilmga bo‘lgan ishtiyoq bo‘y ko‘rsatdi.
To‘g‘risini aytsam, uning uchun qo‘shimcha darslar yollashga qurbim yetmagan..."
Bu suxbat ko‘plab xitoylik qashshoqlarni ilxomlantirdi, irodali ota millionlab ota-onalar uchun ibratga aylandi.
▫️ Xulosa
Unutmang, farzandlarimiz uchun bekamu ko‘st kelajakni hozir qila olmasak xam, ularni kelajak uchun tayyorlashga doimo imkoniyatimiz bor.
Farzandingiz uchun xar kuni bir fursat vaqt ajratishdan erinmang.

🌿 Uy ishlari – tugamaydi, bolalar esa, juda tez katta boʻlib qolishadi!
Qanday qilib kun davomida bolalarimiz uchun vaqt topsa boʻladi?
Aslida bolalar uchun vaqt topa olmaslik kulgili eshitiladi, chunki ular bizning hayotimiz mazmuni – ishlashimiz, uy qurishimiz, nimalardir sotib olishimiz faqat farzandlarimiz kelajagi uchun, oʻzimizdan keyin yaxshi farzand, yaxshi nasl qoldirish uchun. Afsuski, baʼzida buning uchun qilinadigan mayda ishlar tufayli asosiy maqsadlarni unutib qoʻyamiz.
Eng hayratlanarli tarafi shundaki, aslida bolalar uchun alohida vaqt ajratish ham shart emas. Yaʼni, bolalar hayotni oʻrganib, rivojlanishi uchun ular bilan alohida oʻtirish ham shart emas (maktab vazifalarini qilish, bundan mustasno desak boʻladi).
Chunki birinchidan, bolalarning oʻzlari bir joyda uzoq oʻtira olishmaydi. Ikkinchidan, kundalik hayotdagi harakatlarimiz davomida ular bizdan hayotni, odamlarni, muomalani oʻrganib ketaveradi.
Agar oʻrgatmoqchi boʻlgan narsangiz qandaydir til yoki fan boʻlsa, uni oʻyin shaklida, oz-oz, lekin doimiy tarzda olib boring. Har kuni 10 daqiqalik ingliz tili darslarining natijasi oʻzimni ham hayron qoldirgan edi. Taʼkidlab oʻtganimdek, mashgʻulotlarning doimiy boʻlgani natijaga taʼsir qiladi, shuning uchun kun davomida, bir hil vaqtda 10 daqiqani ajrating va darslarni oʻyin tariqasida oʻtkazishga harakat qiling.
Hayot haqidagi saboqlarni esa, yoʻl yoʻlakay ham oʻtkazish mumkin. Masalan, ovqat tayyorlash davomida bir mavzuni tanlab, ularni ham yordamga chaqirib, shu mavzuda ish davomida gaplashish mumkin. Yoki biror joyga ketayotganda ham ular bilan gaplashishga harakat qiling. Kichkina bolalarga ranglarni, narsalar nomlarini oʻrgatib ketish mumkin, kattaroqlariga esa boshqa tilda soʻzlar yod oldirsa boʻladi. Yoki mashinada ketayotganingizda yoʻldagi narsalar haqida gapirib berishingiz mumkin. Oldingizda uy ishlarini qilish yoki farzandingiz bilan vaqt oʻtkazish tanlovi boʻlsa, albatta ikkinchisini tanlang.
Ozgina koʻproq eʼtibor bolalarni anchagina eʼtiborli, aqlli boʻlishiga sabab boʻladi. Siz bilan koʻp gaplashgani sababli muammolarini, ayblarini ham sizga bemalol aytishi mumkin boʻladi. Bu esa, sizga ularni birgalikda hal qilishga yordam beradi.
Eng asosiysi, qoidani unutmaymiz: “Uy ishlari – tugamaydi, bolalar esa, juda tez katta boʻlib qolishadi!”
❗️❗️ Siz farzandingizga qanaqa yo‘l bilan o‘rgatasiz?(tajribalaringizda bo‘lishing, kimgadir foydali bo‘lishi mumkin)
©mezanauz
http://t.me/farzand_tarbiyasi759

🌿 Asabiylashish (stress)dan halos bo'lishni foydali va foydasiz yo'llari
Yohud
Bola tarbiyasi
Asabiylashish bugungi hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Shu bilan birga, inson xarakteri, temperamenti, fikrlash yo'li, bilimi va insonlarni qabul qila olish darajasiga qarab, asabiylashishning natijasi yo salbiy yoki ijobiy bo'lishi mumkin.
Keling, bugun asabiylashishdan halos bo'lishni foydali va foydasiz yo'llari va uning bola tarbiyasiga aloqasi haqida jindak o'rtoqlashamiz. Hammamizning asabiylashishdan halos bo'lishni foydali yo'llari undoq bo'lsa kerak, bundoq bo'lsa kerak degan qarashlarimiz bor. Bu haqida mutaxassislar nima deydi?
2008-yilda Amerika Psixologlari Jamiyati Asabiylashish (stres)dan halos bo'lishni foydali va foydasiz yo'llari haqida bayonot berishicha:
Asabiylashish (Stres)dan halos bo'lishni foydali yo'llari:
- Jismoniy mashq qilish
- Ibodat/duo qilish
- Kitob o'qish
- Piyoda sayr qilish
- Massaj
- Meditatsiya
- O'zgalar bilan aralashish, gaplashish
- Musiqa
Asabiylashish (Stres)dan halos bo'lishni foydasiz yo'llari:
- Qimor
- Bozor/Supermarket aylanish
- Sigaret
- Spirtli ichimliklar ichish
- To'yib ovqatlanish
- Kompyuter o'yinlari
- Internetda vaqt o'tqazish
- Televizor yoki Kino ko'rish
E'tibor bersak, yuqorida 2 jihatni sezamiz:
1) Stresdan halos bo'lishning foydali yo'llari - unchalik ahamiyat bermaydigan mashg'ulotlarimiz, va bizdan biroz jismoniy yoki ruhiy mehnat so'raydi. Va, ehtimol shu jarayon davomida asablar yumshashadi, yengil tortadi. Demak, natijadan ko'ra unga olib boradigan jarayon muhim ekan.
2) Stresdan halos bo'lishning foydasiz yo'llari - jozibador, oson kechiriladigan va bizdan tinchlanishimiz, xotiramizni jam qilishimiz uchun jismoniy va ruhiy mehnat so'ramaydi. Qizig'i - bu mashg'ulotlarni qilganimizda (vaqtinchalik bo'lsa-da), yengil tortganday tuyuladi bizga, ammo undoq emas ekan.
Aytgancha, stres haqida maqolaning bola tarbiyasiga nima aloqasi bor?
Farzandlarimizni kuzataylik; asabiylashganda o'ziga va o'zgalarga nisbatan o'zini qanday tutishni, nimalar qilish yoki qilmaslikni, bola uydagi ota-onadan va yaqinlardan o'rganadi. Ya'ni, ota-ona nafaqat Hayit va boshqa bayram kunlarini qandoq birga o'tkazishni farzandiga yashattiradi, balki o'gir kunlar va paytlarda o'zini qandoq tutish tarbiyasini ham bolasiga me'ros qoldiradi!
Diqqat qilish lozim nuqtalar:
- Masalaning markazida farzandim emas, balki men: Farzandim jahli chiqqanda o'zini qandoq tutadi? Bu bizga yoshligimizdagi yoki hozirgi kimnidir eslatmayaptimi? Demak, farzandimni emas, balki o'zimni o'zgartirishim kerak emasmi?
- Paytlar e'tibori: Uning jahli chiqishi odatda qachon va qay holatlardan keyin kuzatiladi?
Unutmaylik:
Agar biz ota-onalarning asabiylashishimizni ko'rib, jahl ko'rsatayotgan farzandlarimiz bo'lsa, do'ppimizni osmonga otaylik! Hali kech emas, o'zimizni o'nglab olishga fursat bor.
Agar biz ota-onalarning asabiylashishimizni ko'rib, farzandimiz - mum tishlaganday, aytadigan gapi og'zidan tushib ketayotgan bo'lsa, nima desak "xo'p, oyijon" deb turadigan, qo'y og'zidan cho'p olmaydigan, mo'min-qobil bola bo'layotgan bo'lsa, masala judayam o'gir.
Farzandimizni baxtli va jamiyatda o'z o'rni bor inson bo'lib yashashini istasak, kech bo'lmasdan, o'zimizni davolashimiz, iloji bo'lsa ilmli kattalar va bolalar psixologiga ko'rinib, oiladagi vaziyatni tuzatish haqida jiddiy harakat qilishimiz lozim.
Shu yerda, Rasululloh s.a.v dan bir sahobiyga aytilgan hikmatli duosini eslaylik:
"Uying seni sig'dirsin!"
Barchamizga ota-onasi bilan suhbat qilishdan maroq tuyadigan fazrandlarga ota-ona qilsin!

🌿«Yolg‘on gapirma» emas, «rost gapir» deng
Oilada bolalarning yolg‘on gapirishiga eng katta sabab ota-onalar! Chunki bola ko‘rib, eshitib o‘rganadi. Inson zoti tabiatan taqlidchi bo‘lganidek, bola ham kimgadir taqlid qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar ko‘proq xayolotda kezib yurishadi. Xayol surib, o‘ylamay gapirib qo‘yishadi. Ularning aytgan gapini esa biz yolg‘on deb o‘ylaymiz.
Unutmang, unga qancha ko‘p «Yolg‘on gapirma» so‘zini ishlatsangiz, u yolg‘onchi bo‘lib boraveradi. Agar unga «Rost gapir, Alloh rostgo‘ylarni yaxshi ko‘radi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ham rostgo‘y bo‘lganlar» deb o‘rgatsangiz, bolaga bu ijobiy ta’sir qiladi.
✔️ Bolani jazolab qo‘rqitib qo‘ysangiz ham yolg‘on gapiradigan bo‘ladi.
Bolalar yolg‘on gapirishining bir necha sabablari bor:
▫️ oilasida, yaqinlari orasida yolg‘on gapiradiganlarni ko‘rib ergashishi;
▫️ ota-ona yoki ustozlar, kattalar xatosi uchun qattiq jazolashi sabab jazodan qo‘rqib yolg‘on gapirishi;
▫️ rost va yolg‘on tushunchalari o‘rgatilmagani…
«Tarbiya-chi?» kitobidan

#foydali_post
🌿 Onalik vazifasining o‘zi qanchalik mashaqqatli ekanini o‘ylab ba’zan xayolimdan shunday fikrlar o‘tadi. Agar ayolni ta’minlab turgan eri bo‘lsa, u erining xulqi va muomalasi chidasa bo‘ladigan darajada bo‘lsa o‘sha erni mahkam tutaversin va bu ne’matning shukrini ado qilsin. Chunki o‘z uyida , o‘z qo‘rg‘onida qolishi, ko‘chaga chiqib non topishga majbur bo‘lmay yashashi va o‘zini bola tarbiyasiga bag‘ishlashi, muslimalik or-nomusini saqlab, ibodatlarini vaqtida bajarishi hamma narsadan ustun ekan.
Biz bir paytning o‘zida bir qancha vazifalarni zimmamizga yuklab o‘zimizga zulm qildik. O‘rtachada u vazifalar ham o‘lda jo‘lda qolib ketmoqda, hechkim rozi ham emas, avvalo o‘zimizda qoniqmaslik va norozilik bor.
Hozir ayollardan husnda foto model darajasi, aqlda Saroymulkxonim, jismoniy quvvatda atletika chempioni, mehnatda temirxotinlik, mohir oshpazlik va hokazo bir biriga zid keluvchi ko‘plab talablar kutiladiki ularni egallash amri mahol. Ayolning eng asosiy vazifasi go‘yo unutilgandek. Axir u avvalo Allohning mukarram bandasi emasmidi? Uning zimmasida Robbisi yuklagan vazifalar qayoqda qoldi? Ayol avvalo rafiqa va ona emasmidi? U nomahramlarga yoqish uchun o‘zini har ko‘yga soluvchi, o‘zgalar orzusi uchun yashovchi bir predmet xolosmi? Ayol bu dunyoga erkak bilan teng bo‘laman deb musobaqalashish uchun kelganmi? Bir domla aytganidek, feministlar ayollarni erkak bilan teng qilaman deb yuz yildan beri kurashadi. Ammo natijada ayollar na erkakka tenglashdi, va na ularning ayolligi qoldi.
Alloh Taolo Qur’oni Karimda moʻmina ayollarga " o‘z uylarida o‘rnashsinlar" deb marhamat qilgan. Mana shu oyatning o‘zini tafakkur va tadabbur qiladigan bo‘lsak olam-olam ma’nolar kelib chiqadi. Islom ayolning zimmasiga onalik va rafiqalik mas’uliyatini yuklab, uni pul topish va oila boqish yukidan ozod qilgani qanchalar hikmatli ekanini tushunamiz. Zotan, ayol ko‘chaga chiqib ola xurjunni bo‘yniga osishi natijasida nimalar bo‘layotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz.
Alloh ahvolimizni isloh qilsin, barchamizga tavfiq va hidoyat bersin.
©YaqinOzbek
Telegram | Telegram | Instagram |
You tube | Psixolog

❗️ So‘rovnoma natijalariga ko‘ra juda ko‘pchilik farzandini temperamentini bilmasligini ko‘rishimiz mumkin.
♻️ Farzandingizning tarbiyasi uning temperamentiga bog‘liqligini bilishni xohlaysizmi?
👍❤️😍 reaksiyalaringizga qarab bilib olaman, temperament mavzusi sizga qiziqmi yoki yo‘q.

🌿 Ko'pgina ota-onalar farzandlari uchun hamma narsani berishga tayyor,lekin ular uchun berishi kerak bo'lgan eng muhim narsa - bolalarning bola bo'lishlariga ruxsat berishmaydi. (Banksy)
✔️ Bu qanchalik haqiqat! Bilasizmi nima, farzandingizga bera oladigan eng yaxshi sovg'a bu o'z baxtingizdir. Ularni tuzatishga urinmang - o'zingizni tuzating. Ularni baxtli qilishga urinmang - o'zingiz ich-ichingizdan baxtli bo'lishni o'rganing.
❗️Farzandingiz uchun hursandchilik va doimiy ravishda qulay hayot ta'minlashga harakat qilib, siz doimo shoshgan va asabiy holatda bo'lasizmi? Agar siz doimo tashvishli, yugur-yugur, baqir-chaqir, stress holatida bo'lsangiz - bu ularga qanday namuna beradi?
🤔Yosh ona bo'lgan paytimga boqib, o'zimga o'zim nima der edim? Aytardimki: “Iroda, tinchlan. Ko'proq o'zingni ichki dunyoing bilan ishla. Chuqur nafas olishni mashq qil, Qur'on o'qi, uzoq duo qil, foydali darslar tingla. Farzandlaringni juda ko'p narsaga majburlama, shunchaki yaxshi namuna bo'l va nasihat qil. Asosiysi ularni bola ekanligini unutma va bola bo'lishiga ruxsat ber”.
Iroda Ahmed

🌿 Agar qiz otasi bilan munosabatdagi xafagarchiliklarni kechira olmasa, ko’pincha bu muammolar uning turmush urtog’i bilan bo’ladigan munosabatlarga ko’chadi.
Agar ayol turmush o’rtogi bilan bo’layotgan muammolarni yechimini yecha olmasa, bu muammo uni o’g’li bilan bo’ladigan munosabatlarga ko’chadi.
Yoki jazolanuvchi sifatida ayol ongsiz ravishda o’z hayotiga,unda bu kamchiliklar borligini unga og’riqli formada ko‘rsatuvchi erkaklarni jalb qilib oladi.
Xafagarchilik yashirin og’riqni, og’riq g’azabni yashiradi. Kechirishni, qabul qilishni, tushinishni imkoni bo‘lmaydi, toki ichingizda og‘rik va g‘azab yashasa.
Qancha ko‘p og’riq bo‘lsa , shunchalik ko‘p g’azab bo‘ladi.
Otalarimiz bilan o’zaro munosabatlarimiz qanday kechganiga va qandayligiga katta axamiyat beraylik. Bunga asosan onalar yordam berishadi.
Qizning baxti Ota bilan bo’lgan munosabatiga uzviy bog’liqdir.