FVMMTB - Rasmiy kanali
10.3K subscribers
10.6K photos
704 videos
4 files
968 links
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali

✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari
Download Telegram
#O‘qituvchilar_olimpiadasi

💎Avval xabar berganimizdek, bugun viloyatimizda matematika fanidan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi

♻️Bugungi olimpiadada 718 nafar matematika fani o‘qituvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🔰Ma’lumot o‘rnida, mazkur olimpiadaning 2-kunida biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan O‘qituvchilar olimpiadasi tuman (shahar) bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.
1👍1
💎Farg‘onalik maktab o‘quvchilari chempion bo‘lishdi

💥Besh kun davomida Qirg‘iz respublikasining Issiq ko‘l viloyatida sportning futbol turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.

Unda mezbon davlat vakillari bilan birga, Qozog‘iston, Tojikiston va mamlakatimiz futbolchilari ishtirok etishib, g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

🔻Milliy terma jamoamiz tarkibida ishtirok etgan farg‘onalik o‘quvchilar chiroyli kombinatsion o‘yinlarni namoyish qilib, kuchli zarbalari va o‘ziga xos taktikalarni amalda qo‘llagan holda maydondagi harakatlari bilan muxlisu mutaxassislarda katta taasurotlar qoldirishdi.
🔽10-12 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvning yakuniy final bahsida farg‘onalik o‘quvchilar Qirg‘iz Respublikasining "Alay" jamoasi bilan bahs olib, 4:3 hisobida g‘alabaga erishishdi. Va yangi O‘zbekiston yoshlarining imkoniyatlari yuqori ekanligini amalda ko‘rsatishdi.

⚡️Erishilgan ushbu g‘alaba farg‘onalik o‘quvchilardan mustaqilligimizning 34 yilligiga Yurtdoshlarimizga katta sovg‘a bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64👏1
💎TADBIRKOLRLAR BILAN UCHRASHUV

🌐Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul Toshloq tumanidagi  2-maktabning faollar zalida tashkillandi.

🛡Sayyor qabul avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vohidjon Mamadjonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi DXSh sho‘basi bosh mutaxassisi Sohibjon Pulatov tomonidan mazkur tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xususiy, Davlat sherikligi, oilaviy  maktabgacha tashkilotlarni belgilangan tartibda faoliyatini olib borish hamda bu boradagi ayrim muamolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tushunchalarni berishdi hamda sohaviy me’yori hujjatlar bilan tanishtirishdi.

📊Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha masʼullari batafsil javoblar berishdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⬇️DIQQAT E'LON

💎Rishton tumanida yangi tashkil eitlgan 66-maktabga pedagoglar tanlovi uchun ariza berish boshlandi.

📍Mazkur tanlovda qatnashish uchun talabgor pedagog.uzedu.uz platformasi orqali elektron ariza yuborishi lozim.

☄️Ariza yuborish joriy yilning 27-avgust kuniga qadar davom etadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oav_biz_haqimizda

💎Farg'ona 24

🔹Fargʻona tumani maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan tashkil etilgan forum doirasida ta'lim muassasalari rahbarlari bilan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
👍2
💎BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

💥O‘zbekiston tumanida “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida tumandagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha yangi ikki qavatli 120 o‘rinli o‘quv binosi qurilib, Mustaqilligimizning 34 yillik ayyomi arafasida foydalanishga topshirildi.

📍Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda tuman hokimi, soha mutasaddilari, mahalla faollari, ustoz-murabbiylar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

💎Tadbirda so‘z olganlar barchani kirib kelayotgan mustaqillik bayrami kuni va yangi o‘quv yili bilan samimiy qutlab, ushbu bilim maskanidan barkamol, yetuk va ilg‘or hamda blimli yoshlar yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.


🔗1927-yilda tashkil topgan mazkur maktabning mavjud 460 o‘rinli o‘quv binolarida o‘tgan o‘quv yilida 669 nafar o‘quvchilar saboq olishdi.

➡️“Tashabbusli byudjet” loyihasi tufayli ushbu ta’lim muassasasidagi bunyodkorlik ishlariga davlat byudjetidan yo‘naltirilgan 1 milliard 300 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilib, muassasada o‘quvchilarning samarali o‘qishlari uchun sharoyitlar yanada yaxshilandi va imkoniyatlar kengaydi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM