Farkhod's Blog
2.48K subscribers
114 photos
21 videos
3 files
160 links
Farkhod Tursunbaev, MD
Founder, CEO of medcloud
AP/CP Pathology resident at UTMB, Texas, USA.

My personal blog on medicine, education, and life experiences.

My instagram: farkhodmd
My bot: @farkhodsbot
Download Telegram
🎬 CODE 3 / KOD 3 (2025)

Janr: komediya, drama
Rollarda: Reyn Uilson, Lil Rel Hoveri, Eymi Karrero

Los-Anjeleslik tez yordam feldsheri Rendi o‘z ishidan charchagan va darhol bo‘shamoqchi, biroq boshlig‘i uni yana bir kun ishlab berishga ko‘ndiradi. Rendi va uning sherigi Mayk oxirgi smenani amaliyot o‘tayotgan Jessika bilan o‘tkazishlari va uni Rendining o‘rniga ishlashga tayyorlashlari kerak.

Film shifokorlar va feldsherlarning kasbiy toliqishi (burnout) qanday ko‘rinishi haqida. Janri komediya deb yozilgan bo‘lsa-da, ochig‘i, bularning barini kuzatish unchalik ham kulgili emas edi.

Reyting: 7.7/10
#NimaTomoshaQilish

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4010👍1👏1
КЛЯТВА НИЩЕТЫ

В каждом медицинском вузе, на каждой кафедре висит или звучит этот красивый латинский девиз: Aliis inserviendo consumor — «Светя другим, сгораю сам». Звучит пафосно, героически, до мурашек, правда? Нас учат смотреть на эту фразу как на высшую цель существования врача.

Но почему-то никто на лекции не поднимает руку и не спрашивает: «Простите, профессор, а зачем мне сгорать? Кому нужен сгоревший врач? Горстка пепла не поставит диагноз. Огарок свечи не проведет реанимацию».


🖥 Читать статью:
https://telegra.ph/Klyatva-nishchety-02-09

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
163🔥20👍115
QASHSHOQLIK QASAMYODI

Har bir tibbiyot institutida, har bir kafedrada o‘sha chiroyli lotincha shior osilgan yoki yangraydi: Aliis inserviendo consumor — "O‘zgalarga nur taratib, o‘zim yonaman". Juda dabdabali, qahramonona, etni jimirlatib yuboradigan darajada jaranglaydi, to‘g‘rimi? Bizni bu jumlaga shifokor hayotining oliy maqsadi sifatida qarashga o‘rgatishadi.

Lekin negadir ma’ruzada hech kim qo‘l ko‘tarib so‘ramaydi: "Kechirasiz, professor, nega men yonishim kerak? Kuyib kul bo‘lgan shifokor kimga kerak? Bir siqim kul tashxis qo‘ya olmaydi. Shamning qoldig‘i reanimatsiya qila olmaydi".


🖥 Maqolani o‘qish:
https://telegra.ph/QASHSHOQLIK-QASAMYODI-02-09

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥7123👍13👏6💔5
🥪 Метод сэндвича

В Америке есть культ «правильного фидбека». Здесь учат подавать критику по методу сэндвича (Sandwich Method):

🍞 Сначала мягкая булочка: «Ты такой молодец, мы так ценим твой вклад!»
🥩 Потом котлета из дерьма (сама критика): «Но вот тут ты накосячил, и это никуда не годится».
🍞 И сверху снова булочка: «А вообще ты супер, продолжай в том же духе!»


Для американцев это норма. Это вежливость, это saving face, это часть корпоративной культуры.

Но для человека из СНГ, как я, это работает плохо. Когда мне начинают лить елей в уши, я уже напрягаюсь и жду подвоха. А когда после критики меня снова хвалят, это ощущается как фальшь и попытка подсластить пилюлю, будто я не понимаю что тут происходит.

Я не хочу есть этот бутерброд. Если я где-то ошибся — скажите мне прямо. Четко, конструктивно, по делу. Без «you are doing great, but...». Мне не нужна похвала для смягчения удара. Мне нужна правда. Но порой не все фидбеки одинаково полезны или справедливы...

А вы бы согласились съесть этот бутерброд из г*вна? 🤣

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6011💯7🔥51
🥪 Sendvich usuli: nima uchun ko‘nglimni aynitadi

Amerikada "to‘g‘ri fidbek" (fikr bildirish) kulti bor. Bu yerda tanqidni Sendvich usulida (Sandwich Method) yetkazishni o‘rgatishadi:

🍞 Avval yumshoq bulochka: "Sen juda zo‘rsan, biz sening hissangni qadrlaymiz!"
🥩 Keyin esa ichidagi "go‘ng" (tanqidning o‘zi): "Lekin mana bu yerda qovun tushirding, bu umuman to‘g‘ri kelmaydi".
🍞 Va ustidan yana bulochka: "Umuman olganda supersan, shu ruhda davom et!"


Amerikaliklar uchun bu — norma. Bu muloyimlik, yuzni saqlab qolish (saving face), korporativ madaniyatning bir qismi.

Lekin bizning mentalitetdagi (MDHdan kelgan) odam uchun bu g‘alati ishlaydi. Menga shirin gapirib, qulog‘imga "lag‘mon ilishni" boshlashganda, men darrov hushyor tortib, bir baloni kutaman. Tanqiddan keyin yana maqtashsa, bu xuddi soxtalikdek, achchiq dorini shirin qilib berishdek tuyuladi. Go‘yoki men nima bo‘layotganini tushunmaydigan yosh boladekman.

Men bu buterbrodni yeyishni xohlamayman. Agar qayerdadir xato qilgan bo‘lsam — yuzimga dangal ayting. Aniq, konstruktiv va lo‘nda qilib. "You are doing great, but..."siz. Zarbani yumshatish uchun menga maqtov kerak emas. Menga haqiqat kerak. Lekin ba’zida hamma fidbek ham foydali yoki adolatli bo‘lavermaydi...

Siz ichi go‘ngga to‘la bu buterbrodni yegan bo‘larmidingiz? 🤣

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁49🔥118👍5👏2
Этот отзыв — именно то, ради чего я работал все эти годы.

Я никогда не верил в громкие лозунги и слова на ветер. Подготовка к экзаменам, медицинское образование, работа врача — это не легкая прогулка. Это тяжелый, дисциплинированный труд, требующий максимальной отдачи.

В нашей профессии, хотим мы этого или нет, на кону всегда будут стоять человеческие жизни. Бывают моменты, когда простой диагноз превращается в уравнение с множеством неизвестных, когда мы упираемся в предел современных технологий и возможностей диагностики. Медицина — это не «веселое занятие», это огромная ответственность. Жизнь врача всегда будет тяжелой, независимо от страны работы.

И именно поэтому меня так удивляют рекламы в духе:

«USMLE Step 1 за три месяца»
«Научись ставить диагнозы за 30 секунд»
«Секретные фишки для легкой подготовки»

В реальной практике такие «спринтеры» не просто обосрутся (точнее они уже обосрались когда выложили такую рекламу) — они останутся на обочине профессии. Но есть место, где их таланты точно оценят. Там всегда любят яркие трюки, громкую музыку и фокусы - это цирк.

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
134👍8💯5🔥1
Ushbu fikr — men shu yillar davomida nima uchun mehnat qilganimning asl isbotidir.

Men hech qachon balandparvoz shiorlarga va havoga uchirilgan so‘zlarga ishonmaganman. Imtihonlarga tayyorgarlik, tibbiy ta’lim, shifokorlik faoliyati — bu shunchaki sayr emas. Bu maksimal darajada fidoyilikni talab qiladigan og‘ir va intizomli mehnatdir.

Bizning kasbimizda, xohlaymizmi yoki yo‘qmi, har doim inson hayoti garovda turadi. Shunday lahzalar bo‘ladiki, oddiy tashxis ko‘plab noma’lumli tenglamaga aylanadi, biz zamonaviy texnologiyalar va diagnostika imkoniyatlarining so‘nggi chegarasiga borib taqalamiz. Tibbiyot — bu «ko‘ngilochar mashg‘ulot» emas, bu ulkan mas’uliyatdir. Qaysi davlatda ishlashidan qat’i nazar, shifokorning hayoti doim murakkab bo‘lib qolaveradi.

Aynan shu sababli ham, quyidagi mazmundagi reklamalar meni hayratga soladi:

«USMLE Step 1 uch oyda»
«30 soniyada tashxis qo‘yishni o‘rganing»
«Oson tayyorgarlik uchun maxfiy usullar»

Real amaliyotda bunday «sprinterlar» shunchaki chic*ib qolmay (to‘g‘rog‘i, bunday reklamani chiqarganlarining o‘ziyoq sharmandalik), balki kasbning chekkasida qolib ketishadi. Ammo ularning «iste’dodini» munosib baholaydigan bir joy bor. U yerda har doim yorqin tryuklarni, baland musiqa va fokuslarni yaxshi ko‘rishadi — bu sirk.

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍41💯86🔥2
Представил такую картину...

Крутой врач:
Здравствуйте, проходите и садитесь. Ничего не говорите. Я могу поставить вам диагноз за 30 секунд!
Дедушка: Давай!
Крутой врач: У вас правосторонний инфарк миокарда!
Дедушка: Давай я тоже поставлю тебе диагноз, но за 10 секунд?
Крутой врач: Давай!
Дедушка: Ты далба*б! Я вообще-то не пациент, а сантехник! Пришел починить раковину в офисе...

—————
Shunaqa manzarani tasavvur qildim...

Zo‘r shifokor: Assalomu alaykum, kiring, o‘tiring. Hech narsa demang! Men sizga 30 soniyada tashxis qo‘ya olaman!
Boboy: Qani, ko‘raylik-chi!
Zo‘r shifokor: Sizda miokard infarktining o‘ng tomonlama shakli!
Boboy: Maylimi, men ham senga tashxis qo‘ysam, lekin 10 soniyada?
Zo‘r shifokor: Qani, qo‘ying-chi!
Boboy: Sen dalba***san! Men bemor emas, santexnikman! Ofisingdagi rakovinani tuzatgani kelgandim...

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣11410😁8👍4💔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣76🔥115😁5
🎬 ВЕЧНОЕ СИЯНИЕ ЧИСТОГО РАЗУМА / ETERNAL SUNSHINE OF THE SPOTLESS MIND (2004)

Жанр: мелодрама, фантастика, драма
В ролях: Джим Керри, Кейт Уинслет

Застенчивый и меланхоличный Джоэл живёт ничем не примечательной серой и унылой жизнью. Но однажды вместо привычного рабочего маршрута молодой человек вдруг садится на электричку в другом направлении и устремляется к морю. На песчаном берегу Джоэл замечает девушку с ярко-синими волосами. На обратном пути они знакомятся в вагоне электрички и парень понимает, что у них с Клементиной очень много общего, как будто он уже знает эту девушку. Совсем скоро Джоэл поймёт, что действительно был знаком с ней, более того - они были парой.

Кристофер Нолан назвал этот фильм одним из самых оригинальных историй любви. Согласен с ним полностью.

Рейтинг: 8/10
#ЧтоПосмотреть

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍6🔥3
🎬TOZA AQLNING ABADIY JILOSI / ETERNAL SUNSHINE OF THE SPOTLESS MIND (2004)

Janr: melodrama, fantastika, drama
Rollarda: Jim Kerri, Keyt Uinslet

Tortinchoq va ma’yus Joel hech narsasi bilan ajralib turmaydigan, odatiy va zerikarli hayot kechiradi. Ammo bir kuni yigit ishga boradigan doimiy yo‘nalishi o‘rniga, to‘satdan boshqa tomonga ketayotgan poyezdga o‘tiradi va dengiz tomon yo‘l oladi. Qumli qirg‘oqda Joel yorqin moviy sochli qizni ko‘rib qoladi. Qaytish yo‘lida ular poyezd vagonida tanishib qolishadi va yigit Klementina bilan o‘rtalarida umumiylik ko‘pligini, xuddi bu qizni avvaldan taniydigandek his qiladi. Tez orada Joel u bilan haqiqatan ham tanish bo‘lganini, bundan tashqari — ular juftlik bo‘lishganini tushunib yetadi.

Kristofer Nolan ushbu filmni eng o‘ziga xos sevgi hikoyalaridan biri deb atagan. Uning fikriga to‘liq qo‘shilaman.

#NimaTomoshaQilish

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20🔥11👍3🥰32
Банк против Больницы

Часто задаюсь одним вопросом, и он касается глубокой социальной несправедливости, к которой мы почему-то привыкли:

Почему, переступая порог клиники, люди так часто ведут себя так, будто врач им должен по факту своего существования?

Представьте обычную картину: человек заходит в банк. Разве он скажет банкиру: «Вы мне должны»? Конечно, нет. Там мы беспрекословно играем по правилам материального мира. Никто не требует от финансистов или бухгалтеров альтруизма. Их труд имеет четкий эквивалент, и их желание заработать никого не возмущает.

Но когда речь заходит о врачах, общество достает свой главный козырь: «Медицина — это призвание! Туда идут те, кто хочет помогать!»

Но давайте будем честны: разве слово «призвание» — это синоним обета бедности? Почему желание спасать жизни воспринимается как индульгенция на то, чтобы платить человеку копейки и требовать от него бесконечной жертвенности? Что мешает условному банкиру привнести жертвенность в свою профессию и помогать людям бесплатно? Ничего. Но мы почему-то решили, что одни профессии созданы для комфорта, а другие — исключительно для выгорания.

Главный парадокс:
Если профессия врача действительно самая благородная и жертвенная, разве логика не подсказывает, что общество должно ценить, уважать и оплачивать ее больше остальных?

Вместо этого благородство стало поводом для обесценивания. Истинного спасителя превратили в вечного должника.

Вопросов много. Ответов мало...

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥57😢11👍87💯6
Bank Kasalxonaga qarshi

Ko'pincha bir savol meni o'ylantiradi va u biz negadir ko'nikib qolgan chuqur ijtimoiy adolatsizlikka taalluqli:
Nima uchun klinika ostonasidan hatlab o'tgan odamlar ko'pincha o'zlarini shifokor ularga o'z-o'zidan qarzdordek tutishadi?

Tasavvur qiling, oddiy bir manzara: odam bankka kirdi. U bankirga qarab: "Siz mendan qarzdorsiz", deydimi? Albatta, yo'q. U yerda biz so'zsiz moddiy dunyo qoidalariga bo'ysunamiz. Hech kim moliyachilar yoki buxgalterlardan altruizmni talab qilmaydi. Ularning mehnati aniq qiymatga ega va ularning pul ishlash istagi hech kimning g'ashiga tegmaydi.

Ammo gap shifokorlar haqida ketganda, jamiyat o'zining asosiy kozirini ishga soladi.
"Tibbiyot — bu fidoyilik! U yerga faqat boshqalarga yordam berishni xohlaydiganlar boradi!"

Lekin keling, ochiq gaplashaylik: nahotki "fidoyilik" so'zi qashshoqlik qasamyodining sinonimi bo'lsa? Nima uchun inson hayotini saqlab qolish istagi unga arzimagan chaqa to'lash va undan cheksiz qurbonlik talab qilish uchun bahona sifatida qabul qilinadi? Shartli bankirga o'z kasbiga qurbonlikni kiritish va odamlarga tekinga yordam berishga nima xalaqit beradi? Hech narsa. Ammo biz negadir ba'zi kasblar farovonlik uchun, boshqalari esa faqat o'zini ado qilish uchun yaratilgan deb qaror qildik.

Asosiy paradoks:
Agar shifokorlik kasbi haqiqatan ham eng olijanob va fidoyi kasb bo'lsa, mantiqan jamiyat uni qolganlardan ko'ra ko'proq qadrlashi, hurmat qilishi va ko'proq haq to'lashi kerak emasmi?

Buning o'rniga, olijanoblik qadrsizlantirish uchun sabab bo'ldi. Haqiqiy xaloskor mangu qarzdorga aylantirildi.

Savollar ko'p. Javoblar esa kam...

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1💯47👍1811🔥5🤔1
Судя по моему контенту, мои шансы на кресло министра здравоохранения Узбекистана только что впали в необратимую кому. Можно уже не надеяться, да?
——————
Kontentimga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri kursisiga o‘tirish imkoniyatlarim hozirgina ortga qaytmas komaga tushdi. Endi bemalol umidni uzsam ham bo‘ladi, a?

🤣🤣🤣

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤣168😁3011😢8👍6
Forwarded from Thoughts of some bitch
🤍Девочки и мальчики, у меня для вас что-то большое

Мы запустили Американское общество русскоговорящих патологов.

Я слишком хорошо знаю, как сложно разбираться во всём самой, искать ответы и находить именно те, которые специфичны для нашей специальности. Хочется, чтобы у нас было пространство, где можно спросить, поддержать друг друга и расти вместе.

Если вы патолог в США или только планируете этот путь, присоединяетесь
👇
Ссылка

Спойлер 👀: скоро мы запускаем сайт и официальное членство!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍8😱1
Всем привет, коллеги! Нужна ваша помощь и «взгляд изнутри».

Слышал, что сейчас идет активное внедрение платформы DMED в медучреждениях. Задумка крутая — объединить лаборатории, аптеки и врачей в одну экосистему. Но как обстоят дела на самом деле?

Есть 4 вопроса к тем, кто уже столкнулся с системой:
- Как оцениваете техническую сторону? (Работает без сбоев?)
- Удобно ли это в ежедневной практике врачам и пациентам?
- Врачи переходят на DMED по любви или по инструкции «сверху»?

- Налажена ли реальная связь с аптеками для электронных рецептов?

Буду признателен за подробные ответы в мой бот: @farkhodmd.
Важно: пишите, пожалуйста, одним длинным сообщением, так мне будет проще все структурировать и читать.

Заранее благодарю всех за обратную связь!

————————
Hammaga salom, hamkasblar! Sizning yordamingiz va vaziyatga «ichkaridan» qarashingiz kerak.

Eshitishimcha, hozirda tibbiyot muassasalarida DMED platformasi faol joriy etilmoqda. G'oya ajoyib — laboratoriya, dorixona va shifokorlarni yagona ekotizimga birlashtirish. Ammo amalda vaziyat qanday?

Ushbu tizim bilan to'qnash kelganlarga 4 ta savolim bor:

- Texnik tomonini qanday baholaysiz? (Uzilishlarsiz ishlayaptimi?)
- Shifokor va bemorlar uchun kundalik amaliyotda qulaymi?
- Shifokorlar bu tizimga o'z xohishlari bilan o'tishyaptimi yoki «yuqoridan» berilgan ko'rsatma asosidami?
- Elektron retseptlar uchun dorixonalar bilan real aloqa yo'lga qo'yilganmi?


Batafsil javoblar uchun botimga yozsangiz minnatdor bo'lardim: @farkhodmd.
Muhim: iltimos, barcha fikrlaringizni bitta uzun xabar ko'rinishida yozing, shunda ularni tartibga solish va o'qish menga osonroq bo'ladi.

Fikr-mulohazalar uchun barchaga oldindan rahmat!

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
125👍7🔥4
Forwarded from Otajonov, MD
Какими ресурсами пользуются врачи и резиденты в США для изучения медицины?

UpToDate, OpenEvidence, клинические гайдлайны, PubMed, NEJM, полезные книги, YouTube-каналы и подкасты - собрал список ресурсов, которыми я пользовался во время резидентуры и продолжаю пользоваться сейчас.

Читать статью: https://telegra.ph/Resursy-dlya-izucheniya-mediciny---chem-polzuyutsya-rezidenty-i-vrachi-v-SSHA-03-14
11🔥6👏1
Forwarded from Otajonov, MD
AQShda shifokorlar va rezidentlar tibbiyotni o‘rganish uchun qaysi resurslardan foydalanadi?

UpToDate, OpenEvidence, klinik guideline’lar, PubMed, NEJM, foydali kitoblar, YouTube kanallari va podkastlar - rezidentura davrida foydalangan va hozir ham foydalanib kelayotgan resurslarim ro‘yxatini jamladim.

Maqolani o'qish:https://telegra.ph/Tibbiyotni-organish-uchun-resurslar-AQShda-rezidentlar-va-shifokorlar-nimalardan-foydalanadi-03-14
20🔥6👏1
Ну что, друзья, очередной сезон MATCH подошел к концу...

Каждый год этот день делит жизни на «до» и «после». Я искренне рад за тех, кто увидел заветное «You matched», но мое сердце сегодня с теми, кто выложился на 200%, будучи блестящим кандидатом, но не получил желаемого результата.

В этом и заключается суровая несправедливость системы: мы можем полностью контролировать свои усилия, но никогда финальный результат. Надеяться на лучший исход, осознавая риск неудачи, такова высокая цена «билета» в новую жизнь.

Маленькая просьба ко всем: если ваш знакомый сматчился, но хранит молчание — не торопите его. Сделайте вид, что ничего не знаете. Сейчас на ребят ложится колоссальное давление: горы документов и, самое тревожное, неопределенность с визой. Не нужно допросов о будущем — они сами будут в «подвешенном» состоянии до самого первого дня резидентуры. Сам проходил через это, и телефонные звонки или сообщения о том, "когда вы уезжаете?" не облегчает никому жизнь.

Точно так же не нужно дергать тех, кому не повезло. Лишние напоминания сейчас — это соль на рану. Придет время, и каждый сам расскажет свою историю. Я тоже придерживаюсь этого правила: молчу до тех пор, пока все сматчившиеся не получат визы и не переступят порог госпиталя.

———————
Xo‘sh do‘stlar, navbatdagi MATCH mavsumi ham o‘z nihoyasiga yetdi...

Har yili bu kun hayotni «oldin» va «keyin»ga ajratadi. Zafar quchib, intizorlik bilan kutilgan «You matched» yozuvini ko‘rganlar uchun chin qalbimdan xursandman. Biroq, bugun mening ko‘nglim — bor kuchini bergan, o‘z sohasining bilimdoni bo‘la turib, bu yil kutilgan natijaga erisha olmagan nomzodlar bilan birga.

Tizimning achchiq adolatsizligi ham shunda: biz o‘z harakatlarimizni to‘liq nazorat qila olamiz, ammo yakuniy natijani hech qachon kafolatlab bo‘lmaydi. Mag‘lubiyat xavfini anglagan holda, eng yaxshi natijadan umid uzmaslik — yangi hayotga beriladigan «chipta»ning naqadar qimmat ekanligidan dalolatdir.

Hammamizdan kichik bir iltimos: agar biror tanishingiz match bo‘lgan bo‘lsa-yu, lekin bu haqda jim tursa — uni shoshiltirmang. Hech narsadan xabaringiz yo‘qdek ko‘rsating. Hozir bu yigit-qizlarning zimmasiga ulkan bosim tushmoqda: tog‘dek hujjatlar va eng asosiysi — viza masalasidagi noaniqlik. Ularni kelajak haqidagi savollar bilan tergamang — rezedenturaning birinchi kunigacha ular o‘zlari ham qiyin holatda bo‘ladilar. Men ham bu yo‘lni bosib o‘tganman: «Qachon ketyapsiz?» degan qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlar hech kimning og‘irini yengil qilmaydi.

Shuningdek, bu yil omadi kelmaganlarni ham bezovta qilish kerak emas. Hozirgi vaziyatda ortiqcha eslatmalar — yaraga tuz sepish bilan barobar. Vaqti keladi, har kim o‘z hikoyasini so‘zlab beradi va tajribasi bilan bo‘lishadi. Men ham shu qoidaga amal qilaman: barcha match bo‘lganlar vizalarini qo‘lga olib, shifoxona ostonasidan hatlab o‘tmaguncha jim turishni afzal ko‘raman.

🕊farkhodmd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
294👍32💯14🔥8❤‍🔥1
Forwarded from Medcloud
🔄 ОДИН БЛОК ТЕПЕРЬ 20 КЕЙСОВ (30 МИН)

Друзья, на официальном сайте USMLE объявили о скором обновлении ПО для Step 1 и Step 2 CK. Изменения вступают в силу уже с мая 2026.

Главное — меняется формат блоков. Теперь вместо привычных часовых блоков будет по 30 минут и в каждом около 20 кейсов.

Step 1: 7 блоков по 60 мин → 14 блоков по 30 мин
Step 2 CK: 8 блоков по 60 мин → 16 блоков по 30 мин

При этом важно понимать: общее время экзамена и количество вопросов не меняются, содержание тоже остаётся прежним. Плюс обновят интерфейс — он станет более современным и удобным.


🔖 По сути, экзамен тот же, но теперь нужно быстрее переключаться и держать темп.

🟢🟢🟢🟢🟢🟢

🔄 ENDI BITTA BLOK 20 TA CASE (30 DAQ)

Do‘stlar, USMLE rasmiy saytida Step 1 va Step 2 CK imtihonlari uchun yangi dasturiy yangilanish e’lon qilindi. O‘zgarishlar 2026 yil may oyidan kuchga kiradi.

Eng asosiy yangilik shuki bloklar formati o‘zgaryapti. Endi 60 daqiqalik bloklar o‘rniga 30 daqiqalik bloklar bo‘ladi va har birida 20 ta case bo’ladi.

Step 1: 7 ta blok (60 daq) → 14 ta blok (30 daq)
Step 2 CK: 8 ta blok (60 daq) → 16 ta blok (30 daq)

Muhimi: umumiy vaqt ham, savollar soni ham o‘zgarmaydi. Kontent ham avvalgidek qoladi. Shuningdek, interfeys ham yangilanadi, yanada qulay va zamonaviy bo‘ladi.


🔖 Xulosa: imtihon o‘sha-o‘sha, lekin endi ritm tezroq va bloklar qisqaroq.

Source: https://www.usmle.org/test-delivery-software-updates-step-2-ck-and-step-1-coming-may-2026

🔵 medcloud
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍4👏2