Far·hod·jon
753 subscribers
319 photos
47 videos
1 file
369 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
iOS 13'dagi Books ilovasi kitob o'qishdagi kichik muvaffaqiyatlarni aytib boryapti
Foydalanish, o'qish, yozish va hokazo uchun o'zbek tilidan boshqa qaysi kengroq tarqalgan til siz uchun qulay?
Anonymous Poll
55%
Ingliz tili
42%
Rus tili
3%
Boshqa til
Far·hod·jon
AirPods AirPods naushniklari haqida: https://farhodjon.uz/blog/airpods/
Sony avgust oyida 230 dollar narxda AirPods'ning raqobatdoshini chiqararkan: Sony WF-1000XM3. Saytida yozishicha, asosiy farqi shovqinni o'tkazmasligi bo'ladi (noise canceling).

Hajmi ham kattaroq. Form-faktoriga qaraganda, ko'proq quloqlarga mos keladigandek tuyulyapti. AirPods, masalan, mening qulog'imga yaxshi "o'tirmadi": ba'zida tushib ketadi.

Baribir, bunaqa kichkina hajmda shovqinni o'tkazmasligi qanaqa ishlashi menga qiziqarli: katta naushniklar quloqni to'laligicha qoplaydi va tashqaridan kelayotgan tovushni teskarisiga o'girib quloqqa yuboradi. Bu quloqning teshining o'zida shu funksiyani bajararkan. Ko'ramiz chiqqanda.

The Verge yaxshi maqola tayyorlagan: https://www.theverge.com/2019/7/5/20682334/sony-wf-1000xm3-wireless-earbuds-hands-on-preview-features

Yagona yoqimsiz narsa — nomi. "Soni dablyu-ef-ming-iks-em-uch", o'zbekchasiga. Lekin boshqa naushniklarining nomiyam shunaqa qiyin.
Madaniyat+1: kinoteatrda telefon

Kinoteatrda biror kino seansi ketayotganda telefonidan foydalanadigan odamlarni seansdan haydab, qayta kinoteatrga kelishini taʼqiqlaging keladi. Shundoq ham kinoteatrlarda odamlar filmni maza qilib tomosha qilishi uchun deyarli hamma yorugʻlik manbalari oʻchiriladi. Oʻchirilmasdan qolishi lozim boʻlgan yagona yorugʻlik — “Chiqish” belgisi: bu ham yongʻin yoki biror xavg boʻlganda odamlar eshikni bemalol topishi uchun.

Film koʻrayotgan vaqtingda telefonidan foydalanadigan odamlar esa yonidagi va ayniqsa, orqadagi odamlarga filmni bemalol koʻrishga yaxshigina xalaqit beradi. Agar shunchalik muhim ishlaring boʻlsa, nega kinoga tushding? 1-2 oy kutib tursang oʻgʻirlanganini televizorda qoʻyishadi yoki sifatsiz versiyasi torrentlarga chiqadi (telefondan foydalanishiga qaraganda bu odam sifat bilan film koʻrishni bilmaydi va boshqalarga ham yoʻl qoʻymaydi). Indamay uyingda xohlagancha telefonda gaplashib, muhim ishlaringni hal qilib koʻraver?..

Xullas, kinoga tushganda telefon ovozsiz yoki chalgʻitmaydigan (Do Not Disturb) rejimga oʻtkaziladi. Juda boʻlmaganda telefon yorugʻligi maksimal darajada kamaytiriladi. Va hech qachon ovoz bilan kinoteatrda gaplashilmaydi.

Axmoqlikning yana bir darajasini aytib oʻtishim lozim: bildirishlar (notifications) uchun kamera fonarini ishlatish. Har xil bildirishlar, xabar va hokazolarning hammasi qabul qilayotgan odamga tegishli. Atrofdagilarning ham diqqatini tortib fonar yonib-oʻchishi shart emas. Kinoteatrda esa buni oʻchirmaslik juda axmoqona.

#madaniyat
Haligacha (2019-yil, 21-asr) odamlar muchalga ishonishiga hayron qolaman!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Голосование за логотип Ташкента

Тихой сапой происходит голосование за туристический логотип Ташкента: https://uzbektourism.uz/ru/site/vouting?id=11

Наш вариант - номер 2. Выбирайте тот, который вам больше всего по кайфу.
Toshkent shahri logotipiga ovoz beramiz! Men 2- va 3-variantlarga e'tibor berishga chaqiraman. Qolganlari tufta.

https://uzbektourism.uz/ru/site/vouting?id=11
​​Toshkent logotipi

Toshkentning yangi logotiplarini muhokama qilamiz. Bu yerda hozir so'rovnoma ketyapti.

#shahar
✉️ Elektron pochta

Elektron pochtadan foydalanish boʻyicha tajribamning deyarli hammasini toʻplab uzun post yozdim:

https://farhodjon.uz/email

P.S.: atrofda boʻlayotgan hodisalarga fikr bildirib oʻtirgandan koʻra foydaliroq deb topdim buni.

@FarLives 🌀
Turli bulutli ilovalar rivojlanayotganiga qaramasdan, odamlar va kompaniyalar baribir "eski" ilovalarga o'rgangan. Microsoft Word ilovasi Google'ning Play Market'idan bir milliarddan ko'p marta o'rnatilibdi: https://www.androidpolice.com/2019/07/12/microsoft-word-1-billion/
iOS 13 mobil qurilmalardan ham kirillcha yozish imkoniyatini beradi. Kirillchada yozaymi?
Final Results
35%
Ha
45%
Yo'q
20%
🍿
Innovatsiya! Janubiy vokzalga elektron navbat qo'yishibdi.
Olma daraxtining kelib chiqishi O'rta Osiyoda ekan:

The tree originated in Central Asia, where its wild ancestor, Malus sieversii, is still found today. Apples have been grown for thousands of years in Asia and Europe and were brought to North America by European colonists.

https://en.wikipedia.org/wiki/Apple
Shaharda mevali daraxtlar

Shaharda, ayniqsa, tratuarlar chetida va koʻp qavatli uylarning hovlilarida mevali daraxtlar yetishtirilishi notoʻgʻri, deb hisoblayman. Masalan, Toshkentning koʻp hududlarida oʻrik, olma, tut kabi daraxtlarni tratuarlar chetida, uylar yonida, mavzedagi umumiy hovlilar ichida uchratish mumkin. Lekin:

1. Ularning mevasi terib olinmaydi yoki yigʻishtirilmaydi va chirib, sasib yotadi.
2. Birinchi sabab tufayli ularning tagida bolalar oʻynashi yoki dam olish imkonsiz.
3. Ular yaxshi soya ham bermaydi va boʻyi kaltaligicha qoladi.
4. Va quyidagi fotolardagidek tratuarlarning koʻrinishini buzadi.

Shahardagi asosiy aholi mevalarni sotib olib tanavvul qilishini hisobga olsak, ular foydasiz.

#shahar

@FarLives 🌀
Toshkent haqida ikkita fikr

May-iyun oylarida asosan Amerikada yashaydigan ikkita hamkasbimiz (Apurva va Mayk) Toshkentda biz bilan ishladi. Yaqinda ulardan Toshkent haqida qisqa fikrlarini soʻradim. Quyida ikkalasining ham javobini keltiraman.

Apurva
3 yoshida oilasi Hindistondan Amerikaga koʻchib ketishgan va shundan beri asosan Amerikada yashaydi. 2-3 yilda bir marta Hindistonga borib turadi. Adashmasam, ingliz tilidan tashqari Hindistondagi 780 ta tildan birida ham gaplashadi.

Ijobiy:
1. Menga hamma bir-biriga ishonishi juda yoqdi: ixtiyoriy odamning mashinasiga chiqib ketish mumkin. Xuddi hamma taksi haydovchisiga oʻxshaydi.
2. Toshkent juda toza. Menimcha, Hindiston bilan solishtirganda. Chunki Kanzas-Sity Toshkentdan ancha toza.
3. Men oʻzimni xavfda his qilmadim. Hatto tunda sayr qilganimda ham.
4. Odamlari juda yaxshi.
5. Koʻp joyga piyoda borsa boʻladi.

Salbiy:
Vegetariancha ovqatni topish juda qiyin!

Mayk
Amerikada tugʻilib oʻsgan. Ingliz tilida gaplashadi faqat (sal ispan tilini biladi, menimcha). 1-2 Yevropa davlatlari va Dominikan Respublikasida boʻlgan.

Ijobiy:
1. Ommaviy transport. Yoʻldagi deyarli hamma mashina — taksi va bundan tashqari, ajoyib metrosi bor.
2. Taomlarning xilma-xilligi. Men hamma joyda yevropacha ovqat yeyishim mumkin va bu oʻzimni xuddi Amerikadagidek his qildim.
3. Boshqa rivojlanayotgan davlatlardan farqli ravishda, menga narsasini sotmoqchi boʻladigan sotuvchilar tomonidan taʼqib qilinmadim. Balki, men chet ellikka oʻxshab koʻrinmagandirman (rusga oʻxshab ketishini aytib hazillashyapti)
4. Shaharda daraxtlar juda koʻp.

Salbiy:
1. Aeroport chet elliklarga moʻljallanmagan. Yana men koʻp narsalarni tushunishga qiynaldim, chunki, ingliz yoki ispan tilidagi yozuvlar kam.
2. AQSh fuqarolari uchun vizasiz sayohat qilish imkoniyati yoʻq.
3. Roʻyxatdan oʻtish (propiska) byurokratiyasi juda kulgili (ridicilous) va murakkab.
4. Oʻzbek yoki rus tilini bilmaydiganlar uchun shaharni aylanib chiqish qiyin.

Xullas
Yuqoridagi fikrlar hokimiyat yoki davlat xodimlari tomonidan sotvolingan xulosamas. Oʻzbekistonga nisbatan ancha rivojlangan davlatda yashaydigan oddiy odamlarning fikrlari. Toʻgʻri, ular bu yerda yillab yashamagan va yashash uchun kurashmagan, lekin baʼzida boshqa odamlardan shahar haqidagi fikrlarni koʻrganda Toshkent unchalik ham yomon shaharmasligini his qilasan.

Shaharning ijobiy tomonlarini saqlab qolib, bundan-da yaxshilash lozimligi haqida oʻylaysan. Va salbiy tomonlarini esa kamaytirib borishni vazifadek koʻrasan.

Men quyidagilarga eʼtibor berish lozim, deb oʻylayman:

1. Taksilarning koʻpligi va ularning xavfsizligi yaxshi. Bular duch kelmagan, aeroportda turib turistlarni “kiydiradigan” taksistlarni ham yoʻqotsak.
2. Piyoda yuradigan odamlar uchun yaxshi trotuarlar qilsak: faqat asfaltmas, mashinalar turmaydigan, qulay. Va yoʻllarni kesib oʻtishdagi xavfni kamaytirish lozim.
3. Shaharda daraxtlarni saqlab qolish va ularni yanada koʻpaytirish.
4. Aeroportning dizaynini chet elliklar uchun moslashtirish lozim. Rostdan ham, xalqaro aeroportlarning asosiy koʻzlangan auditoriyasi (target audience) — turistlar. Biz oʻzimizning (axmoqona, oq, panjara bilan oʻralgan) dizaynimizni tiqishtirishimiz zarar keltiradi xolos. Shunchaki chet el tajribasidan oʻrnak olsak boʻladi.
5. Propiska — ogʻriqli muammo. Ham achinarli, ham odamlarni tahqirlaydigan bunaqa tajriba haligacha yashab kelayotgani meni hayron qoldiradi. Yoki hayron qoldirmaydi: Oʻzbekiston xalqi bir necha yuz yildan beri odamlarni oʻylaydigan davlatchilikka ega boʻlolgani yoʻq.
6. Ingliz tilini biladigan odamlar (hatto tub aholi ham) koʻpayishi kerak. Xuddi Singapurdagidek ixtiyoriy odamga ingliz tilida ham murojaat qila olish — ajoyib.

#shahar

@FarLives 🌀