Aytishlaricha, Google yaqinda e’lon qilgan vayb dizayn uskunasi - Stitch - juda zo’rmish. Men sinab ko’rmadim. Lekin yuroqidagi skrinshotga qarab dizayn o’zgarayotganini his qilish mumkin.
Bir qancha misollar va tushuntiruvchi videolar bilan bu yerda tanishish mumkin:
https://x.com/stitchbygoogle/status/2034332847893574080

👍9🔥9😁2🤮1
O’zbekcha gapiradigan sun’iy intellekt (yoki robot) nomiga eng yaxshi nomzod:
ALOMAT
Birinchidan, “Alomat” so’zining boshi “AI”ga o’xshab ketadi.
Ikkinchidan, Alomat - birinchi o’zbekcha robot, “Temir xotin” filmidan. Hatto paxta ham tergan.

🔥33😁13👍9
Agar Claude Code yoki Codex uchun tokenlarni ancha tejaydigan rejim kerak bo’lsa, ularni g’or odamiga o’xshab gapirtiradigan skill/plugin bor. Tokenlarni 75% tejarkan.
Manavinaqa uzuuuun javob o’rniga:
bunaqa lo’nda javob beradi:
Tosh asriga bu yerda qaytamiz:
https://github.com/JuliusBrussee/caveman
Manavinaqa uzuuuun javob o’rniga:
Sure! I'd be happy to help you with that. The issue you're experiencing is most likely caused by your authentication middleware not properly validating the token expiry. Let me take a look and suggest a fix.
bunaqa lo’nda javob beradi:
Bug in auth middleware. Token expiry check use < not <=. Fix:
Tosh asriga bu yerda qaytamiz:
https://github.com/JuliusBrussee/caveman
😁30👍7
Claude Mythos Preview
Birinchidan, juda hayron qoladigan trend: Anthropic har ikki oyda oldingisidan yaxshiroq model chiqaryapti. Noyabr oxirida Opus 4.5 chiqqandi. Keyin fevralda 4.6 chiqdi. Yangi Mythos modeli aprelda “chiqyapti.”
Boshqa modellardan farqli ravishda, bu model maxsus va birinchi o’rinda dunyoga katta ta’sir qiladigan kompaniyalar va mahsulotlar uchun ishlatiladi. Buning uchun Project Glasswing bir qancha katta kompaniyalarni birlashtirgan: Apple, AWS, Cisco, Google, Linux Foundation, Microsoft, Nvidia va hokazo. Bunaqa jamoani yig’ish uchun model o’ta ishonarli bo’lishi kerak.
Anthropic aytishicha, Mythos kiberxavfsizlik bo’yicha zaifliklarni topishga usta:
• FreeBSD tizimidagi 27 yillik muammoni topgan
• 16-yillik xato esa FFmpeg kodida chiqqan
• brauzer va operatsion tizim sandbox’idan chiqolgan.
Bunaqa juda kuchli model, albatta, turli ochiq kodli tizimlardan xatolarni topib ulardan foydalanish imkoniyatini ham beradi. Shuning uchun, modelni ishlatishga cheklov bor: keng tarqalgan tizimlar va dasturlar ishlab chiqaradigan kompaniyalarga berilyapti.
Menimcha, Mythos’ning chopilgan versiyasi Opus sifatida keyinroq chiqariladi.

1👍7🔥1
Bollar, bizni qutqarishdi!
Humwork sun’iy intellekt agentlari muammoni yecholmay taqalib qolganda, odamlarga pul to’lab muammoni hal qilarkan🧐
https://x.com/ycombinator/status/2044445649538809985?s=46
Bechora agentlarga yordam berishni bu yerda boshlaymiz:
https://humwork.ai/
Humwork sun’iy intellekt agentlari muammoni yecholmay taqalib qolganda, odamlarga pul to’lab muammoni hal qilarkan
https://x.com/ycombinator/status/2044445649538809985?s=46
Bechora agentlarga yordam berishni bu yerda boshlaymiz:
https://humwork.ai/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10😁7
Yangi chiqqan ChatGPT Images 2.0 yozuvlar uchun juda usta ekan. 80-yillar ofisini tiklab ko’raylikchi, qanaqa chiqarkan.
Yomon emas, a?
Yomon emas, a?
👍20
Aytgandek, ChatGPT Images turli materiallarni yaxshi generatsiya qilishni va yorug’lik bilan zo’r ishlashni o’rganibdi.
JSON prompt chatda:
https://chatgpt.com/share/69ee9f1b-a7a4-83ea-8c9e-b70b177840f3

👍5
Codex in Claude
Claude Code ichida Codex’ni ishlatishga boshida ozroq skeptik qaragandim. Lekin yaqinda sezgan narsam: qiyinroq ishlarni va rejalarni Claude bilan tayyorlab, keyin Codex’dan ham feedback olishni boshlagan ekanman. Alohida oynada yoki tabda ikkalasini ishga tushirib, copy/paste qilish qulaymas, albatta.
Claude ichidagi Codex shu muammoni yechadi. Bir-biriga juda yaxshi integratsiya bo’ladi. Claude tayyorlagan o’zgarishlarni /codex:review orqali qarab chiqib, tezda tuzatish mumkin. Xuddi lokalda ikkalasi peer-programming qilayotgandek.
Ayniqsa, GPT-5.5 chiqqanidan keyin uni inkor qilish noto’g’ri. Claude in Codex ham foydali bo’lardi kelajakda.
O’rnatish: https://github.com/openai/codex-plugin-cc

🔥8👍2
Input < Output < Outcome < Impact
O’zbekchasiga: Kirish < Chiqish < Natija < Ta’sir. Ko’p holatlarda aynan shu ko’rinishda foyda bo’ladi. Bilib, lekin qattiq amal qilmaydigan tushunchalardan bittasi. Lekin hammamiz qattiq harakat qilishimiz kerak bo’lgan qoidalardan biri. Quyida har bir qadamni alohida tushuntiraman.
Input / Kirish
Sarflaydigan pulingiz, vaqtingiz, ajratadigan resurslaringiz kabilar shu yerda. Masalan, Elon Muskning ham bir sutkasi 24 soat, bizning ham.
Output / Chiqish
Kirishda sarflangan harakat yoki resurs asosida chiqadi. Deylik, bir soat vaqt sarflab 200 qator kod yozdik. Kirish - 1 soat vaqt, chiqish - 200 qator kod.
Outcome / Natija
Kirish va chiqishdan kelib chiqqan natija. 1 soat vaqt ichida 200 qator kod yozdik. Lekin kodning o’zining ahamiyati yo’q. U biror narsani tuzatishi yoki yangi imkoniyat berishi mumkin. Aynan shu - natija.
Impact / Ta’sir
Yuqoridagilarning mashtabi, qanchalik muhimligi kabi sifatlarga qarab ta’sirni aniqlaymiz. Bir soat ichida 200 qator kod orqali bir muammoni yechdik. Bu muammo 1 ta odamda bir marta uchrashi bilan 1 millionta odamda har kuni chiqishini juda katta farqi bor. Ikkinchisining ta’siri ulkan.
⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯
Boshqa misol:
• Doktor bir soat vaqtini bemor bilan sarfladi (kirish). Bu joyda doktorning tajribasi ham - kirish.
• Doktor bemorga dori yozib berdi (chiqish).
• Bemor shu dorini ichib tuzaldi (natija).
• Bemor shu kasallik bilan boshqa og’rimadi yoki dorining orqasidan boshqa jiddiyroq muammo chiqdi (ta’sir).
Aytgandek, bizning bilimimiz, qanaqa jamoada ishlashimiz, atrofimizdagi odamlar, ko’radigan video, o’qiydigan kitoblarimiz, sport va hokazolarning ko’pi - kirish. Ingliz tilida “garbage in, garbage out” degan jumla bor: axlat kirsa axlat chiqadi. Iloji boricha birinchi qadamdayoq keladigan ta’siri haqida o’ylash kerak.
O’zi ta’sir haqida o’ylaydigan odamlar har doim qadrlangan, lekin hozir kod chiqarish juda arzonlashib borayotgan davrda ularning o’rni juda muhim. Shuning uchun, biror yangi topshiriq so’ralganda qiziqiib ko’ramiz: nima uchun qilinyapti, kim uchun qilinyapti, qanday yordam beradi, biznes va foydalanuvchiga qanaqa ta’sir qiladi.

👍17
Figure kompaniyasining roboti 6 kundan buyon 24 soat davomida paketlarni saralayapti. 120 soat davomida 150 mingdan ortiq paket.
https://x.com/i/broadcasts/1kKzDMRBpXqJv
Uxlagani yaxshi ASMR, tunda qo’yib qo’yamiz 😀

X (formerly Twitter)
Figure
Day 6 is live: Watch our humanoid robots running 24/7 and fully autonomous. We've now crossed 119 consecutive hours and 149,000 packages
👍5😁2
Yaqinda Cloudflare kompaniyasi o‘z xodimlarining 20 foizini bo‘shatib yubordi. Vaholanki, kompaniyaning daromadi joyida, hatto rekord darajada o‘sish qayd etilgan. Tabiiyki, ko‘pchilikda haqli savol tug‘ildi: xo‘sh, nega?
Albatta, hozirgi global bozorda har bir kompaniya ta’kidlayotgandek, asosiy sabablardan biri — sun’iy intellekt (SI). Lekin kompaniya rahbari Matthew Prince bugun Wall Street Journal nashrida masalaga biroz oydinlik kiritib o‘tdi.
U Peter Drucker’ning 1954-yilgi kitobida (The Practice of Management) keltirilgan xodimlarning uchta toifasini misol qilib ko‘rsatgan: quruvchilar, sotuvchilar va o‘lchovchilar.
• Quruvchilar mahsulotni yaratadi.
• Sotuvchilar uni sotadi.
• O‘lchovchilar esa qolgan barcha ishlar — audit, moliya, yuridik xizmat, o‘rta bo‘g‘in menejmenti va ichki jarayonlar bilan shug‘ullanadi.
Cloudflare aynan o‘lchovchilar toifasi bilan xayrlashgan. Kuchli quruvchilar va sotuvchilar har doim kerak. Agar muhandis SI yordamida o‘z samaradorligini 10 barobarga oshira olsa, kompaniya bunaqa odamlardan yana 10 tasini ishga olishga tayyor. Biroq SI tezda o‘rnini bosa oladigan o‘rtacha darajadagi xodimlar uchun yangi zamonda, shubhasiz, qiyin bo‘ladi.
Matthew Prince’ning maqolasidan iqtibos:
Maqolaning arxivlangan nusxasi: https://archive.is/jnM6J#selection-779.0-783.0
Manba: https://x.com/eastdakota/status/2057226716154655041

AI won’t kill all jobs. But it will change every business.
(Sun’iy intellekt hamma kasblarni yo‘q qilib yubormaydi. Lekin u har qanday biznesni o‘zgartiradi).
Maqolaning arxivlangan nusxasi: https://archive.is/jnM6J#selection-779.0-783.0
Manba: https://x.com/eastdakota/status/2057226716154655041
👍1
Far·hod·jon
Yaqinda Cloudflare kompaniyasi o‘z xodimlarining 20 foizini bo‘shatib yubordi. Vaholanki, kompaniyaning daromadi joyida, hatto rekord darajada o‘sish qayd etilgan. Tabiiyki, ko‘pchilikda haqli savol tug‘ildi: xo‘sh, nega? Albatta, hozirgi global bozorda har…
Yozib bo‘lishga ulgurmasimdan ClickUp kompaniyasi ham xodimlarni 22 foizga qisqartirishga qaror qilganini ko‘ryapman:
https://x.com/DJ_CURFEW/status/2057522382315929802
Har bir injener, dizayner va mahsulot menejeri o‘qishi lozim bo‘lgan maqola.
Qiziq tomoni: qolayotgan odamlarning eng zo‘rlariga (katta ta’sir keltiradiganlariga) 1 million dollarlik daromad taklif qilinadi!

Zeb Evans (@DJ_CURFEW) on X
Today we reduced headcount by 22%. The business is the strongest it's ever been. So I think it's important to be direct about what I'm seeing and why.
First, I made this decision and I own it. I did it because the way to operate at the highest level of productivity…

🔥5👍3
Far·hod·jon
Yozib bo‘lishga ulgurmasimdan ClickUp kompaniyasi ham xodimlarni 22 foizga qisqartirishga qaror qilganini ko‘ryapman: https://x.com/DJ_CURFEW/status/2057522382315929802 Har bir injener, dizayner va mahsulot menejeri o‘qishi lozim bo‘lgan maqola. Qiziq tomoni:…
ClickUp asoschisi va direktori Zeb Evans’ning maqolasini o’qib chiqdim. Maqoladagi 2-3 ta fikr sohaning yaqin kelajagini ko’rsatayotgandek.
1. 100 marta ko’p natija beradigan rollar (100X) bir yil avvalgiga nisbatan tubdan farq qiladi. Tabiiy ravishda bu rollarning o’zgarishi kutish - kompaniya ortda qolishini bildiradi. Hozirgi jarayonlar o’zgartirilmasa, ular SI uchun to’siqqa aylanadi.
2. Injenerlarning asosiy ishi agentlarni va tizimlarni boshqarishga aylanadi. Kuchli injenerlar SI orqali 10x samaradorlikka erishadi, lekin boshqalar ularni sekinlashtiradi (SI orqali ham). Masalan, SI orqali yomon yozilgan kodni qarab chiqish kuchli injenerning bir qancha vaqtini olishi mumkin.
3. Mahsulot menejeri va dizayner rollari birlashib bormoqda. Yaxshi did va intuitsiyasi bor PM dizayner rolini ham bajarishni boshlaydi, foydalanuvchi tajribasini yuqori qo’yadigan dizaynerlar PM rolini bajaradi. Ikkita rol va ikkita odam o’rtasidagi aloqa uchun ketadigan vaqt yo’qoladi.
4. O’zining ishini avtomatlashtira oladigan tizim boshqaruvchilariga talab yo’qolmaydi. Mavjud tizimlarning ko’pi batamom qaytadan yozilishi kerak.
5. SI rivojlanayotgan paytda odamlar bilan tabiiy muloqot yanada muhimlashadi. Mijozlar bilan birma-bir muloqot avtomatlashtirilmasligi kerak.
6. Deyarli hamma kompaniya bu jarayondan o’tib chiqadi. Buni proaktivlik bilan amalga oshiradiganlar kelajakni aniqlaydi.
7. Kelajak kamroq xodimlar emas, umuman boshqa rollar va shu rollarni bajaradigan odamlarga boshqa darajadagi mukofotlar (1 mln dollar maosh nazarda tutilyapti).
Yuqoridagi men maqoladan olgan qisqacha xulosalarim. May boshida Coinbase kompaniyasining rahbari ham shunga o’xshash fikrlarini yozgandi, kimgadir qiziq bo’lsa.

Brian Armstrong (@brian_armstrong) on X
This is an email I sent earlier today to all employees at Coinbase:
Team,
Today I’ve made the difficult decision to reduce the size of Coinbase by ~14%. I want to walk you through why we're doing this now, what it means for those affected, and how this…

👍8
Google’ning ham didi oshib boryapti. 2-3 kundan buyon Google Calendar ikonkasini ko’rib hayron bo’layotgandim. Xuddi asosiy logosi kabi, hamma mahsulotlaridagi ikonkalarni ham gradient bilan yangilab chiqyapti.
Ayniqsa, bechora Tasks 2009-yildan 2026-yilga moslashibdi.
Yana yaxshi tomoni - har bir mahsulot ikonkasi o’zining rangiga ega. Avvalgi versiyalari odamni chalkashtirardi.
Lekin boshqa muammo bor: gradientlar kichik o’lchamda yaxshi ishlamaydi. Chrome’dagi ikonkalar yaqqolmas, qanaqadir fon bilan aralashib ketgandek ba’zi holatlarda.
Baribir: rahmat, Google!

🔥8👍3
Sizda qanaqa savol bor?
Kandidatlarni intervyu qilayotganimda yuqoridagi savolga har doim ham yaxshi javob olmayman. Ko’p kandidatlar savoli yo’qligini yoki avvalgi qadamlarda hamma savollarga javob olganini aytishadi. Lekin, bu menga intervyuga kelgan odam yaxshi tayyorlanmaganini bildiradi. Nega?
Intervyu jarayoni faqat bir tomonlama emas. Kompaniya kandidatni qanaqa tekshirsa, kandidat ham kompaniyani yaxshilab tekshirishi kerak. Kandidatning karyerasiga, o’sishiga, ishi yoki hayotiga katta ta’sir qiladigan qaror bu.
Menga savol bo’lmasligi ikkita narsani bildiradi odatda:
1. Kelayotgan odamga qayerga ishga kirishining farqi yo’q. Bunaqa odamni ishga olishga ikkilangan bo’lardim. Kandidat ham bu qanaqa kompaniya, nima bilan shug’ullanadi, madaniyati qanaqa, qanaqa imkoniyatlar beradi va hokazoga o’xshagan bir qancha foydali savollar chiqadi qiziqsa.
2. Kim bilan nimani gaplashishni bilmaydi yoki intervyuga umuman tayyorlanmagan. Bu sabab ham kandidatni ishga olish ehtimolini tushiradi. Masalan, rekrutyor, dasturchi, CTO har xil kontekstda yaxshi ma’lumot berishi mumkin. Har biri faqat bir yoki bir necha tomonni yoritadi. To’liq tushunish uchun har biriga ma’noli savollar berish kerak.
Savol bermaslik aqllilik belgisi emas. Intervyu qilayotgan odamlar chin dildan qiziqib berilgan savollarni qadrlaydi. Intervyudan oldin biroz vaqt sarflab tayyorlanish esa ko’p mehnat talab qilmaydi.

Kimningdir, menga o’xshab, SI generatsiya qilayotgan matnlardagi o’ta sun’iylik yoqmayotgan bo’lsa, quyidagi skill juda foydali. 30 dan ortiq patternlarni olib tashlaydi yoki tuzatadi.
Hozirgina topdim. Xalq bilan bo’lishish zarur, albatta.
https://github.com/blader/humanizer

GitHub
GitHub - blader/humanizer: Claude Code skill that removes signs of AI-generated writing from text
Claude Code skill that removes signs of AI-generated writing from text - blader/humanizer
👍18🔥2