Koding agentlari bo’yicha so’rovnoma natijalari
Yaqinda o’tkazilgan uchta so’rovnoma haqida fikrlarim bilan bo’lishsam. Yuqoriroqqa chiqib natijalarni ko’rishingiz ham mumkin.
1. Claude Code yutdi. Men Cursor’ni taxmin qilgandim, lekin u ikkinchi o’rinni oldi. Cursor va Antigravity juda yaqin bir-biriga. Antigravity bepulligini sabab sifatida taxmin qilishim to’g’rimi?
2. Koding agent uchun litsenziyani 72% odam o’zi to’larkan.
3. Agent ishlatmaydiganlar uchun eng asosiy sabab - narxi qimmatligi. Yuqorida ikkinchi punkt bu muammoni 100% yechishi kerak.
4. Agent ishlatmaydiganlar uchun “boshqa sabab” ikkinchi o’rinda, lekin uning tagida nima yotibdi, hayronman.
Endi-chi?
Birinchidan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan kompaniyalar dasturchilarga zudlik bilan koding agentlardan foydalanadigan muhit yaratishi kerak: litzensiya berish, o’rgatish, eng yaxshi tajribalarni olib kelish, kompaniya ichida entuziastlardan foydalanish. Cursor litzensiyasi oyiga $40 turadi. Oyiga $3000 oylik oladigan dasturchining mahsuldorligini 20% ga ko’paytirsa, kompaniya oyiga $560 qo’shimcha qiymat oladi ($3000×0.20-$40).
Ikkinchidan, agentlarga juda skeptik qarayotgan yoki avvalroq sinab ko’rib hafsalasi pir bo’lganlarga 1-2 hafta davomida yaxshilab tajriba qilishni maslahat beraman. Yaxshiroq kontekst berib, to’g’ri yo’l ko’rsatilsa, hozirgi modellarning sifati ancha yaxshi. Ayniqsa, oldindan birga reja tuzib ishlaganda.
Uchinchidan, asta-sekin eng kuchli dasturchilar ham turli agentlar bilan kod yozishni boshlayapti. Linus Torvalds Antigravity orqali Python’da kod yozyapti. Yozdagi intervyusida sun’iy intellekt yaxshi kod yozishiga ishonmagan DHH (Rails asoschisi) ham endi turli agentlardan foydalanyapti. Kuni kecha Redis asoschisi blog postida (hamma o’qishi kerak) quyidagi maslahatni beryapti:
Gemini tarjimasi:
@farhodjon #ai #vibecoding

I have a single suggestion for you, my friend. Whatever you believe about what the Right Thing should be, you can't control it by refusing what is happening right now. Skipping AI is not going to help you or your career. Think about it. Test these new tools, with care, with weeks of work, not in a five minutes test where you can just reinforce your own beliefs. Find a way to multiply yourself, and if it does not work for you, try again every few months.
Gemini tarjimasi:
Sizga birgina maslahatim bor, do‘stim. Nima to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi qarashlaringizdan qat’i nazar, hozirgi voqelikni shunchaki inkor etish orqali vaziyatni nazorat qila olmaysiz. Sun’iy intellektni chetlab o‘tish sizga ham, karyerangizga ham yordam bermaydi. Bu haqda o‘ylab ko‘ring. Yangi vositalarni shunchaki o‘z fikringizni tasdiqlash uchun besh daqiqa emas, balki haftalab vaqt sarflab, sinchkovlik bilan sinab ko‘ring. O‘z samaradorligingizni bir necha barobar oshirish yo‘lini toping va agar bu safar o‘xshamasa, har necha oyda qaytadan urinib ko‘ring.
@farhodjon #ai #vibecoding
👍20🔥6🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkala videoni atigi 3 yil ajratib turibdi:
• 2023-yildagi video Stable Diffusion bilan generatsiya qilingan
• 2026-yildagi video Kling 2.6 modeli bilan.
Aytgandek, Will Smith spagetti yeyishi video generatsiya qiladigan modellar uchun benchmarkka aylangan.
Keyingi uch yilda nima kutayotgani qiziq 😅

👍19
a16z (Andreessen Horowitz, venchur kapital firmasi) yozishicha, vayb koding erasi boshlanganidan keyin App Store’dagi yangi ilovalar 60% ga oshgan. Undan oldin 3 yil davomida deyarli o’smagan.
👍7
Codex bilan uzoqroq bajariladigan ishlar
O’tgan hafta Codex orqali uzoq bajariladigan loyiha ustida ishladim. Vazifalar bir nechta qismlardan iborat edi:
• butun loyihadagi kod va arxitekturani o’rganish
• MCP orqali boshqa uskunalardan kontekst olish
• kerak bo’lganda vaqtincha kod yozib, SDK orqali ma’lumot to’plash va hokazo.
Ishlash jarayonida kontekst asta-sekin to’lishini kuzatib turish yoqimsiz. Vazifani esa aniq hal qilishni xohladim.
Jarayonni qulay va sifatli qilishga bu yordam berdi:
1. Codex bilan asosiy ochilgan sessiyada qoniqarli javoblarni olgandan keyin, hamma natijani alohida Markdown hujjatga yozishni so’radim.
2. Codex uzun hujjat tayyorladi; ichida maqsad, yechim, qilinishi kerak bo’lgan qadamlar, muammolarning ildizi va hokazo ma’lumotlar bor.
3. Keyingi bergan topshirig’im: shu hujjatdagi har bir qadam alohida bajarilishi mumkin bo’lgan mayda hujjatlarga bo’lib chiq.
4. Codex har bir qadam uchun 01-first-task.md, 02-second-task.md, 03-third-task.md kabi fayllarni yaratib chiqdi.
5. Bu fayllar aynan bitta topshiriq/qadam uchun tayyorlangan va men ularni alohida sessiyada bajarishim mumkin. Qo’shimcha kontekst sifatida asosiy hujjatga ham havola bor.
6. Codex’ni alohida ishga tushirib, har bir topshiriqqa alohida vazifa berdim: let’s work on 01-first-task.md.
Bu usulning yana bitta yaxshi tomoni bor: topshiriqlarni parallel ishga tushirish mumkin. Terminalda 5-6 ta tabda har bir topshiriq bajarilaveradi.
Xullas, odamlar yoki komandalar bilan ishlaydigan yaxshi tajribalar sun’iy intellekt bilan ham ishlaydi. Katta ishni maydalab qilish kerak 🙂

👍16
Mabodo kimdir adashib Google’ning yangi dunyo modeli - Genie 3 yordamida qilingan misollarni o’tkazvorgan bo’lsa, marhamat.
Hozir Genie 3 bilan odamlar turli o’yinlardagi muhitni simulyatsiya qilyapti. Interaktiv misollarni ko’rganda ularda ishlayotgan fizikaga hayron qoladi odam: obyektlar bir-biriga qilayotgan ta’siri, yorug’lik ishlashi, boshqaruv va hokazo.
Lekin, dunyo modellarining eng katta qiymati robotlar uchun ochiladi: robot atrofda bo’layotgan hodisalar natijasini bashorat qila oladi. Robotlarning dasturiy ta’minoti turli yaratib bo’lmaydigan muhitlarda test qilinishi mumkin. Masalan, Marsga yuboriladigan robotlar yoki avtonom yuradigan mashinalar uchun cheksiz muhitlar yaratish qiyinmas.
Bir qancha misollar bu yerda:
• https://x.com/minchoi/status/2018000177420763279?s=20
• https://x.com/techhalla/status/2017180751997923475?s=20
GTA 6 bu yil chiqmasa, xaloyiq Genie bilan o’zlari tugatvorishadi bu ketishda.

👍9🔥7👎1😱1
Kutilmaganda OpenAI o’zining koding agenti - Codex uchun alohida macOS ilovasini chiqardi bugun:
Introducing the Codex app
Interfeysi ChatGPT’nikini eslatvoradi, ko’p amallarni interfeysning o’zida ko’rish/qilish mumkin. Bir nechta agentlarni ishga tushirib yoki ma’lum vaqtda ishlaydigan qilib avtomatlashtirishga juda qulay.
Terminal bilan ishlashni yoqtirmaydiganlar uchun juda yaxshi yangilik.
Pulli obunasi bor foydalanuvchilari uchun 2 oyga limitlar 2 marta oshirilgan, ChatGPT’ni tekinga ishlatadiganlar ham sinab ko’rishi mumkin.
Bu yerdan yuklab olamiz: https://openai.com/codex/
Boringlar, quringlar endi, qisqasi.

OpenAI
Introducing the Codex app
Introducing the Codex app for macOS—a command center for AI coding and software development with multiple agents, parallel workflows, and long-running tasks.
👍4🤯2😱1🤬1😢1
OpenAI va Anthropic bugun “e, o’ylanib o’tiramizmi?” savoliga “bosdik!” deb javob berishibdi. Ikkala e’lonning vaqti taxminan 25 minutga farq qiladi 😅
Claude Opus 4.6
Har doimgidek, kod yozish uchun SOTA (State-of-the-Art) model. Yuqoridagi grafikda ikkita sifatdan tashqari boshqa hammasida 4.5 versiyasiga nisbatan yaxshilangan.
Parallel bajariladigan amallar uchun agent jamolalarini ishga tushirish mumkin.
X/Twitter | Blog
Yanvarda Cursor juda yaxshi tajriba o’tkazgandi. Anthropic Claude orqali C dasturlash tili kompilyatorini yaratib, Linux yadrosini kompilyatsiya qilgan. Albatta, parallel agentlar jamoasi bilan.
Building a C compiler with a team of parallel Claudes
GPT-5.3-Codex
“Siz shunchaki qurishingiz mumkin” nomli slogan bilan OpenAI yangi modelini 25 minutdan keyin e’lon qildi.
Quvib borayotgan kompaniya sifatida OpenAI faqat o’zining modellarini solishtiryapti. 5.2 versiyaga nisbatan sifati 13.3% ga oshgan. Tez. Alohida veb dasturlash uchun yaxshi ishlayotgani ta’kidlangan.
Menimcha, 2025-yil so’nggidan boshlab OpenAI dasturlash modelini kuchaytirishga juda qattiq bel bog’lagan. macOS uchun qilgan ilovasi va ko’proq limit berishi agent orqali qurishni ko’proq odamlarga yetkazmoqchi. Hamma ham terminalda o’tirmaydi.
X/Twitter | Blog
―――――――――
Bu ketishda yil oxirida nima kutishni ham bilmaydi odam. Lekin ikkita kuchli kompaniya bir-biri bilan bunaqa raqobat qilishi bizga yaxshi.
Happy vibe coding!

👍19😁3👎2🤔1🤬1😢1
Opus 4.6 va Codex 5.3 modellarini haqiqiy loyihada bir xil muhitda tekshirishga imkoniyat bo’ldi bugun. Lekin kod uchunmas, loyihani to’liq tekshirib chiqib, ORM’ni almashtirish bo’yicha reja olish uchun.
Opus 4.6 shavqatsizlarcha ochiq va rostgo’y. Qaror sifatida bir qancha sabablarni keltirib, “umuman tavsiya qilmayman”, degan qaror chiqardi. Lekin so’ralganda qanaqa qilib to’g’ri implementatsiya qilish bo’yicha reja tuzib berdi.
Codex 5.3 bo’lsa shunchaki talabni bajardi xolos. O’zining “fikrini” bo’llishmasdan, to’g’ridan-to’g’ri so’ralgan narsani bajarishga o’tdi: ya’ni reja tuzishga. Rejasi yaxshi lekin.
Keyin, ikkala rejani olib Gemini fikrini so’radim. Uning fikricha, Claude taklif qilgan variant to’g’ri: bu refaktoringni qilmaslik kerak. Lekin majbur bo’lsakkina Codex rejasini ishlatishni aytdi.
Xullas, rostgo’y injener kerak bo’lsa - Claude, iltifotli injener kerak bo’lsa - Codex.

My recommendation: Use Claude’s "Feature Parity Gaps" list to kill the project. If you can't kill it, adopt Codex’s "Phase 1: Repository Interfaces" immediately—it’s a better architectural pattern regardless of which ORM you use.
Xullas, rostgo’y injener kerak bo’lsa - Claude, iltifotli injener kerak bo’lsa - Codex.
🔥14
Yaqinda ikkita qiziq maqolaga ko’zim tushdi. Infrastrukturaga qiziqadiganlar yoki kichikroq loyihalarni deploy qiladiganlar uchun foydali bo’ladi. Balki, pul tejashga ham yordam berishi mumkin.
How I Stopped Paying £38/Month Per Database (and Got Microsecond Response Times)
Bunisi ko’proq kichik va o’rtacha loyihalarni deploy qilish bo’yicha. Osonroq loyihalarni Hetzner serverlariga Dokploy orqali deploy qilish orqali ancha sodda va arzon infrastruktura qurish mumkin.
Dokploy menga yangilik bo’ldi. GitHub’ga o’zi ulanadi, Docker Compose bilan hamma servislarni birdaniga deploy qilish mumkin, Telegram orqali bildirishnomalar bor, S3’ga mos keladigan servislarga backup qilishi va hokazolar ichida. Umumiy bulut platformalaridan foydalanish ta’qiqlangan tizimlar uchun juda mos.
2026 is the Year of Self-hosting
Bunisi 2026-yilda self-hosting juda osonlashib qolgani haqida. Bu maqola ko’proq bor bulutdagi servislarni lokal kompyuterda saqlash va ma’lumotlarga egalikni qo’lga olish.

www.chrisgregori.dev
How I Stopped Paying £38/Month Per Database (and Got Microsecond Response Times)
Why I'm starting new indie projects on a €6/month Hetzner VPS instead of managed platforms—and why you might too
🔥7👍3😢1
Endi hammamiz terminalda ko’proq yashayotganimiz uchun u yerda ham hayot sifatini oshirish kerak, albatta. Bugun ikkita juda yaxshi va TEZ uskunalarga uchradim:
Yazi - fayl menejeri. Fayllarni ko’rish (preview), shunchaki strelkalar bilan papkalarni aylanish shunaqa tez!
https://github.com/sxyazi/yazi
GitUI - git uchun terminal foydalanuvchi interfeysi (TUI - Terminal UI), o’zgarishlarni yoki logni ko’rish, klaviatura orqali har xil rejimlarga o’tish juda tez!
https://github.com/gitui-org/gitui
80- va 90-yillarga qaytib xush kelibsiz!
Aytgandek, anchadan beri asosiy terminalim - Ghostty. Uyam juda tez.

GitHub
GitHub - sxyazi/yazi: 💥 Blazing fast terminal file manager written in Rust, based on async I/O.
💥 Blazing fast terminal file manager written in Rust, based on async I/O. - sxyazi/yazi
👍10👎1
Qiziq trend:
Endi “manavi xatoni tuzatdim”, “buni tayyorlab qo’ydim”, “hozir yangi build yuboraman” kabi gaplarni ba’zida ko’plikda ham gapirishni boshladim:
• manavi xatoni tuzatdik
• buni tayyorlab qo’ydik
• hozir yangi build yuboramiz.
Chunki, ko’p ishni sun’iy intellekt bilan qilyapMIZ. Kelajakda ular dunyoni egallasa hisobga olar? 😁
Yana esimga kelgan fakt: ingliz tilida sun’iy intellektga nisbatan “it” ishlatiladi (xuddi narsadek), rus tilida “он” ishlatiladi (xuddi erkak jinsidek). O’zbek tilida esa bizga jinsining, jonzot yoki jonsizligining farqi yo’q - hammasi “u”. Bu masalada biz juda “inclusive”miz. Bir paytlar Google Translate “he/she”ni kontekstga qarab aytardi, to’g’rilashibdi.

😁19👍4👎2🤮1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Super Dispatch’da yaxshi frontend injenerlar qilingan ishini kichik demo sifatida ko’rsatadi. Pull request yoki topshiriqqa izoh sifatida qoldiriladi va asinxron ishlaganda juda foydali.
Endi Cursor’ning bulutda ishlaydigan agentlari o’zining kompyuteriga ega. Bu degani, ular qilingan ishni test qila oladi va demo ham yozib beradi.
Bulutda ishlaydigan agentlarning eng yaxshi tomoni - dasturchilardan boshqalarga ham mahsulot qurish imkoniyatini beradi. Dizayner yoki mahsulot menejerlari dasturchilarni kutib o’tirmasdan, agent bilan ishni bitiraveradi.
Anonsi bu yerda:
https://cursor.com/blog/agent-computer-use
Yuqoridagi videoda Codex ishni Opus’dan ko’ra to’g’riroq bajardi.

👍12🔥5👎1
Ko’pchilik Twitter asoschisi sifatida taniydigan Jack Dorsey keyinroq Square kompaniyasiga ham asos solgan. Square boshqa kompaniyalarni sotib olishni boshlagandan keyin nomini Block deb o’zgartirgan. Hozir Block bir nechta mahsulotlarga ega: Square, Cash App, Afterpay, Tidal va hokazo.
Bugun Jack Dorsey kompaniyada ishlaydigan 10 000 ta odamning 4 000 tasi ishdan bo’shatilishini e’lon qildi. Boshqa kompaniyalar turli sabablarni keltirayotganida, Jack ochiqchasiga tan olib aytyapti:
Aytishicha, ikkita yo’l bo’lgan: oylar davomida asta-sekinlik bilan ishchilar sonini kamaytirish, yoki ochiq tan olib hoziroq qaror qabul qilish. Kompaniya ikkinchi yo’lni tanladi.
Menimcha, to’g’ridan-to’g’ri sun’iy intellekt sabab sifatida ko’rsatilgan birinchi layoff.
To’liq anons: https://x.com/jack/status/2027129697092731343?s=20
UPD: Covid paytida keragidan ko’p odam ishga olgan ekan. Endi ishchi boshiga 2 mln dollar foyda olishni mo’ljallashyapti.

Biz yaratayotgan intellektual vositalar va kichikroq, iyerarxiyasiz jamoalar ish yuritishda yangi davrni boshlab berayotganini ko‘ryapmiz. Bu kompaniya qurish va boshqarish mohiyatini tubdan o‘zgartirmoqda va bu jarayon shiddatli tus olmoqda.
Aytishicha, ikkita yo’l bo’lgan: oylar davomida asta-sekinlik bilan ishchilar sonini kamaytirish, yoki ochiq tan olib hoziroq qaror qabul qilish. Kompaniya ikkinchi yo’lni tanladi.
Menimcha, to’g’ridan-to’g’ri sun’iy intellekt sabab sifatida ko’rsatilgan birinchi layoff.
To’liq anons: https://x.com/jack/status/2027129697092731343?s=20
UPD: Covid paytida keragidan ko’p odam ishga olgan ekan. Endi ishchi boshiga 2 mln dollar foyda olishni mo’ljallashyapti.
X (formerly Twitter)
jack (@jack) on X
we're making @blocks smaller today. here's my note to the company.
####
today we're making one of the hardest decisions in the history of our company: we're reducing our organization by nearly half, from over 10,000 people to just under 6,000. that means…

👍5👎2🤔1🤯1😱1😢1
Yaqingacha “nega dizaynda haligacha ko’p narsa qo’lda?” degan savol bor edi. Masalan, Lovable yoki Figma Make bor, lekin ular prototip qilish uchun yaxshi. Haqiqiy mahsulot qurayotganda dizayn tizimi, to’liq ishlaydigan mahsulotning hamma ekranlari Figma’da va u yerda “qo’lda” dizayn qilish kerak.
Lekin birdaniga ikkita uskuna buni o’zgartirmoqchi. Figma birortasini tezda sotib olishi ham mumkin.
Paper
Bu ham veb, ham desktop ilova. Codex, Claude Code, Cursor va hokazo agentlar orqali lokal MCP serverga ulanib real-taym dizayn qilish mumkin. Vercel, Perplexity, Zed kabi kompaniyalar tomonidan ishlatilyapti.
https://paper.design
Pencil
Bunisi qiziq qilgan: adashmasam, hamma kommunikatsiya lokal saqlanadigan
https://www.pencil.dev
Ikkalasi ham dizaynning kelajagiga o’xshayapti. Sinab ko’ramiz.
―――――――――
Qiziq davrda yashayapmiz. Ko’p kasblar har tomonga surilishi aniq. Vercel’ning CEO’si aytishicha:
Happy vibe designing!

.pen fayli orqali. Ham koding agentlari, ham Pencil shu faylni o’qiydi va unga yozadi. Agent dizaynni o’zgartirayotganda xuddi Figma’da odamlarning kursori yurgandek bu yerda ham nima tahrirlanayotganini ko’rib tursa bo’ladi.https://www.pencil.dev
Ikkalasi ham dizaynning kelajagiga o’xshayapti. Sinab ko’ramiz.
―――――――――
Qiziq davrda yashayapmiz. Ko’p kasblar har tomonga surilishi aniq. Vercel’ning CEO’si aytishicha:
The future of design is… engineering.
Happy vibe designing!
1👍25
Ko’p token ishlatadigan odamlarga laqab:
TOKENXO’R
OpenAI oktabrda tokenxo’rlarga mukofot ham bergandi.

😁33
Hacker News Digest
Hacker News’ning eng yaxshi (top) muhokamalarini haftada bir marta dayjest sifatida chop etiladigan kanallar qildim. Har bir muhokamaga havola kichik tushuntirish yoki xulosa bilan keltiriladi. Uchta tilda olib boriladi.
• O’zbekcha: @HNDigestUZ
• Inglizcha: @HNDigestEN
• Ruscha: @HNDigestRU
⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯
Texnologiyalar bo’yicha butun dunyoning asosiy sayti - Hacker News (HN) haqida hamma eshitgan bo’lsa kerak. Eshitmagan bo’lsangiz, YCombinator asoschisi Paul Graham tomonidan qilingan bu saytda texnologiya, biznes, injenerlik, startaplar va hokazo bo’yicha eng asosiy muhokamalar ro’y beradi.
Saytdagi muhokamalarning katta qismi yangilik va boshqa maqolalarga havola. Muallif yoki ixtiyoriy Hacker News foydalanuvchisi manbaga havola qoldiradi va shu yerda muhokama qilinadi.
Lekin Show HN, Ask HN kabi maxsus ruknlar bor. Bu yerdagi muhokamalar HN’ning o’ziga tegishli. Masalan, 2007-yilda Dropbox asoschisi mahsulotini aynan Hacker News’da e’lon qilgan.
Saytning o’zi bu yerda: https://news.ycombinator.com
⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯
Yaratilgan kanallar Telegram auditoriyasi uchun. Lekin Telegram’ning o’ziga xos cheklovlari bor. Shu sababli, dayjestning har bir soni bir nechta xabar sifatida chop qilinadi: har bir rukn alohida xabar. Yangi soni har hafta shanba kuni chiqadi. Ikkita soni allaqachon tayyor.
Har bir muhokamada ham maqolaga, ham HN’ga havola beriladi. HN muhokamasi izohlar soniga bog’langan. Asosiy birinchi xabar esa keyingi ruknlarni ham ko’rsatadi.
Fikrlar - izohlarda. Tarqatuvchilarga juda katta minnatdorligim!
• @HNDigestUZ
• @HNDigestEN
• @HNDigestRU
@farhodjon #projects #hn_digest

2🔥10