Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Oktabr so’nggida Toshkentga uchayotganda Bruklinda bir tun qolishga to’g’ri keldi. Ertalab tongda Bruklinning ajoyib parki - Prospect Park’da aylandim.

Parkning maydoni 2,1 kv. km. - 234 gektar. Bruklin mahallalarining ichida kaaatta yashil maydon. Parkning o’zida esa o’rmon, botqoqni eslatadigan manzaralar va ko’l bor. Hayking (hiking) qilish uchun zo’r joy: AllTrails 6 ta so’qmoq (trail) ko’rsatyapti.

Parkning maydoni fermerlarga tegishli bo’lgan va 19-asr ikkinchi yarmida hukumat jami 4 million dollar sarflab sotib olgan (hozirda kamida 152 million). Yana 5 mln dollar parkni qurish uchun sarflangan.

Prospect Park’ning asoschilari - Frederik Olmsted va Kalvert Voks yovvoyi tabiatni tiklash uchun qattiq harakat qilishgan va, menimcha, muvaffaqiyatga erishgan. Parkning ichkarisida shahar shovqini esdan chiqadi, tabiat bilan uyg’unlikni yaxshi his qilish mumkin. Tabiatga yaqinlik esa odam o’zini baxtli his qilishiga katta ta’sir qiladi.

Nyu-Yorkka tashrif buyurganda bu parkni ham ko’ring - ajoyib joy.
👍16🔥8
Yaxshi muammo

Ingliz tilida “it’s a nice problem to have”, degan ibora bor. Biror muammoga duch kelganda va bu yaxshi alomat yoki yaxshi natijaning asosi bo’lganda aytiladi.

Deylik, kompaniya juda tez o’syapti va kuchli mutaxassislar yetishmayapti. Bu - bo’lishi yaxshi muammoga kiradi (shu muammo borligiiga shukr:).

Wall Street Journal yozishicha, AQShning raketa uchiradigan maydonlarida tirbandlik (!) paydo bo’lish boshlangan. 2024-yilda orbitaga 145 marta uchish bo’lgan. 2017-yilga solishtirganda 5 marta ko’p.

Raketa qurish, ularni uchirish, koinotni o’rganish o’ta murakkab sohaligini hisobga olsa, bu juda yaxshi muammo! Bu va keyingi 10 yilliklarda yaxshi natijalarni ko’ramiz. Insoniyat, olg’a!

@farhodjon #koinot
🔥12👍9
Raycast

Bir necha yildan beri macOS’dagi asosiy uskunam - Raycast. U tizimning o’zi bilan keladigan Spotlight dasturining alternativasi. Birinchi ishlatishni boshlaganimda biroz ikkilanish bilan yondoshgandim, lekin hozir kompyuterdagi mahsuldorlikning eng asosiy sababchilaridan biri.

Raycast shundoq o’zi ishlatilganda katta farq bermasligi mumkin. Haqiqiy kuchi turli kengaytmalardan foydalanganda bilinadi. Ishi asosan kompyuterda bo’lgan va macOS ishlatadigan har qanday dasturchi, dizayner, tester va hokazolarga qattiq tavsiya qilaman.

Hozir Raycast bilan nimalar qilaman:

- Dasturlarni ishga tushirish. Bu imkoniyati aqlli ishlaydi: ko’p ishlatilgan dasturlar yoki kengaytmalar Raycast ochilishi bilan ko’rsatiladi.
- Zoom mitingga tezda qo’shilish. Kalendar va Zoom bilan integratsiya qilinganda Command+Space bosilganda joriy mitingga Enter’ni bosish orqali qo’shilaman.
- Kontaktlarni izlash va email/telefonlar tez olish.
- Oynalarni boshqarish: o’ngga, chapga, ekranning o’rtasiga 30% o’lchamda qo’yish va hokazo.
- Tarjima va lug’at. Google Translate va macOS’ning lug’ati uchun kengaytmalar bor.
- Aqlli kalkulyator va birlik/valyutalar konvertatsiyasi. Bunaqa ifodalarni ham tushunadi: 23.58% of $349 in uzs
- Emoji/belgi izlash.
- YouTube/X videolarini yuklash - kengaytma orqali.
- Dizaynerlar uchun: rang tanlash, “lorem ipsum” matn/rasm generatsiya qilish, mavjud kataloglardan ikonka/rasm/shrift izlash va hokazo.
- Dasturchilar uchun: base64 encode/decode, UUID/parol generatsiyasi, kod formatlash, dokumentatsiya, GitHub/Gitlab integratsiyasi va hokazo. Hatto dasturchilarga bahona generatsiya qiladigan kengaytma ham bor.
- Mahsuldorlik: pomodoro, proyekt va topshiriq boshqaruvchi tizimlar bilan integratsiyasi,...
- Bundan tashqari, Pro versiyasi orqali ChatGPT/Gemini/Claude bilan ham integratsiya qilish mumkin.

Xullas, juda foydali dastur va hoziroq saytidan yuklab olishni tavsiya qilaman. Keyin zarur kengaytmalarni ham o’rnating.

https://www.raycast.com

Va tanishlarga ham yuborishni unutmang - arziydigan dastur. Ba’zi skrinshotlar → izohlarda.

@farhodjon #mahsuldorlik
👍16🔥1🤔1
State of Dev in Uzbekistan

Truss kompaniyasi O’zbekistondagi 500 dan ortiq dasturchilar orasida so’rovnoma o’tkazib, natijalarini alohida saytda e’lon qilishibdi. Juda yaxshi ish va keyingi yillarda ham davom etishidan umid qilaman.

stateofdev.uz [LinkedIn'dagi e'lon]

Kompaniya Gruziya, Qozog’iston kabi bozorlar uchun ham shunaqa hisobot tayyorlashmoqchi.

P.S.: solishtirish uchun 2020-yilda men o’tkazgan so’rovnoma natijalari GitHub’da: 2020-02.csv

@farhodjon
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erinmagan odamlar AQShning davlat qarzini real vaqtda kuzatadigan sayt qilishibdi. Turli moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlar, kalkulyatorlar ham bor.

Qiziq yana bir tomoni: yaqinda tashkil qilingan Hukumat effektivligi departamenti (DOGE) tejayotgan pulni ham ko’rsa bo’ladi - hozircha, 12 milliard dollar xolos.

usdebtclock.org

Eslatma: Amerikaning davlat qarzi 2024-yilda sekundiga $68 000 ga oshgan.

Yana bir yaxshi sahifasi - dunyoning 30 ta iqtisodi kuchli davlatlarning ham qarzini ko’rish mumkin: https://www.usdebtclock.org/world-debt-clock.html

@farhodjon
👍11
2024-yilning sentabr oyida OpenAI’dan ketgan Mira Murati (texnik direktor - CTO) yangi kompaniya ochibdi: Thinking Machines. Xabarda yozishicha, qisqa qilib aytganda kompaniya sun’iy intellektni odamlarga tushunarli qilish va keng amaliy qo’llanishiga erishmoqchi. OpenAI jamoasidan chiqqan va kuzatib borishga arziydigan ikkinchi kompaniya.

Avvalroq, asosiy jamoada bo’lgan Ilya Sutskever Safe Superintelligence (xavfsiz superintellekt) kompaniyasiga asos solgan. Xullas, OpenAI jamoasidan yaxshi startaplar kutamiz.

Lekin, lekin... Mira Murati kompaniyasining nomi juda qiziq. Thinking machines - o’ylovchi mashinalar - Dune kitoblaridagi sun’iy intellekt uchun ishlatilgan termin. Birinchi kitobda ro’y beradigan voqealardan 10 000 yil oldin odamlar sun’iy intellektga qarshi salb yurushi uyushtiradi va hamma o’ylovchi mashinalarni yo’q qiladi. Shu voqeadan keyin butun galaktikada kompyuterlar ta’qiqlangan.

Shu salb yurishining yana bir nomi: Butlarian Jihad - Batlarian jihodi. Kitob muallifi Yaqin Sharq va arab madaniyatidan ilhom olgan.

Aytgandek, birinchi kitob 1965-yilda nashr etilgan, sun’iy intellekt bosh ko’tarsa “hech kim ogohlantirmagandi”, deydiganlar uchun eslatma 😀

@farhodjon #ai
👍11🤯5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Figure kompaniyasi humanoid (odamsifat) robotlar chiqaradi. Tesla’ning Optimus robotlariga raqobat qiladi va katta kompaniyalardan (Microsoft, Nvidia, Intel) sarmoya olgan.

2024-yil avgustida taqdim qilingan roboti - Figure 02 (video) - ancha aqlli va kuchli. Qisqacha xarakteristikasi:
- bo’yi 168 sm;
- vazni 70 kg;
- quvvati 5 soatga yetadi;
- 20 kg yuk ko’tara oladi;
- tezligi sekundiga 1,2 metr (4,3 km/soat).

Fevral boshida kompaniya OpenAI bilan tuzilgan hamkorligini bekor qilgandi. Maqsad: robotlarga mo’ljallangan modellarni mustaqil ishlab chiqarish.

Bugun kompaniya yangi, robotlarga mo’ljallangan, Vision-Language-Action (ko’rish-til-harakat) modelini taqdim qildi: Helix. Yuqoridagi videoda demosi.

Helix imkoniyatlari:
- robotlarning yuqori qismini boshqaradi: bosh, tana, qo’l va barmoqlar;
- multi-robot hamkorlik - bir nechta robot birga ishlaydi;
- narsalarni olish va qo’yish;
- va eng asosiysi - robotning o’zida ishlaydi.

Oxirgi punkt juda muhim. Real vaqtga yaqin natijaga erishish va maxfiylikni ta’minlash uchun model lokal bo’lishi kerak. Bu, keyinroq, boshqa sayyoralarni o’rganishga ham yo’l ochadi.

Yana bir qiziq tomoni bor. Daniel Kahnemanning “Thinking, Fast and Slow” kitobida yozilgan 1- va 2-tizimlar Helix’da ham tatbiq qilingan. 1-tizim tez qarorlar uchun, 2-tizim esa sekinroq, tushunish talab qiladigan holatlar uchun.

Saytida bir qancha texnik detaillari bilan yozilgan:

Helix: A Vision-Language-Action Model for Generalist Humanoid Control

Ajoyib davrda yashayapmiz!

@farhodjon #ai #robotics
🤯6👍5😱1😢1
Xullas, robotlar sohasi keyingi 5-10 yillikda juda rivojlanadiganga o’xshayapti. Bugun yana ikkita demo.

Birinchi video 1X kompaniyasining NEO Gamma roboti (e’lon). Bu kompaniya uy uchun robotlar chiqarishni maqsad qilgan. Shuning uchun, roboti nisbatan bosiq tonlarda va xavfsiz dizaynda qilingan. Robotning dizayni interyerning bir qismi sifatida bo’lishi va odamlar uni iliq qabul qilishi muhim. Kompaniya 2014-yilda tashkil topgan ekan - anchadan beri bozorda.

Ikkinchi videoda 2021-yilda tashkil qilingan Clone kompaniyasining roboti. Menimcha, aynan shu kompaniyaning robotlari tuzilish jihatdan odamga ancha yaqin. Robotda muskul, skelet, asab va “qon-tomir” tizimlari mavjud. Saytida har bir tizimning rentgenini ko’rish mumkin. Muskul uchun maxsus tolali material ham ishlab chiqilgan.

Clone yasayotgan robotlar “Westworld” serialidagi ilk androidlarni eslatadi.

Yaqingacha mavjud bo’lgan, onlayn qilish mumkin bo’lgan hamma ishni sun’iy intellekt oladi, degan fikr o’zgaryapti. Har qanday texnologiya kabi bu robotlar aqllilashib va kuchayib boradi. Va bu uchun millionlab yil talab qilinmaydi.

Qaysi robotni uyga qo’yamiz? 😅

@farhodjon #ai #robotics
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Robotlardan biroz chalg’iymiz. Nodirxon yaqinda Apple taqdimotlarida ko’p ishlatadigan Bento qutisi/dizayni haqida yozgandi.

Yangi iPhone 16e taqdimotida chiroyli 3d stilda qilingan videolar juda yoqdi.

@farhodjon #design
👍6🔥3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi videoda ajoyib demo. Ikkita sun’iy intellekt bir-biri bilan odamlar tilida gaplashishni boshlayapti va keyinroq muloqotning effektivligini oshirish uchun GibberLink rejimiga o’tyapti.

Bu rejim ma’lumotni ovoz orqali berishga mo’ljallangan ggwave asosida ishlayapti. Agentlar - ElevenLabs.

Demo Wall-E filmidagi robotlarning ovozini eslatvordi.

Kodi va detallari bu yerda:

https://github.com/PennyroyalTea/gibberlink

@farhodjon #ai
🔥11👍7🤯5😱2🤬1
Kompaniya/komanda chati

O’zbekistondagi ko’p kompaniyalar ichki muloqot uchun Telegram ishlatishiga hayron qolaman. Telegram - shaxsiy va guruh muloqotlariga juda ma’qul yechim, lekin aynan ish uchun noto’g’riroq.

Birinchidan, xavfsizlik tomondan kompaniya ma’lumotlariga o’zi ega bo’lishi kerak. Ish bo’yicha qilinadigan muloqotlar ham shu toifaga kiradi.

Ikkinchidan, ish uchun alohida chat bo’lishi odamlarga shaxsiy va ish muloqotini ajratish imkoniyatini beradi. Dam olish kerak bo’lgan holatlarda Telegram’dagi bildirishlar xalaqit bermaydi.

Uchinchidan, Slack/Discord kabi servislardagi kanallar juda qulay: odam kompaniyaning hisobiga qo’shiladi va barcha kanallarga qo’shilishi mumkin. Telegram’ning topics (mavzular) imkoniyatiga ham chidasa bo’ladi, lekin noqulay.

Slack/Discord chatlarni bulutda saqlaydi (katta kompaniyalarga minus) va narxi sezilarli bo’lishi mumkin (kichik kompaniyalarga minus).

Lekin, xuddi pochta kabi, bozorda bir nechta ochiq kodli takliflar bor. Ularni bemalol alohida serverga qo’yib ishlatish mumkin. Eng mashhurlari: Mattermost va Rocket.Chat. Ikkalasi ham faqat chat emas, qo’shimcha imkoniyatlar ham beradi.

@farhodjon #work
👍21👎2
1970-yilda yapon robototexnika professori tomonidan “g‘ayritabiiy vodiy” (inglizcha: uncanny valley) atamasi taklif qilingan. Bu tushuncha odamga juda o‘xshash, lekin yetarlicha mukammal bo‘lmagan obyektlar bezovtalik yoki jirkanish hissini uyg‘otishini anglatadi.

Masalan, oddiy qo‘g‘irchoqlar yoki multfilm qahramonlari yoqimli tuyuladi, lekin odamga juda o‘xshash android robotlar yoki noaniq realizmga ega CGI qahramonlar ko‘pincha noqulaylik hissi uyg‘otadi. Bu hodisani filmlardagi grafikadan ham kuzatish mumkin — animatsiya qahramonlari odatda yoqimli qabul qilinadi, ammo realizmga juda yaqin, lekin mukammal bo‘lmagan sun’iy tasvirlar ko‘pincha g‘alati tuyuladi.

Sesame kompaniyasi esa g‘ayritabiiy vodiyni yengib o‘tish maqsadini qo‘ygan. Ular ishlab chiqarayotgan muloqot interfeyslari inson nutqiga iloji boricha tabiiyroq o‘xshash bo‘lishiga harakat qilmoqda. Kompaniya ayni paytda aqlli ko‘zoynak ustida ham ishlamoqda.

Yuqoridagi videoda ChatGPT ovoz rejimi (ayol) va Sesame demosini (erkak) gaplashtirib ko‘rdim. Sesame ovozi va muloqoti nihoyatda tabiiy, lekin aynan o‘ta ideal bo‘lgani sababli biroz ikkilantirishi mumkin.

Texnik tafsilotlar va demo:

Crossing the uncanny valley of
conversational voice


@farhodjon #ai
👍15