Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Fotografiyaga qiziqadiganlar uchun Austin Mann’ning iPhone 16 Pro kamerasi haqida taqrizi (review) chiqdi. Video va fotolar Keniyada olingan - kadrlar juda chiroyli.

Maqola: https://www.austinmann.com/trek/iphone-16-pro-camera-review-kenya

YouTube: https://youtu.be/__RuHKTEwQk?si=1X6KreMmKip62epW

iPhone kamerasi haqida yaxshi taqrizlarni Lux kompaniyasi ham yozadi (iPhone 15 taqrizi). Bu kompaniya Halide ilovasining muallifi. Ularning taqrizi texnik tomonlariga ko’proq to’xtaladi.
👍9
Aylana to’rtburchaklar hamma joyda! (Round Rects Are Everywhere!)

70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshi kompyuter texnologiyalari uchun juda muhim davr bo’lgan. Hozirgi biz foydalanayotgan juda ko’p raqamli qurilmalar o’sha paytda qurilgan poydevor asosida ishlaydi. “Запуск завтра” podkastining yaqinda chiqishni boshlagan yangi fasli dunyoni hozirgi holatga olib kelgan texnologik kompaniyalar va ularning asoschilari haqida. Bir epizodi Stiv Jobs haqida va shuni eshitayotganimda bir qiziq voqea esimga tushdi. Bu voqea Stiv Jobsning odamlarni ishontira olish qobiliyati haqida.

Original Macintosh loyihasida ishlagan programmistlardan biri - Bill Atkinson - asosan, uyidan ishlagan ekan (1981-yilda!). QuickDraw nomli dastur ustida ishlayotgan Bill bir kun ofisga aylanalarni tez chizadigan algoritm bilan kirib keladi. U paytlarda protsessorlarning imkoniyatlari juda cheklangan va murakkabroq grafika chizish qiyin va sekin bo’lgan. Aynan birinchi Macintosh protsessori faqat butun sonlar ustidagi amallarni bajarolgan xolos.

Bill kompyuterda tez chizilayotgan aylanalarni namoyish qilayotgan paytda Stiv Jobsni nimadir o’ylantiradi va Billga “aylanalar chizish yaxshi, lekin aylanali to’rtburchaklarni ham chiza olamizmi endi?” deb so'raydi. Bunaqa savoldan Billning sal jahli chiqadi va “yo’q, buning iloji yo’q va menimcha, bu bizga kerakmas”, deb javob beradi.

Buni ko’rgan Stiv: “Aylana to’rtburchaklar hamma joyda! Atrofingga qara!”, deb Billni ko’chada biroz sayr qilishga ham ko’ndiradi. Sayr davomida Stiv ko’chadagi hamma misollarni Billga ko’rsatadi. Oxirgi yo’l belgisiga ko’rgan Bill taslim bo’ladi va “mayli, harakat qilib ko’raman”, deb uyiga ravona bo’ladi.

Bir kundan keyin Bill ofisga jilmayib kirib keladi - endi uning demosi aylana to’rtburchaklarni ham tez chizishini ko’rsatadi. Va yangi shaklni dasturga “RoundRect” nomi bilan qo’shishadi.

Original Macintosh haqidagi bu va boshqa hikoyalarni folklore.org saytida o’qish mumkin. Masalan, Macintosh otasi haqidagi maqolada Jef Raskin loyihani boshlaganiga qaramasdan, loyihaning haqiqiy otasi Stiv Jobs ekanligi haqida yozilgan.
👍8🔥2🎉2
📣 Hiring alert (October 2024 edition)

Super Dispatch’dagi joriy vakansiyalar haqidagi e’lonlarning kuzdagi ikkinchi soni keldi:

- Senior QA Engineer 🆕
- Senior Engineering Manager
- Senior DevOps Engineer
- Senior Backend Engineer (Java)

@farhodjon #superdispatch #hiring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Pasxa tuxumi

Film yoki o’yinlarda maxfiy yoki juda yaqqol bo’lmagan narsalar qoldiriladi - pasxa tuxumi (inglizchada “easter egg”). Bu - xristianlarning Pasxa bayrami va tuxum ovlash an’anasiga bog’liq: maydonda tuxumlar yashirib chiqiladi va odamlar shu tuxumlarni topishi kerak.

2016-yilda hazil tariqasida yangi o’zbek alifbosini quyidagicha yozgandim:

abdefghijklmnopqrstuvxyz6g’w4ng


Rasmiy alifbolardan (ko’plikda, ha) farqi - nisbatan xalq harflari ishlatilgan: o’ - 6, sh - w, ch - 4.

2019-yilda esa shu alifbo uchun poster qilgandim. Posterni bir nechta nusxada chop qilib tanishlarimga ham berganman.

Xullas, bu yil 3-sinf darsligida shu poster pasxa tuxumi sifatida ishlatilgan. Quyida tanishim olgan rasm. Rasmdagi o’qituvchining orqasida kaminai-kamtarinning posteri osilgan. ChatGPT orqali qilingan hisob bo’yicha, endi bu poster taxminan 900 000 ta kitobda. Bunaqa nashrda men chop qilolmasdim 😅

@muhrim shu haqida xabar berganida rosa kuldim. Rasmni ko’rgandan keyin muammo unchalik kattamasligini tushundim. Menimcha, oddiy e’tiborsizlik orqali o’tib ketgan.
🤯18👍10👎3😢3🤔1🤬1
eBook-How-to-Build-a-Career-in-AI.pdf
3.5 MB
How to Build Your Career in AI - Andrew Ng tomonidan yozilgan qo’llanma: sun’iy intellekt sohasida karyera qurish haqida.

Qo’llanmaning PDF faylini biriktiryapman, lekin saytida qo’shimcha ma’lumot olish mumkin.

Andrew Ng - Stanford professori, Google Brain asoschisi va bir qancha kurslar muallifi. DeepLearning.AI ham u tomonidan asos solingan va juda foydali (ham kichik) kurslari bor.

@farhodjon
👍18🤔1🤯1😱1
Nyu-York metrosi yetarlicha murakkab. Shunchaki navigatsiyaga qarab buni ko’rish qiyin.

Lekin bu saytda Nyu-York metrosi bekatlarining real sxemalarini ko’rish mumkin. Uch o’lchovli, interaktiv modellari ham mavjud.

http://www.projectsubwaynyc.com/

- Bekat sxemalari
- Joy xaritalari (xuddi rentgen qilingandek)
- Uch o’lchovli modellar
- Murakkab bog’lanishlar (connections)

@farhodjon
👍4
Oktabr so’nggida Toshkentga uchayotganda Bruklinda bir tun qolishga to’g’ri keldi. Ertalab tongda Bruklinning ajoyib parki - Prospect Park’da aylandim.

Parkning maydoni 2,1 kv. km. - 234 gektar. Bruklin mahallalarining ichida kaaatta yashil maydon. Parkning o’zida esa o’rmon, botqoqni eslatadigan manzaralar va ko’l bor. Hayking (hiking) qilish uchun zo’r joy: AllTrails 6 ta so’qmoq (trail) ko’rsatyapti.

Parkning maydoni fermerlarga tegishli bo’lgan va 19-asr ikkinchi yarmida hukumat jami 4 million dollar sarflab sotib olgan (hozirda kamida 152 million). Yana 5 mln dollar parkni qurish uchun sarflangan.

Prospect Park’ning asoschilari - Frederik Olmsted va Kalvert Voks yovvoyi tabiatni tiklash uchun qattiq harakat qilishgan va, menimcha, muvaffaqiyatga erishgan. Parkning ichkarisida shahar shovqini esdan chiqadi, tabiat bilan uyg’unlikni yaxshi his qilish mumkin. Tabiatga yaqinlik esa odam o’zini baxtli his qilishiga katta ta’sir qiladi.

Nyu-Yorkka tashrif buyurganda bu parkni ham ko’ring - ajoyib joy.
👍16🔥8
Yaxshi muammo

Ingliz tilida “it’s a nice problem to have”, degan ibora bor. Biror muammoga duch kelganda va bu yaxshi alomat yoki yaxshi natijaning asosi bo’lganda aytiladi.

Deylik, kompaniya juda tez o’syapti va kuchli mutaxassislar yetishmayapti. Bu - bo’lishi yaxshi muammoga kiradi (shu muammo borligiiga shukr:).

Wall Street Journal yozishicha, AQShning raketa uchiradigan maydonlarida tirbandlik (!) paydo bo’lish boshlangan. 2024-yilda orbitaga 145 marta uchish bo’lgan. 2017-yilga solishtirganda 5 marta ko’p.

Raketa qurish, ularni uchirish, koinotni o’rganish o’ta murakkab sohaligini hisobga olsa, bu juda yaxshi muammo! Bu va keyingi 10 yilliklarda yaxshi natijalarni ko’ramiz. Insoniyat, olg’a!

@farhodjon #koinot
🔥12👍9
Raycast

Bir necha yildan beri macOS’dagi asosiy uskunam - Raycast. U tizimning o’zi bilan keladigan Spotlight dasturining alternativasi. Birinchi ishlatishni boshlaganimda biroz ikkilanish bilan yondoshgandim, lekin hozir kompyuterdagi mahsuldorlikning eng asosiy sababchilaridan biri.

Raycast shundoq o’zi ishlatilganda katta farq bermasligi mumkin. Haqiqiy kuchi turli kengaytmalardan foydalanganda bilinadi. Ishi asosan kompyuterda bo’lgan va macOS ishlatadigan har qanday dasturchi, dizayner, tester va hokazolarga qattiq tavsiya qilaman.

Hozir Raycast bilan nimalar qilaman:

- Dasturlarni ishga tushirish. Bu imkoniyati aqlli ishlaydi: ko’p ishlatilgan dasturlar yoki kengaytmalar Raycast ochilishi bilan ko’rsatiladi.
- Zoom mitingga tezda qo’shilish. Kalendar va Zoom bilan integratsiya qilinganda Command+Space bosilganda joriy mitingga Enter’ni bosish orqali qo’shilaman.
- Kontaktlarni izlash va email/telefonlar tez olish.
- Oynalarni boshqarish: o’ngga, chapga, ekranning o’rtasiga 30% o’lchamda qo’yish va hokazo.
- Tarjima va lug’at. Google Translate va macOS’ning lug’ati uchun kengaytmalar bor.
- Aqlli kalkulyator va birlik/valyutalar konvertatsiyasi. Bunaqa ifodalarni ham tushunadi: 23.58% of $349 in uzs
- Emoji/belgi izlash.
- YouTube/X videolarini yuklash - kengaytma orqali.
- Dizaynerlar uchun: rang tanlash, “lorem ipsum” matn/rasm generatsiya qilish, mavjud kataloglardan ikonka/rasm/shrift izlash va hokazo.
- Dasturchilar uchun: base64 encode/decode, UUID/parol generatsiyasi, kod formatlash, dokumentatsiya, GitHub/Gitlab integratsiyasi va hokazo. Hatto dasturchilarga bahona generatsiya qiladigan kengaytma ham bor.
- Mahsuldorlik: pomodoro, proyekt va topshiriq boshqaruvchi tizimlar bilan integratsiyasi,...
- Bundan tashqari, Pro versiyasi orqali ChatGPT/Gemini/Claude bilan ham integratsiya qilish mumkin.

Xullas, juda foydali dastur va hoziroq saytidan yuklab olishni tavsiya qilaman. Keyin zarur kengaytmalarni ham o’rnating.

https://www.raycast.com

Va tanishlarga ham yuborishni unutmang - arziydigan dastur. Ba’zi skrinshotlar → izohlarda.

@farhodjon #mahsuldorlik
👍16🔥1🤔1
State of Dev in Uzbekistan

Truss kompaniyasi O’zbekistondagi 500 dan ortiq dasturchilar orasida so’rovnoma o’tkazib, natijalarini alohida saytda e’lon qilishibdi. Juda yaxshi ish va keyingi yillarda ham davom etishidan umid qilaman.

stateofdev.uz [LinkedIn'dagi e'lon]

Kompaniya Gruziya, Qozog’iston kabi bozorlar uchun ham shunaqa hisobot tayyorlashmoqchi.

P.S.: solishtirish uchun 2020-yilda men o’tkazgan so’rovnoma natijalari GitHub’da: 2020-02.csv

@farhodjon
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erinmagan odamlar AQShning davlat qarzini real vaqtda kuzatadigan sayt qilishibdi. Turli moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlar, kalkulyatorlar ham bor.

Qiziq yana bir tomoni: yaqinda tashkil qilingan Hukumat effektivligi departamenti (DOGE) tejayotgan pulni ham ko’rsa bo’ladi - hozircha, 12 milliard dollar xolos.

usdebtclock.org

Eslatma: Amerikaning davlat qarzi 2024-yilda sekundiga $68 000 ga oshgan.

Yana bir yaxshi sahifasi - dunyoning 30 ta iqtisodi kuchli davlatlarning ham qarzini ko’rish mumkin: https://www.usdebtclock.org/world-debt-clock.html

@farhodjon
👍11
2024-yilning sentabr oyida OpenAI’dan ketgan Mira Murati (texnik direktor - CTO) yangi kompaniya ochibdi: Thinking Machines. Xabarda yozishicha, qisqa qilib aytganda kompaniya sun’iy intellektni odamlarga tushunarli qilish va keng amaliy qo’llanishiga erishmoqchi. OpenAI jamoasidan chiqqan va kuzatib borishga arziydigan ikkinchi kompaniya.

Avvalroq, asosiy jamoada bo’lgan Ilya Sutskever Safe Superintelligence (xavfsiz superintellekt) kompaniyasiga asos solgan. Xullas, OpenAI jamoasidan yaxshi startaplar kutamiz.

Lekin, lekin... Mira Murati kompaniyasining nomi juda qiziq. Thinking machines - o’ylovchi mashinalar - Dune kitoblaridagi sun’iy intellekt uchun ishlatilgan termin. Birinchi kitobda ro’y beradigan voqealardan 10 000 yil oldin odamlar sun’iy intellektga qarshi salb yurushi uyushtiradi va hamma o’ylovchi mashinalarni yo’q qiladi. Shu voqeadan keyin butun galaktikada kompyuterlar ta’qiqlangan.

Shu salb yurishining yana bir nomi: Butlarian Jihad - Batlarian jihodi. Kitob muallifi Yaqin Sharq va arab madaniyatidan ilhom olgan.

Aytgandek, birinchi kitob 1965-yilda nashr etilgan, sun’iy intellekt bosh ko’tarsa “hech kim ogohlantirmagandi”, deydiganlar uchun eslatma 😀

@farhodjon #ai
👍11🤯5🔥2