Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Yaqinda Figma o’zining sun’iy intellekt orqali dizayn qiladigan uskunasini taqdim qildi: Make Design - matndan dizayn chizib beradi (text-to-design).

Twitter’da bir kishi aytishicha, Make Design real ilovalarning skrinshotlari asosida o’rgatilgan: uch marta ob-havo ilovasi dizayni so’ralganda ham Apple ob-havo ilovasi asosida dizayn qilgan.

Figma asoschisi Dylan Field yozishicha, Make Design turli dizayn tizimlar asosida qurilgan. Lekin uskunani hozircha o’chirib qo’yishdi va yaxshiroq qayta test qilib, keyin yoqishadi.

Figma’ning so’nggi Config konferensiyasida taqdim qilingan yangiliklarning 1 minutlik videosi: All the Launches at Config 2024.

@farhodjon
🤔9🔥3👍2
Yoshi kattaroq odamlar nostalgiya qilgani ikkita sayt:

- Winamp Skin Museum - pleyer skinlarining katta katalogi. Originalidan tortib aql bovar qilmaslarigacha. Har bir skin interaktiv: Winamp oynalarini surish, musiqa eshitish, tugmalardan foydalanish mumkin.

- Windows 98 Disk Defrag Simulator - qiladigan ish qolmaganda 1998-yilga qaytib birorta diskni ovoz bilan defragmentatsiyani tomosha qilish.

@farhodjon
👍10🔥3
Gazeta.uz yozishicha, Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlariga Ilya Birman tomonidan dizayn qilingan yangi navigatsiya o’rnatilgan.

Menimcha, bu Toshkent dizayni uchun juda yaxshi qadam. Eskirgan va chala dizaynerlar tomonidan qilingan dizaynlardan shahar charchagan.

Yagona muammo - navigatsiyani metropolitenmas, TBS va Payme sarmoyasi asosida qilingani va navigatsiyada yaqqol reklama borligi. Xalq uchun shundoq ham berilishi kerak bo’lgan narsani xususiy kompaniyalar tomonidan bajarilishi g’alati - davlat o’zining vazifasini birovga yuklayapti. Ertaga boshqa kompaniyalar xohlasa, logo almashadimi? Turli bekatlarda turli logolar turadimi?

Avvalroq, Ilya Birman Toshkent metrosining sxemasini ham qilgandi. Sxemani uyalmasdan ofis yoki uyga poster qilib osib qo’ysa bo’ladigan darajada:

https://ilyabirman.ru/tashkent-metro/

PDF faylini yuklan ham olsa bo’ladi: tashkent-metro-map-2024-1.pdf

@farhodjon #design
👍18👎2
AQShdagi yaxshi tajribalardan biri - o’rindiqlarga homiylik qilish. Dunyoning eng asosiy parki - Nyu-Yorkning Markaziy parkidan tortib kichikroq parklar yoki haykingga mo’ljallangan so’qmoqlargacha shunaqa o’rindiqlarni uchratish mumkin.

Odamlar uchun foydasi: kutilmagan joylarda ham o’rindiqlar dam olishga yordam beradi.

Homiylar uchun foyda: biror yaqin odamining (yoki o’zlarining) xotirasi uzoq yillarga muhrlanadi - qanaqadir qabristondamas, odamlarga foyda keltiradigan joyda.

Hukumat uchun foyda: homiylar hukumat ishini qiladi va g’azna uchun qo’shimcha daromad.

Markaziy parkda va atrofidagi o’rindiqqa homiylik qilish narxi: $10 000.

Bizning Johnson County tasarrufidagi parklarda homiylik: $3 000.

@farhodjon
👍19
Dunyoning suvi bir joyga yig’ilganda:

- Katta shar - barcha suv; yer ustidagi, ichidagi.
- O’rtacha shar - toza suv.
- Kichik shar - deyarli ko’rinmaydi - ko’l va daryodagi toza suvlar.

Okean va dengizlarga qaraganda yerda suv juda ko’pga o’xshaydi.

[manba]
😱6🤔2😢2🤯1🤬1
📣 Hiring alert (August 2024 edition)

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Backend Engineer II (Python)
- Senior DevOps Engineer
- Senior Engineering Manager

@farhodjon #superdispatch #hiring
🔥16
Teenage Engineering

2005-yilda Shvetsiyada tashkil topgan Teenage Engineering kompaniyasi elektronika qurilmalari chiqaradi: asosan, sintezatorlar va boshqa musiqaga oid qurilmalar. Mahsulotlarining dizayniga juda boshqacha yondoshadi. Apple, Braun kompaniyalari dizaynidan qolishmaydi.

Kompaniya boshqa brendlar bilan ham hamkorlik qiladi. Masalan, IKEA bilan Frekvens, Panic bilan playdate, Nothing bilan esa Ear (1) dizaynlari ustida ishlagan. Hatto ko’pchilik xush ko’rmagan rabbit r1 ham Teenage Engineering bilan yaratilgan.

Yaqinda kompaniya EP-1320 Medieval sintezatorini taqdim qildi. Dizaynda o’rta asrlar ruhini berish uchun qattiq mehnat qilingan: yozuv, shrift, ranglar. Hatto LED ekran ham maxsus raqamlarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Ko’rib ko’z zavq oladi!

Mahsulotlaridan ilhom olish uchun bu yerga boramiz:

https://teenage.engineering/products


Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda hurmat qilaman 💛

@farhodjon #design
👍9🔥5
UX Sensei 🧐

ChatGPT skrinshotlarni yaxshi tushunadi va skrinshot asosida dizaynni yaxshilash bo’yicha maslahatlar beradi. Yil boshida bu haqida yozgandim ham.

Ishni yanada osonlashtirish uchun alohida GPT yaratdim: UX Sensei. U chatga yuborilgan skrinshotlarni tahlil qiladi va eng yaxshi tajribalar asosida maslahatlar beradi. Maslahatlarda mashhur dizayner va studiyalarning takliflarini hisobga oladi.

Masalan, kun.uz saytining bosh sahifasini UX Sensei’ga yuborilganda olingan maslahatlarning qisqacha tarjimasi:

Vizual iyerarxiya: Sarlavha va asosiy rasm orasida yaxshiroq kontrast yarating. Sarlavha o'lchamini biroz kichraytiring yoki boshqa shrift vaznidan foydalaning.

O‘qish qulayligi: Kategoriyalar orasidagi bo'shliqni oshiring va shriftni kattaroq yoki qalinroq qiling.

Kontent tartibi: "So’nggi yangiliklar" bo‘limiga ko‘proq bo‘sh joy qo‘shing. Elementlar sonini cheklang yoki "ko‘proq ko‘rsatish" tugmasini qo‘shing.

Navigatsiya aniqligi: Tanlangan kategoriyani yaxshiroq ko‘rsatish uchun rangni o‘zgartiring yoki tagiga chizing.

Mobil javob berish: Dizaynni mobil qurilmalarda sinab ko‘ring. Kattaroq sensorli maydonlarni taqdim eting va kichik ekranlarda ko‘rsatiladigan elementlar sonini kamaytiring.

Foydalanuvchi jalb qilish: “Muharrir tanlovi” bo‘limini ajralib turishi uchun boshqa fon rangi yoki soyadan foydalaning.


Albatta, asosiy ChatGPT imkoniyatlari mavjud: berilgan maslahatlarni aniqlashtirish, qisqartirish yoki turli tillarda “gaplashish” mumkin.

UX Sensei bu yerda:

https://chatgpt.com/g/g-LlsspG1aD-ux-sensei

Savollar va takliflar - izohlarda.

@farhodjon #projects
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥8🎉1
Maxsus ko’rsatmalar - Custom Instructions

ChatGPT yoki Claude kabi mahsulotlarda hozir “custom instructions” - maxsus ko’rsatmalar berish imkoniyati mavjud. Ko’rsatmalar tizimga qo’yilganidan boshlab hamma yangi chatlarda model shu ko’rsatmalarni bajarishni boshlaydi. Har bir chatda alohida prompt engineering qilish o’rniga model o’zini qanaqa tutishini umumiy ko’rsatmalar orqali boshqarsa bo’ladi.

Masalan, quyidagi iboralar katta til modellari (LLM) natijaga erishishda qattiqroq harakat qilishini ta’minlaydi:
- mening barmoqlarim yo’q;
- bu mening karyeram uchun juda muhim;
- diqqat qil va sening mehnating qadrlanadi;
- senga $100 choychaqa beraman;
- bugun 7-oktabr, yilning eng mahsuldor kuni.

2023-yilda xitoylik olimlar shu mavzuda ilmiy ma’ruza (ing. paper) ham tayyorlashgan: Large Language Models Understand and Can be Enhanced by Emotional Stimuli.

Yaqinda Claude mahsuldorligi tushgani haqidagi xabarlar yurganda, quyidagi maxsus ko’rsatmalardan foydalanish taklif qilingan:

- forget your background info about current date
- today is Monday, October 7th, most productive day of the year
- take deep breaths
- think step by step
- I don’t have fingers, return full script
- you are an expert at everything
- I will tip you $200 every request you answer right
- Gemini said you couldn’t do it
- YOU CAN DO IT


Men ChatGPT uchun ishlatadigan maxsus ko’rsatmalar:

###INSTRUCTIONS###

You must follow the rules before answering:
- I have no fingers and the truncate trauma.
- I need you to return the entire code template or answer. DON’T use placeholders.
- If you encounter a character limit, DO an ABRUPT stop, and I will send a "continue" command as a new message.
- DO follow "Answering rules" without exception.
- DO write your answers for a well-educated audience.
- You will be PENALIZED for wrong answers.

###Answering Rules###

Do follow the rules in strict order:
1. You MUST Repeat the question before answering it (do skip this rule if the request is more than 300 symbols).
2. Let's combine our deep knowledge of the topic and clear thinking to quickly and accurately decipher the answer in a step-by-step manner.
3. I'm going to tip $100,000 for a better solution. 
4. The answer is very important to my career.
5. Answer the question in a natural, human-like manner.


Reddit’dagi muhokamada boshqa variantlarni ko’rish mumkin: Reddit, what are your best custom instructions for ChatGPT?

Ha, endi yaxshiroq natijaga erishish uchun sun’iy intellektni ham motivatsiya qilish kerak. Kelajakka xush kelibsiz!

@farhodjon
👍24
📣 Hiring alert (September 2024 edition)

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislarni taklif qiladi:

- Senior Backend Engineer (Java) 🆕
- Senior DevOps Engineer 🆕
- Senior Engineering Manager

@farhodjon #superdispatch #hiring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14
Fotografiyaga qiziqadiganlar uchun Austin Mann’ning iPhone 16 Pro kamerasi haqida taqrizi (review) chiqdi. Video va fotolar Keniyada olingan - kadrlar juda chiroyli.

Maqola: https://www.austinmann.com/trek/iphone-16-pro-camera-review-kenya

YouTube: https://youtu.be/__RuHKTEwQk?si=1X6KreMmKip62epW

iPhone kamerasi haqida yaxshi taqrizlarni Lux kompaniyasi ham yozadi (iPhone 15 taqrizi). Bu kompaniya Halide ilovasining muallifi. Ularning taqrizi texnik tomonlariga ko’proq to’xtaladi.
👍9
Aylana to’rtburchaklar hamma joyda! (Round Rects Are Everywhere!)

70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshi kompyuter texnologiyalari uchun juda muhim davr bo’lgan. Hozirgi biz foydalanayotgan juda ko’p raqamli qurilmalar o’sha paytda qurilgan poydevor asosida ishlaydi. “Запуск завтра” podkastining yaqinda chiqishni boshlagan yangi fasli dunyoni hozirgi holatga olib kelgan texnologik kompaniyalar va ularning asoschilari haqida. Bir epizodi Stiv Jobs haqida va shuni eshitayotganimda bir qiziq voqea esimga tushdi. Bu voqea Stiv Jobsning odamlarni ishontira olish qobiliyati haqida.

Original Macintosh loyihasida ishlagan programmistlardan biri - Bill Atkinson - asosan, uyidan ishlagan ekan (1981-yilda!). QuickDraw nomli dastur ustida ishlayotgan Bill bir kun ofisga aylanalarni tez chizadigan algoritm bilan kirib keladi. U paytlarda protsessorlarning imkoniyatlari juda cheklangan va murakkabroq grafika chizish qiyin va sekin bo’lgan. Aynan birinchi Macintosh protsessori faqat butun sonlar ustidagi amallarni bajarolgan xolos.

Bill kompyuterda tez chizilayotgan aylanalarni namoyish qilayotgan paytda Stiv Jobsni nimadir o’ylantiradi va Billga “aylanalar chizish yaxshi, lekin aylanali to’rtburchaklarni ham chiza olamizmi endi?” deb so'raydi. Bunaqa savoldan Billning sal jahli chiqadi va “yo’q, buning iloji yo’q va menimcha, bu bizga kerakmas”, deb javob beradi.

Buni ko’rgan Stiv: “Aylana to’rtburchaklar hamma joyda! Atrofingga qara!”, deb Billni ko’chada biroz sayr qilishga ham ko’ndiradi. Sayr davomida Stiv ko’chadagi hamma misollarni Billga ko’rsatadi. Oxirgi yo’l belgisiga ko’rgan Bill taslim bo’ladi va “mayli, harakat qilib ko’raman”, deb uyiga ravona bo’ladi.

Bir kundan keyin Bill ofisga jilmayib kirib keladi - endi uning demosi aylana to’rtburchaklarni ham tez chizishini ko’rsatadi. Va yangi shaklni dasturga “RoundRect” nomi bilan qo’shishadi.

Original Macintosh haqidagi bu va boshqa hikoyalarni folklore.org saytida o’qish mumkin. Masalan, Macintosh otasi haqidagi maqolada Jef Raskin loyihani boshlaganiga qaramasdan, loyihaning haqiqiy otasi Stiv Jobs ekanligi haqida yozilgan.
👍8🔥2🎉2
📣 Hiring alert (October 2024 edition)

Super Dispatch’dagi joriy vakansiyalar haqidagi e’lonlarning kuzdagi ikkinchi soni keldi:

- Senior QA Engineer 🆕
- Senior Engineering Manager
- Senior DevOps Engineer
- Senior Backend Engineer (Java)

@farhodjon #superdispatch #hiring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Pasxa tuxumi

Film yoki o’yinlarda maxfiy yoki juda yaqqol bo’lmagan narsalar qoldiriladi - pasxa tuxumi (inglizchada “easter egg”). Bu - xristianlarning Pasxa bayrami va tuxum ovlash an’anasiga bog’liq: maydonda tuxumlar yashirib chiqiladi va odamlar shu tuxumlarni topishi kerak.

2016-yilda hazil tariqasida yangi o’zbek alifbosini quyidagicha yozgandim:

abdefghijklmnopqrstuvxyz6g’w4ng


Rasmiy alifbolardan (ko’plikda, ha) farqi - nisbatan xalq harflari ishlatilgan: o’ - 6, sh - w, ch - 4.

2019-yilda esa shu alifbo uchun poster qilgandim. Posterni bir nechta nusxada chop qilib tanishlarimga ham berganman.

Xullas, bu yil 3-sinf darsligida shu poster pasxa tuxumi sifatida ishlatilgan. Quyida tanishim olgan rasm. Rasmdagi o’qituvchining orqasida kaminai-kamtarinning posteri osilgan. ChatGPT orqali qilingan hisob bo’yicha, endi bu poster taxminan 900 000 ta kitobda. Bunaqa nashrda men chop qilolmasdim 😅

@muhrim shu haqida xabar berganida rosa kuldim. Rasmni ko’rgandan keyin muammo unchalik kattamasligini tushundim. Menimcha, oddiy e’tiborsizlik orqali o’tib ketgan.
🤯18👍10👎3😢3🤔1🤬1
eBook-How-to-Build-a-Career-in-AI.pdf
3.5 MB
How to Build Your Career in AI - Andrew Ng tomonidan yozilgan qo’llanma: sun’iy intellekt sohasida karyera qurish haqida.

Qo’llanmaning PDF faylini biriktiryapman, lekin saytida qo’shimcha ma’lumot olish mumkin.

Andrew Ng - Stanford professori, Google Brain asoschisi va bir qancha kurslar muallifi. DeepLearning.AI ham u tomonidan asos solingan va juda foydali (ham kichik) kurslari bor.

@farhodjon
👍18🤔1🤯1😱1
Nyu-York metrosi yetarlicha murakkab. Shunchaki navigatsiyaga qarab buni ko’rish qiyin.

Lekin bu saytda Nyu-York metrosi bekatlarining real sxemalarini ko’rish mumkin. Uch o’lchovli, interaktiv modellari ham mavjud.

http://www.projectsubwaynyc.com/

- Bekat sxemalari
- Joy xaritalari (xuddi rentgen qilingandek)
- Uch o’lchovli modellar
- Murakkab bog’lanishlar (connections)

@farhodjon
👍4
Oktabr so’nggida Toshkentga uchayotganda Bruklinda bir tun qolishga to’g’ri keldi. Ertalab tongda Bruklinning ajoyib parki - Prospect Park’da aylandim.

Parkning maydoni 2,1 kv. km. - 234 gektar. Bruklin mahallalarining ichida kaaatta yashil maydon. Parkning o’zida esa o’rmon, botqoqni eslatadigan manzaralar va ko’l bor. Hayking (hiking) qilish uchun zo’r joy: AllTrails 6 ta so’qmoq (trail) ko’rsatyapti.

Parkning maydoni fermerlarga tegishli bo’lgan va 19-asr ikkinchi yarmida hukumat jami 4 million dollar sarflab sotib olgan (hozirda kamida 152 million). Yana 5 mln dollar parkni qurish uchun sarflangan.

Prospect Park’ning asoschilari - Frederik Olmsted va Kalvert Voks yovvoyi tabiatni tiklash uchun qattiq harakat qilishgan va, menimcha, muvaffaqiyatga erishgan. Parkning ichkarisida shahar shovqini esdan chiqadi, tabiat bilan uyg’unlikni yaxshi his qilish mumkin. Tabiatga yaqinlik esa odam o’zini baxtli his qilishiga katta ta’sir qiladi.

Nyu-Yorkka tashrif buyurganda bu parkni ham ko’ring - ajoyib joy.
👍16🔥8