Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Far·hod·jon
Unsplash 2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professional fotoapparat sifatida Fujifilm X-T4 tanlandi (bunda yordam bergan Jamshid Nazarovga katta rahmat). Birinchi qadamlar deyarli hamma…
Unsplash’ga birinchi fotoni 2021-yil 26-mayda qo’ygan ekanman: Alisher Navoiy haykalidan Xalqlar Do’stligi saroyi tomonga qarab olingan. Keyinroq O’zbekiston va dunyoning turli joylarida olingan fotolarni yuklashni boshladim, lekin haligacha minglab qayta ishlanmagan fotolar “yotibdi.”

Quyida 3 yillik statistika:

- Fotolarim ja’mi 1,5 million marta ko’rilgan. Eng ko’p ko’rilgan joylar: Unsplash, Figma, PicsArt, BuzzFeed, Trello.
- 30 mingga yaqin marta yuklangan (yoki foydalanilgan). Unsplash, Notion, Figma, Wix, Trello ilovalari topda.
- Eng ko’p ko’rilgan - Zomindagi Ma’rifat masjidi minorasi. 270 ming marta ko’rilgan.
- Eng ko’p yuklangani esa Adiblar xiyobonida Oliy Majlis gumbazi bilan olingan foto. 6 ming martadan ortiq yuklangan.
- “tashkent”, “uzbekistan” kabi qidiruvlarda fotolarim yuqori natijalarda chiqishni boshlagan.

Unsplash’ning eng yaxshi tomoni - litsenziyasi. U yuklangan fotolardan bepul foydalanishga imkoniyat beradi. Boshqa kataloglarda professional fotograflar tomonidan olingan fotolar $100-600 atrofida baholanadi. Bepul litsenziya turli uskunalar va ilovalar fotolardan bemalol foydalanish imkoniyatini ham beradi.

So’nggi paytlarda fotolarni alohida kolleksiyalarga qo’shishni boshladim: https://unsplash.com/@far5n10v/collections

Kameraga bog’liq eng yorqin voqea Dubayda yuz berdi. Kamera bilan yurganimda turli odamlar oddiyroq Android telefonda foto olayotganini ko’rib yordam bergim keldi. Yaxshi foto olib, biroz qayta ishlab, keyinroq yuborganimda ularning xursandchiligini qisman his qildim: har safar to’xtamasdan 5-10 marta “thank you, bro!” oldim va bitta yangi kelgan hind bola ish ham so’radi 😄

Yuqoridagi foto esa Filippin poytaxti Manilada olingan. Chapda - marshrutka, o’ngda - taksi. Filippin men sayohat qilgan 22-mamlakat bo’ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5
Kutilmaganda Microsoft Telegram uchun Copilot bot chiqaribdi. Rasmiy bot, saytida tanishish mumkin: https://www.microsoft.com/en-us/edge/copilot-for-social?form=MY02F9

Sal sekinroq ishlayapti va foto/audio qabul qilmayapti hozircha.

Lekin butun ekotizimi Telegram’da bo’lgan odamlar uchun juda foydali.

Bot: @CopilotOfficialBot

[manba]
👍8
Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan. Lekin yaqinda ikkita yangi model paydo bo’ldi va ularni sinab ko’rish mumkin.


Kling - bu model xitoylardan (1-video). Videoning sifati Sora’dan qolishmaydi. Saytida demolari va xitoychani tushunadiganlar sinab ham ko’rishi mumkin: https://kling.kuaishou.com/en


Luma Dream Machine - Luma AI tomonidan ishlab chiqarilgan. O’ta darajada realistikmas, lekin turli fantastikaga o’xshagan janrlar uchun bu juda mos. Sun’iy intellekt yaratayotgan narsalarni “real” deyishga kelishmadik, menimcha :)

Google orqali ro’yxatdan o’tib bu yerda sinab ko’riladi:
https://lumalabs.ai/dream-machine

Antiqa davrda yashayapmiz.
👍5
Far·hod·jon
Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan.…
Dream Machine modeliga foto yuborilganda fotoni “jonlantiradi” (xuddi Garri Potter filmlaridek).

1. Amir Temurning mashhur rasmini kichikroq prompt bilan berganda aylantirib video qilyapti (Amir Temur xuddi “yo, what’s up?” degandek).

2. XX-asr boshidagi shashlikchilarning fotosi berilganda jarayonni ko’rsatishga harakat qilyapti.

3. Amir Olimxonning fotosini sal jonlantiryapti.

Keyinroq yana model bilan o’ynab ko’rib, boshqa videolarni ham qo’yaman.
👍16
📣 Hiring alert (June 2024 edition)

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Senior Backend Engineer (Python)
- Middle Backend Engineer (Python)
- Senior Engineering Manager
- Director of Engineering

Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee.

---

Jahongir Rahmonovdan yaxshi savol:
Qanday refer qilish kerak Farhod aka 😃


Javob: email (far@superdispatch.com) yoki Telegram (@far5n10v) orqali qaysi kandidatni taklif qilganingizni bildirib qo’yishingiz kifoya.
🔥20👍5
“Albatta HA” yoki “yo’q”

Derek Siversning juda yaxshi qoidasi bor. Biror narsaga shunchaki “ha” deb javob berish - “yo’q” bilan teng. Qachonki “albatta, ha!” deyilgandagina u haqiqiy “ha.”

Inglizchasida: No yes. Either HELL YEAH! or no. (bu haqida kitob ham yozgan)

Ayniqsa, bu qoida ortiqcha va’da bervoradigan, ishi boshidan oshib yotgan, tarqoq, “yo’q” deyolmaydigan, hadeb bir narsadan ikkinchi narsaga sakrayveradigan odamlar uchun foydali.

Qoidani qisqacha quyidagicha yozish mumkin:

- Yo’q → yo’q
- Ha → yo’q
- Albatta, ha! → HA.

@farhodjon
🔥16👍6🤯2🤔1😢1
Far·hod·jon pinned «📣 Hiring alert (June 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Python) - Middle Backend Engineer (Python) - Senior Engineering Manager - Director of Engineering Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat…»
Sun’iy intellekt kimlarni almashtiryapti?

Social Science Research Network (SSRN) 2021-yilning iyul oyidan 2023-yilning iyuligacha onlayn frilans platformalaridagi milliondan ortiq ishlarni o’rganib chiqqan. Bu tadqiqot natijasida sun’iy intellekt (SI) eng ko’p ta’sir qilgan yo’nalishlarni aniqlagan.

Generative AI (asosan, ChatGPT) salbiy ta’sir qilgan eng ko’p sohalar:

- Yozuv ishlari (writing jobs) - 30.37 foizga kamaygan
- Dasturiy ta’minot, ilova va veb ishlab chiqarish - 20.62 foizga kamaygan
- Grafik dizayn - 18.49% kamayish
- 3D modellash - 15.57% kamayish.

[manba] @farhodjon
👍5
Yaqinda Figma o’zining sun’iy intellekt orqali dizayn qiladigan uskunasini taqdim qildi: Make Design - matndan dizayn chizib beradi (text-to-design).

Twitter’da bir kishi aytishicha, Make Design real ilovalarning skrinshotlari asosida o’rgatilgan: uch marta ob-havo ilovasi dizayni so’ralganda ham Apple ob-havo ilovasi asosida dizayn qilgan.

Figma asoschisi Dylan Field yozishicha, Make Design turli dizayn tizimlar asosida qurilgan. Lekin uskunani hozircha o’chirib qo’yishdi va yaxshiroq qayta test qilib, keyin yoqishadi.

Figma’ning so’nggi Config konferensiyasida taqdim qilingan yangiliklarning 1 minutlik videosi: All the Launches at Config 2024.

@farhodjon
🤔9🔥3👍2
Yoshi kattaroq odamlar nostalgiya qilgani ikkita sayt:

- Winamp Skin Museum - pleyer skinlarining katta katalogi. Originalidan tortib aql bovar qilmaslarigacha. Har bir skin interaktiv: Winamp oynalarini surish, musiqa eshitish, tugmalardan foydalanish mumkin.

- Windows 98 Disk Defrag Simulator - qiladigan ish qolmaganda 1998-yilga qaytib birorta diskni ovoz bilan defragmentatsiyani tomosha qilish.

@farhodjon
👍10🔥3
Gazeta.uz yozishicha, Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlariga Ilya Birman tomonidan dizayn qilingan yangi navigatsiya o’rnatilgan.

Menimcha, bu Toshkent dizayni uchun juda yaxshi qadam. Eskirgan va chala dizaynerlar tomonidan qilingan dizaynlardan shahar charchagan.

Yagona muammo - navigatsiyani metropolitenmas, TBS va Payme sarmoyasi asosida qilingani va navigatsiyada yaqqol reklama borligi. Xalq uchun shundoq ham berilishi kerak bo’lgan narsani xususiy kompaniyalar tomonidan bajarilishi g’alati - davlat o’zining vazifasini birovga yuklayapti. Ertaga boshqa kompaniyalar xohlasa, logo almashadimi? Turli bekatlarda turli logolar turadimi?

Avvalroq, Ilya Birman Toshkent metrosining sxemasini ham qilgandi. Sxemani uyalmasdan ofis yoki uyga poster qilib osib qo’ysa bo’ladigan darajada:

https://ilyabirman.ru/tashkent-metro/

PDF faylini yuklan ham olsa bo’ladi: tashkent-metro-map-2024-1.pdf

@farhodjon #design
👍18👎2
AQShdagi yaxshi tajribalardan biri - o’rindiqlarga homiylik qilish. Dunyoning eng asosiy parki - Nyu-Yorkning Markaziy parkidan tortib kichikroq parklar yoki haykingga mo’ljallangan so’qmoqlargacha shunaqa o’rindiqlarni uchratish mumkin.

Odamlar uchun foydasi: kutilmagan joylarda ham o’rindiqlar dam olishga yordam beradi.

Homiylar uchun foyda: biror yaqin odamining (yoki o’zlarining) xotirasi uzoq yillarga muhrlanadi - qanaqadir qabristondamas, odamlarga foyda keltiradigan joyda.

Hukumat uchun foyda: homiylar hukumat ishini qiladi va g’azna uchun qo’shimcha daromad.

Markaziy parkda va atrofidagi o’rindiqqa homiylik qilish narxi: $10 000.

Bizning Johnson County tasarrufidagi parklarda homiylik: $3 000.

@farhodjon
👍19
Dunyoning suvi bir joyga yig’ilganda:

- Katta shar - barcha suv; yer ustidagi, ichidagi.
- O’rtacha shar - toza suv.
- Kichik shar - deyarli ko’rinmaydi - ko’l va daryodagi toza suvlar.

Okean va dengizlarga qaraganda yerda suv juda ko’pga o’xshaydi.

[manba]
😱6🤔2😢2🤯1🤬1
📣 Hiring alert (August 2024 edition)

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Backend Engineer II (Python)
- Senior DevOps Engineer
- Senior Engineering Manager

@farhodjon #superdispatch #hiring
🔥16
Teenage Engineering

2005-yilda Shvetsiyada tashkil topgan Teenage Engineering kompaniyasi elektronika qurilmalari chiqaradi: asosan, sintezatorlar va boshqa musiqaga oid qurilmalar. Mahsulotlarining dizayniga juda boshqacha yondoshadi. Apple, Braun kompaniyalari dizaynidan qolishmaydi.

Kompaniya boshqa brendlar bilan ham hamkorlik qiladi. Masalan, IKEA bilan Frekvens, Panic bilan playdate, Nothing bilan esa Ear (1) dizaynlari ustida ishlagan. Hatto ko’pchilik xush ko’rmagan rabbit r1 ham Teenage Engineering bilan yaratilgan.

Yaqinda kompaniya EP-1320 Medieval sintezatorini taqdim qildi. Dizaynda o’rta asrlar ruhini berish uchun qattiq mehnat qilingan: yozuv, shrift, ranglar. Hatto LED ekran ham maxsus raqamlarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Ko’rib ko’z zavq oladi!

Mahsulotlaridan ilhom olish uchun bu yerga boramiz:

https://teenage.engineering/products


Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda hurmat qilaman 💛

@farhodjon #design
👍9🔥5