Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Hozirgi O’zbekiston hududida Sovet davrigacha olingan eng mashhur fotosuratlaridan biri - Buxoro amiri Said Olimxonniki. Foto muallifi - Sergey Prokudin Gorskiy.

Avvallari shu fotoning tarixi haqida bilmasdim. Lekin yaqinda Sergey Prokudin Gorskiy va uning boshqa fotolar orqali Rossiya Imperiyasi paytidagi shaharlar va hayotni qisman ko’rish mumkin.

Bu fotolar Gorskiyning 1909-1915-yillarda Rossiya imperiyasining turli hududlariga sayohati davomida olingan. Fotograf qizil-ko’k-yashil filtr orqali rangli fotolar olgan va ular haligacha sifatini yo’qotmagan.

Oktabr revolyutsiyasidan keyin Gorskiy, asosan, Yevropada faoliyat yuritgan. Uning to’liq kolleksiyasi esa avlodlari tomonidan AQSh kongressi kutubxonasiga sotilgan. Kutubxona saytida hamma fotolarni ko’rish mumkin:

https://www.loc.gov/search/?fa=partof:lot+10338&sp=1

Fotolarga e’tibor berilsa:
- Tarixiy obidalarning ahvoli juda chatoq bo’lgan
- Dengizga yaqin shaharlardan farq juda katta: masalan, Suxumi bilan Samarqand/Buxoroni solishtirish qiyin
- Erkaklarning kiyimlari juda rang-barang.

@farhodjon
👍11
2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Birinchi marta maktabning hamma detallarini o’shanda bemalol ko’rishga muvaffaq bo’lgandik.

Quyida birinchi taassurotlar asosidagi fikrlarim:

1. Maktabda qorovul yo’q. Maktab eshiklari avtomatik yopiladi va administrator zarur bo’lganda tashqaridagi odamni kiritishi mumkin.
2. Ota-onalar maktab tashqarisidagi piknik stollarida bolalari bilan tushlik qilishi mumkin.
3. Maktab devorlari va sinf xonalarida yaxshi, pozitiv xabarlar yozilgan.
4. Umuman, hamma xonalar va koridorlarda juda yaxshi detallarni ko’rish mumkin va sifatli dizayn qilingan.
5. Sinfda bolalar stol atrofida o’tiradi va birga ishlashadi. Odatda, bir sinfda 20 ta atrofida bola.
6. Hamma o’quvchilar maktabdan iPad oladi (turli onlayn materiallardan foydalanish uchun).
7. O’quvchilarning maxsus ochiq shkaflari va narsalarni saqlaydigan joylari mavjud.
8. Sinfda turli o’yinlar bor.

Bu - umumiy davlat maktabi (public school). Xususiy maktablarda sharoit va talablar boshqacha bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi xususiy diniy maktablarda maktab formasi bor.

Yana bir detal maktabning qanaqa qurilgani (so’nggi suratda). Maktab juda mashinaga moslashtirilgan. Maktabga tegishli yo’lning alohida kirish va chiqishi bor, yana ikkita parkovka mavjud - 1 va 4. Kirish ikkita tomondan (2 va 3), lekin maxsus bayramlardan tashqari faqat bittasi foydalaniladi. O’quvchilarni olish uchun kiraverishda (5) maktab xodimi qaysi o’quvchi chiqishini bildiradi va mashina eshikka yaqinlashguncha o’quvchi chiqib turadi. Kirishga ikki tomondan kelayotgan mashinalar esa tabiiy ravishda ketma-ket o’tishadi - juda tartibli.

@farhodjon #usa
👍25
Ingliz tilida sonlar

Menga ingliz tilida, ayniqsa, amerikancha inglizchada turli sonlarni qisqartirilishi yoki qulay aytilishi yoqadi. 1924 yili “19”-“24” deb ajratib aytilishini hamma biladi: nineteen-twenty four. “Bir ming to’qqiz yuz yigirma to’rt” bilan “o’n to’qqiz yigirma to’rt” solishtirib ko’rish kifoya.

Lekin boshqa osonlashtirish ham ko’p ishlatiladi:

- K/M/B/T - ming/million/milliard/trillion. Masalan, 14 000 soni “fourteen thousand” o’rniga “fourteen key” deyiladi va “14K” sifatida yoziladi.

- Ming “grand” bilan ham almashtiriladi: 13000 - thirteen grand.

- Agar sonlar faqat yuz (100) bilan tugasa, so’nggi ikkita nol “hundred” bilan almashtiriladi: 1400 - fourteen hundred, 2500 - twenty five hundred.

- Bular aralashishi ham mumkin: 1,200,000 - twelve hundred key.

- Yuqoridagi yilni bo’lish boshqa holatlarda ham ishlaydi: 4568 Main St. - fourty five sixty eight main street.

- 3 ta raqamli sonlar ham ikkiga bo’linadi: 345 - three fourty five.

- Nolni “O” harfi bilan almashtirish: 103 - “one zero three” o’rniga “one oh three.”

Uzun sonlarni yozishda minglar “,” bilan ajratlishi ham juda qulay: 329874501 o’rniga 329,874,501 yoziladi. Tipografika qoidalari bo’yicha o’zbek tilida minglar (bo’linmas) probel bilan ajratilishi kerak (329 874 501), lekin buni juda kam odam yozishmalarda ishlatadi.
👍15🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Apple mahsulotlaridagi detallarga juda qattiq e’tibor berishi ko’pchilikka ma’lum. Lekin bunisi batamom yangi darajaga chiqish!

Yaqinda Apple yangi iPad va Pencil taqdim qildi. Ko’p tomondan yaxshilangan qurilmalar. Endi planshet Pencil Pro qalamining aylanishini ham hisobga oladi (ekranga yaqinligini avval ham aniqlardi).

Qalam ekranga yaqinlashganda, aylanganda va burilganda tizim planshet ekranida juda tabiiy soya chizyapti. Tanlangan uskunaga qarab soya o’zgaradi ham! Buning uchun tizimga kamida 10 ta uch o’lchovli qalam modeli qo’shilgan 🤯

[manba]

Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda qattiq hurmat qilaman 💛
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥11
Far·hod·jon
Unsplash 2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professional fotoapparat sifatida Fujifilm X-T4 tanlandi (bunda yordam bergan Jamshid Nazarovga katta rahmat). Birinchi qadamlar deyarli hamma…
Unsplash’ga birinchi fotoni 2021-yil 26-mayda qo’ygan ekanman: Alisher Navoiy haykalidan Xalqlar Do’stligi saroyi tomonga qarab olingan. Keyinroq O’zbekiston va dunyoning turli joylarida olingan fotolarni yuklashni boshladim, lekin haligacha minglab qayta ishlanmagan fotolar “yotibdi.”

Quyida 3 yillik statistika:

- Fotolarim ja’mi 1,5 million marta ko’rilgan. Eng ko’p ko’rilgan joylar: Unsplash, Figma, PicsArt, BuzzFeed, Trello.
- 30 mingga yaqin marta yuklangan (yoki foydalanilgan). Unsplash, Notion, Figma, Wix, Trello ilovalari topda.
- Eng ko’p ko’rilgan - Zomindagi Ma’rifat masjidi minorasi. 270 ming marta ko’rilgan.
- Eng ko’p yuklangani esa Adiblar xiyobonida Oliy Majlis gumbazi bilan olingan foto. 6 ming martadan ortiq yuklangan.
- “tashkent”, “uzbekistan” kabi qidiruvlarda fotolarim yuqori natijalarda chiqishni boshlagan.

Unsplash’ning eng yaxshi tomoni - litsenziyasi. U yuklangan fotolardan bepul foydalanishga imkoniyat beradi. Boshqa kataloglarda professional fotograflar tomonidan olingan fotolar $100-600 atrofida baholanadi. Bepul litsenziya turli uskunalar va ilovalar fotolardan bemalol foydalanish imkoniyatini ham beradi.

So’nggi paytlarda fotolarni alohida kolleksiyalarga qo’shishni boshladim: https://unsplash.com/@far5n10v/collections

Kameraga bog’liq eng yorqin voqea Dubayda yuz berdi. Kamera bilan yurganimda turli odamlar oddiyroq Android telefonda foto olayotganini ko’rib yordam bergim keldi. Yaxshi foto olib, biroz qayta ishlab, keyinroq yuborganimda ularning xursandchiligini qisman his qildim: har safar to’xtamasdan 5-10 marta “thank you, bro!” oldim va bitta yangi kelgan hind bola ish ham so’radi 😄

Yuqoridagi foto esa Filippin poytaxti Manilada olingan. Chapda - marshrutka, o’ngda - taksi. Filippin men sayohat qilgan 22-mamlakat bo’ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5
Kutilmaganda Microsoft Telegram uchun Copilot bot chiqaribdi. Rasmiy bot, saytida tanishish mumkin: https://www.microsoft.com/en-us/edge/copilot-for-social?form=MY02F9

Sal sekinroq ishlayapti va foto/audio qabul qilmayapti hozircha.

Lekin butun ekotizimi Telegram’da bo’lgan odamlar uchun juda foydali.

Bot: @CopilotOfficialBot

[manba]
👍8
Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan. Lekin yaqinda ikkita yangi model paydo bo’ldi va ularni sinab ko’rish mumkin.


Kling - bu model xitoylardan (1-video). Videoning sifati Sora’dan qolishmaydi. Saytida demolari va xitoychani tushunadiganlar sinab ham ko’rishi mumkin: https://kling.kuaishou.com/en


Luma Dream Machine - Luma AI tomonidan ishlab chiqarilgan. O’ta darajada realistikmas, lekin turli fantastikaga o’xshagan janrlar uchun bu juda mos. Sun’iy intellekt yaratayotgan narsalarni “real” deyishga kelishmadik, menimcha :)

Google orqali ro’yxatdan o’tib bu yerda sinab ko’riladi:
https://lumalabs.ai/dream-machine

Antiqa davrda yashayapmiz.
👍5