Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Startap olamida “ramen profitable” degan termin mavjud - yangi startapning daromadi asoschilarning yashash uchun yetarli chiqimlarini qoplaydi xolos. Bizning til bilan aytganda: rolltonga yetarli foyda beradi. Bu haqida Pol Grem (Y Combinator asoschisi) blogida juda yaxshi yozgan.

Yuqoridagi foto Suhail Doshiga tegishli - Mixpanel asoschisi. 2009-yilda kompaniya inkubatordan o’tayotgan vaqtda yashagan xonasi. Twitter/X’da hozirda mashhur boshqa kompaniya asoschilarining xonalarini ko’rish mumkin:

https://twitter.com/Suhail/status/1754286822837162419

“Xona” deyishimning sababi bor: San-Fransiskoda ijara juda qimmat va startap asoschilari, asosan, pulni tejash uchun bitta xonani ijaraga olishadi.
🔥10👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayramlarida O’zbekiston madhiga juda ko’p qo’shiqlar kuylanadi. Bunaqa qo’shiqlarning matnini ChatGPT yoki o’xshash uskunalar orqali generatsiya qilish qiyin emas.

Qo’shiq qilish uchun esa suno.ai yordam beradi. Matn va qo’shiqning usuli berilganda o’zi ovoz tanlaydi, musiqa bastalaydi va birlashtirib tayyor qo’shiq sifatida chiqaradi.

Sizlarga bayramlarda bemalol ijro etsa bo’ladigan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan “Musaffo osmon” qo’shig’ini taqdim qilaman! 😅

@farhodjon #ai
👍13😱7🤯3😢2👎1🤬1
Far·hod·jon
Mustaqillik bayramlarida O’zbekiston madhiga juda ko’p qo’shiqlar kuylanadi. Bunaqa qo’shiqlarning matnini ChatGPT yoki o’xshash uskunalar orqali generatsiya qilish qiyin emas. Qo’shiq qilish uchun esa suno.ai yordam beradi. Matn va qo’shiqning usuli berilganda…
Suno o’zbek tilini yaxshi tushunmaydi va juda sezilarli aksent bilan kuylayapti. Lekin keng tarqalgan tillarni juda yaxshi tushunadi.

Yalla guruhining “Uchquduq” qo’shig’i menga juda yoqadi. Va rus tilida aytilgani uni Suno’ga juda yaxshi nomzod qiladi.

Birinchi video shu qo’shiq 1920-yillardagi Amerika jaz usulida “ayttirdim.” Ikkinchi videoda esa shu qo’shiq 1980-yillarning Bollivud stilida aytilgan. Ikkala qo’shiq ham xuddi originaldek: biror odamga qo’yib berilsa “cover” sifatida kuylanganligiga ishonadi!

@farhodjon #ai
👍12🔥3🤔1
Hozirgi O’zbekiston hududida Sovet davrigacha olingan eng mashhur fotosuratlaridan biri - Buxoro amiri Said Olimxonniki. Foto muallifi - Sergey Prokudin Gorskiy.

Avvallari shu fotoning tarixi haqida bilmasdim. Lekin yaqinda Sergey Prokudin Gorskiy va uning boshqa fotolar orqali Rossiya Imperiyasi paytidagi shaharlar va hayotni qisman ko’rish mumkin.

Bu fotolar Gorskiyning 1909-1915-yillarda Rossiya imperiyasining turli hududlariga sayohati davomida olingan. Fotograf qizil-ko’k-yashil filtr orqali rangli fotolar olgan va ular haligacha sifatini yo’qotmagan.

Oktabr revolyutsiyasidan keyin Gorskiy, asosan, Yevropada faoliyat yuritgan. Uning to’liq kolleksiyasi esa avlodlari tomonidan AQSh kongressi kutubxonasiga sotilgan. Kutubxona saytida hamma fotolarni ko’rish mumkin:

https://www.loc.gov/search/?fa=partof:lot+10338&sp=1

Fotolarga e’tibor berilsa:
- Tarixiy obidalarning ahvoli juda chatoq bo’lgan
- Dengizga yaqin shaharlardan farq juda katta: masalan, Suxumi bilan Samarqand/Buxoroni solishtirish qiyin
- Erkaklarning kiyimlari juda rang-barang.

@farhodjon
👍11
2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Birinchi marta maktabning hamma detallarini o’shanda bemalol ko’rishga muvaffaq bo’lgandik.

Quyida birinchi taassurotlar asosidagi fikrlarim:

1. Maktabda qorovul yo’q. Maktab eshiklari avtomatik yopiladi va administrator zarur bo’lganda tashqaridagi odamni kiritishi mumkin.
2. Ota-onalar maktab tashqarisidagi piknik stollarida bolalari bilan tushlik qilishi mumkin.
3. Maktab devorlari va sinf xonalarida yaxshi, pozitiv xabarlar yozilgan.
4. Umuman, hamma xonalar va koridorlarda juda yaxshi detallarni ko’rish mumkin va sifatli dizayn qilingan.
5. Sinfda bolalar stol atrofida o’tiradi va birga ishlashadi. Odatda, bir sinfda 20 ta atrofida bola.
6. Hamma o’quvchilar maktabdan iPad oladi (turli onlayn materiallardan foydalanish uchun).
7. O’quvchilarning maxsus ochiq shkaflari va narsalarni saqlaydigan joylari mavjud.
8. Sinfda turli o’yinlar bor.

Bu - umumiy davlat maktabi (public school). Xususiy maktablarda sharoit va talablar boshqacha bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi xususiy diniy maktablarda maktab formasi bor.

Yana bir detal maktabning qanaqa qurilgani (so’nggi suratda). Maktab juda mashinaga moslashtirilgan. Maktabga tegishli yo’lning alohida kirish va chiqishi bor, yana ikkita parkovka mavjud - 1 va 4. Kirish ikkita tomondan (2 va 3), lekin maxsus bayramlardan tashqari faqat bittasi foydalaniladi. O’quvchilarni olish uchun kiraverishda (5) maktab xodimi qaysi o’quvchi chiqishini bildiradi va mashina eshikka yaqinlashguncha o’quvchi chiqib turadi. Kirishga ikki tomondan kelayotgan mashinalar esa tabiiy ravishda ketma-ket o’tishadi - juda tartibli.

@farhodjon #usa
👍25
Ingliz tilida sonlar

Menga ingliz tilida, ayniqsa, amerikancha inglizchada turli sonlarni qisqartirilishi yoki qulay aytilishi yoqadi. 1924 yili “19”-“24” deb ajratib aytilishini hamma biladi: nineteen-twenty four. “Bir ming to’qqiz yuz yigirma to’rt” bilan “o’n to’qqiz yigirma to’rt” solishtirib ko’rish kifoya.

Lekin boshqa osonlashtirish ham ko’p ishlatiladi:

- K/M/B/T - ming/million/milliard/trillion. Masalan, 14 000 soni “fourteen thousand” o’rniga “fourteen key” deyiladi va “14K” sifatida yoziladi.

- Ming “grand” bilan ham almashtiriladi: 13000 - thirteen grand.

- Agar sonlar faqat yuz (100) bilan tugasa, so’nggi ikkita nol “hundred” bilan almashtiriladi: 1400 - fourteen hundred, 2500 - twenty five hundred.

- Bular aralashishi ham mumkin: 1,200,000 - twelve hundred key.

- Yuqoridagi yilni bo’lish boshqa holatlarda ham ishlaydi: 4568 Main St. - fourty five sixty eight main street.

- 3 ta raqamli sonlar ham ikkiga bo’linadi: 345 - three fourty five.

- Nolni “O” harfi bilan almashtirish: 103 - “one zero three” o’rniga “one oh three.”

Uzun sonlarni yozishda minglar “,” bilan ajratlishi ham juda qulay: 329874501 o’rniga 329,874,501 yoziladi. Tipografika qoidalari bo’yicha o’zbek tilida minglar (bo’linmas) probel bilan ajratilishi kerak (329 874 501), lekin buni juda kam odam yozishmalarda ishlatadi.
👍15🔥2