Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Far·hod·jon
Dieter Rams ismli afsonaviy nemis dizayneri bor (hozir 91 yoshda). Karyerasining eng taniqli qismida - 1955-yildan boshlab - Braun kompaniyasi uchun turli mahsulotlar/qurilmalar dizaynini qilgan. Butun sanoat dizayniga katta ta’sir qilgan odamlardan biri.…
Braun haqida yozganim esimdan chiqishiga ulgurmasdan kompaniya tarixi va mahsulotlari haqida juda yaxshi kitob chiqibdi: Braun: Designed to Keep.

Kitob ham, xuddi Braun mahsulotlaridek, muhabbat bilan qilingan.

The Verge kitob haqida to’liqroq: Braun: Designed to Keep is a book worth holding onto.

Kitob Amazonda 62-80 dollarga sotilyapti.

@farhodjon #design
🔥12👍1😱1
📣 Hiring alert

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Senior QA Engineer
- Backend Engineer II (Java)

Senior Engineering Manager vazifasiga ham odam izlayapmiz, lekin bu yo’nalish bizning regionda juda kam rivojlangan - alohida qo’yilmadi.

Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik!

@farhodjon #superdispatch #hiring
👍18
LinkedIn’da topilgan maslahat:

Professional o’sishni tezlashtirish va atrofdagilardan farq qilish uchun biror soha yoki yo’nalishda “go-to-person”ga aylanish. “Go-to-person” - biror muammo yoki savol tug’ilganda murojaat qilinadigan odam: yo’nalish kattaroq kodning bir qismi, test qilish, biror freymvork, Kubernetes, Docker, biror usul va hokazo bo’lishi mumkin. Shu yo’nalishni topish va shu bo’yicha hamma suyanadigan, boradigan odamga aylanish odamning professional o’sishiga juda katta yordam beradi.

@farhodjon #growth
👍27
Ochiq va yopiq savollar

Odamlar orasidagi muloqotning katta qismi savol va javoblardan iborat. Ayniqsa, komandada kommunikatsiya uchun ketadigan har bir qo’shimcha vaqt kompaniyaga foyda keltiradigan boshqa faoliyatlarni orqaga surishi mumkin. Yaxshi mutaxassislar to’g’ri savollar berish va to’g’ri javobni imkoni boricha tezroq olishga harakat qilishadi.

To’g’ri savol berishning eng asosiy qoidalaridan biri - ochiq savollar. Ingliz tilida “open-ended questions” deb ataladigan bu qoidada savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berib bo’lmaydi. Odatda, ochiq savollar ancha keng, to’liq, maqsadga tezroq erishishga yordam beradigan javoblar olishga yordam beradi. Va bu savollar “nega”, “qanday (qilib)”, “qaysi”, “nima”, “kim” va hokazo yordamchi so’zlardan foydalanadi.

Ochiq savollar:
- O’zingizni qanday his qilyapsiz hozir?
- Nega bu loyiha bilan shug’ullanish biz uchun hozir muhim, deb o’ylaysiz?
- Bugun sizni ofisda nechada kutsak bo’ladi?
- Bizning mahsulotning qaysi tomonlarini o’zingizga juda foydali, deb hisoblaysiz?
- Xizmatlarimizning sifatini qanday yaxshilasak bo’ladi?
- Loyihani muvaffaqiyatli tugatishimiz uchun kimlar kerak bo’ladi?

“Ha/yo’q” bilan javob bersa bo’ladigan savollar esa yopiq savollar (ingliz tilida “closed questions”), chunki, keyin yana qo’shimcha (ortiqcha) savollarni keltirib chiqaradi va maqsadga erishishni kechiktiradi.

Yopiq savollar:
- Boshingiz og’riyaptimi? Qorningiz og’riyaptimi?
- Loyiha bilan shug’ullanamizmi?
- Ofisga kelasizmi bugun?
- Mahsulotning manavi joyi foydalimi?
- Manavi xizmatimizni bunaqa o’zgartirsak sifati yaxshilanadimi?
- Bu loyihani tugatish uchun menejer kerakmi? Frontendchi? Backend? QA?

Yopiq savollar o’rinli bo’lgan holatlar bor. Yopiq savollar nisbatan “yalqov” bo’lganligi uchun odamlardan tezda javob olsa bo’ladi. Masalan, mahsulotni baholashda kengroq fikr so’raydigan forma va “ha/yo’q” variantli formaga olinadigan javoblarning soni har xil bo’ladi.

P.S.: Ingliz tilida savollarni so’rashda iltifot sifatida “could/can you please” ishlatiladi, lekin bu savolni “yopmaydi.” Savolning ikkinchi qismidagi so’ralayotgan narsa muhimligicha qoladi: “could you please describe how are you feeling right now?” savoliga “yes, I can”, deb to’xtab qolish kulgili pauzaga olib keladi.

P.P.S.: Bu yo’nalishni ko’proq o’rganishni xohlaydiganlarga “Start with NO…” kitobini tavsiya qilaman. Yillar oldin bu kitob menga ancha foyda bergan.

“Shu mavzu haqida nima deb o’ylaysiz?” - 👍🏼
“Mavzu sizga yoqdimi?” - 👎🏼


@farhodjon #communication
👍39👎1
O’zbekistondagi studiya Unreal Engine 5 asosida “Oltin O’rda” nomli o’yin qilayotgan ekan. YouTube kanalida tizer-treyler va o’yin muhiti haqida videolar bor. Yaxshi yangilik.

http://thegoldenhorde.uz/en/

Studiya asoschisi esa President Tech Award’da loyihaga ovoz berishni so’rayapti (mening aloqam yo’q).
Uzr, ovoz berish tugabdi. Bu narsalardan ko’pam xabarim yo’q.

@farhodjon #games
👍11😱3
Shu hafta Midjourney’ning 6-versiyasi chiqdi va internetda tarqalayotgan rasmlar odamni hayron qoldiradi. Yaqindacha asosan illyustratsiyalar uchun ishlatilayotgan neyrotarmoqlar endi real fotodagidek sifatni beryapti. Bunaqa sifatdagi videolarni generatsiya qilish ham juda yaqinga o’xshaydi.

Birinchi foto Midjourney’ning 1-dan 6-versiyasigacha bitta prompt bilan generatsiya qilingan foto:

white background, closeup portrait of a very old mean man, 92 years old, wrinkles, realistic skin, studio lighting, canon f/4


Qolgan hamma fotolar 6-versiya bilan generatsiya qilingan.

Manbalar:
- https://x.com/MNedermeijer/status/1737848552251134316
- https://twitter.com/LinusEkenstam/status/1738199581211664658?s=20
- https://twitter.com/juliewdesign_/status/1737904625074754006?s=20

@farhodjon #ai #midjourney
👍12
Tasavvur qiling, voqealari Samarqandda bo’ladigan izometrik o’yin bor!.. Midjourney bilan yaratilgan rasmlar shunaqa chiroyli-ki, men shu o'yinni hoziroq xohlayapman!

Balki, dunyoga shunaqa narsalarni berishimiz kerakdir?..

@farhodjon #ai #art #midjourney
🔥19👍6