Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Kanzasda tezlik va svetoforning qizil chirog’ida o’tishni tekshiradigan kameralar deyarli yo’q. Lekin bunaqa tezlikni tekshiradigan mobil treylerlar bor. Odatda bular mahalla ichida ko’p uchraydi.

Buning vazifasi haydovchi qanaqa tezlikda ketayotganini yaqqol ko’rsatish. Agar tezroq yurayotgan bo’lsa sekinlashni tavsiya qiladi. Jarima yozmaydi.

Ya’ni: maqsadi jazolashmas, maslahat berish yoki eslatib qo’yish. Juda yaxshi usul.

P.S.: bu yerdagi tezlik chegarasi 30 mil/soat = 48,2 km/soat.

@farhodjon #amerika #shahar
👍14🔥1😱1
Dust bowl / Chang idishi

2021-yil noyabrda Toshkent chang ichida qolganida tungi shahar “Blade Runner” filmini eslatvorgandi. Hozirgacha o’shandagi havodan nafas olib bilingan chang ta’mini eslayman. Yana bir solishtirish: “Interstellar” filmi va bu film o’sha paytdagi muhitga ko’proq mos keladi. Toshkentda yana chang miqdori oshganini eshitib hafsala buzildi.

“Interstellar” filmidagi chang to’zonlari qanaqadir kelajakdagi fantastika emas. Bu hodisa Amerika va Kanadada 1930-yillarda ro’y bergan voqealarga asoslangan. Va bu voqealar ro’y bergan paytning nomi ham mavjud: Dust Bowl - chang idishi. 1930 va 1936-yillar oralig’idagi qumli bo’ronlar bir qancha odamlar uylarini tashlab boshqa shtatlarga ko’chishi, ochlik va kasalliklardan o’lishiga olib keladi.

Bu bo’ronlarning asosiy sababi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yerni ko’r-ko’rona o’zlashtirish hisoblanadi. Dehqonchilikka qanchalik ijobiy qaralgani bilan tabiatga keltiriladigan zarar va uzoq yillik oqibatlari haqida o’ylash ham kerak.

Meni qiziqtirgan fakt bu muammoga Amerika hukumatining javobi bo’ldi:

- yer boshqaruvi va tuproqni saqlashda ishtirokini oshirgan;
- aero (osmondan) fotolar orqali xaritalar qilingan va zarur joylarga o’rmonlar qilingan (yemirilishni to’xtatish uchun);
- 1942-yilga borib 220 milliondan ortiq daraxt ekilgan: Kanadadan Texasgacha 160 km kenglikdagi zona (!);
- fermerlarga yerni to’g’ri boshqarishni yangi usullarini o’rgatgan va shu usullarni qo’llashi uchun pul to’lagan.

“Interstellar” filmiga qaytsak yana: filmning boshidagi odamlar intervyusi xuddi kelajakdagi voqealarni aytayotgan aktyorlardek tuyuladi, lekin aslida ular shu chang to’zonlarining guvohlari va 2012-yilda chiqqan “The Dust Bowl” hujjatli filmiga berilgan intervyular xolos. Kristofer Nolanning aqliga qoyil qolish kerak!

@farhodjon
👍17😢2
Far·hod·jon
Dust bowl / Chang idishi 2021-yil noyabrda Toshkent chang ichida qolganida tungi shahar “Blade Runner” filmini eslatvorgandi. Hozirgacha o’shandagi havodan nafas olib bilingan chang ta’mini eslayman. Yana bir solishtirish: “Interstellar” filmi va bu film…
Changsiz shahar

Mavzuning davomi sifatida. Odatda, toza shaharlarning ichida ochiq tuproqni topish qiyin. Tuproq imkoni boricha nima bilandir yopilgan bo’ladi. Va bu o’z-o’zidan shahar ichida tuproqdan havoga chang tarqalishini kamaytiradi.

Tuproq uch usulda yopiladi:

1. Gazon. Bu eng tabiiy va yaxshi usul. Yomg’ir ko’proq yog’adigan joylarda esa qaysi o’simlik o’sishini boshqarish yetarli bo’lishi mumkin.
2. Mulch. Odatda maydalangan yog’och yot o’simliklar o’sishini ham oldini oladi.
3. Mayda toshlar. Bular ham estetik tomondan ma’qul va qo’shimcha qarov talab qilmaydi.

Yuqoridagi suratda shu uch usul yonma-yon ishlatilganini ko’rish mumkin.

Albatta, bundan tashqari ham bir qancha faktlar ta’sir qiladi: qurilishlar soni, oqava suvlarni boshqarish, havodagi namlik, infratuzilma, mashinalar soni va hokazolar. Lekin yuqoridagi usullar sezilarli ijobiy qadam bo’lishi mumkin.

@farhodjon #shahar
👍18
2020-yilda asos solingan HeyGen startapining maqsadi - brauzer orqali kamera-mikrofonlarsiz video tayyorlash. Hozir Midjourney, Stable Diffusion va hokazolar orqali ommaviylashgan Generative AI (GenAI) toifasiga kiradi.

Avgust oyining boshida shu startap yangi imkoniyatni qo’shdi: video tarjimon. Ixtiyoriy videoni olib kerakli tilga muallifning ovozini qoldirgan holatda tarjima qilish mumkin.

Birinchi videoda turli mashhur odamlar boshqa tillarda o’zlarining ovozi bilan “gapiryapti.” HeyGen tilga qarab videodagi mimikalarni ham o’zgartiradi. Tarjimon, ovoz dyublaji va hokazolar shundoq qo’l ostida.

https://labs.heygen.com/video-translate

Ikkinchi videoda sinov uchun kun.uz’dan ixtiyoriy yangilikni olib inglizcha avatar bilan “gapirtirdim.” Video uchun turli tillardagi ovoz yoki avatar tanlash mumkin. Qisqaroq videolar uchun zo’r uskuna. Ba’zi video turlari uchun tayyor shablonlar ham bor.

Rus tilidagi memlarni ingliz va boshqa tillarga tarjima qilib bo'lishdi 😄 O’zbek tilini esa tushunmadi.

Kelajak kelib bo’ldi...

@farhojdon #ai
👍9😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2006-yilda Rossiyaning taniqli dizaynerlaridan biri - Artyom Gorbunov - klaviatura terilmasini kursorning o’zida ko’rsatishni taklif qilgandi. Orada yana boshqa dizaynerlardan ham turli takliflar yoki qanaqadir tajribalar bo’lgani ehtimoli bor. Lekin macOS Sonoma operatsion tizimida klaviatura terilmasi va Caps Lock bosilgani shundoq kursorning tagida ko’rsatiladi va bu juda yaxshi yechim: uzoqqa bormasdan yozilayotgan matnga ta’sir qiladigan indikatorlarni ko’rsa bo’ladi.

Apple, rahmat!

@farhodjon #design #apple
👍18🔥3🎉1
OpenAI 20-sentabrda rasmlar generatsiya qiladigan DALL-E modelining uchinchi versiyasini e’lon qildi. Keyinroq ChatGPT va Bing Chat’larga integratsiya qilinadi. Lekin hozirdan boshlab Bing Image Creator orqali turli fotolar yaratish mumkin.

Modelning uchinchi versiyasidagi katta o’zgarishlardan biri - “prompt”ni oson “tushunishi.” Hozirgi ko’p modellar berilayotgan matndagi ko’p detallarni tushirib qoldirishi mumkin va bu odamlarni “prompt engineering” bilan shug’ullanishiga olib keladi. DALL-E 3 bilan esa natijaga osonroq erishish mumkin.

Yaqinda Instagram’da turli davlatlarning mahalliy Coca-Cola bankasining dizaynlariga ko’zim tushgandi. Ular Midjourney bilan generatsiya qilingan.

Men esa o’zbekcha Coca-Cola bankalarini DALL-E orqali generatsiya qildim va ular, menimcha, yomon chiqmadi. Menimcha, o'zbekcha dizaynlarda bayroq ko'p ishlatiladi, shunga bayroqli kola ham bor ichida.

Qiziqqanlar uchun bu prompt’larni ishlatdim:
- Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns
- Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns. Do not use the flag. Be inspired by some ceramic dishes designed in Uzbekistan.
- Coca cola can but designed for Uzbekistan based on cotton patterns used on ceramic dishes

@farhodjon #ai #design
👍16
Manavi saytda internet artefaktlarini (topilmalarini) ko'rish mumkin:

https://neal.fun/internet-artifacts/

Masalan, internetdan avval mavjud bo'lgan - ARPANET kompyuter tarmog'ining 1977-yildagi xaritasida tarmoqdagi 111 ta kompyuterni ko'rish mumkin va yana birinchi spam email, eng birinchi smaylik muhokamasi va hokazolarni o'rgansa bo'ladi. Menga qiziq tomoni: keyinroq juda keng tarqalgan ko'p texnologiyalarning asosi 90-yillargacha qurib bo'lingani ajoyib.

@farhodjon #internet
👍13
Dieter Rams ismli afsonaviy nemis dizayneri bor (hozir 91 yoshda). Karyerasining eng taniqli qismida - 1955-yildan boshlab - Braun kompaniyasi uchun turli mahsulotlar/qurilmalar dizaynini qilgan. Butun sanoat dizayniga katta ta’sir qilgan odamlardan biri.

Masalan, bir nechta Apple qurilmalarida Braun qurilmalaridagi dizayn detallarini topish mumkin: Jony Ive, boshqa mashhur dizayner, Dieter Rams dizaynidan juda ilhomlangan. Dieter Rams 70-yillarda “yaxshi dizayn” prinsiplarini ham ishlab chiqqan.

Keltirilgan fotolarda Dieter Rams mahsulotlarida ishlatgan ranglar palitrasi keltirilgan. Juda yaxshi estetik zavq beradi.

Manba: Rams Palette.

@farhodjon #design
👍12🔥2🤮2
Humane Ai Pin

Apple bozorni to’laqonli o’zgartirgan texnologiyalarining ustida ishlagan bir nechta mashhur odamlar bor. Jony Ive’ni hamma biladi. Yana bittasi Tony Fadell: iPod, iPhone yaratilishida ishtirok etgan va keyinroq Nest kompaniyasiga asos solgan.

Lekin ko’pchilik bilmaydigan va Apple’da 19 yil ishlagan yana bir dizayner bor: Imran Chaudhri. 2018-yilda Humane kompaniyasiga asos solgan. Va yaqinda shu kompaniya o’zining birinchi mahsulotini taqdim qildi: Humane Ai Pin.

Qurilma juda o’ziga xos: xuddi to’g’nag’ichdek (”pin” nomi shundan) ko’krakka “taqiladi” va filmlardagi kelajak qurilmalarini eslatvoradi.

Kiritish, asosan, ovoz orqali: qurilma bilan gaplashiladi. Kamerasi yordamida bir nechta barmoq yoki qo’l ishoralarini taniydi. Masalan, qo’l mush qilinganda “bosh ekranga” o’tadi, bosh va ko’rsatkich barmoqlarni birlashtirganda rejim o’zgaradi va hokazo. Bundan tashqari, qurilmaning o’zi bir yoki bir necha marta tegish orqali ba’zi amallarni ishga tushirsa bo’ladi.

Chiqarish ham, asosan, ovoz orqali. Suhbat to’liq sun’iy intellekt ustiga qurilgan va ko’p savollar yoki so’rovlarga qurilma ovoz orqali javob beradi. Lekin kichik proyektor orqali kaftga sodda ma’lumotlarni ko’rsatishi mumkin.

Kamerasi xuddi harakat kameralari (action camera) kabi video va foto oladi, lekin kamera faqat hozir ko’rinib turgan tasvirni oladi xolos - turli sozlamalar yoki usullarda foto/video olish imkoniyati yo’q.

Humane.center hamma ma’lumotlarni boshqaradigan joy. Video, photo, eslatma va hokazolarni shu yerda ko’rish va boshqarish mumkin.

Sun’iy intellekti ko’p kundalik holatlar uchun mo’ljallangan: har xil savollarga javob berishdan tortib magazinlardagi mahsulotlarning narxini bilishgacha. Tavsiyalar berayotganda mavjud eslatma yoki yozuvlarga asoslanadi.

Narxi $699 - qurilma, $24 - oylik obunasi. Obunasi ichiga ChatGPT, mobil aloqa va internet ham kiradi.

Qurilma va kompaniya asoschilarining asosiy g’oyasini tushunish uchun ikkita videoni tavsiya qilaman:

- Introducing Humane Ai Pin - qurilmaning barcha imkoniyatlari ko’rsatilgan.
- The disappearing computer - Imran Chaudhri qurilmaning g’oyasi haqida kengroq tushuntirgan.

Menda eng katta savol maxfiylik: turli davralarda qurilmadan ovoz bilan foydalanish juda noqulay va jamoat joylarida matn yoki ekran to’g’riroq hisoblanadi. Hammaning oldida odam ko’kragini bosib “uni qil”, “buni qil” deb gaplashaverishi g’alati. Va boshqalarni fotoga olishi ham yaqqolmas.

Lekin birinchi videoning oxirida Imran juda yaxshi gapni keltirdi:

Humane’dagi bizning maqsadimiz hozirgi mavjud dunyo uchun emas, ertaga bo’lishi mumkin dunyo uchun qurish.
(
It’s out aim at Humane to build for the world, not as exists today, but as it could be tomorrow.)


@farhodjon #humane #apple
👍10🔥2
23andme startapi odamning so’lagidan DNK analizi qiladi va ikkita yo’nalishda ma’lumotlar beradi: nasl va sog’liq haqida.

Ikkala analizni ham alohida, ham birga sotvolsa bo’ladi. Pul to’langandan keyin ular kolba bilan instruksiya yuborishadi. Shu kolbaga tuflab analiz uchun qayta yuboriladi va keyinroq analizlar saytida paydo bo’ladi.

DNK - aslida kimyoviy yoki biologik ko’rinishda saqlangan ma’lumot xolos. 23andme’ga o’xshagan kompaniyalar ularni “o’qish” bilan shug’ullanadi. Lekin insoniyat DNKni “tahrirlash” bilan ham shug’ullanyapti: GMO - genetically modified organism yoki genetik kasalliklardan yaqin kelajakda batamom xalos bo’lish mumkin.

Nasl (ajdod) bo’yicha analizimdan chiqqan qiziq ma’lumotlar:

- 60% Markaziy Osiyolik sifatida aniqladi. Lekin ko’proq Qozog’istonni ko’rsatyapti, O’zbekistonnimas.
- 25% mo’g’ul. Chingizxon yaxshigina iz qoldirgan genlarimizda.
- 2,6% sibirlik.
- 427 ta taxminiy qarindoshlarni topdi. Ko’pi kamida 4-ajdod orqali. Orasida hindlar ham bor.
- 2% dan kamroq Neandertal DNKsi bor. Neandertallar - taxminan 40 000 yil oldin yo’q bo’lib ketgan odamlar guruhi. O’zbekistonda ham qoldiqlari topilgan.

Sog’lik bo’yicha beradigan analizlaridagi jismoniy xususiyatlarining ko’pi asli bilan to’g’ri keladi va DNK shuncha narsani “ko’tarib yurishi”ga hayron ham qolaman: sochda qancha qazg’oq bo’lishi, iyak chiqibroq turishi, quloq shakli, soch va ko’z rangi, sepkil bo’lishi, ba’zi barmoqlarning uzunligi kabi ma’lumotlar genning o’zidan chiqib kelyapti.

Bundan tashqari, startap bir qancha genetik kasalliklarga tekshiradi va bularning borligi odamga vaqtliroq harakat qilishiga imkoniyat berishi mumkin. Agar ota-onaning ham analizi topshirilsa, 23andme yana-da aniqroq ma’lumotlar berishni boshlaydi.

Juda zarur bo’lmagan holatda Black Friday, Thanksgiving va hokazo bayramlarni kutib arzonroqqa buyurtma bersa bo’ladi: shu kunlar $229 o’rniga $99 narxda.

@farhodjon
👍19🔥4😱1
Far·hod·jon
Dieter Rams ismli afsonaviy nemis dizayneri bor (hozir 91 yoshda). Karyerasining eng taniqli qismida - 1955-yildan boshlab - Braun kompaniyasi uchun turli mahsulotlar/qurilmalar dizaynini qilgan. Butun sanoat dizayniga katta ta’sir qilgan odamlardan biri.…
Braun haqida yozganim esimdan chiqishiga ulgurmasdan kompaniya tarixi va mahsulotlari haqida juda yaxshi kitob chiqibdi: Braun: Designed to Keep.

Kitob ham, xuddi Braun mahsulotlaridek, muhabbat bilan qilingan.

The Verge kitob haqida to’liqroq: Braun: Designed to Keep is a book worth holding onto.

Kitob Amazonda 62-80 dollarga sotilyapti.

@farhodjon #design
🔥12👍1😱1