Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
DeepLearning.ai juda yaxshi qisqa kurs chiqaribdi:

ChatGPT Prompt Engineering for Developers

Kursda ChatGPT (yoki kelajakdagi boshqa shunaqa mahsulotlar) injenerlar tomonidan qanday effektiv ishlatilishi yaxshi o’rgatilgan. Agar kimdir kundalik dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonida ChatGPT qanday yordam berishi mumkinligini o’ylayotgan bo’lsa, ularga ham juda foydali kurs.

Kurs faqat ChatGPT’ga fokus qilgan, lekin o’rganilgan tajribani asta-sekin paydo bo’layotgan boshqa variantlarga ham qo’llasa bo’ladi. Bunaqa modellar “oddiy” dasturlash bilan yechish qiyin bo’lgan muammolarga juda yaxshi mos keladi.

Andrew Ng - mualliflardan biri.

#chatgpt #machine_learning @farhodjon
👍7🔥4👎1
Forwarded from Nodizayn
Mashhur kompaniyalarda ishlayotgan Ex-Super Dispatch’chilar safi yana bittaga ko’paydi. Diyorbek Pinterestga UX Engineer vazifasiga qabul qilinibdi.

Super Dispatchda ishlaganlar hozir quyidagi katta kompaniyalarda ishlashmoqda:
- Uber
- Amazon
- Spotify
- Booking
- Volvo Cars
- Pinterest

Aytgancha, Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Engineering Manager
- Senior Backend Engineer (Python)
- Senior Frontend Engineer
- Senior QA Engineer

Faqat Senior va undan yuqori darajadagi nomzodlar ko’riladi. Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik, yaxshi mutaxassislarni taklif qilganlarga esa alohida “referral fee” beriladi.

Mahsulot va foydalanuvchilarga yaqinroq ishlashni, AQShdagi yuk tashish sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishni xohlovchilar uchun juda yaxshi imkoniyat.

@nodizayn #superdispatch #hiringalert
🔥10👍5
Belgiyaning qurilishga ixtisoslashgan agentligining reklamasi.

r/pics
👍19🔥4
Spider-Man: Across the Spider-Verse

O’tgan hafta bolalar bilan shu filmga tushdik va anchadan buyon, deyarli 2,5 soat o’tkazilgan vaqtdan film orqali bunchalik zavq olmagandim. Film tezda IMDB Top 250 ro’yxatida 8,8 reyting bilan 11-o’ringa (avvalgisi 66-o’rinda) chiqishga ulgurgan. Film - ZO’R!

Lekin men bu yerda filmning ikkita tomoni haqida qisqacha to’xtalmoqchiman: vizual va animatsiya.

Vizual tomondan so’nggi 20-25 yilda Pixar studiyasi qurgan yo’l deyarli hamma studiyalar tomonidan foydalanilgan: animatsion film to’laligicha uch o’lchovli grafikada qilinadi, personajlar klassik animatsiyadagi kabi cho’ziluvchan, grafika esa texnologik tomondan asta-sekin yaxshilanib boradi (fotorealizm). Masalan, Pixar’ning so’nggi filmlaridagi ba’zi sahnalarni real fotolar bilan adashtirish mumkin.

Lekin Spider-Verse qilgan o’zgarishlar: uch o’lchovli va ikki o’lchovli (+chiziladigan) animatsiyani aralashtirish, komiks stili zo’r ishlatilganligi, kadrlar tezligi film davomida o’zgarib borishi, odamlarning “noto’g’ri” fiziologiyasi va animatsiyasi, ko’zni aldaydigan detalsizlashtirish va hokazo. Bularning ko’pini boshlab bergan artist - Alberto Mielgo esa Netflix’ning “Love, Death & Robots” serialidagi eng o’ziga xos seriyalarini qilgan. Quyida havola qilingan video bularni to'laqonli tushuntiradi.

Endi esa Dreamworks, Pixar va boshqa katta studiyalar ham animatsion filmlaridagi vizual yo’nalishni o’zgartirishni boshladi va bu yaxshi: ko’z zavq oladigan animatsiya va ijodiy har xillik ko’payadi.

Filmni ko’rganimdan keyin birinchi qilgan ishim “Как Into the Spider-Verse украли у создателя” videosini ko’rish bo’ldi. Film haqida juda yaxshi video.

Keyingi qilgan ishim esa Amazon’dan filmning kitobini (art book) sotib oldim. Yuqoridagi foto shu kitobdan.

@farhodjon #kino #film #art
👍9🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Arkanzas shtatida Bentonville shaharchasida juda o’ziga xos muzey tashkil qilingan: Crystal Bridges Museum of American Art. Muzey shundoq o’rmon ichida joylashgan. Tabiat bilan juda uyg’un. O’rmon va suv bilan yaxshi uyg’unlashgan. Ichkariga tabiiy yorug’lik tushishi yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Amerikada tashrif buyurish lozim bo'lgan muzerylardan biri.

Arxitekturasi o’ta unikal bo’lgani sababli arxitektura muallifi kimligi bilan qiziqdim. Muzey Safdie Architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Meni avvalroq juda hayron qoldirgan boshqa joyning ham muallifi ekan: Singapurdagi Changi aeroporti. Bu aeroportning ichida kichik daraxtzorlar bor hatto. Yana bir binosi - Kauffman Center for the Performing Arts - bu Kansas City’da joylashgan.

@farhodjon #amerika
👍5
Va nihoyat, 15 yildan keyin Microsoft Calibri shriftidan Aptos shriftiga o’tarkan. Calibri menga boshidan yoqmagan. Hozirgi Microsoft 15 yil oldingisidan juda katta farq qiladi va shrift ham shunga mos bo’lishi kerak.

Endi navbat Adobe’ga. Mahsulot logolarida va hatto uzunroq matnlari uchun juda noqulay shrift ishlatadi.

@farhodjon #dizayn
👍8🔥1
Kanzasda tezlik va svetoforning qizil chirog’ida o’tishni tekshiradigan kameralar deyarli yo’q. Lekin bunaqa tezlikni tekshiradigan mobil treylerlar bor. Odatda bular mahalla ichida ko’p uchraydi.

Buning vazifasi haydovchi qanaqa tezlikda ketayotganini yaqqol ko’rsatish. Agar tezroq yurayotgan bo’lsa sekinlashni tavsiya qiladi. Jarima yozmaydi.

Ya’ni: maqsadi jazolashmas, maslahat berish yoki eslatib qo’yish. Juda yaxshi usul.

P.S.: bu yerdagi tezlik chegarasi 30 mil/soat = 48,2 km/soat.

@farhodjon #amerika #shahar
👍14🔥1😱1
Dust bowl / Chang idishi

2021-yil noyabrda Toshkent chang ichida qolganida tungi shahar “Blade Runner” filmini eslatvorgandi. Hozirgacha o’shandagi havodan nafas olib bilingan chang ta’mini eslayman. Yana bir solishtirish: “Interstellar” filmi va bu film o’sha paytdagi muhitga ko’proq mos keladi. Toshkentda yana chang miqdori oshganini eshitib hafsala buzildi.

“Interstellar” filmidagi chang to’zonlari qanaqadir kelajakdagi fantastika emas. Bu hodisa Amerika va Kanadada 1930-yillarda ro’y bergan voqealarga asoslangan. Va bu voqealar ro’y bergan paytning nomi ham mavjud: Dust Bowl - chang idishi. 1930 va 1936-yillar oralig’idagi qumli bo’ronlar bir qancha odamlar uylarini tashlab boshqa shtatlarga ko’chishi, ochlik va kasalliklardan o’lishiga olib keladi.

Bu bo’ronlarning asosiy sababi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yerni ko’r-ko’rona o’zlashtirish hisoblanadi. Dehqonchilikka qanchalik ijobiy qaralgani bilan tabiatga keltiriladigan zarar va uzoq yillik oqibatlari haqida o’ylash ham kerak.

Meni qiziqtirgan fakt bu muammoga Amerika hukumatining javobi bo’ldi:

- yer boshqaruvi va tuproqni saqlashda ishtirokini oshirgan;
- aero (osmondan) fotolar orqali xaritalar qilingan va zarur joylarga o’rmonlar qilingan (yemirilishni to’xtatish uchun);
- 1942-yilga borib 220 milliondan ortiq daraxt ekilgan: Kanadadan Texasgacha 160 km kenglikdagi zona (!);
- fermerlarga yerni to’g’ri boshqarishni yangi usullarini o’rgatgan va shu usullarni qo’llashi uchun pul to’lagan.

“Interstellar” filmiga qaytsak yana: filmning boshidagi odamlar intervyusi xuddi kelajakdagi voqealarni aytayotgan aktyorlardek tuyuladi, lekin aslida ular shu chang to’zonlarining guvohlari va 2012-yilda chiqqan “The Dust Bowl” hujjatli filmiga berilgan intervyular xolos. Kristofer Nolanning aqliga qoyil qolish kerak!

@farhodjon
👍17😢2
Far·hod·jon
Dust bowl / Chang idishi 2021-yil noyabrda Toshkent chang ichida qolganida tungi shahar “Blade Runner” filmini eslatvorgandi. Hozirgacha o’shandagi havodan nafas olib bilingan chang ta’mini eslayman. Yana bir solishtirish: “Interstellar” filmi va bu film…
Changsiz shahar

Mavzuning davomi sifatida. Odatda, toza shaharlarning ichida ochiq tuproqni topish qiyin. Tuproq imkoni boricha nima bilandir yopilgan bo’ladi. Va bu o’z-o’zidan shahar ichida tuproqdan havoga chang tarqalishini kamaytiradi.

Tuproq uch usulda yopiladi:

1. Gazon. Bu eng tabiiy va yaxshi usul. Yomg’ir ko’proq yog’adigan joylarda esa qaysi o’simlik o’sishini boshqarish yetarli bo’lishi mumkin.
2. Mulch. Odatda maydalangan yog’och yot o’simliklar o’sishini ham oldini oladi.
3. Mayda toshlar. Bular ham estetik tomondan ma’qul va qo’shimcha qarov talab qilmaydi.

Yuqoridagi suratda shu uch usul yonma-yon ishlatilganini ko’rish mumkin.

Albatta, bundan tashqari ham bir qancha faktlar ta’sir qiladi: qurilishlar soni, oqava suvlarni boshqarish, havodagi namlik, infratuzilma, mashinalar soni va hokazolar. Lekin yuqoridagi usullar sezilarli ijobiy qadam bo’lishi mumkin.

@farhodjon #shahar
👍18
2020-yilda asos solingan HeyGen startapining maqsadi - brauzer orqali kamera-mikrofonlarsiz video tayyorlash. Hozir Midjourney, Stable Diffusion va hokazolar orqali ommaviylashgan Generative AI (GenAI) toifasiga kiradi.

Avgust oyining boshida shu startap yangi imkoniyatni qo’shdi: video tarjimon. Ixtiyoriy videoni olib kerakli tilga muallifning ovozini qoldirgan holatda tarjima qilish mumkin.

Birinchi videoda turli mashhur odamlar boshqa tillarda o’zlarining ovozi bilan “gapiryapti.” HeyGen tilga qarab videodagi mimikalarni ham o’zgartiradi. Tarjimon, ovoz dyublaji va hokazolar shundoq qo’l ostida.

https://labs.heygen.com/video-translate

Ikkinchi videoda sinov uchun kun.uz’dan ixtiyoriy yangilikni olib inglizcha avatar bilan “gapirtirdim.” Video uchun turli tillardagi ovoz yoki avatar tanlash mumkin. Qisqaroq videolar uchun zo’r uskuna. Ba’zi video turlari uchun tayyor shablonlar ham bor.

Rus tilidagi memlarni ingliz va boshqa tillarga tarjima qilib bo'lishdi 😄 O’zbek tilini esa tushunmadi.

Kelajak kelib bo’ldi...

@farhojdon #ai
👍9😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2006-yilda Rossiyaning taniqli dizaynerlaridan biri - Artyom Gorbunov - klaviatura terilmasini kursorning o’zida ko’rsatishni taklif qilgandi. Orada yana boshqa dizaynerlardan ham turli takliflar yoki qanaqadir tajribalar bo’lgani ehtimoli bor. Lekin macOS Sonoma operatsion tizimida klaviatura terilmasi va Caps Lock bosilgani shundoq kursorning tagida ko’rsatiladi va bu juda yaxshi yechim: uzoqqa bormasdan yozilayotgan matnga ta’sir qiladigan indikatorlarni ko’rsa bo’ladi.

Apple, rahmat!

@farhodjon #design #apple
👍18🔥3🎉1
OpenAI 20-sentabrda rasmlar generatsiya qiladigan DALL-E modelining uchinchi versiyasini e’lon qildi. Keyinroq ChatGPT va Bing Chat’larga integratsiya qilinadi. Lekin hozirdan boshlab Bing Image Creator orqali turli fotolar yaratish mumkin.

Modelning uchinchi versiyasidagi katta o’zgarishlardan biri - “prompt”ni oson “tushunishi.” Hozirgi ko’p modellar berilayotgan matndagi ko’p detallarni tushirib qoldirishi mumkin va bu odamlarni “prompt engineering” bilan shug’ullanishiga olib keladi. DALL-E 3 bilan esa natijaga osonroq erishish mumkin.

Yaqinda Instagram’da turli davlatlarning mahalliy Coca-Cola bankasining dizaynlariga ko’zim tushgandi. Ular Midjourney bilan generatsiya qilingan.

Men esa o’zbekcha Coca-Cola bankalarini DALL-E orqali generatsiya qildim va ular, menimcha, yomon chiqmadi. Menimcha, o'zbekcha dizaynlarda bayroq ko'p ishlatiladi, shunga bayroqli kola ham bor ichida.

Qiziqqanlar uchun bu prompt’larni ishlatdim:
- Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns
- Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns. Do not use the flag. Be inspired by some ceramic dishes designed in Uzbekistan.
- Coca cola can but designed for Uzbekistan based on cotton patterns used on ceramic dishes

@farhodjon #ai #design
👍16
Manavi saytda internet artefaktlarini (topilmalarini) ko'rish mumkin:

https://neal.fun/internet-artifacts/

Masalan, internetdan avval mavjud bo'lgan - ARPANET kompyuter tarmog'ining 1977-yildagi xaritasida tarmoqdagi 111 ta kompyuterni ko'rish mumkin va yana birinchi spam email, eng birinchi smaylik muhokamasi va hokazolarni o'rgansa bo'ladi. Menga qiziq tomoni: keyinroq juda keng tarqalgan ko'p texnologiyalarning asosi 90-yillargacha qurib bo'lingani ajoyib.

@farhodjon #internet
👍13