Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Far·hod·jon
Yakshanba kuni Chiefs g’alaba qozondi 🎉 va shundan keyin bo’lgan voqealar: 1. Shahar chorshanba kuniga (bugun) parad e’lon qildi. 2020-yilda bo’lgan paraddagi foto yuqorida. 2. Maktablardagi o’qish parad munosabati bekor qilindi. 3. Bolalarning karate darslari…
Chorshanba kuni Kansas City Downtown’da bo’lib o’tgan paraddan fotolar. Odamlar xursand, tartibli. Lekin atrofdagi ko’chalarning hamma joyida mashina. Hatto ko’priklarning tagida ham parkovka qilingan mashinalar.

@farhodjon #kansas_city #chiefs
🔥12🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir Yer orbitasida 27 000 dan ortiq sun’iy, odam tomonidan yaratilgan jismlar aylanarkan. Wayfinder orqali shularni real vaqtda kuzatsa bo’ladi. Wayfinder - Privateer kompaniyasiga tegishli va bu kompaniyaning asoschilaridan biri - Stiv Voznyak. Kompaniya insoniyatga fazodan to’g’ri foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan.

E’tiborlisi, Starlink sun’iy yo’ldoshlari O’zbekiston ustidan ham o’tyapti va bu degani, agar davlat imkon bersa, Starlink orqali internetga chiqish imkoniyati mavjud.

Va boshqa qiziq fakt: Starlink yo’ldoshlari sekundiga 7,6 km tezlik bilan harakat qilyapti (bu minutiga 456 km, soatiga 27 360 km!). Saytda har bir jismning tezligini ko’rsa bo’ladi.

https://www.privateer.com

Eslatib o’taman, Yerning Quyosh atrofidagi orbital tezligi - soatiga 107 000 km (yoki sekundiga deyarli 30 km). Yuqoridagi sayt yuklanguncha hammamiz fazoda 30-60 kmga surilib bo’lamiz.

@farhodjon #fazo #kosmos
👍7🤔6🔥3
IKEA

IKEA’ni Lego’ga o’xshataman: ikkilasi ham mahsulotning qismlarini DIY (Do it Yourself) prinsipida sotadi. Sotib olingan qismlardan butun mahsulotni yig’ish jarayoni juda yoqimli. Ikkala kompaniya ham mahsulotdan tashqari “experience” - tajriba sotadi. Lego haqida avval yozganman.

IKEA haqida:

- Ochilmagan mahsulotlarini bir yilgacha, ochilganlarini 180 kungacha qaytarish mumkin. Yagona beriladigan savol qaytarish sababi so'raladi va bu ham IKEA'ni yaxshilash uchun.

- Misol: biz xohlagan stullar ma'lum paytda juda kam bo’ldi. O’rniga qimmatroq va yoqimsizroq stul oldik. Keyinroq stullardan biri sindi va biz xohlagan stul magazinda paydo bo'ldi. Hamma stullar (hatto singani ham) qaytarilganda ortiqcha savollarsiz pulimizni oldik va yoqqanini sotib oldik.

- Mebelning kichik qismlarini almashtirish - bepul. Masalan, turli boltlar, yog’och mixlar va hokazolarni yetkazib berishadi. Qo’llanmasidagi qism raqamini (Lego’ga o’xshab!) maxsus sahifasiga kiritib buyurtma bervorilsa bo’ldi.

- Mebellarini o’ta sifatli deyish qiyin lekin yangi uyga narsa olayotganda deyarli hamma zarur mebelni bir joydan olish mumkin va nisbatan arzon. IKEA mebellari bilan dizayn qilingan tayyor xonalar ham mavjud.

- Shourum (showroom) va magazindagi xonalar joylashuvi murakkab: xuddi xaridorning qo’lidan yetaklab olib yuradigandek. Bo’limlardan o’tayotganda albatta qo’shimcha narsalarni sotib olish fikri tug’iladi. Shu haqida 4 minutlik video: How IKEA gets you to impulsively buy more.

@farhodjon #ikea
👍10🔥2
Kecha IKEA’ga borganda olingan fotolar. Tayyor xonalar dizayni qanaqa mebelni qanday ishlatish uchun yaxshi g’oya beradi. Ikkinchi fotodagi xonaning umumiy narxi $1000 dan oshmaydi.

Shourumda sotib olinadigan mebellarning ro’yxatini yozib borish uchun ba’zi joylarda qalam va qog’oz turadi. Pardalar yorug’lik o’tkazishini ko’rsatish uchun esa sun’iy derazalar qo’yilgan.

Aytgandek, Amerikada kompaniyalar o’zlari joylashgan ko’chalarga maxsus nom tanlashi mumkin: Apple - Infinite Loop, Facebook - Hacker Way. Kanzasdagi IKEA manzili:

6000 Ikea Way,
Merriam, KS 66202

@farhodjon #ikea
🔥12👍8
Amerikada haqiqiy pochta juda muhim: davlat bilan bo’ladigan aloqa, marketing materiallari, jurnallar haligacha pochta orqali.

Boshida yuqoridagi fotodagidek xat olganimda hayron bo’lgandim: “bular tayyor karta chiqarib menga yuborishdimi”, deb. Lekin bu marketing va anavi karta shunchaki kartondan yasalgan xolos. Shunaqa xatlar ba’zida ichida konvert bilan keladi: taklif yoqsa, 1-2 ma’lumotni tayyor qog’ozga yozib, konvertga solib yuboriladi - tamom.

Boshqa holatlar:

- Haydovchilik guvohnomasiga test topshirilgandan keyin 2-3 hafta ichida guvohnoma pochtadan keladi.
- Mashinani ro’yxatdan o’tkazgandan keyin mashina raqami 1-2 haftada pochtadan keladi.
- Nyu-Yorkda metro kartasida qolgan pulimni so’raganimda pochtadan qog’oz chek oldim.
- Birinchi yil soliq hisoboti topshirilganda katta konvertda bir qancha qog’oz pochtadan yuboriladi.
- Bir marta mobil ilovada kredit kartaga ko’proq limit so’raganimdan 3-4 kun o’tib bank “uzr, limitingizni oshirolmaymiz” degan javobni pochtadan yuboribdi!
- Bankdan hisob ochilgandan keyin kartalar pochta orqali keladi.

Yana bir fakt: 2021-yilda AQSh pochta xizmati (USPS - United States Postal Service) 77 milliard dollar daromad olgan va deyarli 5 milliard dollar zarar qilgan.

@farhodjon #amerika
👍8🔥2🤔1🤬1
Mening fikrlashimni va menga dunyoni tushunishni juda soddalashtirib bergan faktlardan biri - atrofdagi juda ko’p narsalarning nisbiyligi. Bu, albatta, Nisbiylik nazariyasiga nisbatan bog’liq, lekin men aytayotganim asosan ijtimoiy tomonga yaqinroq.

Eng muhim ikkita sifat - “yaxshi-yomon” va “to’g’ri-noto’g’ri” quyidagilar asosida o’zgaradi: xalq, jamiyat, joy, davlat, tizim, vaqt, din, odam va hokazo.

Bugun biror joyda to’g’ri bo’lgan narsalar vaqt o’tib qisman yoki to’liq noto’g’ri bo’lishi mumkin (ayniqsa, siyosiy tizim o’zgarsa). Yoki odam vaqt o’tib o’zi avval to’g’ri, deb hisoblagan fikrlarini o’zgartirishi mumkin (ayniqsa, odam o’ssa). Yoki hozirning o’zida bir jamiyat noto’g’ri deb hisoblaydigan narsalarni boshqa bir jamiyat yuqori baholab qabul qilishi mumkin.

Shuning uchun, biror fikr yoki ishonchga juda qattiq yopishib “bu narsa yomon/noto’g’ri” deyiladigan narsalar shuni ta’kidlayotgan odamlar uchun muhim, lekin men uchunmas. Va bu - OK. Men ularni yoki ular meni ishontirishi yoki bir-birimizga isbotlashimiz shartmas. Chunki, vaqt/joy/tizim/jamiyat va hokazolarni o’zgartirganda men yoki ular yoki hammamiz to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishimiz mumkin. Menimcha, bir-birlarining farqlarini va tanlovlarini hurmat qilib rivojlanadigan jamiyatlar yutib chiqadi baribir.

Jeff Bezosning bir gapini aytib o’tishni lozim topardim bu yerda: fikrini tez o’zgartirgan odamlar ko’proq haq bo’lgan odamlardir (He said people who were right a lot of the time were people who often changed their minds.)

@farhodjon
👍16🔥3🤔2👎1🎉1
10x injenerlar haqida ko’p eshitganmiz va ular afsona bo’lishi mumkin (@TenxEngineer’ni hisobga olmasa). Lekin -10x injenerlarning tavsifini juda yaxshi yozishibdi:

https://taylor.town/-10x

Hazil bilan foydasiz va zararli narsalar bilan shug’ullanish uchun strategiyalar yozilgan, lekin komandalar bunaqa odamlarni aniqlab, ulardan xalos bo’lib borishi kerak doimiy ravishda.

@farhodjon
👍5🤯1
📣 Hiring alert

Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Senior Backend Engineer (Python)
- Senior Frontend Engineer
- Senior QA Engineer

Faqat Senior va undan yuqori darajadagi nomzodlar ko’riladi. Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik, yaxshi mutaxassislarni taklif qilganlarga esa alohida “referral fee” beriladi.

Mahsulot va foydalanuvchilarga yaqinroq ishlashni, AQShdagi yuk tashish sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishni xohlovchilar uchun juda yaxshi imkoniyat.

#superdispatch #hiring @farhodjon
👍11👎1🔥1🎉1