Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Sun’iy intellekt chizayotgan rasmlarning sifati oshib borayotgani hayron qoldiradi. Shu rasmlarning hammasi sun’iy intellekt tomonidan chizilgan. Iqtidorni demokratlashtirib hamma uchun qulay qilib berayotgan yaxshi soha.

Playground saytida ro’yxatdan o’tib hamma sinab ko’rishi mumkin shunaqa rasmlar qilishni. Saytdagi har bir rasm qanday usulda yaratilganini ko’rish mumkin: qanaqa “prompt” ishlatilgan, qaysi stil, qaysi so’zlar olib tashlangan va hokazo.

Prompt Engineering degan kasb ham paydo bo’lyapti: natijaga Machine Learning modeliga kerakli matnni berib erishish (aytib turishdek gap).

https://playgroundai.com/

(Saytda yoqqan mualliflarni kuzatish ham mumkin.)
🔥7👍3😢2🤔1
iOS 16.3 dan boshlab bir yil oldin sotib olingan HomePod Mini’da harorat va namlik sensorlari ishlashni boshladi. Endi, masalan, harorat yoki namlikka qarab boshqa qurilmalarni avtomatlashtirsa bo’ladi. Keyinroq tutun yoki yong’in xavfida chiqadigan ovozlarni aniqlarkan.

Yangi chiqqan “akasi” - HomePod’ni sinab ko’rmadim hozircha.
👍6🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diagram kompaniyasi dizaynerlarga yordam beradigan uskunalar qiladi. Masalan, Automator - doimiy qilinadigan ishlarni avtomatlashtiradi, Magician esa sun’iy intellekt bilan matnni (copywriting) yaxshilash yoki ikonka va rasmlar yaratishga yordam beradi.

Yaqinda e’lon qilgan Genius xuddi jamoadagi boshqa dizaynerga o’xshab Figma’da yordam beradi: nima dizayn qilinayotganiga qarab zarur komponentlarni dizayn sistemadan olib qo’yadi.

https://www.genius.design

(Dasturchilar uchun ham shunaqaroq GitHub Copilot bor.)

@farhodjon #dizayn
👍7🤔2😢1
Amazon’da har narsani topsa bo’ladi, lekin o’zbekcha qozon va o’choqni kutmagandim! 😀

@farhodjon
🔥12👍6🤔1😱1
Bugun Amerikaning eng asosiy sport bayrami - Super Bowl bo’lib o’tayapti. 3,5 soat davom etadigan o’yinning o’ziga xosliklari:

- Amerika futbolida oyoqning ishlatilishi kam. Bundoq qarasa, “oyoq to’pi” deb nomlanadigan o’yinga ko’proq xalqaro futbol to’g’ri keladi (Amerikada “soccer” deb ataladigan).

- Odamlar o’zlarining mahalliy futbol komandalarini juda yaxshi ko’rishadi. Komanda bayrog’i uylarga osilgan, mashinalarga o’rnatilgan, odamlar komanda futbolkalarida yuradi va hokazo. Hatto maktabdan keladigan xatlarda ham komanda shiori yoziladi: “Go Chiefs” - Kanzas City Chiefs komandasining shiori.

- 2022-yildan Super Bowl fevralning ikkinchi yakshanbasida bo’lib o’tyapti. Undan oldin esa fevralning birinchi yakshanbasida bo’lgan. Amerikada ba’zi bayramlar nisbiy hisoblanadi: noyabrning uchinchi payshanbasi, mayning oxirgi dushanbasi kabi.

- Amerika futbolida tanaffuslar ko’p va bu turli reklamalar uchun juda qulay: 30 sekundlik reklama 6-7 million dollarga narxlanadi. Va jami Super Bowl byudjeti 2022-yilda 14,6 milliard dollar bo’lgan.

- Biroz shahar aylansa o’yin ruhini ko’rish mumkin: odamlar komanda kiyimlarida yig’ilgan, magazinlarda komandaga bog’liq kiyim va suvenirlar sotilyapti, o’yindan oldin odamlar chips va ichimliklar g’amlagan…

Bu yil finalda Kansas City Chiefs va Philadelphia Eagles komandalari o’ynayapti. Go Chiefs!

@farhodjon
👍11🤔2
Far·hod·jon
Bugun Amerikaning eng asosiy sport bayrami - Super Bowl bo’lib o’tayapti. 3,5 soat davom etadigan o’yinning o’ziga xosliklari: - Amerika futbolida oyoqning ishlatilishi kam. Bundoq qarasa, “oyoq to’pi” deb nomlanadigan o’yinga ko’proq xalqaro futbol to’g’ri…
Yakshanba kuni Chiefs g’alaba qozondi 🎉 va shundan keyin bo’lgan voqealar:

1. Shahar chorshanba kuniga (bugun) parad e’lon qildi. 2020-yilda bo’lgan paraddagi foto yuqorida.
2. Maktablardagi o’qish parad munosabati bekor qilindi.
3. Bolalarning karate darslari ham yo’q bugun.
4. Kansas City meri parad xaritasini e’lon qildi: qayerda boshlanishi, tugashi, yopilgan yo’llar, hojatxonalar va hokazolar bilan.

Qisqasi, bugun butun shaharda mahalliy bayram 😎

@farhodjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3🤔1
Far·hod·jon
Diagram kompaniyasi dizaynerlarga yordam beradigan uskunalar qiladi. Masalan, Automator - doimiy qilinadigan ishlarni avtomatlashtiradi, Magician esa sun’iy intellekt bilan matnni (copywriting) yaxshilash yoki ikonka va rasmlar yaratishga yordam beradi. Yaqinda…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yana bitta servis: Galileo AI.

Xuddi Stable Diffusion/DALL-E/Midjourney kabi ishlaydi: qanaqa interfeys kerakligi matn sifatida beriladi va u shu tavsifga mos interfeysni Figma’da tahrirlaydigan qilib qurib beradi. Tezda prototip qilgani yoki kichikroq ilovalar uchun zudlik bilan interfeys tayyorlagani juda qulay.

https://www.usegalileo.ai

@farhodjon #dizayn
👍11🔥3🤔1
Far·hod·jon
Yakshanba kuni Chiefs g’alaba qozondi 🎉 va shundan keyin bo’lgan voqealar: 1. Shahar chorshanba kuniga (bugun) parad e’lon qildi. 2020-yilda bo’lgan paraddagi foto yuqorida. 2. Maktablardagi o’qish parad munosabati bekor qilindi. 3. Bolalarning karate darslari…
Chorshanba kuni Kansas City Downtown’da bo’lib o’tgan paraddan fotolar. Odamlar xursand, tartibli. Lekin atrofdagi ko’chalarning hamma joyida mashina. Hatto ko’priklarning tagida ham parkovka qilingan mashinalar.

@farhodjon #kansas_city #chiefs
🔥12🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir Yer orbitasida 27 000 dan ortiq sun’iy, odam tomonidan yaratilgan jismlar aylanarkan. Wayfinder orqali shularni real vaqtda kuzatsa bo’ladi. Wayfinder - Privateer kompaniyasiga tegishli va bu kompaniyaning asoschilaridan biri - Stiv Voznyak. Kompaniya insoniyatga fazodan to’g’ri foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan.

E’tiborlisi, Starlink sun’iy yo’ldoshlari O’zbekiston ustidan ham o’tyapti va bu degani, agar davlat imkon bersa, Starlink orqali internetga chiqish imkoniyati mavjud.

Va boshqa qiziq fakt: Starlink yo’ldoshlari sekundiga 7,6 km tezlik bilan harakat qilyapti (bu minutiga 456 km, soatiga 27 360 km!). Saytda har bir jismning tezligini ko’rsa bo’ladi.

https://www.privateer.com

Eslatib o’taman, Yerning Quyosh atrofidagi orbital tezligi - soatiga 107 000 km (yoki sekundiga deyarli 30 km). Yuqoridagi sayt yuklanguncha hammamiz fazoda 30-60 kmga surilib bo’lamiz.

@farhodjon #fazo #kosmos
👍7🤔6🔥3
IKEA

IKEA’ni Lego’ga o’xshataman: ikkilasi ham mahsulotning qismlarini DIY (Do it Yourself) prinsipida sotadi. Sotib olingan qismlardan butun mahsulotni yig’ish jarayoni juda yoqimli. Ikkala kompaniya ham mahsulotdan tashqari “experience” - tajriba sotadi. Lego haqida avval yozganman.

IKEA haqida:

- Ochilmagan mahsulotlarini bir yilgacha, ochilganlarini 180 kungacha qaytarish mumkin. Yagona beriladigan savol qaytarish sababi so'raladi va bu ham IKEA'ni yaxshilash uchun.

- Misol: biz xohlagan stullar ma'lum paytda juda kam bo’ldi. O’rniga qimmatroq va yoqimsizroq stul oldik. Keyinroq stullardan biri sindi va biz xohlagan stul magazinda paydo bo'ldi. Hamma stullar (hatto singani ham) qaytarilganda ortiqcha savollarsiz pulimizni oldik va yoqqanini sotib oldik.

- Mebelning kichik qismlarini almashtirish - bepul. Masalan, turli boltlar, yog’och mixlar va hokazolarni yetkazib berishadi. Qo’llanmasidagi qism raqamini (Lego’ga o’xshab!) maxsus sahifasiga kiritib buyurtma bervorilsa bo’ldi.

- Mebellarini o’ta sifatli deyish qiyin lekin yangi uyga narsa olayotganda deyarli hamma zarur mebelni bir joydan olish mumkin va nisbatan arzon. IKEA mebellari bilan dizayn qilingan tayyor xonalar ham mavjud.

- Shourum (showroom) va magazindagi xonalar joylashuvi murakkab: xuddi xaridorning qo’lidan yetaklab olib yuradigandek. Bo’limlardan o’tayotganda albatta qo’shimcha narsalarni sotib olish fikri tug’iladi. Shu haqida 4 minutlik video: How IKEA gets you to impulsively buy more.

@farhodjon #ikea
👍10🔥2