Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Yo’l ishlari boshlanishi - 28-sentabr 2022.

Yonimizdagi ko’chada mana shu ekran taxminan 2 haftadan beri turibdi. Yo’l ishlari (remont) boshlanishidan oldin haydovchilar shunaqa ogohlantiriladi. Ishlar tugagandan keyin bu ekran boshqa joyga olib ketadi.

@FarLives #aqsh #amerika #transport
👍25🤔1😱1😢1
Amerikada tezlik cheklovlari

Amerikada avtomobil tezligi uchun cheklovlar shtat yoki hudud tomonidan qo'yiladi - butun mamlakat uchun yagona cheklov yo'q. Lekin nisbatan umumiy ishlatiladigan cheklovlarni payqash mumkin:

35 mil/soat (56 km/soat) - shahardagi "o'rtacha" ko'chalarning ko'pida shu cheklov qo'yilgan.

10-20-30 mil/soat (16-32-48 km/soat) - mahalla va maktab hududlari, piyodalar ko'p uchraydigan maxsus hududlar.

40 mil/soat (64 km/soat) - nisbatan kengroq va avtomobil to'g'ri harakat qiladigan ko'chalar (bunaqa ko'chalar soni yuqoridagilardan kam).

40-70 mil/soat (64-112 km/soat) - piyodalar kutilmaydigan va tezlikka mo'ljallangan trassalar. Bu trassalarda svetofor ham kam uchraydi. Qo'shiladigan va chiqib ketadigan oqim alohida xavfsiz yo'ldan foydalanadi.

Lekin yo'llardagi xavfsizlikni oshirish faqat tezlikni boshqarish bilan cheklanmaydi: avtomobil oqimini tinchlantirish uchun boshqa usullar ham ishlatiladi. Masalan:

- yo'lning eni kichraytiriladi (toraytiriladi);
- yo'nalish egiladi (to'g'ri katta yo'lda odam tabiiy ravishda tezlikni oshiradi);
- piyodalar xavfsizligi uchun turli to'siqlar qo'yiladi;
- tasodifiy to'qnashuvlarning oldini olish uchun infrastruktura yaxshilanadi.

Tezlikning yo'ldagi halokatlarga aloqasi muhim. AAA Foundation (1947-yilda tashkil qilingan) izlanishlariga ko'ra, 2018-yilda o'lim bilan yakunlangan to'qnashuvlarning 68 foizida tezlik 40 mil/soatdan (64 km/soat) yuqori bo'lgan. Tezlik 25 mil/soatdan (40 km/soat) kam bo'lgandagi o'limlarning foizi - 12%.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2016-yil hisobotiga ko'ra, AQShda 100 000 odamdan 12.4 kishi yo'l hodisalarida halok bo'lgan. Shu ko'rsatkich O'zbekiston uchun 11.5 (kamroq).

Quyidagi foto AQSh Transport Departamentining “Tezlik cheklovi asoslari” qo'llanmasidan.

@FarLives #transport #amerika
👍14🤔1😱1😢1
Amerikadagi maktablarda “parent-teacher conference” deb nomlangan qisqa uchrashuvlar bor. Bu uchrashuvda ota-ona va o’qituvchi bolaning o’qishdagi o’zgarishlari va maktabdagi tajribasini muhokama qilishadi.

Yaqinda maktab konferensiyalar uchun yuborgan taklifnomasini erinmasdan ikkita tilga tarjima qilib yuborishibdi. Yana tarjimon ham berishmoqchi agar lozim bo’lsa 😅

P.S.: maktabga ro’yxatdan o’tkazayotganda uydagi tillar sifatida o’zbek va rus tillarini ko’rsatgandik.

#maktab #amerika
👍24🔥11🤔1😱1😢1🎉1
Kansas City Downtown 2022-yil bahorida.
Yuqori sifatlisi Unsplash’da.
👍10🔥4🎉1
AirPods Pro 2

AirPods Pro’ning birinchi versiyasi bilan taxminan ikki yillik tajribam bor. Shu ikki yil ichida naushniklarini ikki marta almashtirdim: eng birinchi chiqqan partiyasida muammo bo’lgandi.

Yaqinda chiqqan ikkinchi versiyasini sentabrda sotib oldim va 2-3 ta o’zgarishlari bilan bo’lishmoqchiman. Yuqoridagi videoda unboxing (qutisini ochish) jarayoni.

Menga eng yoqqan tomonlari:
1. Apple Watch zaryadniklariga mos kelishi juda foydali. Va magniti boshqa metall tekisliklarga qo’yish imkoniyatini beradi (xolodilnikka, masalan).
2. Qutisini (case) Find My ilovasi orqali topish, tovush chiqartirish mumkin.
3. Ovozni ko’tarish va tushirish uchun boshqaruv bor. Endi ko’chada “Siri, volume up/down” deyish yoki telefonni olish shartmas.
4. Nisbatan yaxshiroq shovqinni kamaytiryapti.
5. Sotib olishda tanlangan yozuv/emoji operatsion tizimdayam paydo bo’ladi 🤯

Umuman olganda, yaxshi xarid, deb hisoblayman.
👍16🔥3🎉3🤮1
Sohadagi yangilik va o'zgarishlardan xabarsiz qolib ketmaslikning yaxshi yo'lini topganman: newsletters (yangilik obunalari). Har kuni saytlar yoki Twitter/LinkedIn/va h.k.larni o'qish shartmas - bir yoki ikki haftada pochtamga kelgan xatni saralab o’qib chiqish yetarli.

Engineering bo’yicha uchta newsletter o’qiyman:

- Hacker Newsletter: hafta davomida Hacker News saytiga qo’yilgan va yuqori reytingli postlarning yig’indisi. Postlar turli kategoriyalarga bo’linib keladi.

- ByteByteGo Newsletter: katta masshtabdagi tizimlarning dizayni haqida (system design). System Design Interview kitobi muallifi tomonidan yuritiladi.

- The Pragmatic Engineer Newsletter: dasturiy ta’minot sohasi bo’yicha maslahatlar va sohada bo’layotgan katta o’zgarishlarni yaxshi yoritadi.

Hozircha shular.
👍14🔥4
Anchadan buyon shaxsiy va ish maqsadlari uchun ikki xil brauzer ishlataman: Safari va Brave (avval Chrome bo’lgan). Yaxshi tomonlari:

- kontekstni aniq ajratadi;
- Google, Notion kabi servislarda hisob almashtirish shartmas, Command+Tab bilan boshqa brauzerga o’tish yetarli;
- ish tugaganda brauzer yopiladi xolos;
- brauzerga o’rnatilgan kengaytmalar yoki brauzer moslamalari ham maqsadga qarab o’zgaradi.

Lekin bu usulning bitta salbiy tomoni bor: har safar biror havolani (link) “qo’lda” zarur brauzerda ochish kerak. Copy/paste qilaverish yoqimsiz va mahsuldorlikka yomon ta’sir qiladigan ish.

Choosy - maxsus havolalarni zarur brauzerda ochish yoki brauzer tanlash imkoniyatini beradigan dastur (faqat macOS uchun). Moslamalarida qaysi URL’ni qaysi brauzerda ochish yoki biror domendagi saytlar ochilayotganda brauzer tanlash imkoniyatini qo’yish mumkin. Brauzer sifatida xohlagan dasturni ko’rsatish mumkin: Notion, Slack, Figma va h.k. va bu holatda, masalan, https://www.figma.com/file/… kabi havolalarni Figma dasturida ochadi.

$10 ga bu yerdan sotib olinadi: https://choosy.app
👍9
Hozir ko’p texnologiya kompaniyalari odamlarni ishdan bo’shatyapti. Meta, Twitter, Stripe kabi kompaniyalarga Amazon ham qo’shildi: 10 000 atrofida ishchini bo’shatarkan. Shu vaziyatning nomi ham bor: The Tech Winter (tex-qish). TrueUp saytida esa texnologik kompaniyalardagi bo’shatishlarni interaktiv kuzatsa bo’ladi:

https://www.trueup.io/layoffs
👍9🤔2😱1🎉1🤮1
​​Noyabr boshida O’zbekistonga kichik safar bilan bordim. Birinchi kun ro’y bergan ikkita noqulaylik haqida yozyapman. Bular qisman o’zimning axmoqligim va 12-soatlik parvozdan keyingi charchog’imdan ham kelib chiqqan, lekin ikkalasi ham “kiydirish” haqida.

1. Aeroportdan chiqishim bilan aeroport rasmiy taksisi Labzakkacha bo’lgan narxni 75 000 so’mga baholadi. Biroz qimmatmasmi, degan xayol bilan tashqarida turgan taksist bilan gaplashdim. U “o’n besh” dedi. O’z-o’zidan “15 000 so’m negadir arzonroq, borsam qo’shim beraman”, deb o’yladim. Lekin biroz yurganimizdan keyin surishtirsam, taksist atayin pul birligini aytmagan ekan: 15 dollar. Aeroportdan hech qancha yurmay tushib qoldim.

2. IMEI. Axmoqona, faqat pul o’marish uchun o’ylab topilgan tizim. Menda elektron sim karta va uni alohida ro’yxatdan o’tkazish lozim ekan. Bilayn ofisidan Pochtaga yuborishdi, u yerda elektron sim kartani hech narsa qilolmas ekan. O’zimning nomimga real sim karta ham ololmadim: O’zbekiston passporti yonimdamasdi. Keyin Bilayn ofisiga qaytib borib real sim kartani qayta oldim. Ertansiga sayti orqali IMEI ro’yxatdan o’tkazish ham ishlamadi: qo’li qiyshiq programmistlar yozgan tizim passportimni tekshirolmadi.

Birinchi holatda Yandex Go, MyTaxi kabi tizimlar bir xil raqobatda ishlashiga yo’l qo’yish yetarli. Ular o’zlari aeroportga planshet yoki taksi kompaniyalari kichik ofislar ochishi mumkin (xuddi dunyoning ko’p davlatlaridagidek).

Ikkinchi holat bo’yicha: menimcha, bu yerda davlat xalqni kiydiryapti. Mening telefonim Toshkentda sotib olingan va realmi, elektronmi sim karta ishlayverishi kerak. Men o’zimning pulimga sotib olgan telefonga yana qo’shimcha pul talab qilishi o’ta ochofatlik. Yangi iPhone 14 olayotganlarga achinaman ham: bechoralar boshqa telefonga real sim karta qo’yib, keyin ro’yxatdan o’ta olishadi.
👍20😢10🤮3
Rassomlar ArtStation saytida (portfolio yuritishadi) sun’iy intellektga qarshi bosh ko’taryapti 😅

https://www.artstation.com/?sort_by=trending
👍8🤮1
Can Do vs. Can’t Do Cultures

Bir paytlar Andressen Horovitzning shu maqolasiga ko’zim tushganda boshida tushunmaganman, keyinroq esa hayotga, ishga bo’lgan qarashimni katta o’zgartirgan fikrlardan biri bo’ldi.

Xullas, ikkita madaniyatni kuzatish mumkin odamlarda va komandalarda:

Bajarsa bo'ladi - yoki qo’lim(iz)dan keladi. Juda kuchli yondashuv. Dunyoni o’zgartirgan texnologiyalarning hammasi shunaqa fikrlaydigan odamlar tomonidan yaratilgan: kompyuter, telefon, internet va hokazo.

Bajarib bo’lmaydi - yoki qo’lim(iz)dan kelmaydi. Eng oson yondashuv va tezda ko’p narsadan voz kechishni ta’minlaydi. Bu madaniyatdagi komandalar g’oya nega o’xshamasligi yoki qiyinligiga ko’proq fokus qilishadi va boshidanoq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi: ishtiyoq darajasi past.

Har qanday ish boshlanayotganda atrofda “can’t do” yondashuvidagi odamlar uchraydi va hayotda ularning soni va ta’sirini kamaytirib borish foydali mashg’ulot.

https://a16z.com/2014/02/06/6147/

Maqola so’nggida yaxshi gap yozilgan: Don’t hate, create.
👍13🔥2
Noyabrda O’zbekistondan qaytishda Dubay va Beyrutga kichik sayohat qildim. Shaharlar haqidagi fikrlar alohida mavzu, lekin shu safar davomida bitta yaxshi servis topdim va boshqalarga ham asqotishi mumkin.

2019-yilda Drimsim xizmatidan foydalanishimni aytgandim. Pandemiya va undan keyingi paytda hisobimdagi pul tugab simkartasi ishlamay qoldi.

Dubayda aeroportda bir kunga tekin simkarta berishdi va keyingi kun hisobimga $13 pul tushirdim va safar oxirigacha yetdi. Livanda sharoit og’ir va simkarta taxminan $30-40 bo’lishini aytishdi va kichik safar uchun offlayn xarita va ochiq Wi-Fi yetarli bo’ldi.

Lekin Beyrut aeroportida Simly servisiga ko’zim tushdi: elektron simkarta orqali ishlaydi va internet aloqasi uchun tariflari qoniqarli. Masalan, Turkiyada turist sifatida yangi simkarta olish (xotiram aldamayotgan bo’lsa) narxi $30 kamida. Yarim kun uchun qimmatroqdek tuyuladi. Lekin Simly orqali yuklangan simkarta narxi $6.

Simly’ning yana yaxshi tomoni unga oyiga/yiliga pul to’lab borish shartmas. Lozim bo’lganda elektron (!) simkarta olinadi va u o’zi o’chib ketadi. Boshqarish va almashtirish ham faqat foydalanuvchi interfeysi orqali.

https://www.simlyapp.com
👍15
So’nggi paytlar kimdir kitob tavsiya qilishimni so’rasa ikkita kitobni ko’p taklif qilarkanman:

The Subtle Art of Not Giving a F*ck: A Counterintuitive Approach to Living a Good Life (Goodreads)

Bir paytlar o’qigandan keyin yaqinda audiosini eshitib chiqdim va har yili bir martadan eshitib borishga qaror qildim. Hayotga qarashni yaxshigina o’zgartiradigan kitoblardan biri. Hayotdagi mas’uliyatni to'laqonli olish, muvaffaqiyatni aniqlash, orzular, baxt va hokazolarga muallif o'zining qarashini yaxshi yoritgan.

O’zbekcha xalq tiliga “… qo’yishning nozik san’ati” deb tarjima qilsa to’g’riroq bo’lardi, lekin asaxiy.uz saytidagi nomi - “Beparvolikning nozik san’ati” (ruschasi - “Тонкое искусство пофигизма”).

Sapiens: A Brief History of Humankind (Goodreads)

Insoniyatning katta tarixini hikoya qilib beradigan kitob fikrlashni ham kengaytiradi: hozirgi mayda muammolar, madaniyatlar, fikrlar, qarashlar o’ta darajada muhimligini yo’qotadi va qisman hozirgi odamlarning qarashlari va odatlari qayerdan bunaqaligini tarixiy kontekstda yaxshi tushuntiradi.
🔥9👍5😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Leks Fridman podkastida Magnus Karlsen bilan gaplashganda Magnus O’zbekiston yosh shaxmatchilarini maqtagandi (to’liq suhbat). Bugun Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni yutdi! 😊

https://twitter.com/ChesscomLive/status/1616143570276319232
🔥16👍8
Dasturiy ta’minot dunyoni egallab borishining qiziq tomonlari chiqib kelyapti. Quyida ikkita misol.

Massachusets shtatidagi maktabda 2021-yilning 24-avgustidan beri chiroq o’chmayotganmish. Elektr energiyasini va shu bilan pul tejash kerak bo’lgan tizim 10 yil oldin o’rnatilgan (yangi maktab qurilganda), lekin 2021-yilda dasturiy ta’minot ishdan chiqqan. Shundan buyon maktabdagi chiroqlarni o’chirish imkoniyati yo’q 😅
Koronavirus tufayli lozim bo’lgan qismlar maktabga kechikib, shu yilning fevralida o’rnatilib, tizim yangilanishi kutilyapti va nihoyat chiroqlarni o'chirish imkoniyati bo'larkan.

2023-yil 11-yanvarda AQShning NOTAM (Notice to Air Missions - havo missiyalariga bildirish) tizimi deyarli 12 soat davomida yangilanishlarni berolmay qoldi. Bu esa 32 578 ta parvozga ta’sir qilgan: ba’zilari kechiktirilgan, ba’zilari bekor qilingan. Keyin aniqlanishicha, bir injener adashib bir faylni boshqasi bilan almashtirvorgan. Bu tizim, aslida, ancha eski - 1947-yildan boshlangan, lekin kompyuterlashgan tizimi ham 20-30 yil oldin qurilgan bo’lsa kerak.

Shunaqa voqealarga duch kelganimda Mark Andressenning “Nega dasturiy ta'minot dunyoni yeb boryapti” nomli maqolasi esimga kelaveradi: Why Software Is Eating the World
👍12🤔1😱1😢1
​​The Last of Us

3-4 ta o’ta o’ziga xos o’yinlar bor. Shulardan biri - The Last of Us. O’yin “action-adventure” (jangari-sarguzasht) janrida qilingan va xuddi filmlarni eslatadi. O’yin dunyosi, voqealar, syujeti va qahramonlarining hissiyotlariga o’ynayotgan odam ishonadi.

Asosan Sharqiy Osiyoda tarqalgan Korditseps degan zamburug’lar guruhi bor. Ular biror hashorotga yuqqandan keyin hashorotning miyasi va muskullarini boshqarishni boshlaydi va hashorotni zamburug’ changini tarqatish uchun qulay joy tanlashga “majburlaydi”. Joy tanlangandan keyin hashorotning miyasidan zamburug’ o’sib chiqadi va changini tarqatishni boshlaydi. Shu haqida 4 minutlik National Geographic videosi.

The Last of Us o’yinida shu zamburug’ rivojlanib, nishon sifatida changni eng tez tarqatadigan jonzotni tanlaydi: odamlar. Pandemiya boshlanishidan oldin o’yinning asosiy qahramoni - Joel - qizidan ayriladi. Keyinroq normal hayot faqat maxsus zonalardagina qoladi va shaharlarning asosiy qismini Korditseps boshqaradigan turli zombilar egallaydi.

Joelning vazifasi esa zamburug’ga immuniteti bor Ellini “Fireflies” nomli guruhning doktorlariga yetkazish. Bu - insoniyat uchun umid: Ellidan foydalanib vaksina ishlab chiqarish ehtimoli bor. O’yin davomida Joelning Elliga bo’lgan munosabati “shunchaki yetkaziladigan yuk”dan “deyarli qizim”ga o’zgaradi.

O’yin odamlarga qanaqa ta’sir qilganini bitta video bilan ifodalash mumkin: 2016-yilda o’yinning ikkinchi qismi taqdimotiga turli odamlarning reaksiyasi - The Last of Us Part II - Reveal Reactions.

Yaqinda esa shu o’yin asosida ishlangan serial chiqdi. Serial o’yinning dunyosini biroz o’zgartiradi, lekin umuman adaptatsiya sifatida qaralganda eng muvaffaqiyatli o’yin adaptatsiyasi hisoblanyapti (IMDB: 9.4/10). Ikkita seriyasi chiqqan bo’lsa ikkalasiyam yoqdi. Pedro Paskal Joel rolida zo’r (bola yetkazib berishni yana kimgayam topshirsa bo’ladi 😅). Lekin Elli roliga olingan Bella Ramsi haqida sal ikkilanaman: ko’rinishidan juda kuchli, o’nta maxluqni bir urishda o’ldiradigan qizga o’xshaydi; o’yinning birinchi qismidagi Elli esa sodda va kuchsizroq.

Har qanday holatdayam, ham o’yinni, ham serialni qattiq tavsiya qilaman. O’yinning bastakori - Gustavo Santaolalya - serial uchun ham musiqa yozgan. O’ta qiziqqanlar uchun esa o’yin yaratilishi bo’yicha hujjatli film ham bor (juda boy): Grounded: The Making of The Last of Us.
👍15🔥3😢1
​​AQSh ma’muriy bo’linishi

Amerikaga 2021-yilgacha tashrifimda AQShning ma’muriy va qisman geografik jihatdan ikkita narsa qiziqtirgan xolos: shtatlar va shaharlar. Lekin bu yerda ko’proq yashash davomida davlat aslida ancha murakkabligi bilinadi.

Masalan, biz biladigan 50 ta shtat bor. Va Vashington shahari yoki Kolumbiya okrugi bor - biror shtatning ichiga kirmaydigan mustaqil hudud hisoblanadi (amerikaliklar bir xil nomdagi shtat bilan adashtirmaslik uchun “Washington, D.C.” deyishadi doim). Lekin AQShga tegishli boshqa hududlar ham mavjud: Amerika Samoasi, Guam, Puerto Riko kabi va bir qancha mayda orollar.

Shtat esa okruglarga bo’linadi. Inglizchasi “county” (”country” bilan adashtirilmasin). Men hozir yashayotgan Prairie Village shahari Johnson County (JoCo) ichiga kiradi. Johnson County esa 104 ta qolgan okrug bilan birga Kanzas shtatini tashkil qiladi.

Har bir okrug va shahar shtatnikidan tashqari o’zining savdo solig’ini qo’yishi mumkin: Prairie Village shahari savdo solig’i - 1%, JoCo solig’i - 1.48%, Kanzas shtati solig’i - 6.5% va 1% maxsus soliq; jami - 9.98%. Shu soliqlar qanaqa sarflanishi qarab maktab, politsiya va boshqa xizmatlarning darajasi shahar yoki okrugga qarab katta farq qilishi mumkin.

Prezident saylovlarida ham okrug ichidagi aholining tanlovini yaqqol ko’rish mumkin. Kanzas respublikachilar (qizil) shtat bo’lishiga qaramasdan, ichida 5 ta okrug 2020-yilda Baydenga ovoz bergan. Xuddi Kaliforniya demokratlar (ko’k) shtati bo’lsa ham shtatning shimoliy va ba’zi markaziy okruglari - qizil.
👍4😢1
Sun’iy intellekt chizayotgan rasmlarning sifati oshib borayotgani hayron qoldiradi. Shu rasmlarning hammasi sun’iy intellekt tomonidan chizilgan. Iqtidorni demokratlashtirib hamma uchun qulay qilib berayotgan yaxshi soha.

Playground saytida ro’yxatdan o’tib hamma sinab ko’rishi mumkin shunaqa rasmlar qilishni. Saytdagi har bir rasm qanday usulda yaratilganini ko’rish mumkin: qanaqa “prompt” ishlatilgan, qaysi stil, qaysi so’zlar olib tashlangan va hokazo.

Prompt Engineering degan kasb ham paydo bo’lyapti: natijaga Machine Learning modeliga kerakli matnni berib erishish (aytib turishdek gap).

https://playgroundai.com/

(Saytda yoqqan mualliflarni kuzatish ham mumkin.)
🔥7👍3😢2🤔1