Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
No-code, low-code

So'nggi paytlarda yaxshigina ommaviylashgan va rivojlanib borayotgan mavzulardan biri — muammolarni kodsiz yoki kam kod orqali yechish. Odatdagi dasturiy mahsulot qurish jarayonidan farqli ravishda (coding → building → testing → deployment), "no-code/low-code" yechimlar orqali shundoq foydalanuvchi interfeysining o'zida biror mahsulot qurish mumkin.

- No-code: umuman kod yozishni talab qilmaydigan uskuna yoki servislar.
- Low-code: natijaga kodsiz yoki kam kod orqali erishishni ta'minlaydi.

Hozirgi kunda ikkalasining orasiga aniq chegara qo'yish qiyin: ikkala turdagi mahsulotlar ham kodsiz, ham kam kod orqali natijaga erishish uchun imkoniyat beradi.

Bunaqa uskunalarning eng katta beradigan yordamlari:
1. Muammoni yechish yoki jarayonlarni optimallashtirish uchun chuqur bilim yoki dasturlashni o'rganish shart emas. Sohaga kirvolish oson.
2. Katta tezlikda yechimni tekshirish va tasdiqlash imkoniyati mavjud.
3. Mavjud mahsulotga o'zgarish kiritmagan holatda foydalanuvchilarga qo'shimcha funksional berish mumkin (ayniqsa, katta mijozlarga).

Odatda, misol sifatida eng birinchi keltiriladigan uskunalar:

- Airtable. Nisbatan oddiy jadvaldan (Google Sheets raqobatchisi) boshlangan bu uskuna hozir juda kuchli yechimga aylangan. Ichida bemalol 2-3 turdagi mahsulotlarning sodda variantini yasash mumkin: CRM, ma'lumotlar ombori, Trello/JIRA nusxasi va hokazo. O'zida turli jarayonlarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi interfeysi qurish imkoniyatini ham beradi. Yaqinda o'zim Airtable orqali maxsus yechim qurganimda uning imkoniyatlariga ishonch hosil qildim.

- Zapier yoki Integromat. Bu uskunalar turli servislarni bir-biriga bog'lab beradi. Masalan, ularda quyidagiga o'xshagan workflow qursa bo'ladi: kimdir Trello'da yangi topshiriq yaratsa, uning detallarini menga pochta orqali yubor, keyin xuddi shunaqa topshiriqni JIRA'da yarat, keyin Airtable'da ish boshlangan vaqtni yozib qo'y va Slack orqali komandaga e'lon qil. Qo'lda qilinadigan juda ko'p jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.

- Webflow. Saytni kodsiz qurish. Tayyor shablonlar asosida va interfeys yordamida to'laqonli saytni ishga tushirish mumkin.

- Xohishga qarab yana bir qancha servis va uskunalarni turli kataloglardan topish mumkin. Masalan, bu yerdan: https://www.nocode.tech/tools

Menimcha, yaqin yillarda mijozlarga shu uskunalar orqali yechim taklif qilish ko'payadi. Ba'zi odamlar faqat shunaqa yechimlar ustida ishlashga fokus qilishi ham mumkin.

Bu mavzuda to'liqroq, o'zining tajribasidan kelib chiqib Vasily Zubarev (aka vas3k) ham ingliz tilida, ham rus tilida yaxshi maqola yozgan.

#nocode
😢3
Far·hod·jon
Keychron K3: mexanik klaviatura (mechanical keyboard) Iyul oyining boshidan beri ishlatayotgan klaviaturam haqida yozdim: https://farhodjon.uz/8YIy9fWVKUL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va nihoyat, Keychron menga har tomondan ma’qul keladigan klaviaturani ko’rsatdi: Keychron K8 Pro.

Orada bir K1 klaviaturasiga qiziqqandim va K2 dizayni yoqqandi. Lekin ikkalasining ham klavishlar joylashuv tartibi (layout) yoqmagandi. K8 Pro’da alohida joyda ko’rsatkich klavishlari turishi yoqdi va dizayni xuddi K2 kabi. Yana alohida klavishlarga maxsus funksiyalar qo’ysa bo’ladi.

Loyiha, hozircha, Kickstarter’da:

https://www.keychron.com/products/keychron-q1
🔥9👍4
Google I/O 2022

Google kompaniyasining yillik Google I/O konferensiyasi, odatda, yilning may oyida bo'lib o'tadi. Men hozir faqat asosiy taqdimotiga (keynote) to'xtalmoqchiman. 2 soatlik to'liq video bu yerda va The Verge'dan 18 minutlik qisqa video quyida.

https://youtu.be/U82aw8WEYAM

Menimcha, so'nggi paytlarda Google qilayotgan anonslar ko'proq Apple'nikiga yaqinlashib boryapti. Google, bir tomondan, Facebook kabi reklama asosiga qurilgan bizneslar bilan, turli qurilmalar va operatsion tizim biznesida Apple bilan, bulut servislari bo'yicha esa ham Amazon, ham Microsoft bilan raqobat qiladi. Lekin hozirgi holat va imkoniyatlari bilan Google kelajakda uchala katta kompaniyadan (Apple/Amazon/Microsoft) ham kengroq masshtabdagi biznesga aylanishi mumkin.

Taqdimotdan yaqqol ko'zga tashlanadigan narsa: Google o'zining ekotizimini rivojlantirishga jiddiy kirishgan. Asosiy anonslar:

- Pixel 6A. Arzonroq ($449 narx), nisbatan kuchsizroq kamera, kamroq batareya quvvati bilan. Google avvalroq Apple o'zining smartfonlaridan naushnik (quloqchin?) portini olib tashlagani ustidan kulishiga qaramasdan, Pixel 6A ham bu portga ega emas.
- Pixel Watch. Google va Samsung birga ishlayotgan Wear OS tizimida ishlaydi va Google yaqinda sotib olgan Fitbit bilan integratsiya bo'ladi.
- Pixel Buds Pro. Shovqinni kamaytiradigan naushniklar. Har xil ranglari bor.
- Android kattaroq ekranga moslashuvi va Pixel brendidagi planshet (kelajakda).
- Google Wallet. Turli bank kartalari, biletlardan tashqari endi AQShda haydovchi guvohnomasini (deyarli passport) ham saqlash va lozim bo'lganda ishlatish mumkin.
- Ko'zoynak konsepti. Hali yetarlicha detallar mavjudmas, lekin Google (yana) ishlayotgan ko'zoynak konseptini ko'rsatishdi. Foydalanuvchiga qachon, qanaqa ko'rinishda yetib borishi aniqmas. O'tgan yili ko'rsatilgan Project Starline haqida ham biror narsa deyishga hali erta.
- Sun'iy intellekt hamma joyda. Bu borada hozir Google'ga yetadigan kompaniya yo'q, menimcha. Foydalanuvchilarning hamma ma'lumotiga ega bo'lishning qo'shimcha katta foydasi.
- Android 13 evolyutsion ravishda rivojlanishda davom etadi (juda katta o'zgarishlar kam).
- Google foydalanuvchilar ma'lumoti maxfiyligi haqida jiddiy qayg'urayotganini ko'rsatishga harakat qildi. Lekin asosan reklamadan daromad oladigan kompaniyaga sal ishonish qiyinroq va menimcha, Google shu daromadni boshqa manbalardan olishga o'zgartirmoqchi.
- Va boshqa turli reklama, qidiruv, xarita va hokazo bilan bog'liq o'zgarishlar.

Mendagi hissiyot: qurilmalar va operatsion tizim borasida Google xuddi Apple'ga yetvolishga juda qattiq harakat qilayotgandek. Yuqoridagi ro'yxatni quyidagicha qisqartirish mumkin:

- Pixel 6A — Apple iPhone Mini yoki iPhone SE
- Pixel Watch — Apple Watch
- Pixel Buds Pro — Apple AirPods Pro
- Pixel tablet — Apple iPad (menimcha, xuddi iPad kabi turli variantlarda bo'ladi)
- Google Wallet — Apple Wallet
- Ko'zoynak — katta ehtimol bilan Apple yashirincha ishlayotgan ko'zoynakiga raqobat.

Bu borada Google'ga (va balki hammaga/dunyoga) yetishmayotgan narsa: personal kompyuterlar uchun to'laqonli operatsion tizim. Bir tomondan, Chrome OS bor lekin uni (hozircha) murakkabroq topshiriqlar uchun ishlatib bo'lmaydi. Windows bilan esa to'laqonli integratsiya yo'q va bo'lmaydi ham. Shuning uchun, Apple ekotizimi to'laqonliroq.

@FarLives #google #googleio
👍12🤔3🔥1
Odamlarning maxfiylik huquqi haqida keyinroq va batafsilroq to’xtalaman, lekin yaqinda chiqqan ikkita videoni bo’lishmoqchiman quyida.

Birinchisi DuckDuckGo qidiruv tizimidan (asosiy qidiruv sifatida ishlatayotganimga ancha bo’ldi) va The Police guruhining "Every Breath You Take" ("Olayotgan har bir nafasing") qo’shig’iga moslab ishlangan:

https://twitter.com/DuckDuckGo/status/1526555252236988419


Ikkinchisi Apple’dan "Data Auction" ("Ma’lumotlar auksioni") deb nomlanadi va reklama asosida pul topadigan kompaniyalar sizning (bizning) ma’lumotlarimizni sotishi haqida:

https://youtu.be/NOXK4EVFmJY

Ma’lumotlarimizni asraylik 😇

@FarLives #maxfiylik #apple #duckduckgo #google #facebook
👍6🔥1😱1
​​Til va mamlakat #2

Bir paytlar interfeyslarda turli tillarni mamlakatlarga bog'lashni tanqid qilgandim, ayniqsa, davlatlarning bayroqlaridan foydalanib:

Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin.
Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari).

Apple macOS 12.4 versiyasidan boshlab kiritish manbalaridagi (input sources) bayroqlarni olib tashladi. Endi kiritish manbasini (klaviatura terilmasini) tanlaganda, faqat ikki belgili til kodi ko'rsatiladi — "US", "РУ", "GB" kabi (quyida).

Bu yerda ikki narsani taxmin qilish mumkin:

1. Apple estetik/dizayn tomondan turli rangdagi ikonkalarni menyuda ko'rinishini yoqtirmagan bo'lishi mumkin.
2. Apple til va mamlakatni bir-biriga bog'lashdan voz kechyapti.

Jon Gruberning yozishicha, ikkinchi taxmin to'g'ri. Va bunga men ham qo'shilaman. This is the way.

#dizayn
👍18🔥3
Biroz kechikkan bo’lsam ham bo’lishgim keldi: James Webb va Hubble teleskoplaridan olingan fotosuratlarning solishtirilgani. Yaqinda ishini boshlagan James Webb chuqur koinotning ancha tiniq fotosini beryapti.

Ikkinchi fotodagi galaktikalar to’plami esa 4,6 milliard yil oldin shunaqa ko’rinishda bo’lgan (yorug’lik tezligi, aslida, sekin). Shu galaktikalarda bir qancha sivilizatsiyalar paydo bo’lib yo’qolishi (yo’qolgan bo’lishi) mumkin va biz bundan bexabar qolaveramiz. Qaysidir uzoqroq galaktikada yerni kuzatayotgan mavjudotlar, katta ehtimol bilan, dinozavrlarni ko’radi hozir.

Afsuski, yaqin 500-1000 yil ichida odamzod uzoq galaktikalarga faqat film va o’yinlarda sayohat qilolsa kerak…

Teleskopdan olinayotgan fotolar NASA’ning Flickr albomida yig’ilyapti, qiziqqanlar bo’lsa.

#koinot
👍12🔥1🤔1😢1
Keychron K8 Pro

Yangi klaviatura haqidagi fikrlarimni bir postga yig’dim. K8 Pro bilan tajribam 10 kundan oshdi xolos. Lekin birinchi taassurotlar ijobiy 😊

https://farhodjon.uz/aVwyUGKK0rI

#qurilmalar #keychron @FarLives
👍10🔥1
Super Dispatch komandasiga quyidagi mutaxassislarni chaqiradi:

- Engineering Manager
- Senior Backend (Java) Engineer
- DevOps Engineer - Platform
- Backend (Python) Engineer - Platform

Havolalar orqali o’tib, vazifalar bilan tanishgandan so’ng Apply To Position yoki Apply Using LinkedIn tugmalari orqali aloqaga chiqiladi.

Bu pozitsiyalar bo’yicha intern va boshlovchilar (junior) qabul qilinmaydi.

Bo’lishish va tarqatish uchun katta rahmatim. Agar taklif qilingan biror mutaxassisni komandaga olsak va u odam biz bilan 90 kundan keyin ham qolsa, taklif qilgan odam $500 oladi (detallarini pochta/Telegram orqali muhokama qilamiz).

#superdispatch #hiring @FarLives
👍9🔥2🤔2😢1🎉1
📹 Shanba videolari - 13

"Shanba videolari"ning 13-soni yetib keldi. Boshqa foydali va qiziq videolar bilan izohlarda bo'lishishni taklif qilaman.

Stardew Valley bir odam tomonidan qanday qilingan?

Qanaqadir juda samimiy va sodda o'yin bor - Stardew Valley. O'yinning syujeti shahar hayotidan zerikkan odam bir kichik qishloqqa borib tinch hayot kechirishi atrofiga qurilgan. Steam sahifasidagi 417 ming taqriz asosidagi reytingi: haddan tashqari pozitiv.

Lekin o'yinning eng asosiy o'ziga xosligi o'yinning ichidamas - butun boshli o'yin yagona odam tomonidan yaratilganligi. O'yin dizayneri - Erik Baron o'qishni bitirganidan keyin ish topishda qiynalgan va portfolio uchun kichik bir o'yin qilishga qaror qiladi va hozirda o'yinning 10 milliondan ko'p nusxasi sotilgan. Quyidagi video o'yin yaratilishi haqida:

🌐 https://youtu.be/4-k6j9g5Hzk

Best Ever Food Review Show: O'zbekiston

Menimcha, Turizm qo'mitasi bir nechta mashhur ovqat blogerlari bilan hamkorlik qilib yaxshi ish qildi. Hatto O'zbekistonning o'zida yashab yurgan odamlar ham ancha narsa o'rganadi 🙂 Men bilgan va ko'rganlarim:

- Mark Viens
- The Food Ranger:
- bir
- ikki
- uch
- to'rt

Va Best Ever Food Review Show (to'g'ri, nomi uzun) 2022-yilda O'zbekistonga yana tashrif buyurib, sarguzashtlarini uzunroq video qilgan. Menga yoqqan tomoni - faqat osh, go'sht, somsalarmas, sumalak haqida ham lavha tayyorlangani: Navro'z ham bizning mintaqamizning o'ziga xos bayrami.

🌐 https://youtu.be/bFzpqWXFSTo

RealLifeLore kanali

Kanaldagi ilmiy-ommabop videolaridan tashqari aynan geosiyosat mavzusida qiladigan videolari yoqadi:

- Yaqin Sharq chegaralari muammosi
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: ortiqcha hududlar
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: Ispaniya
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: anklav va eksklavlar
- Nega Turkiya Istanbulni orolga aylantiryapti?
- Qanday qilib koinot siz o'ylagandan ko'ra ancha katta

Chegaralar masalasida: deyarli hamma zamonaviy davlatlarning chegaralari so'nggi 200-300 yil ichida nisbatan kattaroq davlatlar tomonidan aniqlangan. Britaniya, Ispan, Sovet, Usmoniylar, Yapon va hokazo imperiyalarning parchalanishi davomida paydo bo'lgan davlatlar chegalariga shu imperiyalar siyosatining ta'siri katta. Xuddi hozirgi sobiq Sovet davlatlari chegalari kabi.

Siz bilmagan Istanbul

O'zbek tilidagi kontentga kam ko'zim tushadi, lekin Subyektiv kanali Istanbul haqida yaxshi video tayyorlagan:

🌐 https://youtu.be/CUX8v7J7gXs

- - - - - - - -

Afsuski, Anton Ptushkin urushdan keyin rus tilida video tayyorlashni to'xtatdi. Lekin ingliz tilidagi kanalini rivojlantirishni boshladi yaqindan:

https://www.youtube.com/c/Antonsomewhere

Omon bo'ling! ✌️

@FarLives #shanba_videolari #youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Apple'ning kuzgi taqdimoti. 7-sentabr 2022.

So'nggi ikki yil ichida foydalanuvchilar va texnologiya blogerlari Apple'dan butunlay yangi qurilma kutishyapti: AR ko'zoynak (augmented reality - kengaytirilgan/to'ldirilgan reallik). Lekin 7-sentabrda bo'lib o'tgan taqdimotda bu haqida hech qanday yangilik bo'lmadi.

Watch 8/SE/Ultra

Bozorda mavjud qurilma modellarini yangilashdan tashqari, sportchilar va yovvoyiroq tabiatga sayohat qiluvchilar uchun mo'ljallangan Ultra modelini taqdim qildi:

- titandan yasalgan yangi qobiq dizayni;
- asosiy tugmasi kattaroq va qo'shimcha moslashtiriladigan tugma mavjud;
- "oddiy" ukalariga nisbatan suvga, changga va notabiiy haroratga chidamliroq;
- 36 soatga yetadigan batareya (oddiy soatlarda 18 soat).

Bu soat to'g'ridan-to'g'ri Garmin soatlari bilan raqobat qiladi (The Verge nashri "Garmin keyingi Nokia?" degan maqola ham chiqargan). Lekin Garmin soatlarining quvvati haftalarga yetishi mumkin (xuddi eski smartfonlarniki kabi). Va Apple bu torroq sohaga endi kirib keldi va Ultra'ning keyingi versiyalari bundan-da boyroq bo'ladi.

Qo'shimcha ravishda soatlarning eski modellarini ham yangiladi - Apple Watch Series 8 vs Apple Watch SE:

- avariya yoki to'qnashishni aniqlash;
- uyquni chuqurroq tahlil qilish;
- Series 8 modeli tana haroratini ham o'lchaydi.

AQShdagi narxlari:
- SE - $249;
- Series 8 - $399;
- Ultra - $799.

iPhone 14 /Plus/Pro/Pro Max

Va nihoyat, iPhone'ning oddiy va Pro modellari farqi kattalashyapti. Eski modellarda farq faqat ekran kattaligi va yaxshiroq kamera bilan ifodalanardi xolos. 14-versiyadan boshlab smartfonning peshonasida joylashgan qismi (notch, чёлка) alohida ajralalib "dinamik orolcha"ga aylandi (Dynamic Island). Qurilmaning bu o'ziga xosligidan Apple juda zo'r foydalangan: tizim interfeysidagi xabarlar va turli yangilanib turadigan elementlar shu orolchani to'ldiradi yoki ajralib chiqadi. Videosi quyida.

Apple hamma modellariga qo'shayotgan yana bir katta o'zgarish - sun'iy yo'ldosh orqali SMS xabarlarini yuborish. Mobil aloqa tarmoqlaridan foydalanish imkoniyati yo'q joylarda iPhone'ni sun'iy yo'ldoshga moslab cheklangan xabarlar yuborish va qabul qilish mumkin. Bu xizmat AQSh va Kanadada ishga tushadi va 2 yil ichida bepul bo'ladi.

Boshqa yangilanishlar odatdagidek:
- batareya ko'proq vaqtga yetadi;
- kamera yaxshiroq;
- soatlardagi kabi avariya va to'qnashishlarni aniqlaydi;
- videoni stabillashtirish kuchartirilgan;

Pro modellarida:
- kamera sensori katta - 48 MP;
- doim yoniq ekran va ekran sifati yuqori;

Pro modelini hisobga olmasa, nisbatan evolyutsion o'zgarishlar. Shaxsan menga yangi model(lar) qiziqmas.

Narxlari:
- asosiy modeli (iPhone 14) - $799;
- Plus - $899;
- Pro - $999;
- Pro Max - $1099.

AirPods Pro

Buning yangi modelini o'tgan yilning so'nggidan boshlab kutayotgandim. Va asosiy yangilik yo'qotishsiz (lossless) musiqani simsiz tinglash imkoniyati bo'lishi ehtimoli edi. Afsuski, bu model ham AirPods Pro uchun revolyutsion emas. Juda foydali yangilik esa soatlar yoki yangi iPhone'lar uchun ishlatiladigan quvvat beruvchi qurilmalardan foydalansa bo'ladi.

- - - - - - - -

To'liq taqdimot (1,5 soat) va har doimgidek, The Verge nashridan qisqaroq (30 minut) video:

https://youtu.be/J7XUuhQV5vA

Umuman olganda, Apple so'nggi paytlarda taqdim qilayotgan yangi modellar yaxshi va o'zining chipi asosidagi kompyuterlari zo'r. Agar 2016-yilda chiqqan AirPods'ni batamom yangi qurilma sifatida qarasak, oxirgi 6 yilda Apple faqat bor qurilmalarni rivojlantiryapti xolos (bizning ko'zimiz bilan, albatta). Balki, keyingi yil metavers bozoriga Apple ham kirib boradi.

#apple #qurilmalar
👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
iPhone 14 Pro’ning dinamik orolchasi (dynamic island) haqida video. Xuddi shu kabi qurilma va interfeys uzluksiz (seamless) ishlaydigan yana bir joy bor: ovozni boshqarish - interfeysdagi elementlar tugmalarning yonida chiqadi.
😢5🔥1🤔1
iOS 16

Bugundan boshlab smartfonlarni Apple’ning yangi operatsion timizga yangilash mumkin.

Har doimgidek, MacStories nashri juda chuqur va detallar bilan to’la taqriz (review) chiqargan. Dizaynerlar, mobil dasturchilar va umuman interfeys dizayni bilan qiziquvchilar uchun foydali. Ko’p yangi imkoniyatlar eski versiyasi bilan yonma-yon solishtirilgan.

https://www.macstories.net/stories/ios-16-the-macstories-review/

Menga hozircha yoqqan o’zgarishlar:
- Yangi Lock Screen (qulf ekrani? qulflangan ekran?). Fotodan obyektlarni aqlli kesishga o’xshagan mayda detallari zo’r. Va vidjetlar foydali.
- Audio va video pleyerlaridagi mayda yoqimli o’zgarishlar.
- Boshqa ilovalarda yillar oldin paydo bo’lgan imkoniyatlar: yuborilgan xabarni tahrirlash yoki qaytarish, keyinroq yuborish kabi.
- Fotodan obyektlarni oson kesvolish (ko’p holatlarda kutilganidek ishlayapti).

#apple #ios
👍6🔥2
Speed Reading kitobida ko’z va miya tezligi haqida bir fakt bor: miya ko’zdan ko’ra tez ishlaydi va matndagi har bir harf/so’zni o’qish shart emas. So’zlar orasidagi bo’shliqqa e’tibor berib “sakrab” o’tganda ham miya kerakli ma’lumotni olvoladi. Va bu o’qish tezligini sezilarli oshiradi.

O’qish tezligini oshiradigan yangi usul chiqdi yaqinda: Bionic Reading. Bu usul miya so’zlarni birinchi 2-3 harflaridan to’ldirvorishi asosida ishlaydi:

masalan, bu gapni o’qish uchun kamroq vaqt sarflanadi.

Bionic Reading foydalanish uchun tayyor: veb yoki mobil ilovasini ishlatish mumkin, brauzer uchun kengaytmasi bor, qayta ishlangan matnni yuklab olish yoki Kindle’ga yuborish mumkin.

➡️ https://bionic-reading.com

#mahsuldorlik
👍15😱4🔥2🎉1
​​Okey, Amerika!

2021-yilda hayotimizda katta o'zgarish bo'ldi: o'tgan yilning noyabridan boshlab AQShda yashayapmiz (yozda ikki oy O'zbekistonda o'tkazilgan vaqtni hisobga olmasa). Hozircha, buni yangi madaniyat va yangi joyni chuqurroq o'rganish uchun yaxshi imkoniyat va qiziq bir tajriba sifatida ko'ryapmiz. Shuning uchun, sarlavha "Salom, Amerika!" emas, "Okey, Amerika!" — bu Amerikaga bir imkoniyat berishdek gap.

Har qanday ko'chishning boshida bo'ladigan o'tish davri va qiyinchiliklar bilan nisbatan kelishvoldik va endi shu tajriba va Amerikaning o'ziga xosliklari bilan bo'lishishga tayyorman. Kanalda/blogda endi Amerikaning turli xususiyatlari haqida xabarlar va maqolalar ko'proq bo'ladi.

Bundan oldin Amerikaga taxminan 7 marta kelganman va 9 ta shtatini ko'rganman. Lekin hamma safarim, asosan, ish bilan bog'liq bo'lgan va Amerikaga turist sifatida qaraganman. Bunda kundalik hayotda uchraydigan bir qancha o'ziga xosliklariga e'tibor berilmaydi. Endi hamma shtatlarini qamrab chiqish va atrofdagi davlatlarni ham o'rganishga yaxshi imkoniyat bor. Va bolalar uchun ham yangi tajriba.

Endi yozadigan ba'zi postlarim Amerikani O'zbekiston bilan solishtirishdek tuyulishi mumkin, lekin mening asosiy maqsadim o'zim payqagan yoki meni hayron qoldirgan yangi bilimni yetkazish bo'ladi. Solishtirib bo'lmaydigan narsalarni solishtirishga qat'iy qarshiman.

Yana bir cheklab o'tadigan mavzuim: Amerikaga qanaqa ketish/kelish bo'yicha maslahatlar. Men bu masala bo'yicha mutaxassis emasman va noto'g'ri ma'lumot berishim ehtimoli katta.

Yoziladigan postlarga ko'proq dunyoqarashni kengaytirish sifatida qaralishini xohlardim. Turli xalqlar, madaniyatlar, mamlakatlar urf-odatlari va hayot tarzini o'rganish dunyoga kengroq qarashga yordam beradi.

Quyidagi fotoda Amerikaning odatiy ko’chalaridan biri. 2022-yil yanvar.

Omon bo'ling! ✌️

@FarLives #aqsh #amerika
👍28🔥6🎉2🤔1😱1😢1
Unsplash

2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professional fotoapparat sifatida Fujifilm X-T4 tanlandi (bunda yordam bergan Jamshid Nazarovga katta rahmat). Birinchi qadamlar deyarli hamma narsani fotoga olish, noto'g'ri tahrirlash kabi xatolar bilan boshlanishiga qaramay, asta-sekin fotolar sal yaxshilanishni boshladi. Shunchaki hobbi sifatida yaxshi mashg'ulot.

Boshida faqat Instagram'ga qo'yilgan fotolarni keyinroq Unsplash'ga ham qo'yishni boshladim. Unsplash - sifatli, professional fotolardan bepul foydalanish imkoniyatini beradigan platforma. Unsplash'ning yana bir yaxshi xususiyati bor: u Notion, Trello, Figma kabi uskunalarga integratsiya qilingan va shu uskunalarning o'zida Unsplash fotolaridan foydalanish mumkin.

O'zbekiston yoki Toshkentning sifatli fotolari kerak bo'lganda Unsplash'dagi profilimdan yuklab olish mumkin. Sayohatlarimda uchraydigan yaxshi kadrlarni ham qo'yib boraman asta-sekin.

➡️ https://unsplash.com/@far5n10v

Instagram'dagi sahifam shunchaki kuzatish uchun:

https://www.instagram.com/far5n10v/

P.S.: Adiblar xiyobonida olingan fotomdan Jozef Gordon-Levit ham foydalandi orada 🙂

P.P.S.: Yuqoridagi foto Turkiyaning Alanyasida 2021-yilda olingan.

@FarLives #fotografiya
👍15🔥3😱1🎉1