Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Siz shaxsiy ma’lumotlaringiz qayerda saqlanishini xohlardingiz?
Anonymous Poll
17%
O’zbekistonda
59%
O’zbekistondan tashqarida (kompaniya hal qiladi qayer)
24%
Farqi yo’q
(Eski) Loyihalar bo’yicha yangiliklar

Ming yil oldin Tas-IX Checker va Yangichek degan kengaytmalar qilgandim Chrome uchun. Ikkalasiniyam muhimligi yo’qolgan va endi ular GitHub arxivida:

- https://github.com/farhodjon/tasix-checker
- https://github.com/farhodjon/yangichek

O’zbek tili uchun qilgan klaviatura terilmalarini ham qo’llab-quvvatlashga imkoniyatim juda kam, shuning uchun, ularni ham GitHub’ga qo’ydim. Keyinroq arxivlanadi. Xohlagan odam shu yerdan terilmalarni yuklab olishi yoki ularni o’ziga va boshqalarga moslashtirib ketishi mumkin:

- https://github.com/farhodjon/uzbek-typography-layouts

#loyiha
Turli foydali loyihalarni qo’llab-quvvatlab turish yaxshi odat. Loyihalar shunchaki tor doiradagi odamlarga yordam berishi mumkin (masalan, o’zimga) yoki butun insoniyatga.

Shunaqa loyihalardan biri - Vikipediya. Insoniyatning juda katta bilimi shu yerda to’plangan va bu bilim ochiq va bepul: interneti bor xohlagan odam dunyoning istalgan nuqtasidan foydalanishi mumkin. Reklamalarsiz, ortiqcha to’siqlarsiz.

Vikipediyani yuritadigan Vikimedia fondiga qo’ldan kelgancha yordamni bu yerda berish mumkin:

https://donate.wikimedia.org/
Aytgandek, jamoalar yoki mahsulot boshqaruviga, kelajakda C-, VP yoki Director darajasida ishlashni xohlovchilar yoki umuman jamoa sifatida yaxshiroq ishlashga qiziqadiganlar uchun Plato Elevate konferensiyasi qiziq bo’lishi mumkin.

3 kun onlayn davom etadigan konferensiya har kuni bitta yo’nalishga fokus qiladi:

1-kun: Technical Leadership
2-kun: Product Leadership
3-kun: Engineering Team Leadership

Tajribasi bilan bo’lishadiganlarning ko’pi katta kompaniyalarda CTO, Director of Product/Engineering, VP Engineering kabi lavozimlarda ishlaydi. Masalan, Reddit CTO, Slack VP of Engineering, HackerRank CEO va hokazo.

Dasturi, ro’yxatdan o’tish va boshqa detallari saytida:

https://elevate.platohq.com/

Bepul chiptalari cheklangan.
Keychron K3: mexanik klaviatura (mechanical keyboard)

Iyul oyining boshidan beri ishlatayotgan klaviaturam haqida yozdim:

https://farhodjon.uz/8YIy9fWVKUL
Super Dispatch tajribali mutaxassislar qidiruvida

Komandamizga turli sohalardagi professionallarni taklif qilamiz. Hozirda quyidagi lavozimlar ochiq:

- Engineering Manager (Germaniyadan ham odam izlayapmiz)
- Manual QA Engineer
- Senior/Middle Python Engineer
- Senior/Middle Frontend Engineer

Rezyume bu yerga yuboriladi:

https://superdispatch.breezy.hr/?&department=Engineering#positions

Aytgandek, agar biror professionalni taklif qilsangiz va u odam biz bilan 3 oydan keyin ham qolsa, biz sizga $500 beramiz. Odamlarni taklif qilish uchun email (far@superdispatch.com) yoki Telegram (@farhodjon) aloqaga chiqish mumkin.

E’lonni tarqatishga yordam berganlardan juda minnatdor bo’laman.

#superdispatch
Mahsulot dizaynerlari uchun Yandex to'liq videokurs chiqaribdi (rus tilida):

https://youtube.com/playlist?list=PLLkvpHo_HuBP1cdW1fSZV9uKjiVXPw55p
No-code, low-code

So'nggi paytlarda yaxshigina ommaviylashgan va rivojlanib borayotgan mavzulardan biri — muammolarni kodsiz yoki kam kod orqali yechish. Odatdagi dasturiy mahsulot qurish jarayonidan farqli ravishda (coding → building → testing → deployment), "no-code/low-code" yechimlar orqali shundoq foydalanuvchi interfeysining o'zida biror mahsulot qurish mumkin.

- No-code: umuman kod yozishni talab qilmaydigan uskuna yoki servislar.
- Low-code: natijaga kodsiz yoki kam kod orqali erishishni ta'minlaydi.

Hozirgi kunda ikkalasining orasiga aniq chegara qo'yish qiyin: ikkala turdagi mahsulotlar ham kodsiz, ham kam kod orqali natijaga erishish uchun imkoniyat beradi.

Bunaqa uskunalarning eng katta beradigan yordamlari:
1. Muammoni yechish yoki jarayonlarni optimallashtirish uchun chuqur bilim yoki dasturlashni o'rganish shart emas. Sohaga kirvolish oson.
2. Katta tezlikda yechimni tekshirish va tasdiqlash imkoniyati mavjud.
3. Mavjud mahsulotga o'zgarish kiritmagan holatda foydalanuvchilarga qo'shimcha funksional berish mumkin (ayniqsa, katta mijozlarga).

Odatda, misol sifatida eng birinchi keltiriladigan uskunalar:

- Airtable. Nisbatan oddiy jadvaldan (Google Sheets raqobatchisi) boshlangan bu uskuna hozir juda kuchli yechimga aylangan. Ichida bemalol 2-3 turdagi mahsulotlarning sodda variantini yasash mumkin: CRM, ma'lumotlar ombori, Trello/JIRA nusxasi va hokazo. O'zida turli jarayonlarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi interfeysi qurish imkoniyatini ham beradi. Yaqinda o'zim Airtable orqali maxsus yechim qurganimda uning imkoniyatlariga ishonch hosil qildim.

- Zapier yoki Integromat. Bu uskunalar turli servislarni bir-biriga bog'lab beradi. Masalan, ularda quyidagiga o'xshagan workflow qursa bo'ladi: kimdir Trello'da yangi topshiriq yaratsa, uning detallarini menga pochta orqali yubor, keyin xuddi shunaqa topshiriqni JIRA'da yarat, keyin Airtable'da ish boshlangan vaqtni yozib qo'y va Slack orqali komandaga e'lon qil. Qo'lda qilinadigan juda ko'p jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.

- Webflow. Saytni kodsiz qurish. Tayyor shablonlar asosida va interfeys yordamida to'laqonli saytni ishga tushirish mumkin.

- Xohishga qarab yana bir qancha servis va uskunalarni turli kataloglardan topish mumkin. Masalan, bu yerdan: https://www.nocode.tech/tools

Menimcha, yaqin yillarda mijozlarga shu uskunalar orqali yechim taklif qilish ko'payadi. Ba'zi odamlar faqat shunaqa yechimlar ustida ishlashga fokus qilishi ham mumkin.

Bu mavzuda to'liqroq, o'zining tajribasidan kelib chiqib Vasily Zubarev (aka vas3k) ham ingliz tilida, ham rus tilida yaxshi maqola yozgan.

#nocode
😢3
Far·hod·jon
Keychron K3: mexanik klaviatura (mechanical keyboard) Iyul oyining boshidan beri ishlatayotgan klaviaturam haqida yozdim: https://farhodjon.uz/8YIy9fWVKUL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va nihoyat, Keychron menga har tomondan ma’qul keladigan klaviaturani ko’rsatdi: Keychron K8 Pro.

Orada bir K1 klaviaturasiga qiziqqandim va K2 dizayni yoqqandi. Lekin ikkalasining ham klavishlar joylashuv tartibi (layout) yoqmagandi. K8 Pro’da alohida joyda ko’rsatkich klavishlari turishi yoqdi va dizayni xuddi K2 kabi. Yana alohida klavishlarga maxsus funksiyalar qo’ysa bo’ladi.

Loyiha, hozircha, Kickstarter’da:

https://www.keychron.com/products/keychron-q1
🔥9👍4
Google I/O 2022

Google kompaniyasining yillik Google I/O konferensiyasi, odatda, yilning may oyida bo'lib o'tadi. Men hozir faqat asosiy taqdimotiga (keynote) to'xtalmoqchiman. 2 soatlik to'liq video bu yerda va The Verge'dan 18 minutlik qisqa video quyida.

https://youtu.be/U82aw8WEYAM

Menimcha, so'nggi paytlarda Google qilayotgan anonslar ko'proq Apple'nikiga yaqinlashib boryapti. Google, bir tomondan, Facebook kabi reklama asosiga qurilgan bizneslar bilan, turli qurilmalar va operatsion tizim biznesida Apple bilan, bulut servislari bo'yicha esa ham Amazon, ham Microsoft bilan raqobat qiladi. Lekin hozirgi holat va imkoniyatlari bilan Google kelajakda uchala katta kompaniyadan (Apple/Amazon/Microsoft) ham kengroq masshtabdagi biznesga aylanishi mumkin.

Taqdimotdan yaqqol ko'zga tashlanadigan narsa: Google o'zining ekotizimini rivojlantirishga jiddiy kirishgan. Asosiy anonslar:

- Pixel 6A. Arzonroq ($449 narx), nisbatan kuchsizroq kamera, kamroq batareya quvvati bilan. Google avvalroq Apple o'zining smartfonlaridan naushnik (quloqchin?) portini olib tashlagani ustidan kulishiga qaramasdan, Pixel 6A ham bu portga ega emas.
- Pixel Watch. Google va Samsung birga ishlayotgan Wear OS tizimida ishlaydi va Google yaqinda sotib olgan Fitbit bilan integratsiya bo'ladi.
- Pixel Buds Pro. Shovqinni kamaytiradigan naushniklar. Har xil ranglari bor.
- Android kattaroq ekranga moslashuvi va Pixel brendidagi planshet (kelajakda).
- Google Wallet. Turli bank kartalari, biletlardan tashqari endi AQShda haydovchi guvohnomasini (deyarli passport) ham saqlash va lozim bo'lganda ishlatish mumkin.
- Ko'zoynak konsepti. Hali yetarlicha detallar mavjudmas, lekin Google (yana) ishlayotgan ko'zoynak konseptini ko'rsatishdi. Foydalanuvchiga qachon, qanaqa ko'rinishda yetib borishi aniqmas. O'tgan yili ko'rsatilgan Project Starline haqida ham biror narsa deyishga hali erta.
- Sun'iy intellekt hamma joyda. Bu borada hozir Google'ga yetadigan kompaniya yo'q, menimcha. Foydalanuvchilarning hamma ma'lumotiga ega bo'lishning qo'shimcha katta foydasi.
- Android 13 evolyutsion ravishda rivojlanishda davom etadi (juda katta o'zgarishlar kam).
- Google foydalanuvchilar ma'lumoti maxfiyligi haqida jiddiy qayg'urayotganini ko'rsatishga harakat qildi. Lekin asosan reklamadan daromad oladigan kompaniyaga sal ishonish qiyinroq va menimcha, Google shu daromadni boshqa manbalardan olishga o'zgartirmoqchi.
- Va boshqa turli reklama, qidiruv, xarita va hokazo bilan bog'liq o'zgarishlar.

Mendagi hissiyot: qurilmalar va operatsion tizim borasida Google xuddi Apple'ga yetvolishga juda qattiq harakat qilayotgandek. Yuqoridagi ro'yxatni quyidagicha qisqartirish mumkin:

- Pixel 6A — Apple iPhone Mini yoki iPhone SE
- Pixel Watch — Apple Watch
- Pixel Buds Pro — Apple AirPods Pro
- Pixel tablet — Apple iPad (menimcha, xuddi iPad kabi turli variantlarda bo'ladi)
- Google Wallet — Apple Wallet
- Ko'zoynak — katta ehtimol bilan Apple yashirincha ishlayotgan ko'zoynakiga raqobat.

Bu borada Google'ga (va balki hammaga/dunyoga) yetishmayotgan narsa: personal kompyuterlar uchun to'laqonli operatsion tizim. Bir tomondan, Chrome OS bor lekin uni (hozircha) murakkabroq topshiriqlar uchun ishlatib bo'lmaydi. Windows bilan esa to'laqonli integratsiya yo'q va bo'lmaydi ham. Shuning uchun, Apple ekotizimi to'laqonliroq.

@FarLives #google #googleio
👍12🤔3🔥1
Odamlarning maxfiylik huquqi haqida keyinroq va batafsilroq to’xtalaman, lekin yaqinda chiqqan ikkita videoni bo’lishmoqchiman quyida.

Birinchisi DuckDuckGo qidiruv tizimidan (asosiy qidiruv sifatida ishlatayotganimga ancha bo’ldi) va The Police guruhining "Every Breath You Take" ("Olayotgan har bir nafasing") qo’shig’iga moslab ishlangan:

https://twitter.com/DuckDuckGo/status/1526555252236988419


Ikkinchisi Apple’dan "Data Auction" ("Ma’lumotlar auksioni") deb nomlanadi va reklama asosida pul topadigan kompaniyalar sizning (bizning) ma’lumotlarimizni sotishi haqida:

https://youtu.be/NOXK4EVFmJY

Ma’lumotlarimizni asraylik 😇

@FarLives #maxfiylik #apple #duckduckgo #google #facebook
👍6🔥1😱1
​​Til va mamlakat #2

Bir paytlar interfeyslarda turli tillarni mamlakatlarga bog'lashni tanqid qilgandim, ayniqsa, davlatlarning bayroqlaridan foydalanib:

Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin.
Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari).

Apple macOS 12.4 versiyasidan boshlab kiritish manbalaridagi (input sources) bayroqlarni olib tashladi. Endi kiritish manbasini (klaviatura terilmasini) tanlaganda, faqat ikki belgili til kodi ko'rsatiladi — "US", "РУ", "GB" kabi (quyida).

Bu yerda ikki narsani taxmin qilish mumkin:

1. Apple estetik/dizayn tomondan turli rangdagi ikonkalarni menyuda ko'rinishini yoqtirmagan bo'lishi mumkin.
2. Apple til va mamlakatni bir-biriga bog'lashdan voz kechyapti.

Jon Gruberning yozishicha, ikkinchi taxmin to'g'ri. Va bunga men ham qo'shilaman. This is the way.

#dizayn
👍18🔥3
Biroz kechikkan bo’lsam ham bo’lishgim keldi: James Webb va Hubble teleskoplaridan olingan fotosuratlarning solishtirilgani. Yaqinda ishini boshlagan James Webb chuqur koinotning ancha tiniq fotosini beryapti.

Ikkinchi fotodagi galaktikalar to’plami esa 4,6 milliard yil oldin shunaqa ko’rinishda bo’lgan (yorug’lik tezligi, aslida, sekin). Shu galaktikalarda bir qancha sivilizatsiyalar paydo bo’lib yo’qolishi (yo’qolgan bo’lishi) mumkin va biz bundan bexabar qolaveramiz. Qaysidir uzoqroq galaktikada yerni kuzatayotgan mavjudotlar, katta ehtimol bilan, dinozavrlarni ko’radi hozir.

Afsuski, yaqin 500-1000 yil ichida odamzod uzoq galaktikalarga faqat film va o’yinlarda sayohat qilolsa kerak…

Teleskopdan olinayotgan fotolar NASA’ning Flickr albomida yig’ilyapti, qiziqqanlar bo’lsa.

#koinot
👍12🔥1🤔1😢1
Keychron K8 Pro

Yangi klaviatura haqidagi fikrlarimni bir postga yig’dim. K8 Pro bilan tajribam 10 kundan oshdi xolos. Lekin birinchi taassurotlar ijobiy 😊

https://farhodjon.uz/aVwyUGKK0rI

#qurilmalar #keychron @FarLives
👍10🔥1