Clubhouse haqida hali eshitmagan yoki foydasini ko’rmayotgan odamlar uchun qisqacha ma’lumot.
Clubhouse — podkastlardan audioni, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan ijtimoiy qismini, Twitch’dan onlayn strimlarni va chat orqali auditoriya bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishni birgalikda yi’gib ajoyib kichik revolyutsiya qildi.
Ixtiyoriy odam boshqalar bilan birgalikda “xona” yaratishi va turli mavzularda audio orqali suhbatni boshlashi mumkin. Shu odamlarning tanishlari va joriy mavzuga qiziqadiganlar xonaga shunchaki qo’shilib eshitishi, audioriya ham “qo’l ko’tarib” savol berishlari mumkin.
Muloqot faqat audio bo’lishi va xonadagi suhbat yozib qolinmasligi uchun tezda biror mavzuda suhbat boshlash oson. Bundan tashqari, bu format qo’shimcha tayyorgarlikni talab qilmasligi uchun ham juda tez o’syapti.
Faqat iPhone’da ishlaydi. Android va boshqa platformalarda yo’q.
❤️
P.S.: Menda hozircha 7 ta invayt bor. Xohlaganlar uchun kichik bir guruh ochdim.

Far·hod·jon
Clubhouse haqida hali eshitmagan yoki foydasini ko’rmayotgan odamlar uchun qisqacha ma’lumot. Clubhouse — podkastlardan audioni, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan ijtimoiy qismini, Twitch’dan onlayn strimlarni va chat orqali auditoriya bilan to’g’ridan-to’g’ri…
Aytgandek, ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Разработка в растущих стартапах” (Rivojlanayotgan startaplarda ishlab chiqarish) mavzusida suhbat uyushtiryapmiz (rus tilida).
Ishtirokchilar:
- Bekzod Babamuradov — mezbon. Director of Engineering, Super Dispatch.
- Sardorbek Pulatov. Fransiyadagi Vestiaire Collective kompaniyasida Head of Engineering.
- Va kamina. CTO, Super Dispatch.
https://www.joinclubhouse.com/event/myY26qZW

Oxirgi paytlarda elektron kitoblarning deyarli hammasini Kindle qurilmasida o’qiyapman. Avval Apple Books ilovasida o’qirdim.
Nega:
1. Kindle faqat kitob o’qish uchun mo’ljallangan. Telefon yoki planshetdagidek chalg’ituvchi faktorlar yo’q.
2. Kindle ekrani xuddi qog’ozdek. Ayniqsa, tunda uxlashdan avval o’qiganda ko’zni charchatmaydi.
3. Quvvati (zaryadi) kamida 1-2 haftaga yetadi.
4. Goodreads bilan integratsiyasi yaxshi.
Menda hozir Kindle Paperwhite. Unda keyingi/oldingi sahifaga o’tish uchun alohida tugmalar yo’q. Balki, kelajakda Kindle Oasis olarman.

Eliminate, Simplify, Automate, Delegate
1-2 yil oldin qiziq bir maqolaga ko’zim tushib, undagi jarayonlar yoki odamning vaqtini optimallashtirish bo’yicha taklif qilingan usul juda yoqqandi. Xullas, har qanday jarayon, ish, vazifa yoki faoliyatni optimallashtirishda ularni ko’rib chiqish va quyidagi ketma-ketlikka amal qilish lozim:
1. Imkoni boricha uni bartaraf qilish (eliminate).
2. Soddalashtirish (simplify).
3. Avtomatlashtirish (automate).
4. Topshirish (delegate).
Tim Ferris o’zining The 4-Hour Workweek kitobida yaxshi yozgan bu haqida:
Bartaraf qilinishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon avtomatlashtirmang va avtomatlashtirilishi yoki soddalashtirilishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon boshqaga topshirmang. Aks holda, siz o’zingizning vaqtingiz o’rniga birovning vaqtini sarflaysiz va o’z-o’zidan bu qo’shimcha pulingizni yo’qolishiga olib keladi.
Ingliz tilidagi to’liq (va juda foydali) maqola bu yerda:
https://mazepress.com/eliminate-simplify-automate-delegate/
#mahsuldorlik

Super Dispatch komandasi kengayyapti Salom, do’stlar! Uzoq vaqt jimlikda qolib ketgan kanalga yaxshi yangilik qo’yishdan boshlayman. Super Dispatch kompaniyasida yangi ish o’rinlari ochildi va biz komandani kengaytiryapmiz. Quyidagi mutaxassisliklardagi…
Yuqoridagi ro’yxatga yana ikkita ish o’rni (position) qo'shildi:
- Engineering Recruiter
- Senior Frontend Developer
Bizdagi ko’p talablar uchun “senior” darajasi to’g’ri keladi, lekin kuchli “middle” darajadagi injenerlarni ham qarashga tayyormiz.
P.S.: Agar biror do’stingizni tavsiya qilsangiz va u biz bilan qolsa (3 oy muddatda), siz kamida $500 olasiz.
#superdispatch

T-shakldagi bilim
Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik.
Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa, bu odamning bilimi “I-shaped” — I-shakldagi deyiladi. Chunki bilimning darajasi I harfini eslatadi.
Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq bilimga ega bo’lsa va birortasida ham ekspert bo’lmasa, unda uning bilimi “dash-shaped” — chiziq shaklidagi (“dash” — chiziqcha) deyiladi.
Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq, lekin shulardan bittasi kuchli ekspert bo’lsa, unda bu bilim — “T-shaped” (T-shakldagi). Chunki yuqoridagi ikkita xususiyatni birlashtirgan hisoblanadi.
Komanda boshida tashkil qilinayotgan T-shakldagi odamlarning o’rni muhim: biror ishni turli tomondan qarab chiqishga yetarli bilim bor va frontend/backend/QA/design kommunikatsiyasi uchun uzoq vaqt ketmaydi. Ya’ni, komanda tezroq harakat qiladi.
Bu mavzuda o’qish uchun ikkita maqolani tavsiya qilaman:
- Why T-shaped people?
- How to develop T-shaped people
Mavzuga chuqurroq kirilsa, E/M/V/X/π shakldagi odamlar haqida ham o’rganish mumkin.

T-shakldagi bilim Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik. Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa…
Shunga o’xshash tushunchani bir paytlar Nikolay Toverovskiy qiziq shaklda bergandi: mutaxassisning mahoratlarini (skills) sakkizoyoqning oyoqlariga o’xshatishgan.
Mutaxassis rivojlantirgan mahoratlariga qarab sakkizoyoqning qaysidir oyog’i uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Masalan, dizaynerda: topshiriqlarni bajarish, loyihalarni yuritish, interfeyslarni loyihalash, tipografika, grafik dizayn va hokazo “oyoqlar” (mahoratlar) uzunroq shakllangan bo’ladi. Art-direktorga esa, qo’shimcha ravishda topshiriqlarni o’tkazish (delegation), muzokalarni olib borish, jasorat kabilar rivojlanishi muhimroq bo’ladi.
https://bureau.ru/bb/soviet/20161013/
Har qanday soha vakillari uchun shunaqa mahoratlar to’plamini tuzish va shuning ustida ishlash mumkin.

Бюро Горбунова
Как организовать личный рост?
Clubhouse chiqqanidan keyin hamma shoshilib qoldi. Ikkala katta ijtimoiy tarmoqlar — Facebook ham, Twitter ham raqobatchisini chiqarmoqchi.
Lekin Telegram ulgurdi birinchi. Bugungi chiqqan versiyasidan boshlab, avval guruhlarda ishlatish mumkin bo’lgan ovoz chatlarni engi kanallarga ham qo’shish mumkin. Xuddi Clubhouse’dagidek tinglovchilar ham “qo’l ko’tarib” suhbatda ishtirok eta oladi.
Yana yaxshi tarafi (va bu podkastlarga katta zarar yetkazishi mumkin): shu ovoz chatlarni yozib qoldirish mumkin.
Asosiysi, Android foydalanuvchilari ham baxtli endi.
https://telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids
#telegram

Telegram
Voice Chats 2.0: Channels, Millions of Listeners, Recorded Chats, Admin Tools
Voice Chats first appeared in December, adding a new dimension of live talk to Telegram groups. Starting today, they become available in channels too – and there are no more limits on the number of participants. This update also brings recordable voice chats…
Katta ma’lumotlar to’plami asosida quriladigan algoritmlarda oxirgi paytlarda qiziq bir xususiyat paydo bo’lyapti. Bu algoritmlar ba’zida irqchi (racist) yoki seksistga (jins ajratadigan) aylanishi mumkin.
Masalan, o’zbek tilida uchinchi shaxs haqida gapirilganda shaxs mavjudmas, biz har doim “u” so’zini (kishilik olmoshi) ishlatamiz. Ingliz va rus tillarida esa shu shaxsning jinsi muhim: he/she/his/her, он/она/его/её. Zamonaviy ingliz tilida jins aniq bo’lmaganda, “they” (ular) yoki “she” (ayol u) qo’llanilishi nisbatan jinsiy-neytral (gender neutral) hisoblanadi.
Buni qarangki, hozirgi Google Translate jinsiy-neytral hisoblangan tillardan “u” so’zini ingliz tiliga tarjima qilishda nisbatan seksistlik qilarkan. Twitter’da ko’tarilgan mavzuda venger tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan matn keltirilgan:
Google Translate ayol kishini chiroyli, erkak kishini aqlli, erkak kitob o’qiydi, ayol idishlar yuvadi, erkak o’qitadi, ayol ovqat pishiradi kabi tarjima qilyapti.
Qiziqish uchun o’zbek tilidan ingliz tiliga xuddi o’sha matnni qo’ydim. 1-2 holatni hisobga olmaganda, tarjima bir xil. Yandex tarjimonida ko’p holatlarda “he” deb tarjima qilinyapti.
Mavjud ma’lumotlardan foydalanilganda shu ma’lumot qanaqa segmentdan olingani muhim. Masalan, agar algoritm faqat oq tanli odamlarning fotolari ustiga qurilsa, u qora tanli odamlarning fotolarida xato bilan ishlashi ehtimoli oshadi.
#machine_learning

Odatda, kod yozish yoki dasturlash bilan shug’ullanish haqida gapirilganda bir qancha vaqt talab qiladigan qiyin qadamlar xayolga keladi. Lekin yildan-yilga kod yozishni boshlash osonlashib boryapti. Yaqinda tanishgan ikkita uskunani (tool) aytib o’tmoqchiman. Ikkalasiyam sohaga kirishni va sohadagi odamlarning ishini juda osonlashtirib beradi.
1. Replit. Shundoq brauzerda kod yozishni va uni ishlatishni boshlab ketaverasiz. IDE (kodni yozadigan muhit) brauzerning o’zida, Google Docs yoki Figma kabi bir nechta odam bir paytda kod yozsa bo’ladi (multiplayer, videosi bu yerda) va chati ham bor. Keyin shu yozilgan kodni Replit’ning bulutida (cloud) bajarish mumkin. Paketlarni o’rnatish va boshqarish ham interfeysda, keyin kichik ma’lumotlar omboriyam beradi.
Yana bir tomoni: GitHub’dan tayyor reponi olib ham ishlatish mumkin va tayyor loyihalar ham mavjud.
Asosiysi, Replit brauzerda bo’lgani uchun eng oddiy kompyuterlar yoki smartfondayam ishlayveradi.
2. Deepnote. Bunisi ma’lumotlarni tahlil qiladiganlar uchun: Data Scientist, Data Analyst va h.k. Bulardayam “multiplayer” bor: bir paytda bir nechta odam birga ishlay oladi. Bular ham o’zlarining bulutini berishadi hisoblash uchun. Va bulardayam, sinab ko’rish uchun tayyor loyihalar bor.
Sohaga shunchaki qiziqayotgan yoki ba’zida ishlab turadigan odamlar endi qanaqadir alohida qimmat kompyuter yig’ishi shartmas.
Bu maqsad uchun Google Colab ham bor, lekin Deepnote qulayroqdek tuyulyapti.
–––––
Shunaqa uskunalar intervyular uchun ham yaxshi: intervyuga kelgan odam o’zining kompyuterida kod ishlaydigan muhitni tayyorlashga vaqt sarflamaydi. Oldindan tayyorlangan loyiha shundoq yuborilishi yetarli.

Hozir turli nomzodlarni intervyu qilayotganimda kuzatuvim: ko’pchilik kitob o’qimas ekan. YouTube orqali turli videolar ko’rish, maqolalar o’qishning ham foydasi albatta mavjud. Lekin asosiy tushunchalar bo’yicha chuqur bilim olishning yaxshi usullaridan biri — kitob o’qish. Har qanday mutaxassis (yoki umuman odam) uchun bu juda yaxshi odat.
Qaysi kitoblarni o’qish masalasi ham muhim: chunki, sarflanadigan vaqtga arzigulik bilim olish ham lozim. Kitoblarni tanlashda tanishlar, do’stlar va bilimliroq odamlarning maslahatlari ancha asqotadi. Kitob o’qish jarayonida chiqadigan savollar va mavzularni muhokama qilish uchun sherik bo’ladi kamida.
Kitob tanlashning yana bir yaxshi usullaridan biri — ommaviy ro’yxatlar va soha mutaxassislaridan tavsiyalar. Quyida men faqat dasturlash va, umuman, dasturiy ta'minot yaratish bo'yicha yozaman.
Ommaviy ro’yxatlar masalasida, men Goodreads’ga suyanishni tavsiya qilaman. U yerda odamlar turli usullarda kitoblarni to’playdi va tavsiya qiladi. Masalan, Software Engineering nomli janr bor. Va odamlar shu janrni tanlab kitoblarni javonga (shelf) to’plasa alohida reyting chiqadi: Software Engineering Books (dasturchilar uchun bu juda muhim ro’yxat).
Bundan tashqari, odamlar (muallif yoki foydalanuvchi) o'qiyotgan/o'qigan kitoblarini kuzatish mumkin (Bill Gates).
Yana bir usul — ro'yxatlar. Odamlar turli ro'yxatlar tayyorlab bo'lishishadi. "Software Engineering" bo'yicha 40 dan ortiq ro’yxatlar mavjud.
Soha mutaxassislari: biror bilimli odamning blogini ochib tavsiyalari topiladi. Masalan: Jeff Atwood, Joel Spolsky (eskiroq ro’yxat). Yoki BooksChatter, Most Recommended Books kabi saytlar turli manbalardan tavsiyalarni yig'ib chiqadi.
Bunaqa tavsiya va ro'yxatlar har qanday soha yoki yo'nalish uchun mavjud: dizayn, grafika, test qilish, mahsulot boshqaruvi va hokazo.
#kitob #books

GPT-3 haqida eshitganlar bordir. Tabiiy tilni qayta ishlaydigan, odamnikiga o’xshagan matnlarni beradigan hozirgi kundagi eng to’liq model. Faqat ingliz tiliga mo’ljallangan lekin. Odamlar shu model orqali yangiliklar, maqolalar, chat-botlar yaratishyapti va ba’zida odamdan farq qilish qiyin (misollar bu yerda). GPT-3’dan foydalanish hozircha faqat taklif yoki Microsoft Azure orqali.
Masalan, manavi blog uchun g’oya generatsiya qiladigan tajribaga “how to learn python” matni berilsa u bunaqa maqola beryapti:
How To Learn Python: Stepby Step With Bootcamp
This Python tutorial is for absolute beginners with no experience in programming whatsoever and no knowledge of Python whatsoever. You’ll learn how to program using Python by following a step-by-step guide. Through hands-on exercises, you’ll start writing code in Python from the very first lesson…
Rus tili uchun esa Sber(bank) ruGPT-3 modelini tayyorlagan. Yuqoridagi GPT-3 asosida qurilgan va rus tilidagi matnlarni davom ettira oladi. GitHub, Habrdagi maqolasi, sinab ko’rish uchun demo. Shu demodan qiziq tajribalar quyida.
https://russiannlp.github.io/rugpt-demo/
>>> An Uzbek developer started implementing
An Uzbek developer started implementing the game, and he is currently working on it - he even has a downloadable game available for that. But there are a lot of problems with it too, like the fact that the game works in two windowed versions, and a third window doesn't fit into the corners. I think he could have adopted the idea of a hex editor, or even a plugin, for Uzbeks who want to use Uz-Syntax.
>>> Узбекские программисты научились
Узбекские программисты научились самостоятельно производить чипы из облученных америций-торий-свинцовых сплавов. По словам исследователей из Карнеги-Меллона, при переработке отходов ядерного топлива получается более дешевая продукция, чем из высокочистых металлов, особенно если ее применить в производстве процессоров.
>>> Узбекистан впервые в мире
Узбекистан впервые в мире спустил на воду мини-субмарину "Марса". Создатель проекта крупнейшего в мире подводного беспилотника израильский конструктор Ифтах Зохар рассказал в эксклюзивном интервью корреспонденту "Вестника Мордовии". "Узбекская компания "Сяхыл" успешно провела пробные погружения для работы над созданием подводного транспортного средства "Марс".
Qiziq dunyoda yashayapmiz.

Yaqinda “Developer Roadmaps” degan saytga ko’zim tushdi. Saytda Frontend/Backend/DevOps/React/Android/PostgreSQL DBA yo’nalishlari bo’yicha nimalarni qaysi ketma-ketlikda o’rganish bo’yicha qo’llanma keltirilgan (roadmap - yo’l xaritasi). Hamma yo’nalish bo’yicha yuqoridagidek tayyor diagramma.
Resursning katta foydali tomoni - shunchaki dasturlashning o’zigamas, uning atrofidagi bilim va tushunchalarga ham e’tibor berilgan.
Chop qilib devorga osib qo’ysayam bo’ladi.
https://roadmap.sh

Ikkita kitob tavsiya qilinadi bugun. Ikkalasi ham bepul.
Building Mobile Apps at Scale: 39 Engineering Challenges
Odatda, mobil ilovalarning arxitekturasi, kattaroq ilovalarni qurishdagi qiyinchiliklar haqida ko’pam yozilmaydi. Kitob muallifi murakkab ilovalar qurishdagi 39 ta mavzuni bir joyga yiqqan. Menimcha, mobil dasturchilar uchun juda to’laqonli qo’llanma bu. Kitobning PDF-versiyasi 31-maygacha bepul (tayyor PDF-fayl izohlarda).
https://www.mobileatscale.com
Learn Python the Right Way
Bunisi ko’proq boshlovchilar uchun. Dasturlash bo’yicha ko’p kitoblar lokal kompyuterda muhitni sozlashga e’tibor qaratsa, bu kitob shundoq Replit platformasidan foydalanib dasturlashni o’rgatyapti (Replit haqida yozgandim).
https://learnpythontherightway.com
#kitob

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GitHub boshqa servislardagi (asosan, Notion va Airtable) ba’zi imkoniyatlarni olib GitHub Issues’ni yangilabdi. Endi butun loyihani boshqarish mumkin. Kichik komandalarga Trello/JIRA/Asana kabilarni almashtirishi mumkin. Ayniqsa, komanda kodini GitHub’da saqlasa.
https://github.com/features/issues
Umuman, Microsoft ostida GitHub juda yaxshi yo’ldan ketyapti.
https://github.com/features/issues
Umuman, Microsoft ostida GitHub juda yaxshi yo’ldan ketyapti.
Far·hod·jon
GPT-3 haqida eshitganlar bordir. Tabiiy tilni qayta ishlaydigan, odamnikiga o’xshagan matnlarni beradigan hozirgi kundagi eng to’liq model. Faqat ingliz tiliga mo’ljallangan lekin. Odamlar shu model orqali yangiliklar, maqolalar, chat-botlar yaratishyapti…
Yandex kompaniyasi ham GPT-3'dan ilhomlangan YaLM modelini ishlab chiqibdi va demosini quyidagi havolaga o'tib ko'rsa bo'ladi. Qisqacha gap boshlansa, qolganini o'zi davom ettiradi.
https://yandex.ru/lab/yalm
Faqat rus tili; boshqa tillardan, adashmasam, tarjima qilvolyapti. Sun'iyligini hisobga olmasa, OAV xabarlaridan deyarli farqi yo'q 🙃
>>> Узбекистан впервые в мире
Узбекистан впервые в мире приступил к внедрению системы "умный город". Об этом сообщил президент республики Шавкат Мирзиёев, выступая на открытии международного форума "Управление городом — умный город" в Самарканде. В своем выступлении глава государства отметил, что Узбекистан намерен стать одним из первых в Центральной Азии и первым в СНГ государством, где будут внедрены современные технологии управления городами.

WWDC21
Apple har yili o’tkazadigan WWDC konferensiyasida chiqadigan videolarning ko’pi juda foydali. Ularni faqat iOS/macOS dasturchilarimas, boshqalar ham ko’rishi lozim, deb hisoblayman. Bu videolar texnologiyalar qaysi tomonga qarab rivojlanayotgani haqida yaxshi tushuncha beradi.
Bu yilgi konferensiyadan ko’rishga ulgurgan va foydali deb hisoblagan videolarim quyida:
- Keynote — konferensiyaning asosiy ma'ruzasi. Apple ekotizimidagi hamma dasturiy ta’minotga (software) bog’liq o’zgarishlari.
- Platforms State of the Union — muhimligi bo'yicha ikkinchi darajadagi ma'ruza. Bunisi ko'proq dasturchilar uchun va kutilayotgan o'zgarishlar, yangi uskunalar va hokazolar haqida chuqurroq ma'lumot beradi. iOS-dasturchilar uchun “must have”.
- Discoverable design — ilovaning imkoniyatlari foydalanuvchilar tomonidan oson topilishi haqida yaxshi maslahatlar.
- Design for Safari 15 — veb-dasturchilar uchun yangi Safari'da nimalar kutilayotgani, iOS 15'da ishlaydigan veb-ilova foydalanuvchilariga yaxshi tajriba (UX) berish haqida.
- The practice of inclusive design — ilovalarni qurishda turli madaniyat va imkoniyat vakillarini hisobga olish haqida.
- Create 3D models with Object Capture — mobil qurilma orqali olingan bir nechta fotodan obyektning uch o'lchovli modelini yasash.
Qolganlari saytida:
https://developer.apple.com/videos/wwdc2021/
#apple #wwdc

Python/Django stekini o’rganayotgan va kelajakda biror kattaroq loyihani ishlab chiqishda qatnashishni rejalashtirayotganlar uchun juda yaxshi qo’llanma:
Django for Startup Founders: A better software architecture for SaaS startups and consumer apps -
https://alexkrupp.typepad.com/sensemaking/2021/06/django-for-startup-founders-a-better-software-architecture-for-saas-startups-and-consumer-apps.html
Muallif Django orqali quriladigan backend’larning arxitekturasini deyarli hamma tomonini yoritgan: kodni oson bo’lishi, xavfsizlik, test yozish va hokazo. Ba’zi maslahatlariga qo’shilmasam ham, lekin bu qo’llanma e’tiborga loyiq, deb hisoblayman.
#django

Ko’r-ko’rona nusxa olish har doim ham yaxshimas. Ayniqsa, kattaroq tizimning bir toiradagi qismini olib, boshqa holatlarga e’tibor bermasdan faqat shu qismni qiyshiq ko’chirsa.
Rossiyada 2006-yilda qabul qilingan “Shaxsiy ma’lumot haqida” va keyinroq 2014-yildagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga aniqlik kiritadigan qonunlari bor. Bizning hukumat bu qonunlarni birlashtirib, “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqqan.
Endi shu qonun asosida “O‘zkomnazorat” ba’zi ijtimoiy tarmoqlarning faoliyatini cheklashni boshlabdi. Ba’zi narsalarni aniqlashtirmoqchiydim shu masalada.
1. Bizning hukumat va xalq Rossiyanikidek ko’p va boy emas. Katta, boy davlatlar turli kompaniyalardan har xil narsa talab qilishi mumkin. Bunda kompaniyalar mijozlarni yo’qotmaslik uchun ko’nadi odatda. Bu qonun menga ko’zguda o’zini sher ko’rayotgan mushukni eslatyapti.
2. Rossiyada axborot texnologiyalarining rivoji ancha yuqori. Katta ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun yetarlicha muhit bor. Bizda - yo’q.
3. Bizda boshqa muammolar bor hal qilinishi lozim bo’lgan: oddiy dron uchishidan boshlab, Skype yoki FaceTime normal ishlamasligi, internet sifati kabilar. Ularga e’tibor berish xalqqa ko’proq foyda keltiradi.
4. Saytlar bloklanishi uchun ochiq mexanizm qurilmadi. Tasodifan yoki pismiqlarcha qanaqadir saytlar bloklanadi va bu boshqa resurslargayam xalaqit beradi ba’zida.
5. Davlat xodimlari yotvolib Telegram ishlatishadi, u yerda almashadigan ma’lumotlar davlat xavfsizligiga to’g’ridan-to’g’ri aloqador. Negadir unga hech qanaqa tazyiq yo’q (bo’lmasin ham).
6. Ko’p holatlarda, bunaqa cheklovlar aslida hukumat xizmat qilishi lozim bo’lgan xalqqa ziyon keltiradi.
7. Hukumat bu yerda saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qanaqa kafolat beradi, bilmayman. Hukumat xohlagan payt shu ma’lumotlarni ololsa, unda bu xavfli: ertaga ma’lumotlar tarqab ketishi yoki tanish-bilish orqali olinishi ehtimoli kuchayadi.
Shaxsan mening ma’lumotlarim Kaliforniya yoki Yevropaga o’xshagan, adolat to’laqonli ishlaydigan, odamlarda insof kuchliroq, boshqalarning tanlovi va maxfiyligi hurmat qilinadigan joyda saqlanishini xohlardim.

Siz shaxsiy ma’lumotlaringiz qayerda saqlanishini xohlardingiz?
Anonymous Poll
17%
O’zbekistonda
59%
O’zbekistondan tashqarida (kompaniya hal qiladi qayer)
24%
Farqi yo’q