Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Gʻgʻ (Ғғ) uchun variantlar. Ular koʻp emas, shuning uchun hammasi qoldirildi.
Far·hod·jon
iPhone 11 Pro kamerasining taqrizi: http://austinmann.com/trek/iphone-11-pro-review-china #apple
Sayohat fotografi, Ostin Mann (Austin Mann) iPhone 12 Pro kamerasi taqrizini tayyorlabdi. Yuqoridagi fotoda yaqqol farq: iPhone 11 va iPhone 12 Ultra Wide kameralari kam yorugʻli vaziyatlarda qanaqa natija berishi.

http://austinmann.com/trek/iphone-12-pro-camera-review-glacier

#fotografiya #apple
Bosma va yozma harflar

Yozuvning ikki xil shakli bor: yozma va bosma. Kompyuter va smartfonlardagi barcha harflar — bosma. Qoʻlda yoziladigan harflar esa — yozma. Yozma harflar bir-biriga bogʻlab yoziladi va koʻp holatlarda bosma harflardan farq qiladi. Ingliz tilida: cursive and block letters.

Hozirgi dunyoda asosiy muloqot elektron shaklda olib boriladi. Yozma yozuv esa hayotimizdan tobora chiqib ketyapti. Faqat qanaqadir byurokrat tashkilot va odamlar talab qiladigan ariza, tushunturish xatlari yoki qanaqadir formalarda qolgan. Yana ozroq odamlar oʻzi uchun yuritadigan kundalik va qaydlarda koʻrish mumkin.

Yozuvning asosiy maqsadi fikrni yetkazib berish, yaʼni, muloqot uchun. Muloqotni samarali qilish uchun esa matnni yozish va oʻqish tezligi yuqori boʻlishi lozim. Vikipediya aytishicha, yozma va bosma harflarni yozish tezligi bir xil.

Matnni oʻqishga kelganda esa, bosma harflar hammaga tushunarli; katta ehtimol bilan har xil odamlar ham turli harflarni oʻxshashroq yozadi. Bu oʻqish tezligini (UX) oshiradi, albatta.

Maktablarda ham, bosma harflarnigina oʻrgatish vaqti kelgandir, balki? XX asrning tajribalarini davom ettirishning hech foydasini koʻrmayapman, toʻgʻrisi.

AQSh esa faqat bosma harflarni ishlatishga allaqachon oʻtgan; rasmiy ilovalarda alohida koʻrsatiladi ham.

On official forms, one is often asked to "please print". This is because cursive handwriting is harder to read, and the glyphs are joined so they do not fit neatly into separate boxes.

Shaxsan oʻzim ancha oldin faqat bosma harflar bilan yozishga oʻtganman.

#yozuv #tipografika
📹 Shanba videolari - 11

Karl koʻprigi qurilishi

Chexiya poytaxti Pragada qadimiy Karl koʻprigi mavjud. Koʻprikning nomi uning qurilishini boshlagan qirol — Karl IV bilan bogʻliq. Koʻprik qurilishi XIV asr oʻrtasida (1357-yil) boshlanib XV asr boshidagacha davom etgan. Ushbu videoda shu koʻprik qurilishi va texnologiyasi koʻrsatilgan. Qoyil qolish kerak.
https://youtu.be/nJgD6gyi0Wk

Boston Dynamics robotlari

Markes Braunli xuddi boshqa texnikalarga taqriz qilgandek Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotiga taqriz tayyorlagan. Robot AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqlarida sotiladi va narxi 75 000 AQSh dollari atrofida.
https://youtu.be/s6_azdBnAlU

MIT (Massachusetts Institute of Technology) esa bemorlarning hayotiy koʻrsatkichlarini kontaktsiz olish uchun shu robotlarni sinayapti.
https://youtu.be/0YvSdbwh41I

Va avval kimdir koʻrmagan boʻlsa, Boston Dynamicsʼning boshqa modellari odamga oʻxshab yurishi, turli toʻsiqlardan oʻtishi, sakrashi (ham oldga, ham orqaga) va boshqa amallarni bajarishi mumkin.
https://youtu.be/uhND7Mvp3f4

Appleʼning “sahna ortidan“ videolari

Apple Watch soatlarida ekranga oʻrnatiladigan maxsus “yuzlar” (faces) mavjud. Odatda ularda turli grafika va koʻrsatkichlar aks etadi. Baʼzi yuzlarda esa fonda turli animatsiyalar paydo boʻladi: masalan, olov yoki suv. Bir qaraganda shu animatsiyalarni kompyuterda tayyorlangan, deb hisoblash mumkin. Lekin ular haqiqiy video sifatida olinarkan!
https://youtu.be/aK7KPw9bLfI

Bundan tashqari, Apple yangi iPhone chiqarganda uning kamerasi imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Behind the Scenes (sahna ortida) nomli tajribalar koʻrsatadi. Bular ham xuddi kompyuter grafikasidek, lekin ushlab koʻrsa boʻladigan materiallardan ozgina fizika va kimyo bilan tayyorlanarkan.

Fire & Ice - https://youtu.be/dJyd_zgr2WE
Dark Universe - https://youtu.be/r7mB7BBWLcQ

AQShning milliy parklari

AQSh hukumati va xalqining juda katta yutuqlaridan biri — ular XIX asr oxiridayoq yovvoyi va umuman tabiatni saqlab qolishga juda katta eʼtibor berishgani. Mana hozir mamlakat fuqarolari dam olish yoki faol xordiq chiqarish uchun joylar yetarlicha. Yerlar tortiq qilinayotgan va pulning orqasidan quvilayotgan XXI asr Oʻzbekistoni bilan solishtirib boʻlmaydi. Videoda AQShdagi 25 ta milliy parklar haqida.
https://youtu.be/zTBmv-Gzf2w

The Люди

Anton Lyadov tanlaydigan joylarning hammasiga ham havas qilib boʻlmaydi: Shimoliy Koreya, Venesuela, Moʻgʻuliston, Meksika va hokazo. Boshqa Anton — Ptushkin videolari bilan solishtirib boʻlmaydi: Lyadov videolari xuddi oddiy videoblogdek tasvirga olingan, xavfli joylar, turli faktlar va shu joylarda yashaydigan odamlar fikrlari. Dunyoga boshqacharoq qarash uchun tavsiya qilinadi.

Самый опасный город мира l Венесуэла - https://youtu.be/hCMyf2ri0is
Реальная жизнь в Северной Корее - https://youtu.be/ZpUKJ6-LMI8
Пустынные города Монголии - https://youtu.be/yledeLW7w3s
Дубай. Обратная сторона / Трущобы и Заброшенные острова - https://youtu.be/bD9hyqx-BMk

GMC Hummer EV

Hammer pikap (pickup) mashinalarini koʻpchilik biladi. Oʻziga xos, koʻpincha turli film yoki oʻyinlardagi notinch joylarda koʻrsatishadi. Shu mashinaning yangi, faqat elektr energiyasiga yuradigan modeli juda zoʻr: shunchaki videoni koʻring. Keyingi yildan boshlab chiqadi. Narxi 112 000 dollar. Arzonroq modellari keyingi yillardan chiqarilarkan.
https://youtu.be/MjMhZKmHKGk

@FarLives #shanba_videolari #youtube
👍1
Apple News AQShdagi prezident saylovlarini real vaqtda yorityapti: https://apple.news/A0IMobNEzQjC6H7qObZ-tDg
Super Dispatch komandasi kengayyapti

Salom, do’stlar! Uzoq vaqt jimlikda qolib ketgan kanalga yaxshi yangilik qo’yishdan boshlayman.

Super Dispatch kompaniyasida yangi ish o’rinlari ochildi va biz komandani kengaytiryapmiz. Quyidagi mutaxassisliklardagi professionallarni izlayapmiz hozir (Toshkent vaqti ±3 soat):

- Associate Product Designer
- Data Scientist
- Engineering Manager
- Frontend Tech Lead
- Manual QA Engineer
- Senior Backend (Python) Engineer

Bizning talablarimiz va qo’shimcha detallari bilan tanishish, nomzod sifatida rezyume qoldirish maxsus saytimizda:

https://superdispatch.breezy.hr/?&location=Tashkent%2C%20UZ#positions

Aytgandek, agar biror professionalni taklif qilsangiz va u odam biz bilan 3 oydan keyin ham qolsa, biz sizga kamida $500 beramiz. Shunchaki tarqatadiganlarga katta minnatdorligim.

#superdispatch
Clubhouse haqida hali eshitmagan yoki foydasini ko’rmayotgan odamlar uchun qisqacha ma’lumot.

Clubhouse — podkastlardan audioni, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan ijtimoiy qismini, Twitch’dan onlayn strimlarni va chat orqali auditoriya bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishni birgalikda yi’gib ajoyib kichik revolyutsiya qildi.

Ixtiyoriy odam boshqalar bilan birgalikda “xona” yaratishi va turli mavzularda audio orqali suhbatni boshlashi mumkin. Shu odamlarning tanishlari va joriy mavzuga qiziqadiganlar xonaga shunchaki qo’shilib eshitishi, audioriya ham “qo’l ko’tarib” savol berishlari mumkin.

Muloqot faqat audio bo’lishi va xonadagi suhbat yozib qolinmasligi uchun tezda biror mavzuda suhbat boshlash oson. Bundan tashqari, bu format qo’shimcha tayyorgarlikni talab qilmasligi uchun ham juda tez o’syapti.

Faqat iPhone’da ishlaydi. Android va boshqa platformalarda yo’q.

❤️

P.S.: Menda hozircha 7 ta invayt bor. Xohlaganlar uchun kichik bir guruh ochdim.
Far·hod·jon
Clubhouse haqida hali eshitmagan yoki foydasini ko’rmayotgan odamlar uchun qisqacha ma’lumot. Clubhouse — podkastlardan audioni, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan ijtimoiy qismini, Twitch’dan onlayn strimlarni va chat orqali auditoriya bilan to’g’ridan-to’g’ri…
Aytgandek, ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Разработка в растущих стартапах” (Rivojlanayotgan startaplarda ishlab chiqarish) mavzusida suhbat uyushtiryapmiz (rus tilida).

Ishtirokchilar:
- Bekzod Babamuradov — mezbon. Director of Engineering, Super Dispatch.
- Sardorbek Pulatov. Fransiyadagi Vestiaire Collective kompaniyasida Head of Engineering.
- Va kamina. CTO, Super Dispatch.

https://www.joinclubhouse.com/event/myY26qZW
Oxirgi paytlarda elektron kitoblarning deyarli hammasini Kindle qurilmasida o’qiyapman. Avval Apple Books ilovasida o’qirdim.

Nega:
1. Kindle faqat kitob o’qish uchun mo’ljallangan. Telefon yoki planshetdagidek chalg’ituvchi faktorlar yo’q.
2. Kindle ekrani xuddi qog’ozdek. Ayniqsa, tunda uxlashdan avval o’qiganda ko’zni charchatmaydi.
3. Quvvati (zaryadi) kamida 1-2 haftaga yetadi.
4. Goodreads bilan integratsiyasi yaxshi.

Menda hozir Kindle Paperwhite. Unda keyingi/oldingi sahifaga o’tish uchun alohida tugmalar yo’q. Balki, kelajakda Kindle Oasis olarman.
Eliminate, Simplify, Automate, Delegate

1-2 yil oldin qiziq bir maqolaga ko’zim tushib, undagi jarayonlar yoki odamning vaqtini optimallashtirish bo’yicha taklif qilingan usul juda yoqqandi. Xullas, har qanday jarayon, ish, vazifa yoki faoliyatni optimallashtirishda ularni ko’rib chiqish va quyidagi ketma-ketlikka amal qilish lozim:

1. Imkoni boricha uni bartaraf qilish (eliminate).
2. Soddalashtirish (simplify).
3. Avtomatlashtirish (automate).
4. Topshirish (delegate).

Tim Ferris o’zining The 4-Hour Workweek kitobida yaxshi yozgan bu haqida:

Bartaraf qilinishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon avtomatlashtirmang va avtomatlashtirilishi yoki soddalashtirilishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon boshqaga topshirmang. Aks holda, siz o’zingizning vaqtingiz o’rniga birovning vaqtini sarflaysiz va o’z-o’zidan bu qo’shimcha pulingizni yo’qolishiga olib keladi.

Ingliz tilidagi to’liq (va juda foydali) maqola bu yerda:

https://mazepress.com/eliminate-simplify-automate-delegate/

#mahsuldorlik
Far·hod·jon
Super Dispatch komandasi kengayyapti Salom, do’stlar! Uzoq vaqt jimlikda qolib ketgan kanalga yaxshi yangilik qo’yishdan boshlayman. Super Dispatch kompaniyasida yangi ish o’rinlari ochildi va biz komandani kengaytiryapmiz. Quyidagi mutaxassisliklardagi…
Yuqoridagi ro’yxatga yana ikkita ish o’rni (position) qo'shildi:

- Engineering Recruiter
- Senior Frontend Developer

Bizdagi ko’p talablar uchun “senior” darajasi to’g’ri keladi, lekin kuchli “middle” darajadagi injenerlarni ham qarashga tayyormiz.

P.S.: Agar biror do’stingizni tavsiya qilsangiz va u biz bilan qolsa (3 oy muddatda), siz kamida $500 olasiz.

#superdispatch
T-shakldagi bilim

Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik.

Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa, bu odamning bilimi “I-shaped” — I-shakldagi deyiladi. Chunki bilimning darajasi I harfini eslatadi.

Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq bilimga ega bo’lsa va birortasida ham ekspert bo’lmasa, unda uning bilimi “dash-shaped” — chiziq shaklidagi (“dash” — chiziqcha) deyiladi.

Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq, lekin shulardan bittasi kuchli ekspert bo’lsa, unda bu bilim — “T-shaped” (T-shakldagi). Chunki yuqoridagi ikkita xususiyatni birlashtirgan hisoblanadi.

Komanda boshida tashkil qilinayotgan T-shakldagi odamlarning o’rni muhim: biror ishni turli tomondan qarab chiqishga yetarli bilim bor va frontend/backend/QA/design kommunikatsiyasi uchun uzoq vaqt ketmaydi. Ya’ni, komanda tezroq harakat qiladi.

Bu mavzuda o’qish uchun ikkita maqolani tavsiya qilaman:
- Why T-shaped people?
- How to develop T-shaped people

Mavzuga chuqurroq kirilsa, E/M/V/X/π shakldagi odamlar haqida ham o’rganish mumkin.
Far·hod·jon
T-shakldagi bilim Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik. Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa…
Shunga o’xshash tushunchani bir paytlar Nikolay Toverovskiy qiziq shaklda bergandi: mutaxassisning mahoratlarini (skills) sakkizoyoqning oyoqlariga o’xshatishgan.

Mutaxassis rivojlantirgan mahoratlariga qarab sakkizoyoqning qaysidir oyog’i uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Masalan, dizaynerda: topshiriqlarni bajarish, loyihalarni yuritish, interfeyslarni loyihalash, tipografika, grafik dizayn va hokazo “oyoqlar” (mahoratlar) uzunroq shakllangan bo’ladi. Art-direktorga esa, qo’shimcha ravishda topshiriqlarni o’tkazish (delegation), muzokalarni olib borish, jasorat kabilar rivojlanishi muhimroq bo’ladi.

https://bureau.ru/bb/soviet/20161013/

Har qanday soha vakillari uchun shunaqa mahoratlar to’plamini tuzish va shuning ustida ishlash mumkin.
Clubhouse chiqqanidan keyin hamma shoshilib qoldi. Ikkala katta ijtimoiy tarmoqlar — Facebook ham, Twitter ham raqobatchisini chiqarmoqchi.

Lekin Telegram ulgurdi birinchi. Bugungi chiqqan versiyasidan boshlab, avval guruhlarda ishlatish mumkin bo’lgan ovoz chatlarni engi kanallarga ham qo’shish mumkin. Xuddi Clubhouse’dagidek tinglovchilar ham “qo’l ko’tarib” suhbatda ishtirok eta oladi.

Yana yaxshi tarafi (va bu podkastlarga katta zarar yetkazishi mumkin): shu ovoz chatlarni yozib qoldirish mumkin.

Asosiysi, Android foydalanuvchilari ham baxtli endi.

https://telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids

#telegram
Katta ma’lumotlar to’plami asosida quriladigan algoritmlarda oxirgi paytlarda qiziq bir xususiyat paydo bo’lyapti. Bu algoritmlar ba’zida irqchi (racist) yoki seksistga (jins ajratadigan) aylanishi mumkin.

Masalan, o’zbek tilida uchinchi shaxs haqida gapirilganda shaxs mavjudmas, biz har doim “u” so’zini (kishilik olmoshi) ishlatamiz. Ingliz va rus tillarida esa shu shaxsning jinsi muhim: he/she/his/her, он/она/его/её. Zamonaviy ingliz tilida jins aniq bo’lmaganda, “they” (ular) yoki “she” (ayol u) qo’llanilishi nisbatan jinsiy-neytral (gender neutral) hisoblanadi.

Buni qarangki, hozirgi Google Translate jinsiy-neytral hisoblangan tillardan “u” so’zini ingliz tiliga tarjima qilishda nisbatan seksistlik qilarkan. Twitter’da ko’tarilgan mavzuda venger tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan matn keltirilgan:

Google Translate ayol kishini chiroyli, erkak kishini aqlli, erkak kitob o’qiydi, ayol idishlar yuvadi, erkak o’qitadi, ayol ovqat pishiradi kabi tarjima qilyapti.

Qiziqish uchun o’zbek tilidan ingliz tiliga xuddi o’sha matnni qo’ydim. 1-2 holatni hisobga olmaganda, tarjima bir xil. Yandex tarjimonida ko’p holatlarda “he” deb tarjima qilinyapti.

Mavjud ma’lumotlardan foydalanilganda shu ma’lumot qanaqa segmentdan olingani muhim. Masalan, agar algoritm faqat oq tanli odamlarning fotolari ustiga qurilsa, u qora tanli odamlarning fotolarida xato bilan ishlashi ehtimoli oshadi.

#machine_learning
Odatda, kod yozish yoki dasturlash bilan shug’ullanish haqida gapirilganda bir qancha vaqt talab qiladigan qiyin qadamlar xayolga keladi. Lekin yildan-yilga kod yozishni boshlash osonlashib boryapti. Yaqinda tanishgan ikkita uskunani (tool) aytib o’tmoqchiman. Ikkalasiyam sohaga kirishni va sohadagi odamlarning ishini juda osonlashtirib beradi.

1. Replit. Shundoq brauzerda kod yozishni va uni ishlatishni boshlab ketaverasiz. IDE (kodni yozadigan muhit) brauzerning o’zida, Google Docs yoki Figma kabi bir nechta odam bir paytda kod yozsa bo’ladi (multiplayer, videosi bu yerda) va chati ham bor. Keyin shu yozilgan kodni Replit’ning bulutida (cloud) bajarish mumkin. Paketlarni o’rnatish va boshqarish ham interfeysda, keyin kichik ma’lumotlar omboriyam beradi.

Yana bir tomoni: GitHub’dan tayyor reponi olib ham ishlatish mumkin va tayyor loyihalar ham mavjud.

Asosiysi, Replit brauzerda bo’lgani uchun eng oddiy kompyuterlar yoki smartfondayam ishlayveradi.

2. Deepnote. Bunisi ma’lumotlarni tahlil qiladiganlar uchun: Data Scientist, Data Analyst va h.k. Bulardayam “multiplayer” bor: bir paytda bir nechta odam birga ishlay oladi. Bular ham o’zlarining bulutini berishadi hisoblash uchun. Va bulardayam, sinab ko’rish uchun tayyor loyihalar bor.

Sohaga shunchaki qiziqayotgan yoki ba’zida ishlab turadigan odamlar endi qanaqadir alohida qimmat kompyuter yig’ishi shartmas.

Bu maqsad uchun Google Colab ham bor, lekin Deepnote qulayroqdek tuyulyapti.

–––––

Shunaqa uskunalar intervyular uchun ham yaxshi: intervyuga kelgan odam o’zining kompyuterida kod ishlaydigan muhitni tayyorlashga vaqt sarflamaydi. Oldindan tayyorlangan loyiha shundoq yuborilishi yetarli.
Hozir turli nomzodlarni intervyu qilayotganimda kuzatuvim: ko’pchilik kitob o’qimas ekan. YouTube orqali turli videolar ko’rish, maqolalar o’qishning ham foydasi albatta mavjud. Lekin asosiy tushunchalar bo’yicha chuqur bilim olishning yaxshi usullaridan biri — kitob o’qish. Har qanday mutaxassis (yoki umuman odam) uchun bu juda yaxshi odat.

Qaysi kitoblarni o’qish masalasi ham muhim: chunki, sarflanadigan vaqtga arzigulik bilim olish ham lozim. Kitoblarni tanlashda tanishlar, do’stlar va bilimliroq odamlarning maslahatlari ancha asqotadi. Kitob o’qish jarayonida chiqadigan savollar va mavzularni muhokama qilish uchun sherik bo’ladi kamida.

Kitob tanlashning yana bir yaxshi usullaridan biri — ommaviy ro’yxatlar va soha mutaxassislaridan tavsiyalar. Quyida men faqat dasturlash va, umuman, dasturiy ta'minot yaratish bo'yicha yozaman.

Ommaviy ro’yxatlar masalasida, men Goodreads’ga suyanishni tavsiya qilaman. U yerda odamlar turli usullarda kitoblarni to’playdi va tavsiya qiladi. Masalan, Software Engineering nomli janr bor. Va odamlar shu janrni tanlab kitoblarni javonga (shelf) to’plasa alohida reyting chiqadi: Software Engineering Books (dasturchilar uchun bu juda muhim ro’yxat).
Bundan tashqari, odamlar (muallif yoki foydalanuvchi) o'qiyotgan/o'qigan kitoblarini kuzatish mumkin (Bill Gates).
Yana bir usul — ro'yxatlar. Odamlar turli ro'yxatlar tayyorlab bo'lishishadi. "Software Engineering" bo'yicha 40 dan ortiq ro’yxatlar mavjud.

Soha mutaxassislari: biror bilimli odamning blogini ochib tavsiyalari topiladi. Masalan: Jeff Atwood, Joel Spolsky (eskiroq ro’yxat). Yoki BooksChatter, Most Recommended Books kabi saytlar turli manbalardan tavsiyalarni yig'ib chiqadi.

Bunaqa tavsiya va ro'yxatlar har qanday soha yoki yo'nalish uchun mavjud: dizayn, grafika, test qilish, mahsulot boshqaruvi va hokazo.

#kitob #books