Far·hod·jon
1.13K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
426 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Redditʼda Oʻzbekistondagi narxlarni muhokama qilishyapti. 10 yevroni soʻmga almashtirgan odam shuncha pul olganiga hayron.

https://www.reddit.com/r/mildlyinteresting/comments/i5ywcv/this_is_what_10_11_usd_look_like_in_uzbek/
Hurmatli Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi!

Ha bu qachon bizning BUGUNimiz va ERTAmiz buyuk va havas qilsa arziydigan boʻladi? 500-1000 yil oldingi ajdodlar va buyuk tariximiz oʻtib ketib boʻldi, uni dastak qilib maqtanib yurishga sal uyalish ham kerak.

U tarixga sizlarning qanaqa hissangiz bor, hayronman, toʻgʻrisi! 😅

Shu mavzuda: https://farhodjon.uz/blog/great-ancestors/

#manaviyat
Smartfon uchun VPN: Cloudflare WARP

2019-yilning sentabrida Telegram kanalimda Cloudflare WARP ilovasi haqida yozgandim. Shu kunlarda muhtaram hukumatimiz yordami bilan Facebook yoki Instagram tarmoqlaridan foydalanish qiyinlashgani tufayli, internetga erkinroq ulanish usullarini topish yana muhimlashdi.

Xullas, Cloudflare kompaniyasining 1.1.1.1 deb nomlangan mobil ilovasi bor. Topish osonroq boʻlishi uchun quyida ilovaga toʻgʻri havolalar:

- iOS uchun: https://itunes.apple.com/us/app/1-1-1-1-faster-internet/id1423538627

- Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.cloudflare.onedotonedotonedotone

Ilova xuddi VPN kabi ishlaydi, lekin juda tez. Odatda, traffik VPN orqali oʻtganda kattaroq fayllar (video, rasm) yuklanishi sekinlashadi. Lekin bu ilova bilan bemalol Instagram ham, Facebook ham ishlayapti. Ilova tekin. Agar koʻproq tezlik uchun oyiga 4,99 AQSh dollari toʻlab obuna boʻlish mumkin. Oyiga taxminan 51 000 soʻm toʻlab barqaror internetga ega boʻlishning hech salbiy tarafi yoʻq.

Yana bir yaxshi xabar: Cloudflare kompaniyasi ushbu ilovaning macOS va Windows uchun dasturlarini chiqarish ustida ishlayapti hozir. https://one.one.one.one/ saytiga kirib navbatga turish mumkin. Beta versiyasi tayyor boʻlganda yuborishadi.

Rahmat aytish shartmas. Lekin saylovda ovoz bergan deputatlaringizga shu muammoni yetkazish foydaliroq boʻlishi mumkin. Bu oʻzboshimchalikni oʻzgartirishga ularning ham kuchi yetarmikan?..

#internet @FarLives 🌀
#7: Podkastlar
Chaqmoq FM
Chaqmoq FM 7-epizod: Podkastlar

Ushbu epizod ovoz va audio bilan uzoq yillar davomida ishlab kelgan, Oriat Dono radiosida boshlovchilik qilib kelgan va “Birinchi podkast”ning asoschilaridan biri — Jamshid Nazarov bilan 2020-yil 5-avgustda yozildi.

YouTube: https://youtu.be/9pO7Wru0llg

Mavzular:

00:01:05 - Podkastlar tarixi, bizning tajribamiz, ruscha podkastlar
00:47:01 - Podkastlar kontent formati sifatida
00:57:54 - Podkast eshitish platformalari
01:06:10 - Spotify tomonidan Gimlet va Anchor xaridi
01:11:15 - Spotify va Jo Rogan
01:21:25 - Videopodkastlar
01:29:30 - Ovoz mutaxassislari, radio haqida
01:35:23 - Radio va podkastlarda reklama
01:40:14 - Podkast qiluvchilarga maslahatlar


Qoʻshimcha havolalar:

- podkastlar haqida kaminaning blogida;
- podkast yaratuvchilari uchun Anchor platformasi;
- ruscha podkastlar katalogi;
- Meduza qoʻllanmasi: Хочу записать подкаст. С чего начать?

Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/

#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀
Far·hod·jon pinned an audio file
Qanday toʻgʻri ishlash mumkin?

Dam olish kunlarida adashib Den Golotyukning Как правильно работать? nomli juda uzun qoʻllanmasiga koʻzim tushib qoldi. Juda koʻp iqtiboslar, muallifning biror mavzudagi fikrlari, sogʻlom qarashlar va tushuntirishlardan iborat bu qoʻllanmani juda foydali deb topdim. Ayniqsa, mustaqil hayotini va karyerasini (ishini) boshlayotgan odamlarga.

Qoʻllanmaning sarlavhasi ish bilan bogʻliq boʻlishiga qaramay u qoʻshimcha insoniy mavzularni ham oʻz ichiga olgan: oʻsish (rivojlanish), hayotda oʻz oʻrnini topish, oʻziga ishonch, pul va boylikka munosabat, maqsadlar va rejalar, motivatsiya, sogʻliq, muhabbat, doʻstlik, hayotdan maqsad, ochiqlik, baxt kabi mavzularda ham qisqacha tushuntirish berilgan.

Qoʻllanma rostdan ham uzun: A4 format bilan PDF qilinsa 170 dan ortiq sahifa chiqyapti.

Quyida qoʻlbola oʻzbekchaga tarjima qilingan baʼzi iqtiboslar:

Oʻsish uchun odamga xohishmas, zaruriyat kerak.
---

Ishda nimadandir qoʻrqyapmizmi? Nazariy tomondan bu har narsa boʻlishi mumkin: mijoz ustimizdan shikoyat qildi, bizga hayfsan berishadi, ishdan boʻshatishadi, yuqoriroq lavozimni berishmaydi. Amaliyotda esa — mana oʻsish uchun yana bir nuqta topildi. Oʻsish — doimo toʻsiqlarni yengib oʻtish haqida. Toʻsiqlar esa bizning qoʻrquvlarimiz bilan oʻlchanadi. Shu qoʻrquvning borligi juda ijobiy — biz oʻsishning keyingi bosqichini oldik.
---

Ushbu ulgʻayishning asosiy bosqichlaridan birida, oʻzgarish yoki tushunishni tahlil qilishga harakat qilgandan koʻra shunchaki yashashni davom ettirish ancha muhim. Aynan shu holatda avval buni boricha qabul qilish lozim. Keyin esa oʻz yoʻlidan toʻxtamaslik uchun har narsani qilish kerak.
Va shunda ajoyib narsa yuz beradi. Biz tushunib yetamizki, “Kolya sendan yaxshiroq” degan hukmda eng muhim so
ʻz yetishmaydi — “hozir”.
---

Natija = Vaqt × Harakat
---


❤️ http://work.golotyuk.com ❤️


#mahsuldorlik
90-yillardagi operatsion tizim va dasturlarning stilida ishlangan https://poolside.fm saytining macOS uchun dasturi ham chiqibdi. Ishlaganda yoki biror narsaga fokus qilganda fonda turli qoʻshiq yoki musiqalar qoʻyiladi. Retro pleyer, qisqasi.

💾 Poolside FM 💾
📹 Shanba videolari - 9

Anchadan beri bu kanalda videolar bilan boʻlishilmadi. Buni tuzatish vaqti keldi, yakshanba boʻlishiga qaramasdan.

Hayvonot olami

Ikkita video. Birinchisida dengiz qisqichbaqalarining (crab, краб) chigʻanoq almashish jarayoni. Bular hammasi bir joyga yigʻilib chigʻanoq oʻlchamiga qarab navbatga turvolisharkan. Ajoyib!
- Amazing Crabs Shell Exchange

Ikkinchi videoda esa bechora deyarli koʻrinmaydigan koʻk erkak baliq urgʻochi baliqning eʼtiborini tortish uchun sanʼat asarini yaratadi (oxirigacha koʻring) 😍
- Puffer Fish Constructs A Masterpiece of Love

Mars 4K formatda
Marsning yuqori sifatdagi fotosuratlarini koʻrib shu oʻzimizning Yerdagi qanaqadir choʻllarni eslaydi odam. Lekin baribir ancha keng fikrlaganda odamzodga qanaqadir umid beradi ular.
- New: Mars In 4K

XIX asr oxiri — XX asr boshidagi videolar yuqori sifatda

Rossiyalik Denis Shiryayev eski, hozirgi kunda sifati past hisoblanadigan videolarni olib, ularni Machine Learning ishlatadigan turli usullar yordamida 4K sifatdagi va sekundiga 60 ta kadrli videolarga aylantiradi.

Masalan, aka-uka Lumyerlar tomonidan 1896-yilda olingan “La-Syota vokzaliga poyezd kelishi” videosini sifatini koʻtarilgani ancha shov-shuv boʻlgandi:
- Arrival of a Train at La Ciotat (The Lumière Brothers, 1896)

Keyinroq esa turli shaharlarning eski videolari ustida ishladi:
- A Trip Through New York City in 1911
- Moscow, Tverskaya Street in 1896
- San Francisco, a Trip down Market Street, April 14, 1906

Denisning Denis Sexy IT nomli kanalini ham tavsiya qilaman.

Yandexʼning avtonom mashinasi
Yandex soʻnggi paytlarda ancha yaxshi kompaniyaga aylanib boryapti (avval ham yaxshi edi, endi ancha yaxshi). Kompaniyaning oʻzi avtonom ravishda yuradigan mashinalar uchun texnologiyasi mavjud. Adashmasam, Innopolisda ular test qilinadi. Quyidagi videoda esa Michigan shtatining Enn-Arbor shahrida (odamlar yashaydigan haqiqiy shahar) haydovchisiz mashinaning yurishi tasvirga olingan.
- Yandex 1-hour autonomous drive in Ann Arbor, Michigan

reMarkable 2
Qalamli Kindle. Planshetlarning kichik ukasi: bildirishlarsiz, chalgʻitadigan ilovalarsiz va faqat oʻqish va yozish uchun fokus qilingan. Kindle kitoblarni almashtirsa, reMarkable qogʻozning oʻzini almashtirishni taklif qilyapti. Qiziq(roq).
- Introducing reMarkable 2 — the paper tablet

Yana Microsoft videolari
Microsoft kompaniyasi ham soʻnggi paytlarda ancha ijobiy tomonga oʻzgardi. Ayniqsa, dizaynga hozir qilayotgan eʼtibori tahsinga sazovor. Tayyorlayotgan videolarining faqat vizual tomonimas, ovoz dizayni ham zoʻr. Quyida yangi videolari. Estetik zavq olish va didni oshirish uchun tavsiya qilinadi. Instagramʼda ham kuzating — videolar olinishi haqida qiziq detallarni berib borishadi.
- The new Microsoft icons: diverse and connected
- The Future Vision of Microsoft 365

Omon boʻling! ✌️

#shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀
Instagram akkauntimda turli sayrlarda olingan fotosuratlar bilan boʻlishyapman. Hamma fotolar ham bitta postga sigʻmaydi, chunki, Instagram faqat 10 ta fotoga ruxsat beradi. Shuning uchun, baʼzi sayrlar 2-3 ta postga aylangan.

Anhor boʻyidagi oʻziga xos uylar:
https://www.instagram.com/p/CDgdftXjWvw/

Islom universiteti:
https://www.instagram.com/p/CDYmfcADSd8/

Mustaqillik maydoni:
https://www.instagram.com/p/CDoQRFkjby4/

Markaz-12 (Ц-12) mavzesi:
- https://www.instagram.com/p/CD57fazAXsl/
- https://www.instagram.com/p/CD572n-pkDB/
- https://www.instagram.com/p/CD58MKxFMbU/

Ohangaron, A373 va Kamchiq dovoni yoʻllari:
- https://www.instagram.com/p/CEZkNnoKY1n/
- https://www.instagram.com/p/CEgkWOnDN28/

Fargʻona vodiysidan:
- https://www.instagram.com/p/CEfBaTPj26s/
- https://www.instagram.com/p/CEfB3t9DZYV/

Doʻstlik (eski Bobur) boʻgi:
https://www.instagram.com/p/CEhpiCvA-or/

Yapon bogʻi:
- https://www.instagram.com/p/CEmSfCHqQaB/
- https://www.instagram.com/p/CEmVbBNKrFK/
- https://www.instagram.com/p/CEmWfEMqUe-/

Va Chorvoq suv ombori atrofidan:
- https://www.instagram.com/p/CEzX4YZKO35/
- https://www.instagram.com/p/CEzZIqSluGq/
- https://www.instagram.com/p/CEzZ0VQjbug/
- https://www.instagram.com/p/CEzarB1DT_Z/

Krosspost qilib bu kanalga ham 10 talab fotolarni qoʻyib borish qanchalik toʻgʻri, bilmadim. Shunchaki qiziqish uchun olingan fotolar Instagramʼda qolgani maʼqul.
📹 Shanba videolari - 10

Bir kuni Toshkentda

Ruscha-oʻzbekcha olingan bu video Oʻzbekiston va oʻzbek tilidagi segment uchun juda unikal. Qanaqa gʻalati tuyulmasin, qisqa metrajli filmda ishtirok etgan odamlar oʻrtacha oʻzbek kinosidagi aktyorlardan oʻlsa oʻligi ortiq.

Hikoyaning baʼzi qahramonlarining original talaffuzi va soʻzlashuv uslubi qoldirilganiga ham tasanno. Nega soʻkinib gapiradigan odamlar kinolarimizda birdaniga sunʼiy odoblilarga aylanishi kerak, tushunmayman.

- Однажды в Ташкенте (Короткометражный фильм, 2020)

Aleksey Navalniy videolari

Siyosiy mavzularni kuzatmaslikka harakat qilaman: baʼzida, natijasiga taʼsir oʻtkazishim ehtimoli kam narsalarga keragidan ortiq eʼtibor sarflashim mumkin. Buni boshqarish esa mening qoʻlimda.

Lekin yaqinda Navalniyning ikkita videosini koʻrib odamlarning (ayniqsa, amaldorlarning) ochkoʻzligini baʼzida cheki boʻlmasligini tushunasan. Bundoq oʻylab qarasa millionlab odamlarning taqdiri sening qoʻlingda, tarixda yuzlab yil seni eslab yuradigan ishlar qilishing mumkin. Lekin atrofidagi ogʻaynilari va qarindoshlari bilan parazitdek xalq puliga yopishvolganlarni tushunish qiyin.

Harqalay, Rossiya bizga nisbatan ochiqroq va sal boʻlsayam demokratiya ishlaydigan davlat. Oʻzbekiston bilan solishtirish qiyin, lekin umumiy oʻtmishimiz va nisbatan madaniyat va fikrlashdagi oʻxshashliklardan kelib chiqib shunaqa holatni bemalol kutish mumkin.

- Томск в плену у депутатской мафии
- Взятки. Дворцы. Самолёты. За что продали народ Татарстана

Shaxsga sigʻinish

Gohida Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya haqida aytib kulamiz-ku, lekin sal atrofga qaralsa bizda ham shaxsga (ayniqsa, predizentga) sigʻinishga rosa urinishni kuzatish mumkin.

Ilya Varlamov Turkmanistondagi shaxsga sigʻinish haqida qiziq video tayyorlabdi. Shundoq qoʻshnimiz haqida 🙂

- Культ личности в Туркменистане. Диктаторы, у которых снесло крышу: Бердымухамедов и Туркменбаши

Lucid Air — Tesla raqobatchisi

Hozir biz avtomobil sohasida revolyutsiyani kuzatyapmiz: avtomobillar aqllilashishi va yoqilgʻining nisbatan ekologik variantlaridan foydalanish. Bu revolyutsiya 10-15 yil davom etadi, menimcha. Masalan, Norvegiya 2025-yildan boshlab hamma avtomobillar yoqilgʻisiz boʻlishini maqsad qilgan.

Avtomobillar ham asta-sekin xuddi smartfonlardek gadjetga aylanadi: asosiy qismlari oʻzgarmaydi, lekin uning bir qancha imkoniyatlarini dasturiy taʼminot orqali boshqarish mumkin boʻladi. Lucid Motors rejalashtirayotgan Lucid Air modeli ham juda boshqacha: bir nechta ekranlar, smartfon orqali boshqarish, odamning yuzidan tanish, bir avtomobil boshqasiga quvvat berishi 😱 va hokazo. 80 000 AQSh dollaridan boshlanadi narxi.

- Lucid Air

Turli narsalar tayyorlanish jarayonlari

Baʼzi qoʻlda tayyorlanadigan uskuna yoki jihozlarning jarayonini koʻrib hayron qolaman. Shuncha mehnat va mehr. Quyidagi videolarda: Damashq pichogʻi, moʻgullar kamoni, Xitoy (Yixing) choynagi va oxirida turli choynaklarning sifatini oʻlchash.

- The Birth Of A Tool. Part III. Damascus steel knife making (by Northmen)
- Mongolian sinew backed bow
- The delicate making of Yixing clay teapot, also known as purple sand teapot
- The Differences In Quality Of Teapots That Are Available Is Amazing!

@FarLives #shanba_videolari #youtube
Lotin alifbosining yagona muammosi — oʻ va gʻ harflaridagi Okina belgisi haqida yozganimda shu harflarni shunchaki Yunikodda mavjud boshqa harf (yoki belgi) bilan almashtirish yetarli, degan xulosaga kelgandim.

Men tanlagan diaktrik belgili muqobillar bular boʻlgandi:
Ôô, Ĝĝ
Ǒǒ, Ǧǧ
Ŏŏ, Ğğ
Ōō, Ḡḡ

Lekin tunov kuni shu mavzuda yana Hamza Foziljonov bilan suhbatda u diyezeris, ustida ikki nuqtasi bor Öö koʻproq tarqanligi uchun oʻ uchun maqulroq, degan fikr aytdi.

Xullas, quyida ikkita soʻrovnoma orqali boshqalarning ham fikrini bilmoqchiman. Oʻ (ў) va gʻ (ғ) uchun normal alternativa tanlaymiz.

#oʻzbek_tili
Oʻoʻ (Ўў) uchun muqobillar. Aslida ular ko’p, lekin bir qancha nomuqobil variantlarni olib tashladim: Telegram so’rovnomada faqat 10 ta variantga ruxsat beradi.
Gʻgʻ (Ғғ) uchun variantlar. Ular koʻp emas, shuning uchun hammasi qoldirildi.
Far·hod·jon
iPhone 11 Pro kamerasining taqrizi: http://austinmann.com/trek/iphone-11-pro-review-china #apple
Sayohat fotografi, Ostin Mann (Austin Mann) iPhone 12 Pro kamerasi taqrizini tayyorlabdi. Yuqoridagi fotoda yaqqol farq: iPhone 11 va iPhone 12 Ultra Wide kameralari kam yorugʻli vaziyatlarda qanaqa natija berishi.

http://austinmann.com/trek/iphone-12-pro-camera-review-glacier

#fotografiya #apple
Bosma va yozma harflar

Yozuvning ikki xil shakli bor: yozma va bosma. Kompyuter va smartfonlardagi barcha harflar — bosma. Qoʻlda yoziladigan harflar esa — yozma. Yozma harflar bir-biriga bogʻlab yoziladi va koʻp holatlarda bosma harflardan farq qiladi. Ingliz tilida: cursive and block letters.

Hozirgi dunyoda asosiy muloqot elektron shaklda olib boriladi. Yozma yozuv esa hayotimizdan tobora chiqib ketyapti. Faqat qanaqadir byurokrat tashkilot va odamlar talab qiladigan ariza, tushunturish xatlari yoki qanaqadir formalarda qolgan. Yana ozroq odamlar oʻzi uchun yuritadigan kundalik va qaydlarda koʻrish mumkin.

Yozuvning asosiy maqsadi fikrni yetkazib berish, yaʼni, muloqot uchun. Muloqotni samarali qilish uchun esa matnni yozish va oʻqish tezligi yuqori boʻlishi lozim. Vikipediya aytishicha, yozma va bosma harflarni yozish tezligi bir xil.

Matnni oʻqishga kelganda esa, bosma harflar hammaga tushunarli; katta ehtimol bilan har xil odamlar ham turli harflarni oʻxshashroq yozadi. Bu oʻqish tezligini (UX) oshiradi, albatta.

Maktablarda ham, bosma harflarnigina oʻrgatish vaqti kelgandir, balki? XX asrning tajribalarini davom ettirishning hech foydasini koʻrmayapman, toʻgʻrisi.

AQSh esa faqat bosma harflarni ishlatishga allaqachon oʻtgan; rasmiy ilovalarda alohida koʻrsatiladi ham.

On official forms, one is often asked to "please print". This is because cursive handwriting is harder to read, and the glyphs are joined so they do not fit neatly into separate boxes.

Shaxsan oʻzim ancha oldin faqat bosma harflar bilan yozishga oʻtganman.

#yozuv #tipografika
📹 Shanba videolari - 11

Karl koʻprigi qurilishi

Chexiya poytaxti Pragada qadimiy Karl koʻprigi mavjud. Koʻprikning nomi uning qurilishini boshlagan qirol — Karl IV bilan bogʻliq. Koʻprik qurilishi XIV asr oʻrtasida (1357-yil) boshlanib XV asr boshidagacha davom etgan. Ushbu videoda shu koʻprik qurilishi va texnologiyasi koʻrsatilgan. Qoyil qolish kerak.
https://youtu.be/nJgD6gyi0Wk

Boston Dynamics robotlari

Markes Braunli xuddi boshqa texnikalarga taqriz qilgandek Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotiga taqriz tayyorlagan. Robot AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqlarida sotiladi va narxi 75 000 AQSh dollari atrofida.
https://youtu.be/s6_azdBnAlU

MIT (Massachusetts Institute of Technology) esa bemorlarning hayotiy koʻrsatkichlarini kontaktsiz olish uchun shu robotlarni sinayapti.
https://youtu.be/0YvSdbwh41I

Va avval kimdir koʻrmagan boʻlsa, Boston Dynamicsʼning boshqa modellari odamga oʻxshab yurishi, turli toʻsiqlardan oʻtishi, sakrashi (ham oldga, ham orqaga) va boshqa amallarni bajarishi mumkin.
https://youtu.be/uhND7Mvp3f4

Appleʼning “sahna ortidan“ videolari

Apple Watch soatlarida ekranga oʻrnatiladigan maxsus “yuzlar” (faces) mavjud. Odatda ularda turli grafika va koʻrsatkichlar aks etadi. Baʼzi yuzlarda esa fonda turli animatsiyalar paydo boʻladi: masalan, olov yoki suv. Bir qaraganda shu animatsiyalarni kompyuterda tayyorlangan, deb hisoblash mumkin. Lekin ular haqiqiy video sifatida olinarkan!
https://youtu.be/aK7KPw9bLfI

Bundan tashqari, Apple yangi iPhone chiqarganda uning kamerasi imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Behind the Scenes (sahna ortida) nomli tajribalar koʻrsatadi. Bular ham xuddi kompyuter grafikasidek, lekin ushlab koʻrsa boʻladigan materiallardan ozgina fizika va kimyo bilan tayyorlanarkan.

Fire & Ice - https://youtu.be/dJyd_zgr2WE
Dark Universe - https://youtu.be/r7mB7BBWLcQ

AQShning milliy parklari

AQSh hukumati va xalqining juda katta yutuqlaridan biri — ular XIX asr oxiridayoq yovvoyi va umuman tabiatni saqlab qolishga juda katta eʼtibor berishgani. Mana hozir mamlakat fuqarolari dam olish yoki faol xordiq chiqarish uchun joylar yetarlicha. Yerlar tortiq qilinayotgan va pulning orqasidan quvilayotgan XXI asr Oʻzbekistoni bilan solishtirib boʻlmaydi. Videoda AQShdagi 25 ta milliy parklar haqida.
https://youtu.be/zTBmv-Gzf2w

The Люди

Anton Lyadov tanlaydigan joylarning hammasiga ham havas qilib boʻlmaydi: Shimoliy Koreya, Venesuela, Moʻgʻuliston, Meksika va hokazo. Boshqa Anton — Ptushkin videolari bilan solishtirib boʻlmaydi: Lyadov videolari xuddi oddiy videoblogdek tasvirga olingan, xavfli joylar, turli faktlar va shu joylarda yashaydigan odamlar fikrlari. Dunyoga boshqacharoq qarash uchun tavsiya qilinadi.

Самый опасный город мира l Венесуэла - https://youtu.be/hCMyf2ri0is
Реальная жизнь в Северной Корее - https://youtu.be/ZpUKJ6-LMI8
Пустынные города Монголии - https://youtu.be/yledeLW7w3s
Дубай. Обратная сторона / Трущобы и Заброшенные острова - https://youtu.be/bD9hyqx-BMk

GMC Hummer EV

Hammer pikap (pickup) mashinalarini koʻpchilik biladi. Oʻziga xos, koʻpincha turli film yoki oʻyinlardagi notinch joylarda koʻrsatishadi. Shu mashinaning yangi, faqat elektr energiyasiga yuradigan modeli juda zoʻr: shunchaki videoni koʻring. Keyingi yildan boshlab chiqadi. Narxi 112 000 dollar. Arzonroq modellari keyingi yillardan chiqarilarkan.
https://youtu.be/MjMhZKmHKGk

@FarLives #shanba_videolari #youtube
👍1