Far·hod·jon
1.14K subscribers
347 photos
54 videos
2 files
427 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Trotuarlarda velosiped yoʻlaklari — axmoqona fikr

Gazeta.uz nashrida shaharsozlik boʻyicha ikkita zoʻr maqola chiqdi. Biri hovlilardagi mashinalar haqida (bu haqida men ham yozgandim), ikkinchisi yaqinda qurilishi boshlangan velosiped yoʻlaklari haqida. Gazeta.uzʼning “Ташкент Мечты” deb nomlangan loyihasi juda foydali, qiziqarli chiqqan. Afsuski, oʻzbek tilida shaharsozlik boʻyicha shunaqa yaxshi surishtiruv va maqolalar kam.

Velosiped yoʻlaklari boʻyicha meni eng qiziqtirayotgan savol: nega ular qurilishi kerak? Men oʻzimga taxmin qilaman:

1. Shunchaki kimdir “bizdayam boʻlishi kerak”, degani uchun.
2. Yuqoriga “mana shuncha kilometr velosiped yoʻlaklari qurdik”, deb maqtangani.
3. Shu taklif orqali choʻntaklarni boyitgani.

Eʼtibor bersangiz, maqsadlar orasida sogʻlom aql bilan oʻylangan va qingʻirliklarsiz amalga oshiriladigani yoʻq. Mana u maqsadlar:

1. Mashinadanmas, velosipeddan foydalanish sogʻlomroq turmush tarzi hisoblanadi. Velosipedda odam jismonan kuch sarflaydi.
2. Velosipedlar shaharga turli zararli gazlar chiqarmaydi.

Yana bir qancha ijobiy sabablarini topish mumkin, lekin shu bilan cheklanaman. Endi hokimiyatga haqiqiy savollar:

- Agar biz odamlarni mashinadan koʻra velosipeddan koʻproq foydalanishini targʻib qilayotgan boʻlsak, nega aynan piyodalarning yoʻlini (trotuarlarni) qisqartiryapmiz?

- Hokimiyat va masʼul tashkilotlar yillar davomida eplab trotuarlarni mashinalardan himoya qilolmayapti, endi u yerga velosipedlarniyam tiqishtirish kerakmi?

- Shuncha pul sarflanayotgan velosiped yoʻlaklaridan hech kim foydalanmasa, buni samarasiz qurgan odamlar jazolanadimi? Chunki, xalq pulini shunchaki sarflayotgan odamlar javobini berishi kerak.

- Hokimiyat Germaniyaning Planungsbüro VAR+ byurosini jalb qilgan ekan, nega ularning takliflari inobatga olinmayapti? Bilmadim bu byuroga qancha pul toʻlangan, qanchasi shu byuroga yetib borgan.

- Nega hadeb axmoqona qarorlar chiqaraveriladi? Dunyo tajribasi bor, shularni shundoq olib ishlatsa boʻldi. Yoki hokimiyatda Googleʼdan foydalanishni bilmaydigan odamlar xalqning puliga oylik olyaptimi?

- Trotuarlarda qancha daraxtlar bor, shularni kimdir oʻyladimi?

Shunaqa holatlarni koʻrib oʻylab qoladi odam: bu hokimiyatda ishining ustalari ishlaydimi yoki hamma diletantmi? Xuddi boshqa sohadan tasodifan kelib qolgandek…

Hokimiyatga taklif” degan maqolamda koʻchalarni qanday yaxshilash boʻyicha yaqqol misol keltirgandim. Shuni yana keltiraman. Tasavvur qilamiz, quyidagi birinchi fotodagi koʻcha Oʻzbekiston shaharlaridagi koʻchaga oʻxshab ketadi.

Shu koʻchani rivojlantirishda piyodalar xavfsizligi, ommaviy transportdan foydalanish qulayligi, velosiped yoʻlaklari, koʻkalamzorlashtirish hisobga olinyapti va koʻcha ikkinchi fotodagi koʻrinishga kelyapti.

Eʼtibor bering, trotuarga hech kim tegmadi. Unda qoʻshimcha daraxtlar va kafelarning tashqarisida verandalar paydo boʻldi. Tamom. Hokimiyat bir qanaqadir shubhali yangi narsalarni oʻylab topgandan koʻra odamlarga yordam qilish uchun eʼtibor va pulni trotuarlarni tuzatishga sarflagani maʼqul:

1. Trotuarlarni qurish va saqlash boʻyicha yagona, dunyo talablariga javob beradigan standart ishlab chiqish.

2. Shu standart asosida yangi trotuarlarni qurish, eskilarini yangilashda ham qoʻllash.

3. Aholi standartlarga mos kelmagan yoki buzilgan joylarni hokimiyatga yuborish va tuzatilishining ochiq mexanizmi.

Ana keyin boshqa mavzularga asta-sekin oʻtsak boʻladi. Mavzular esa juda koʻp.

Agar shahar haqida yozayotgan maqolalarim haqida izohlaringiz, ijobiymi-salbiymi fikrlaringiz boʻlsa — oʻrtoqlashing. Har qanday fikr mavjud boʻlishga haqli.

#shahar @FarLives 🌀
👍1
Uvening ikkinchi hayoti

Yaqinda oʻzim uchun yangi muallif topgandim: Fredrik Bakman. Bu shved yozuvchisining ikkita kitobini Litresʼda sotib olib eshitgandim: Uvening ikkinchi hayoti, Bu yerda Britt Mari boʻlgan. Ikkala audiokitobni eshitish ham juda yoqdi. Atrofdagi shunchaki oʻtib ketayotgan turmush va undagi mehribonlik zoʻr ochib berilgan.

“Uvening ikkinchi hayoti” kitobida yaqinda turmush oʻrtogʻi olamdan oʻtgan odam haqida hikoya qilinadi. Qoidalarga juda qattiq amal qiluvchi, boshqalardan ham tartibli boʻlishni talab qiladigan, nisbatan baxtsiz odamning “ikkinchi hayoti” boshlanishi haqida. Goodreadsʼdagi reytingi ham yomon emas: 543 000 dan koʻp odamning umumiy reytingi — 4,36.

Negadir, Uve haqidagi kitob film qilinganini bilmagan ekanman. Bugun shu filmni koʻrdik. Va juda yaxshi taassurot oldik. Film qanaqadir mehrli, tuygʻularga toʻla, odamga ijobiy taʼsir qiladigan boʻlib chiqqan. Qattiq tavsiya qilinadi.

- Kinopoisk: 7,9
- IMDB: 7,7

#kino #kitob @FarLives 🌀
Toshkentdagi, umuman, Oʻzbekistondagi shaharlardagi binolarning koʻrkini buzadigan narsalardan biri — fasadlar. Yagona standart va shartlar boʻlmagani uchun bizneslar bino fasadlarini tartibsiz, didsiz, sifatsiz yozuvlar va rasmlar bilan toʻla. Nisbatan qimmatroq joylardagi fasadlar ham bozorlarni eslatvoradi.

Moskva shahri hokimiyati (meriyasi) 2013-yilda maʼlumot beruvchi kontruksiyalarni joylashtirish tartibini qabul qilgan. Maqsad: binolarning tashqi qismini va fasaddagi maʼlumotlarni (yozuvlar, reklamalar) shahar uchun yagona standartga olib kelish. Qisqasi, “bardak”ni yoʻqotish.

Dizayn nuqtai nazaridan qaraganda, ikkita maqsadni koʻryapman: vizual shovqinni kamaytirish va odamlar zarur maʼlumotni tezda topishiga yordan berish. Hozirgi oʻzbekcha/ruscha/inglizcha va turli shriftlar bilan aralshtirib yozilgan yozuvlar ichidan zarurini topish oson ish emas.

#shahar #dizayn @FarLives 🌀
Fasadlarga (binoning tashqi qismi) bogʻliq yana bir muammo — konditsionerlar.

Birinchidan, birinchi qavatda joylashgan konditsionerlarning koʻpi piyodalar qarab “puflaydi”. Bu kamida juda yoqimsiz. Hatto Korzinka.uzʼga oʻxshagan tarmoqlarda ham asosiy eʼtibor magazinning ichiga kirgan odamlarga qaratilgan va tashqaridagilarga “tupurilgan”dek.

Ikkinchidan, konditsionerlarni tartibsiz joylashtirish va simlarining osilib turishi fasadni juda buzadi. Hatto 70-80 yillik binolarning ham tashqarisiga koʻr-koʻrona oʻrnatib tashlangan. Xuddi bu binolarda arxitektura va dizaynni qadrlamaydigan odamlar ishlaydigandek.

Har bir xonadon har xil odamlarga tegishli uylarni tushunsa boʻladi. Lekin nega bitta bino bitta tashkilotga tegishli boʻlganda konditsionerlarni tomga yoki hovliga oʻrnatib yaxshiroq tizim qilinmaydi, hayronman.

#shahar #dizayn @FarLives 🌀
Redditʼda Oʻzbekistondagi narxlarni muhokama qilishyapti. 10 yevroni soʻmga almashtirgan odam shuncha pul olganiga hayron.

https://www.reddit.com/r/mildlyinteresting/comments/i5ywcv/this_is_what_10_11_usd_look_like_in_uzbek/
Hurmatli Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi!

Ha bu qachon bizning BUGUNimiz va ERTAmiz buyuk va havas qilsa arziydigan boʻladi? 500-1000 yil oldingi ajdodlar va buyuk tariximiz oʻtib ketib boʻldi, uni dastak qilib maqtanib yurishga sal uyalish ham kerak.

U tarixga sizlarning qanaqa hissangiz bor, hayronman, toʻgʻrisi! 😅

Shu mavzuda: https://farhodjon.uz/blog/great-ancestors/

#manaviyat
Smartfon uchun VPN: Cloudflare WARP

2019-yilning sentabrida Telegram kanalimda Cloudflare WARP ilovasi haqida yozgandim. Shu kunlarda muhtaram hukumatimiz yordami bilan Facebook yoki Instagram tarmoqlaridan foydalanish qiyinlashgani tufayli, internetga erkinroq ulanish usullarini topish yana muhimlashdi.

Xullas, Cloudflare kompaniyasining 1.1.1.1 deb nomlangan mobil ilovasi bor. Topish osonroq boʻlishi uchun quyida ilovaga toʻgʻri havolalar:

- iOS uchun: https://itunes.apple.com/us/app/1-1-1-1-faster-internet/id1423538627

- Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.cloudflare.onedotonedotonedotone

Ilova xuddi VPN kabi ishlaydi, lekin juda tez. Odatda, traffik VPN orqali oʻtganda kattaroq fayllar (video, rasm) yuklanishi sekinlashadi. Lekin bu ilova bilan bemalol Instagram ham, Facebook ham ishlayapti. Ilova tekin. Agar koʻproq tezlik uchun oyiga 4,99 AQSh dollari toʻlab obuna boʻlish mumkin. Oyiga taxminan 51 000 soʻm toʻlab barqaror internetga ega boʻlishning hech salbiy tarafi yoʻq.

Yana bir yaxshi xabar: Cloudflare kompaniyasi ushbu ilovaning macOS va Windows uchun dasturlarini chiqarish ustida ishlayapti hozir. https://one.one.one.one/ saytiga kirib navbatga turish mumkin. Beta versiyasi tayyor boʻlganda yuborishadi.

Rahmat aytish shartmas. Lekin saylovda ovoz bergan deputatlaringizga shu muammoni yetkazish foydaliroq boʻlishi mumkin. Bu oʻzboshimchalikni oʻzgartirishga ularning ham kuchi yetarmikan?..

#internet @FarLives 🌀
#7: Podkastlar
Chaqmoq FM
Chaqmoq FM 7-epizod: Podkastlar

Ushbu epizod ovoz va audio bilan uzoq yillar davomida ishlab kelgan, Oriat Dono radiosida boshlovchilik qilib kelgan va “Birinchi podkast”ning asoschilaridan biri — Jamshid Nazarov bilan 2020-yil 5-avgustda yozildi.

YouTube: https://youtu.be/9pO7Wru0llg

Mavzular:

00:01:05 - Podkastlar tarixi, bizning tajribamiz, ruscha podkastlar
00:47:01 - Podkastlar kontent formati sifatida
00:57:54 - Podkast eshitish platformalari
01:06:10 - Spotify tomonidan Gimlet va Anchor xaridi
01:11:15 - Spotify va Jo Rogan
01:21:25 - Videopodkastlar
01:29:30 - Ovoz mutaxassislari, radio haqida
01:35:23 - Radio va podkastlarda reklama
01:40:14 - Podkast qiluvchilarga maslahatlar


Qoʻshimcha havolalar:

- podkastlar haqida kaminaning blogida;
- podkast yaratuvchilari uchun Anchor platformasi;
- ruscha podkastlar katalogi;
- Meduza qoʻllanmasi: Хочу записать подкаст. С чего начать?

Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/

#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀
Far·hod·jon pinned an audio file
Qanday toʻgʻri ishlash mumkin?

Dam olish kunlarida adashib Den Golotyukning Как правильно работать? nomli juda uzun qoʻllanmasiga koʻzim tushib qoldi. Juda koʻp iqtiboslar, muallifning biror mavzudagi fikrlari, sogʻlom qarashlar va tushuntirishlardan iborat bu qoʻllanmani juda foydali deb topdim. Ayniqsa, mustaqil hayotini va karyerasini (ishini) boshlayotgan odamlarga.

Qoʻllanmaning sarlavhasi ish bilan bogʻliq boʻlishiga qaramay u qoʻshimcha insoniy mavzularni ham oʻz ichiga olgan: oʻsish (rivojlanish), hayotda oʻz oʻrnini topish, oʻziga ishonch, pul va boylikka munosabat, maqsadlar va rejalar, motivatsiya, sogʻliq, muhabbat, doʻstlik, hayotdan maqsad, ochiqlik, baxt kabi mavzularda ham qisqacha tushuntirish berilgan.

Qoʻllanma rostdan ham uzun: A4 format bilan PDF qilinsa 170 dan ortiq sahifa chiqyapti.

Quyida qoʻlbola oʻzbekchaga tarjima qilingan baʼzi iqtiboslar:

Oʻsish uchun odamga xohishmas, zaruriyat kerak.
---

Ishda nimadandir qoʻrqyapmizmi? Nazariy tomondan bu har narsa boʻlishi mumkin: mijoz ustimizdan shikoyat qildi, bizga hayfsan berishadi, ishdan boʻshatishadi, yuqoriroq lavozimni berishmaydi. Amaliyotda esa — mana oʻsish uchun yana bir nuqta topildi. Oʻsish — doimo toʻsiqlarni yengib oʻtish haqida. Toʻsiqlar esa bizning qoʻrquvlarimiz bilan oʻlchanadi. Shu qoʻrquvning borligi juda ijobiy — biz oʻsishning keyingi bosqichini oldik.
---

Ushbu ulgʻayishning asosiy bosqichlaridan birida, oʻzgarish yoki tushunishni tahlil qilishga harakat qilgandan koʻra shunchaki yashashni davom ettirish ancha muhim. Aynan shu holatda avval buni boricha qabul qilish lozim. Keyin esa oʻz yoʻlidan toʻxtamaslik uchun har narsani qilish kerak.
Va shunda ajoyib narsa yuz beradi. Biz tushunib yetamizki, “Kolya sendan yaxshiroq” degan hukmda eng muhim so
ʻz yetishmaydi — “hozir”.
---

Natija = Vaqt × Harakat
---


❤️ http://work.golotyuk.com ❤️


#mahsuldorlik
90-yillardagi operatsion tizim va dasturlarning stilida ishlangan https://poolside.fm saytining macOS uchun dasturi ham chiqibdi. Ishlaganda yoki biror narsaga fokus qilganda fonda turli qoʻshiq yoki musiqalar qoʻyiladi. Retro pleyer, qisqasi.

💾 Poolside FM 💾
📹 Shanba videolari - 9

Anchadan beri bu kanalda videolar bilan boʻlishilmadi. Buni tuzatish vaqti keldi, yakshanba boʻlishiga qaramasdan.

Hayvonot olami

Ikkita video. Birinchisida dengiz qisqichbaqalarining (crab, краб) chigʻanoq almashish jarayoni. Bular hammasi bir joyga yigʻilib chigʻanoq oʻlchamiga qarab navbatga turvolisharkan. Ajoyib!
- Amazing Crabs Shell Exchange

Ikkinchi videoda esa bechora deyarli koʻrinmaydigan koʻk erkak baliq urgʻochi baliqning eʼtiborini tortish uchun sanʼat asarini yaratadi (oxirigacha koʻring) 😍
- Puffer Fish Constructs A Masterpiece of Love

Mars 4K formatda
Marsning yuqori sifatdagi fotosuratlarini koʻrib shu oʻzimizning Yerdagi qanaqadir choʻllarni eslaydi odam. Lekin baribir ancha keng fikrlaganda odamzodga qanaqadir umid beradi ular.
- New: Mars In 4K

XIX asr oxiri — XX asr boshidagi videolar yuqori sifatda

Rossiyalik Denis Shiryayev eski, hozirgi kunda sifati past hisoblanadigan videolarni olib, ularni Machine Learning ishlatadigan turli usullar yordamida 4K sifatdagi va sekundiga 60 ta kadrli videolarga aylantiradi.

Masalan, aka-uka Lumyerlar tomonidan 1896-yilda olingan “La-Syota vokzaliga poyezd kelishi” videosini sifatini koʻtarilgani ancha shov-shuv boʻlgandi:
- Arrival of a Train at La Ciotat (The Lumière Brothers, 1896)

Keyinroq esa turli shaharlarning eski videolari ustida ishladi:
- A Trip Through New York City in 1911
- Moscow, Tverskaya Street in 1896
- San Francisco, a Trip down Market Street, April 14, 1906

Denisning Denis Sexy IT nomli kanalini ham tavsiya qilaman.

Yandexʼning avtonom mashinasi
Yandex soʻnggi paytlarda ancha yaxshi kompaniyaga aylanib boryapti (avval ham yaxshi edi, endi ancha yaxshi). Kompaniyaning oʻzi avtonom ravishda yuradigan mashinalar uchun texnologiyasi mavjud. Adashmasam, Innopolisda ular test qilinadi. Quyidagi videoda esa Michigan shtatining Enn-Arbor shahrida (odamlar yashaydigan haqiqiy shahar) haydovchisiz mashinaning yurishi tasvirga olingan.
- Yandex 1-hour autonomous drive in Ann Arbor, Michigan

reMarkable 2
Qalamli Kindle. Planshetlarning kichik ukasi: bildirishlarsiz, chalgʻitadigan ilovalarsiz va faqat oʻqish va yozish uchun fokus qilingan. Kindle kitoblarni almashtirsa, reMarkable qogʻozning oʻzini almashtirishni taklif qilyapti. Qiziq(roq).
- Introducing reMarkable 2 — the paper tablet

Yana Microsoft videolari
Microsoft kompaniyasi ham soʻnggi paytlarda ancha ijobiy tomonga oʻzgardi. Ayniqsa, dizaynga hozir qilayotgan eʼtibori tahsinga sazovor. Tayyorlayotgan videolarining faqat vizual tomonimas, ovoz dizayni ham zoʻr. Quyida yangi videolari. Estetik zavq olish va didni oshirish uchun tavsiya qilinadi. Instagramʼda ham kuzating — videolar olinishi haqida qiziq detallarni berib borishadi.
- The new Microsoft icons: diverse and connected
- The Future Vision of Microsoft 365

Omon boʻling! ✌️

#shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀