Yarim yilda 642 ta oʻlim
Gazeta.uz Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) xabariga asoslanib aytishicha, bu yilning olti oyida Oʻzbekiston hududidagi yoʻl-transport hodisalari tufayli 642 ta odam halok boʻlgan.
Birinchidan, YHXBB, umuman, Ichki ishlar vazirligi tobora ochiqlashib borayotgani va shunaqa statistikalarni bemalol berayotganidan juda xursandman. Har qanday maʼlumotni boricha odamlar bilan boʻlishib, ularning ham fikrini eshitib va haydovchi va piyodalarni ehtiyot boʻlishga chaqirish juda muhim.
Statistikaning oʻziga qaytsak (quyidagi birinchi rasm).
Men YHXBBga beradigan birinchi maslahatim shu hodisalarning barchasini GPS-koordinalarini yigʻishni boshlash. Agar bu ish hozir qilinmayotgan boʻlsa, uni zudlik bilan yoʻlga qoʻyish lozim. GPS-koordinalari orqali xaritada hodisalarni katta aniqlik bilan koʻrib chiqsa boʻladi va hodisalar koʻp roʻy beradigan yoʻl qismlariga juda tez oʻzgartirish kiritsa boʻladi. Agar bu maʼlumot ochiq ravishda berilsa, fuqarolar ham yoʻllarni xavfsizlantirishda ishtirok etishi mumkin.
Mening eʼtiborimni tortgan narsa hodisalarning 40,5 foizi (deyarli yarmi) piyodani urib yuborish bilan bogʻliq. Shu oʻrinda toʻgʻridan-toʻgʻri piyodalarga aybni qoʻyish mumkin, lekin masalaga sal boshqacharoq yondashish lozim: hech qaysi piyoda uni mashina urib ketishini maqsad qilib yoʻlni kesib oʻtmaydi yoki toʻsatdan yoʻlga chiqmaydi. Bundan tashqari, piyodaga sekinroq kelayotgan mashina ham yaxshigina zarar yetkazishi mumkin — kuchlar teng emas.
Bu — yoʻllarni qurish (dizayni) va odamlarning xavfsizligini taʼminlashga yetarlicha eʼtibor berilmasligi oqibati. Eʼtibor berilsa, 48,6% hodisalar viloyatlararo yoʻllarda sodir boʻlgan. Katta ehtimol bilan, bu yoʻllar keng, haydovchilar ancha tez yuradigan va aholi punktlarini kesib oʻtadigan yoʻllar, yana piyodalar yoʻlni kesib oʻtishi noqulay. Ularning koʻpida shunchaki piyodalar oʻtish yoʻlakchasi qoʻyilgan xolos. Aslida, bunaqa kengroq yoʻllarda albatta boshqariluvchi svetoforlar qoʻyish lozim.
Ideal holatda qatnovi koʻproq yoʻllar iloji boricha aholi punktlarini chetlab oʻtishi lozim. Lekin mavjud yoʻllarda ham tezlikni kamaytirib oʻlimlarni kamaytirish choralari bor: yoʻllarni qisqartirish (piyodalar ham oson oʻtadi), tezlikni 50 km/soat bilan chegaralash, tezlikni pasaytiruvchi sunʼiy notekisliklar hosil qilish (yoʻldagi yamalar hisobmas) va hokazo.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yoʻllardagi tezlikni boshqarish boʻyicha yaxshi qoʻllanma tayyorlagan ekan: What are the tools for managing speed? 2000-yildayoq Norvegiyada qilingan tadqiqotlar natijasida aholi punktlarida tezlik 50 km/s, shahar markazi va yordamchi yoʻllarda esa 30 km/s cheklovni taklif qilishgan (quyidagi 2- va 3-rasmlar).
Yana bir qiziq qoʻllanmani esa AQSh transport vazirligining Avtomobil yoʻllari federav boshqarmasi (xuddi bizning YHXBB kabi) tayyorlagan: Methods and Practices for Setting Speed Limits: An Informational Report. Eng qizigʻi ular hatto bir qancha faktorlarni hisobga olib, oʻlimlar va jarohatlar ehtimolligini aniqlaydigan formula ham qilishgan (4- va 5-rasmlar).
Menimcha, YHXBB shunaqa qoʻllanmalarni tarjima qilib, har bir kelgan xodim oʻqib chiqishini va shular asosida ish koʻrishda yordamlashishini talab qilish lozim. Va bu tashkilotda yoʻl-transport hodisalarni kamaytirish boʻyicha aniq reja boʻlgani maʼqul. Tushunaman, hali bizda mashina haydash madaniyati ham yaxshi rivojlanmagan. Lekin odam hayoti har narsadan muhim. Odamlarning hayotini saqlaydigan yechimlar qancha tez amalga oshirilsa shuncha yaxshi.
#transport @FarLives 🌀

Meduza Rossiyaning Qozogʻiston yaqinidagi chegarasida toʻplanib qolgan Oʻzbekistonlik migrantlar haqida hikoya qilyapti:
https://meduza.io/feature/2020/07/12/lager-kotorogo-net-kak-tysyachi-migrantov-iz-uzbekistana-zastryali-v-pole-v-samarskoy-oblasti
Fotosuratlarni koʻrib achinib ketadi odam. Shu odamlar pandemiyadan oldin milliardlab dollar Oʻzbekistonga pul yuborgan. Soliq toʻlasa-toʻlamasa shu pul davlatga kirgan va toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmasa ham davlatga foydasi boʻlgan: monopol UzAvto mashinasini sotib olganda, uy olganda, toʻy qilganda, mahsulot xarid qilganda QQY boʻlib. Endi esa dalada juda achinarli ahvolda qolib ketishgan. Afsus.
Yana-da yomon tomoni, hatto shu vaziyatda ham bizning odamlarning qoʻrquvi:
Фамилии жители лагеря не называют, да и фотографируются неохотно. «Мы боимся последствий, поэтому не нужно этого».
Haqiqiy jurnalistika ishi, shunchaki yangiliklarni nusxalab chop qilib oʻtirishmas, material ustida mehr bilan mehnat qilishgan. Bizning jurnalistlarimizga oʻrnak.
#koronavirus @FarLives 🌀

Meduza
Лагерь, которого нет
На российско-казахстанской границе застряли тысячи мигрантов из Узбекистана. Оставшись без работы в России, они хотели уехать домой через Казахстан, но там ужесточили ограничения из-за ухудшения ситуации с коронавирусом. И мигранты оказались в чистом поле…
Davlat(lar)ning turli koʻrsatkichlarini xolisona, orttirib yozilmaydigan, hammasi bir joyda toʻplangan statistikasiga qiziqqandim. USAID tashkiloti xuddi shunaqa maʼlutmotlarni bitta dashboardʼga yigʻib berarkan (va bu maʼlumotlar ochiq):
https://idea.usaid.gov/cd/uzbekistan?comparisonGroup=world
Asosiy koʻrsatkichlar bor: iqtisod, taʼlim, internet, senzura, tibbiyot, demokratiya va odamlar huquqi, korrupsiya darajasi va hokazo.

Yetar endi, a?
Bolaligimda qishlogʻimiz atrofida qumlar boʻlardi. Bular, asosan, oʻzlashtirishga qiyinroq boʻlgan qumli tepaliklar, toʻrangʻil, yingʻil kabi daraxtlar oʻsadigan yerlar edi. Odamlar bu joylarni oxirgi 20-30 yil ichida oʻzlashtirib tugatishdi. Hozir men tugʻilib-oʻsgan qishloq atrofida shunchaki yotgan yerni topish amri-mahol. Hatto kam ishlatiladigan dala yoʻllari ham ekin ekiladigan maydonga aylantirilgan…
https://farhodjon.uz/blog/yetar-endi/
#ekologiya #hukumat #shahar @FarLives 🌀

Farhodjon Chinberdiyev
Yetar endi, a?
Bolaligimda qishlogʻimiz atrofida qumlar boʻlardi. Bular, asosan, oʻzlashtirishga qiyinroq boʻlgan qumli tepaliklar, toʻrangʻil, yingʻil kabi daraxtlar oʻsadigan yerlar edi. Odamlar […]
Eslatvoringlar, qaysi sohalar bizda yaxshi rivojlanmagandi? Taʼlim bilan tibbiyotmidi?
Noqonuniy pul ishlatish boʻyicha ham shu ikki soha oldinda: Xalq taʼlimi — 21,5 mlrd soʻm (2,1 mln dollardan koʻp), Sogʻliqni saqlash tizimi — 14,1 mlrd soʻm (1,3 mln dollar), Maktabgacha taʼlim — 6,9 mlrd soʻm (670 000 dollar).
https://www.gazeta.uz/ru/2020/07/17/control/

📹 Shanba videolari - 8
Drondan olingan videolar
Bu ruknning 1-sonida deyarli boʻshab qolgan Nyu-York videosini qoʻygandim. 2-sonida esa karantindagi Filadelfiya haqida video bor edi. Umuman, dronlardan olingan, tekis, sokin videolar odamga yaxshi hordiq chiqarishiga yordam beradi. Quyida men topgan va koʻrgan bir qancha dron yordamida tasvirga tushirilgan videolar. Bitta pleylistga tiqib qoʻyib kattaroq televizorda maza qilib tomosha qilsa boʻladi. Ayniqsa, hozirgi hamma uyiga qamalib, sayohatlar yeb qolgan paytda.
- Xorvatiya
- Gavayidagi Oahu oroli
- Italiyadagi Chinkve-Terre sohili
- Dolomit togʻlari (buyam Italiya)
- Norvegiya
- Fuji togʻi kuzda (Yaponiya)
- Shotlandiya
Shaharlarda piyoda sayr
Yuqoridagi videolarga oʻxshash janr: bunisida kamerani olib shunchaki turli koʻchalardan piyoda yuriladi. Ayniqsa, Tokio, Nyu-York kabi shaharlarda yomgʻir ostida olingan videolar qanaqadir odamni sokinlashtiradi.
- Yomgʻirli Tokio
- Tokiodagi Shibuya koʻchasi
- Nyu-York yomgʻir ostida
- Nyu-Yorkdagi Markaziy park
- Bangkok
- Istambul
Yaxshiroq shaharlar qurishning 7 prinsipi
Shaharlarni faqat mashinalarni hisobga olib qurish eskirgan gʻoya va yangi tajribalar koʻproq odamlar ommaviy transportdan foydalanadigan, piyoda yoki velosipedda yuradigan yoʻnalishda ketyapti. Videoda AQShning oʻrtacharoq juda tarqoq va Xitoydagidek juda zich shaharlar qurishning salbiy tomonlari aytilyapti. Umid qilaman, bizning shaharlarda ham toʻlaqonli piyodaga topshiriladigan koʻchalar paydo boʻladi.
- 7 principles for building better cities | Peter Calthorpe
Omon boʻling! ✌️
#shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

Trotuarlarda velosiped yoʻlaklari — axmoqona fikr
Gazeta.uz nashrida shaharsozlik boʻyicha ikkita zoʻr maqola chiqdi. Biri hovlilardagi mashinalar haqida (bu haqida men ham yozgandim), ikkinchisi yaqinda qurilishi boshlangan velosiped yoʻlaklari haqida. Gazeta.uzʼning “Ташкент Мечты” deb nomlangan loyihasi juda foydali, qiziqarli chiqqan. Afsuski, oʻzbek tilida shaharsozlik boʻyicha shunaqa yaxshi surishtiruv va maqolalar kam.
Velosiped yoʻlaklari boʻyicha meni eng qiziqtirayotgan savol: nega ular qurilishi kerak? Men oʻzimga taxmin qilaman:
1. Shunchaki kimdir “bizdayam boʻlishi kerak”, degani uchun.
2. Yuqoriga “mana shuncha kilometr velosiped yoʻlaklari qurdik”, deb maqtangani.
3. Shu taklif orqali choʻntaklarni boyitgani.
Eʼtibor bersangiz, maqsadlar orasida sogʻlom aql bilan oʻylangan va qingʻirliklarsiz amalga oshiriladigani yoʻq. Mana u maqsadlar:
1. Mashinadanmas, velosipeddan foydalanish sogʻlomroq turmush tarzi hisoblanadi. Velosipedda odam jismonan kuch sarflaydi.
2. Velosipedlar shaharga turli zararli gazlar chiqarmaydi.
Yana bir qancha ijobiy sabablarini topish mumkin, lekin shu bilan cheklanaman. Endi hokimiyatga haqiqiy savollar:
- Agar biz odamlarni mashinadan koʻra velosipeddan koʻproq foydalanishini targʻib qilayotgan boʻlsak, nega aynan piyodalarning yoʻlini (trotuarlarni) qisqartiryapmiz?
- Hokimiyat va masʼul tashkilotlar yillar davomida eplab trotuarlarni mashinalardan himoya qilolmayapti, endi u yerga velosipedlarniyam tiqishtirish kerakmi?
- Shuncha pul sarflanayotgan velosiped yoʻlaklaridan hech kim foydalanmasa, buni samarasiz qurgan odamlar jazolanadimi? Chunki, xalq pulini shunchaki sarflayotgan odamlar javobini berishi kerak.
- Hokimiyat Germaniyaning Planungsbüro VAR+ byurosini jalb qilgan ekan, nega ularning takliflari inobatga olinmayapti? Bilmadim bu byuroga qancha pul toʻlangan, qanchasi shu byuroga yetib borgan.
- Nega hadeb axmoqona qarorlar chiqaraveriladi? Dunyo tajribasi bor, shularni shundoq olib ishlatsa boʻldi. Yoki hokimiyatda Googleʼdan foydalanishni bilmaydigan odamlar xalqning puliga oylik olyaptimi?
- Trotuarlarda qancha daraxtlar bor, shularni kimdir oʻyladimi?
Shunaqa holatlarni koʻrib oʻylab qoladi odam: bu hokimiyatda ishining ustalari ishlaydimi yoki hamma diletantmi? Xuddi boshqa sohadan tasodifan kelib qolgandek…
“Hokimiyatga taklif” degan maqolamda koʻchalarni qanday yaxshilash boʻyicha yaqqol misol keltirgandim. Shuni yana keltiraman. Tasavvur qilamiz, quyidagi birinchi fotodagi koʻcha Oʻzbekiston shaharlaridagi koʻchaga oʻxshab ketadi.
Shu koʻchani rivojlantirishda piyodalar xavfsizligi, ommaviy transportdan foydalanish qulayligi, velosiped yoʻlaklari, koʻkalamzorlashtirish hisobga olinyapti va koʻcha ikkinchi fotodagi koʻrinishga kelyapti.
Eʼtibor bering, trotuarga hech kim tegmadi. Unda qoʻshimcha daraxtlar va kafelarning tashqarisida verandalar paydo boʻldi. Tamom. Hokimiyat bir qanaqadir shubhali yangi narsalarni oʻylab topgandan koʻra odamlarga yordam qilish uchun eʼtibor va pulni trotuarlarni tuzatishga sarflagani maʼqul:
1. Trotuarlarni qurish va saqlash boʻyicha yagona, dunyo talablariga javob beradigan standart ishlab chiqish.
2. Shu standart asosida yangi trotuarlarni qurish, eskilarini yangilashda ham qoʻllash.
3. Aholi standartlarga mos kelmagan yoki buzilgan joylarni hokimiyatga yuborish va tuzatilishining ochiq mexanizmi.
Ana keyin boshqa mavzularga asta-sekin oʻtsak boʻladi. Mavzular esa juda koʻp.
Agar shahar haqida yozayotgan maqolalarim haqida izohlaringiz, ijobiymi-salbiymi fikrlaringiz boʻlsa — oʻrtoqlashing. Har qanday fikr mavjud boʻlishga haqli.
#shahar @FarLives 🌀

👍1
Uvening ikkinchi hayoti
Yaqinda oʻzim uchun yangi muallif topgandim: Fredrik Bakman. Bu shved yozuvchisining ikkita kitobini Litresʼda sotib olib eshitgandim: Uvening ikkinchi hayoti, Bu yerda Britt Mari boʻlgan. Ikkala audiokitobni eshitish ham juda yoqdi. Atrofdagi shunchaki oʻtib ketayotgan turmush va undagi mehribonlik zoʻr ochib berilgan.
“Uvening ikkinchi hayoti” kitobida yaqinda turmush oʻrtogʻi olamdan oʻtgan odam haqida hikoya qilinadi. Qoidalarga juda qattiq amal qiluvchi, boshqalardan ham tartibli boʻlishni talab qiladigan, nisbatan baxtsiz odamning “ikkinchi hayoti” boshlanishi haqida. Goodreadsʼdagi reytingi ham yomon emas: 543 000 dan koʻp odamning umumiy reytingi — 4,36.
Negadir, Uve haqidagi kitob film qilinganini bilmagan ekanman. Bugun shu filmni koʻrdik. Va juda yaxshi taassurot oldik. Film qanaqadir mehrli, tuygʻularga toʻla, odamga ijobiy taʼsir qiladigan boʻlib chiqqan. Qattiq tavsiya qilinadi.
- Kinopoisk: 7,9
- IMDB: 7,7
#kino #kitob @FarLives 🌀

Toshkentdagi, umuman, Oʻzbekistondagi shaharlardagi binolarning koʻrkini buzadigan narsalardan biri — fasadlar. Yagona standart va shartlar boʻlmagani uchun bizneslar bino fasadlarini tartibsiz, didsiz, sifatsiz yozuvlar va rasmlar bilan toʻla. Nisbatan qimmatroq joylardagi fasadlar ham bozorlarni eslatvoradi.
Moskva shahri hokimiyati (meriyasi) 2013-yilda maʼlumot beruvchi kontruksiyalarni joylashtirish tartibini qabul qilgan. Maqsad: binolarning tashqi qismini va fasaddagi maʼlumotlarni (yozuvlar, reklamalar) shahar uchun yagona standartga olib kelish. Qisqasi, “bardak”ni yoʻqotish.
Dizayn nuqtai nazaridan qaraganda, ikkita maqsadni koʻryapman: vizual shovqinni kamaytirish va odamlar zarur maʼlumotni tezda topishiga yordan berish. Hozirgi oʻzbekcha/ruscha/inglizcha va turli shriftlar bilan aralshtirib yozilgan yozuvlar ichidan zarurini topish oson ish emas.
#shahar #dizayn @FarLives 🌀