Andijon viloyatida ochilgan texnopark haqidagi maqolada tasodifan devorga chizilgan illyustratsiyaga koʻzim tushdi. Biror rassom vaqt sarflab oʻylab topganiga koʻzim yetmadi va Googleʼning rasmlar qidiruvidan “UI vs UX” deb izladim. Birinchi sahifadayoq “UI vs UX — The Yin & Yang of Product Design” nomli maqola va undagi illyustratsiya chiqib keldi.
Bizning bechora noʻnoqlar shuni ham eplab koʻchirolishmagan. “Qoʻli qiyshiq” rassom perspektivani, soyalarni, chiziqlarni, odamlarning fiziologiyasini va eng asosiysi — “UI vs UX” yozuvini buzib qoʻyaqolgan. Bunaqa nusxa olishda originalga sal boʻlsa ham hurmat bildirish lozim. Kulgili.
#dizayn @FarLives 🌀

Elon Maskning SpaceX kompaniyasi ikkita astronavtni Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) uchiryapti. 2011-yildan beri astronavtlar XFSga Rossiyaning “Soyuz” kemalarida uchishgan. Endi SpaceX kompaniyasining Crew Dragon nomli fazo kemalari yordamida ham uchish yoʻlga qoʻyilyapti. Bugungi parvoz muvaffaqiyatli boʻlishiga juda katta umid qilamiz.
YouTubeʼdagi jonli efir:
https://youtu.be/rjb9FdVdX5I
Bu fazoni oʻrganishdagi juda muhim qadam. Shu paytgacha fazoni oʻrganish, asosan, turli davlatlarning maqsadlariga siyosat va harbiy ehtiyojdan kelib chiqib qoʻshilgan. SpaceX esa aniq maqsadga ega boʻlgan xususiy kompaniya: Marsni kolonizatsiya qilish. Elon Maskka ham ishonsa boʻladi; katta maqsadlar qoʻyib ularni amalga oshiradigan, butun insoniyat kelajagiga hissa qoʻsha oladigan odam.
Bundan tashqari, bu va boshqa xususiy kompaniyalar fazoni isloh qilishni asta-sekin arzonlashtirib boryapti: katta yukni orbitaga olib chiqish, yukni orbitaga olib chiqishdagi birinchi bosqichni qayta yerga (platformaga) qoʻndirish kabi.
Xullas, bu SpaceX uchun kichik qadam, lekin butun insoniyat uchun katta sakrash.
#fazo #kosmos

YouTube
Crew Demo-2
After standing down from launch on Wednesday, May 27, SpaceX is now targeting Saturday, May 30 for Falcon 9’s launch of Crew Dragon’s second demonstration (Demo-2) mission from Launch Complex 39A (LC-39A) at NASA’s Kennedy Space Center in Florida. This test…
Far·hod·jon
AT sohasidagi maoshlar. 2020-yil fevral. Fevral oyining boshida AT sohasidagi mutaxassislarning maoshlari boʻyicha soʻrovnomani eʼlon qilgandim. Afsuski, 22-fevralda tugagan bu soʻrovnomaning natijalarini yaxshilab koʻrib chiqib, ularni koʻrsatadigan darajaga…
StackOverflow sayti dunyo boʻylab oʻtkazadigan soʻrovnomaning natijalarini eʼlon qilibdi. Unda deyarli 65 000 ta dasturchilar ishtirok etgan.
https://insights.stackoverflow.com/survey/2020
Qiziq faktlar:
- Rust, TypeScript va Python eng sevimli dasturlash tillarining uchligida;
- dunyo boʻyicha yillik maosh 41 000 dan 92 000 AQSh dollarigacha, AQShning oʻzida esa 100 000 dan 152 000 gacha; medianasi hisoblangan;
- Oʻzbekistondan 36 ta odam soʻrovnomada ishtirok etgan, Qozogʻistondan 60 ta, Qirgʻizistondan 18 ta, Tojikiston va Turkmanistondan 6 tadan;
- eng koʻp ishtirokchilar AQSh ichida (19,49%), keyin Hindiston (13,12%), Buyuk Britaniya (6,09%) va Germaniya (6,08%).
Soʻrovnoma 2011-yildan boshlab oʻtkaziladi. Avvalgi yillar uchun natijalar: https://insights.stackoverflow.com/survey/
Topilma uchun Darxonbekka @TenXEngineer rahmat.
@FarLives 🌀

Stack Overflow
Stack Overflow Developer Survey 2020
Nearly 65,000 took this comprehensive, annual survey of people who code. Demographics. Most loved, dreaded and wanted technologies. Salary and careers.
🔥 Coursera universitet va kollej talabalariga kurslarini bepul beryapti. 31-iyulgacha roʻyxatdan oʻtish lozim va 3 800 ta kurs 30-sentabrgacha ochiq boʻladi.
https://www.coursera.org/for-university-and-college-students
@FarLives 🌀
https://www.coursera.org/for-university-and-college-students
@FarLives 🌀
Qaysi usulda maʼlumot (kontent) qabul qilishni afzal koʻrasiz? Bir nechtasini tanlashingiz mumkin.
Final Results
69%
Matn (maqola, chat)
40%
Foto (fotogalereya kamroq matn bilan)
28%
Audio (podkast, audioxabar)
38%
Video (YouTube, Facebook Watch)
Twitter’dagi mashhur (270 mingta kuzatuvchi) Earth akkauntida Shohi Zinda maqbarasi:
https://twitter.com/earth/status/1268684413086416899?s=21

Twitter
Earth
Mesmerizing architecture in Shah-i-Zinda, a necropolis in Uzbekistan.
Yana yaxshi fotosurat: Dragon fazo kemasidan koʻrinish.
https://twitter.com/Astro_Doug/status/1270847503332712455
#fazo #kosmos
https://twitter.com/Astro_Doug/status/1270847503332712455
#fazo #kosmos
Twitter
Col. Doug Hurley
The view from Dragon today @Space_Station.
Rus tili orqali bizga kirib kelgan “kosmos” (ingliz tilida “space”) soʻzini:
Final Results
19%
“Kosmos”ligicha qoldirish lozim
40%
“Fazo” sifatida tarjima qilinsin
41%
“Koinot” sifatida tarjimasi maʼqul
📹 Shanba videolari - 5
Sony PlayStation 5
Sal kechga qolgan “Shanba videolari”ning bu sonini haftaning asosiy anonsi — Sony PlayStation 5 bilan boshlayman. Bu yil oʻyin konsollarining joriy avlodi (PlayStation 4, XBox One, Nintendo Switch) tugayapti. Joriy avloddagi gʻolib, albatta, PlayStation 4 boʻldi. Sony oʻyin konsoli uchun yaxshi oʻyinlarni taqdim qiloldi. Yangi avlod uchun Microsoft ham qiziq oʻyinlarni chiqaradi, lekin odatda, XBox uchun chiqariladigan oʻyinlar konsol uchun eksklyuziv boʻlmaydi: kamida shaxsiy kompyuterlarda paydo boʻladi keyinroq. Sony oʻzining ekskyuzivlarini yangi konsol uchun davom ettiryapti.
Xullas:
- Sony kompaniyasining taqdimoti bu yerda (1 soatdan koʻproq): FULL Sony PS5 Future of Gaming Reveal Event
- The Verge nashri tayyorlagan qisqaroq (22 minut) video: Playstation 5 event in 22 minutes (hardware + games)
- Rus tilida Anton Logvinov strimi: Презентация PlayStation 5 - С русским переводом. Будущее игр. Horizon 2 и другие.
Unreal Engine 5
May oyida Epic Games kompaniyasi oʻzining Unreal Engine deb nomlangan oʻyin yaratish uskunasining (“game engine”, “игровой движок” soʻzlarining oʻzbek tiliga aniq tarjimasini bilmayman) yangi versiyasidagi imkoniyatlarni koʻrsatdi. Ushbu videoga qarab yagona olinadigan tassurot: yaqin orada kinolardagi va oʻyinlardagi grafika sifati bir xil boʻladi. Avvallari kompyuterda soatlab hisoblanadigan yorugʻlik tarqalishi hozirgi videoxarita va yangi avlod konsollarida real vaqtda hisoblanyapti.
- PS5 Unreal Engine 5 Tech Demo
Turli usulda tuxum pishirish
Oxirgi paytlarda ovqat pishirishga qiziqishim koʻpaygan. Miyani dam oldiradigan juda qiziq mashgʻulotga aylandi. Yangi retseptlarni oʻrganishning asosiy vositasi — YouTube. Quyidagi videoda tuxumni turli usullarda pishirish koʻrsatilgan. Umuman, Tasty yaxshi koʻrsatmalar qiladi.
- How To Cook Perfect Eggs Every Time
Moskva metrosi qanday qurilgan
“MASTER КЛАСС” kanali Moskva metrosining qurilishi va tuzilishi haqida yaxshi videolar tayyorlabdi. Shahardagi jamoat transporti va ozroq shaharsozlikka qiziqadiganlar uchun foydali video. Harqalay, Moskva metrosi katta, murakkab, oʻziga xos tizim.
- Как строилось московское метро?
- Строительство метро / Как создавалась схема?
- Метро будущего / Строительство тоннелей
Lo-fi hip-hop, deep house, chill-out music
Soʻnggi paytlarda baʼzida kechroq (tunda) biror narsaning ustida ishlasam yoki biror mavzuga chuqurroq kirishimga toʻgʻri kelsa, YouTubeʼda cheksiz davom etadigan radiolarni eshitaman. YouTubeʼdagi bu videolarda tasvir muhimmas, musiqasi esa odamga xalaqit bermaydigan. Koʻpida takrorlanib turuvchi videolar qoʻyilgan boʻladi. Shulardan baʼzilari quyida.
- coffee shop radio // 24/7 lofi hip-hop beats
- lofi hip hop radio - beats to sleep/chill to
- lofi hip hop radio - beats to study/relax to 🐾
- 24/7 Live Radio | Best Relax House, Chillout, Study, Running, Gym, Happy Music
Sarlavhadagi kalit soʻzlar orqali izlaganda YouTubeʼda yana bir qancha videolar chiqib keladi.
Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/363
#shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

📹 Shanba videolari - 6 (yakshanbagisi)
Bugun ushbu ruknning kechikkan qismi chiqyapti. Asosiysi, chiqyapti 😅
Chegaralar yopiq boʻlganda sayohat
Anton Ptushkinga barakalla (videolari yaxshi). Pandemiya va karantin paytida yolgʻiz sayohat qilishni vatanidan boshlagan. Bir qismi Ukrainaga toʻgʻri keladigan Karpat togʻlariga sayr qilib qiziq bir video tayyorlagan. Avvalo, soʻzsiz olingan video Liziqi videolariga oʻxshaydi (spoyler: oxirida gapiradi). Juda ajoyib.
- Путешествия с закрытыми границами
Kreyg Adams
Anton aytishicha, u Kreyg Adams videolaridan ilhom olgan. Kreyg shunaqa soʻzsiz videolar tayyorlaydi: ularda Kreyg biror togʻli hududga piyoda koʻtariladi. Masalan, Islandiyadagi videosini 3 milliondan ortiq tomosha qilishgan.
- Hiking 60 Miles Alone in Hornstrandir Iceland
- Hiking 80 Miles Alone on the Torres Del Paine Trail in Chile
- First Time in Japan
Nikolay Ironov
Artemiy Lebedev studiyasi dizayn bilan shugʻullanuvchi sunʼiy intellektni eʼlon qilishdi: bir yil davomida u 20 ga yaqin loyihalarda ishtirok etgan. “Ekspress dizayn” orqali chiqarilgan va turli shov-shuvlarga sababchi boʻlgan dizaynlarning koʻpini shu sunʼiy intellekt qilgan. Bu dizaynda qiziq yoʻnalishning boshlanishi boʻlishi mumkin.
- Saytida: https://www.artlebedev.ru/ironov/
- Николай Иронов
WWDC 2020
Apple kompaniyasi 24-iyunda boshlangan konferensiyasida oʻzining operatsion tizimlarining yangi versiyalarini taqdim qildi. Asosiy katta oʻzgarishlar iOS va macOS operatsion tizimlarida. Bundan tashqari, Apple Mac kompyuterlarida oʻzining chipini ishlatishni boshlarkan. Bu yilgi taqdimot avvalgilaridek sahnada tomoshabinlar bilanmas, deyarli boʻsh kompaniya kampusida oʻtkazildi. Yaqinda Chaqmoq FM podkastida bu haqida batafsil gaplashamiz.
- WWDC 2020 Special Event Keynote — Apple
- Apple WWDC 2020 keynote in 18 minutes
Cyberpunk 2077 geympleyi
Vedmak oʻyinining ijodkorlaridan yangi, kiberpank janridagi oʻyin. Juda koʻp odam intizorlik bilan kutyapti. Bu hafta CD Projekt Red studiyasi 25 minutlik geympleyini koʻrsatdi. Oʻyindagi shahar — ajoyib. Aytgandek, oʻyinda Gollivud xalq artisti — Keanu Rivz ham ishtirok etgan.
- CYBERPUNK 2077 NEW Gameplay Demo 20 Minutes 4K
Hayayo Miyadzaki
Ushbu rejissyorning animatsion filmlari orqali men anime dunyosi bilan tanishganman. Deyarli har bir filmi qanaqadir samimiy, mehribon, bolalar oʻzini kattalardek, kattalar bolalardek tutadigan, yapon mifologiyasi va zamonaviy-kelajak texnologiyalarini birlashtirgan, stimpank elementlari qoʻshilgan. Hayayo Miyadzaki — filmi Oskas mukofotini olgan yagona yapon anime rejissyori. Menga eng yoqqan filmlari: “Laputa: osmondagi qasr”, “Shamol kuchayyapti”, “Yuruvchi qasr”, “Ruhlar olib ketganlar”, “Mening qoʻshnim Totoro”.
- Как снимает Хаяо Миядзаки
- The Philosophy of Miyazaki – Wisecrack Edition
Omon boʻling! ✌️
Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/380

Chaqmoq FM ⚡ 5-epizod
Oʻyinlar haqidagi dildan va uzoq suhbat Ilxom Xodjayev bilan boʻldi. Bu epizod 2020-yil 27-iyunda yozilgan.
YouTube: https://youtu.be/PTAQ7hGkFXY
Apple Podcasts, Google Podcasts, Spotify, Yandex.Musiqa va boshqa podkast platformalarida ham chiqdi.
Mavzular:
- Oʻyinlarga kirib kelish
- Fallout
- Gothic
- The Elder Scrolls III: Morrowind
- Mass Effect, Dragon Age
- Yangi avlod konsollari
- Oʻyinlar strimingi
- Dronlar, xavfsizlik, innovatsiyalar (offtopic)
- Eʼlon qilingan va yaqinda chiqqan oʻyinlar haqida
- Cyberpunk 2077
- The Last of Us (Part II)
- Assasin's Creed: Valhalla
- Red Dead Redemption 2
- Ilxomning orzusi: voqealari bizning mintaqada boʻladigan oʻyin
- Shu suhbat haqida
Hamma platformalarga havolalarni topish yoki vebda eshitish podkast sahifasida.
Podkastlarga qanday obuna boʻlish va eshitish haqida blogimda yozganman.
#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

Far·hod·jon pinned «Chaqmoq FM ⚡ 5-epizod Oʻyinlar haqidagi dildan va uzoq suhbat Ilxom Xodjayev bilan boʻldi. Bu epizod 2020-yil 27-iyunda yozilgan. YouTube: https://youtu.be/PTAQ7hGkFXY Apple Podcasts, Google Podcasts, Spotify, Yandex.Musiqa va boshqa podkast platformalarida…»
Far·hod·jon
Chaqmoq FM ⚡ 5-epizod Oʻyinlar haqidagi dildan va uzoq suhbat Ilxom Xodjayev bilan boʻldi. Bu epizod 2020-yil 27-iyunda yozilgan. YouTube: https://youtu.be/PTAQ7hGkFXY Apple Podcasts, Google Podcasts, Spotify, Yandex.Musiqa va boshqa podkast platformalarida…
Yoʻl tuzatuvchilar mantigʻi
Meni juda hayron qoldiradigan va haligacha tagiga yetmagan qanaqadir sehrli, hech aqlga sigʻmaydigan va joriy ilm-fan bilan tushuntirib boʻlmaydigan bir narsa hayron qoldiradi: yoʻl tuzatuvchi va quruvchilarning mantigʻi.
Bularning ichiga yoʻldagi turli chiziqlarni chizadiganlar, asfalt qilish, koʻpriklarni tuzatuvchilar, tozalovchilar ham kirib ketadi.
Tasavvur qiling, mantiqan, shu kabi ishlarni qiluvchilar yoʻlda mashina eng kam boʻladigan paytni tanlashi lozim. Masalan, dam olish kunlari, tunda, yoki juda boʻlmaganda kunduzi. Pandemiya tufayli karantin kiritilgan vaqt esa juda ideal (quruvchilarga ruxsat berilganda bularga ham berilishi mumkin).
Lekin qanaqadir men tushunmaydigan mantiq asosida ular tanlaydigan vaqt va kun:
- Albatta ertalab soat 8:00 va 10:00 orasi. Odamlar ishga shoshilib yoʻlga tushganda ular bemalol yoʻlning toʻlaligicha yoki bir qismini yopvolib ishlashadi.
- Kechki payt 17:00 va 19:00 orasida. Hamma uyiga shoshiladi, yoʻlda tirbandlik, haydovchilarning asabi tarang. Bular bemalol chiziqlarni chizib yurgan boʻlishadi.
- Ish kunlari. Shanba va yakshanbada shaharda mashina kam boʻladigan paytdan foydalanmasdan, dushanbani poylashadi 😀
Xuddi shu ishlar bilan shugʻullanuvchi odamlarning vazifalaridan biri yoʻl harakatiga xalaqit berishdek…
Tunov kuni ertalab anhor boʻyida biroz sayr qilayotganda A. Qodiriy va Labzak koʻchalari chorrahasidagi koʻprikni yopilganini sezdim. Biroz yoʻl hodisasi sodir boʻlgandir, deb qarasam: koʻprikni yopib qanaqadir ishni boshlashibdi shovvozlar. Dushanba kuni ertalab.
Mashinalar esa koʻprik yonidan yurib Labzak koʻchasidan qaytib yana Qodiriy koʻchasiga tushib ketyapti: https://www.instagram.com/p/CCLnmekAcdG/
Koʻprikning ustida panjara va betonlarini olishyapti. Nega olishyapti — bu menga qorongʻu. Umid qilaman, koʻprikni kengaytirish haqida oʻylashmayapti. Yana umid qilaman, 40 yillik daraxtlar kesilib qurilgan bu koʻprik qachondir buziladi va oʻrni odamlarga qaytarib beriladi.
Xullas, hurmatli Toshkent shahar hokimiyati yoki Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi! Iltimos, yoʻllarni tuzatish va qurishni boshlashdan ancha avval sanasi va vaqtini yaxshilab rejalashtirishni oʻrgansangiz. Qilayotgan ishingiz ijobiy boʻlishi mumkin, lekin oldindan ogohlantirmasdan shart yoʻlni toʻsib olish qanaqadir hurmatsizlik, va sizlarning shundoq ham juda yaxshi boʻlmagan imidjingizga salbiy taʼsir qiladi.
#shahar @FarLives🌀

Instagram
Farhodjon yashayapti
A. Qodiriy va Labzak koʻchalari chorrahasidagi koʻprik yopilgani uchun mashinalar Labzak koʻchasidan qayrilyapti. Tirbandlik.
#6: WWDC 2020 haqida Nodir Xalilov va Nuruddin Iminoxunov bilan
Chaqmoq FM
Chaqmoq FM ⚡ 6-epizod
Ushbu epizodning mavzusi toʻlaqonli WWDC 2020 konferensiyasi va unda taqdim qilingan yangiliklar haqida. Mehmonlar: Nodir Xalilov va Nuruddin Iminoxunov.
YouTube: https://youtu.be/OOMJu4xlKIE
Mavzular:
00:02:10 - Keynout (keynote) haqida
00:10:05 - iOS 14
00:10:34 - Bosh ekran va ilovalar kutubxonasi [iOS 14]
00:28:50 - Vidjetlar [iOS 14]
00:36:00 - Picture in Picture [iOS 14]
00:41:31 - Siri [iOS 14]
00:47:28 - Translate (Tarjima) [iOS 14]
00:48:35 - iMessage [iOS 14]
00:57:30 - Maps, CarPlay, App Clips [iOS 14]
01:10:08 - iPad OS
01:12:22 - Scribble [iPad OS]
01:15:02 - AirPods, AirPods Pro
01:23:36 - watchOS
01:27:36 - macOS Big Sur
01:34:05 - Apple kompyuterlarda ham oʻzining chiplariga oʻtyapti
01:40:15 - Safari [macOS]
01:42:25 - Maxfiylik
01:50:05 - Yana Safari [macOS]
01:55:44 - Boshqa mavzular
01:59:45 - Qisqacha Yandex.Plyus haqida
Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Oʻzbekistonda ayollarni haqlari haqida mulohaza boshlangani albatta yaxshi narsa deb oʻylayman, umuman olganda jamiyatda har qanday mulohaza jamiyatni yaxshilanishiga, muammolarni yechilishiga olib keladi. Shuning uchun muhokama va mulohazalarni normal va kerakli deb oʻylayman.
Bir narsani aytish joiz deb oʻylayman, jamiyatda diskriminatsiya iqtisodiy oʻsish bilan chambarchas bogʻliq. Gʻarbda ham, ayollar va erkaklarni iqtisodiy imkoniyatlari tenglashishda iqtisodiy oʻsish katta roʻl oʻynagan. Oʻzbekiston mehnat bozorida talab yetarli boʻlmaganligi, diskriminatsiyani kuchaytirishi tabiiy. Qarang, mehnat bozorida ishchilar uchun kurash keskinlashib borgan sari, diskriminatsiya va kamsitish “qimmatga” tushaveradi, shuning uchun iqtisodiyotni oʻsishi va mehnat bozorida raqobatni oshishi, jamiyatdagi kamsitish va diskriminatsiyani kamaytiradi. Shu masalada — iqtisod fanida diskriminatsiya haqida Nobel mukofot sovrindori Bekkerni ishlarini oʻqishni tavsiya qilaman. Bekerni ishlari haqida kichik maʼruza (matematikasi bor - lekin tushunish oson).
Iqtisodiyotimiz qachondir kelajakda keskin oʻsib ketsa — ayollarni haqlari yaxshiroq himoyalanishiga ishonchim komil. Bu faqat ayollarni haqlari haqida emas, barcha kamsitiladigan guruhlar haqida. Masalan bizda eʼtiqod va kelib chiqish boʻyicha ham diskriminatsiya koʻp, agar iqtisodiyotimiz oʻsib ketsa, ular ham tabiiy kamayadi.

The University of Chicago Booth School of Business
How Gary Becker Saw the Scourge of Discrimination
Becker’s analysis would extend the reach of economics, and completely reshape the field—and social-science research in general, but it took decades to do so.
Notion
2019-yilda DevFest festivalida qisqa nutq qilgandim. Unda, Super Dispatch kompaniyasida hujjatlarni yuritish va boshqarish jarayoni haqida gapirib berganman. Hujjatlarni yuritish uchun uskunalar evolyutsiyasi bundoq boʻlgan: Google Docs → Dropbox Paper → Atlassian Confluence → Notion.
Notion juda ajoyib uskuna. Kompaniyaning butun bilimini bitta joyda saqlab, hammaning “qoʻli yetadigan” qilish uchun rosa mos. Ayniqsa, hozirgiga oʻxshagan, kompaniyadagi odamlar bitta ofisda ishlamayotgan davrda.
Umuman, hujjatlarni mazkazlashgan holatda saqlashning quyidagi afzalliklarini koʻraman:
1. Odamlarning xotirasiga ishonish notoʻgʻri: yoddan chiqadi, qaysidir detallari almashishi mumkin, har xil odam bilim darajasiga qarab har xil qabul qiladi va hokazo. Bu masalada hujjatlar xolis doimiy xotiraga aylanadi.
2. Hujjatlar yaqqollik qoʻshadi. Turli kelishuvlar, topshiriqlar, jarayonlar hujjatlashtirilishi bularni keyinroq qayta koʻrib chiqish, nimalarni optimallashtirish mumkinligini aniqlashga yordam beradi.
3. Odatda, hujjatlar — doimiyroq xotira. Pochta, turli messenjerlar orqali almashiladigan maʼlumot hafta yoki oylar oʻtib unutiladi. Hujjatlarni esa saqlanadigan joyiga qarab tezda topvolish mumkin.
4. Hujjatlar odamlarga bogʻliqlikni yoʻqotadi. Bu kompaniya va kompaniyada ishlaydigan odamlar uchun foydali. Kompaniya biror odam ishdan ketishidan qoʻrqmasligi mumkin, chunki, bu odamning toʻplagan bilimi kompaniyada qoladi va boshqa odam ishni davom ettirishi mumkin. Xodimlar esa bemalol taʼtilga chiqa oladi: hamma bilim hujjatlashtirilgan va ishda qolgan odamlar biror narsani soʻrab telefon qilishi yoki bu odam ishga qaytishini kutishi shart emas.
Super Dispatchʼda hujjatlar boshqaruvi uchun yillar davomida turli uskunalar va servislardan foydalanganmiz. Lekin eng soʻnggi va samaradorligimizga katta hissa qoʻshgan qarorimiz — Notionʼga oʻtishimiz boʻlgan. Hozir kompaniyadagi deyarli hamma bilim Notionʼda. Kod yozish boʻyicha kelishuvlar, ishlash shartlari, korporativ madaniyat, uchrashuvlardagi mavzular (agenda), turli qoʻllanmalar, rejalar, tashabbuslar — hammasi hammaga ochiq.
Men oʻzim shaxsiy loyihalarim uchun ham Notionʼdan foydalanaman. Ayniqsa, boshqa odamlar bilan ishlashimga toʻgʻri kelganda: Chaqmoq FM mavzulari avvaldan mehmonlarga Notion orqali yuboriladi, masalan. Yoki yil rejasi yoki sayohatni rejalashtirib chiqish uchun ham qulay. Va, shaxsiy foydalanish uchun bepul: https://www.notion.so/personal
DevFest 2019 slaydlari bu yerda: The Power of Documentation.
#mahsuldorlik @FarLives 🌀