Tipografikaga qiziquvchilar va yozilayotgan matnlarda vizual savodli boʻlishni xohlaydiganlar uchun juda foydali qoʻllanma: Butterikning amaliy tipografikasi — Butterick’s Practical Typography.
https://practicaltypography.com
Qoʻllanmada:
- Tipografika nima? Kim uchun? Va nega ahamiyatli?
- toʻgʻri va jingalak tirnoqlar farqi;
- chiziqcha va tire;
- ligaturalar;
- faqat bosh harflar bilan yozish;
- sahifa maketi va hokazolar.
#dizayn #tipografika @FarLives 🌀

Practicaltypography
What is typography? | Butterick’s Practical Typography
Qoyali togʻlar. Birinchi qism: Grand Lake atrofi
Kolorado shtatiga qilgan sayohatim haqida yozishni davom ettiraman. Bu safargisi koʻproq tabiat haqida. Amerikaning tabiati rostdan rang-barang va bunda oʻrmon va togʻlarga boy Kolorado oʻziga xos oʻrin egallaydi.
https://farhodjon.uz/travel/usa/colorado/grand-lake-and-summerland-park-june-2016/
#sayohat @FarLives 🌀

Far·hod·jon
Lotin alifbosining yagona muammosi Oʻzbek tili uchun lotin alifbosini ishlatishni boshlash va bunda odamlarni qiynaydigan yagona muammo haqida: https://farhodjon.uz/blog/the-only-problem-of-uzbek-latin-alphabet/ #oʻzbek_tili @FarLives 🌀
Bugungi topilma: Venger alifbosida ham diaktrik belgili harflar, ham digraflar (ikki belgili harf) mavjud. Masalan, “O” va yana uchta diaktik belgilar bilan: Ó, Ö, Ő. Yoki: U, Ú, Ü, Ű. Digraflar: Dz, Gy, Ly, Sz, Zs kabi. Va hatto uchra belgidan iborat harf (trigraf): Dzs!
https://en.wikipedia.org/wiki/Hungarian_alphabet

Chaqmoq FM ⚡ 4-epizod
YouTube: https://youtu.be/rhRRGTL5z0k
Podkast platformalarida mavjud yoki tez orada chiqadi.
Epizod Toʻlqin Yusupov va yangi mehmon — Nodir Xalilov bilan yozildi. Asosiy mavzu Apple kompaniyasining soʻnggi qurilmalari haqida.
Mavzular:
- iPad Pro
- iPhone SE
- MacBook Air
- Texnologik kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq toʻlashni boshladi
- Apple va Google Bluetooth texnologiyasi orqali koronavirus tarqalishining oldini olishmoqchi
- Koronavirus va karantin
Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/
Podkastlarga qanday obuna boʻlish va ularni eshitish haqida: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/
#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

📹 Shanba videolari - 3
Shaharlarni qanday jozibali qilish mumkin?
Videoda shaharni oʻziga tortadigan, toʻgʻri qilish uchun lozim boʻlgan prinsiplar tushuntirilyapti. Masalan, shahar juda betartib ham (hech kim masʼulmas) va keragidan ortiq tartibli ham (zerikarli) boʻlmasligi kerak. Yana shahardagi hayot koʻrinib turishi lozim: faqat mashina va baland binolardan iborat shahar sovuq koʻrinadi. Hokimiyatlarda shaharni rejalashtiradigan odamlarga bervoringlar, iltimos.
- How to Make an Attractive City
Postmodern Jukebox
Skott Bredli ismli pianist tomonidan tashkil qilingan bu musiqa jamoasi zamonaviy qoʻshiqlarni XX-asr boshi stilida kuylashadi. Koʻpincha jazz janrida. Men qanaqadir adashib bularni topib olganimdan beri har zamonda qoʻshiqlarini eshitib turaman. Menga yoqqanlari quyida. Qolganlarini jamoaning kanalida koʻring.
- All About That [Upright] Bass - Meghan Trainor Cover PMJ ft. Kate Davis
- All About That Bass - Postmodern Jukebox European Tour Version (yuqoridagi qoʻshiqning boshqacharogʻi)
- Burn - Vintage '60s Girl Group Ellie Goulding Cover feat. Robyn Adele Anderson
- Mr. Blue Sky (Electric Light Orchestra) - Postmodern Jukebox ft. Allison Young
Arzamas
Rus tilidagi madaniyat tarixiga bagʻishlangan juda ajoyib nashr. Ularning qisqa videolari fikrlashni nisbatan kengaytiradi, tarix haqida qiziqarli ravishda koʻproq maʼlumot beradi. Men maktablardagi tarix fani xuddi shunaqa tushuntirilishini juda xohlardim. Haqiqiysiga mehr bilan ishlangan videolar! Quyida eng foydali videolari, qolganlari kanalida.
- Русский язык за 18 минут
- Древний Рим за 20 минут
- Древняя Греция за 18 минут
iPhone SE
Markes Braunli turli qurilmalar haqida qiladigan taqrizlar yoqadi. Juda ehtirosga berilmasdan, oddiy tilda tushuntiradi koʻp narsani.
- iPhone SE (2020) Review: It All Adds Up!
Kremniy vodiysi haqida Yuriy Dud reportaji
Menimcha, bu videoni hamma bir-biriga yuborib chiqdi, lekin mabodo, mabodo kimdir koʻrmagan boʻlsa taklif qilaman. Videodagi baʼzi xulosalar bilan bahslashishim mumkin, ammo umuman olganda yaxshi video. Faqat uzoqroq: 3 soatgina.
- Как устроена IT-столица мира / вДудь
Enjoykin
Bu odam baʼzi ommaviy videolarni qoʻshiq bilan klipga aylantiradi. Juda original. Videolarga qoldirilgan izohlar — 👍 Videolarining tagida originallariga havola bor.
- Enjoykin — Идущий к Реке
- Enjoykin — Космос Будет Наш
Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/348
#shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

Sayilgohlar
Menga sayilgohlar juda yoqadi. Oʻtgan yili eski tramvay yoʻli oʻrniga qurilgan Lutfiy sayilgohini rosa maqtagandim. Endi shu mavzuga koʻproq toʻxtalmoqchiman.
Sayilgohlar yopilmaydi. Bizdagi parklarning deyarli hammasi 23:00 va 06:00 oraligʻida yopiladi, yoki hozirgi vaqtimizdagidek karantinga yopilishi mumkin. Sayilgohlar esa 24 soat davomida ochiq.
Sayilgohlar panjara bilan oʻralmagan. Parklarimiz esa deyarli toʻrt tomonidan panjara bilan oʻralgan. Umuman olganda, shaharda qancha panjara koʻp boʻlsa u shuncha jozibasini yoʻqotadi, menimcha. AQSh shaharlaridagi baʼzi mahallalarda turli magazin va uylar panjara bilan toʻsilishi kambagʻallik va xavf belgisi.
Sayilgohlarda turli attraksionlar yoʻq. Men parklarning ichida koʻr-koʻrona attraksionlar joylashtirish va har qadamda mashina taklif qiladigan oʻsmirlarga qarshiman. Bunaqa narsalar savdo markazlariga koʻchishi va parklar odamlar maza qilib haqiqiy dam oladigan joylarga aylanishi kerak. Lekin bizning Ekoparkimizda ham turli binolar mavjud. Sayilgohlarda esa odam bemalol vaqt oʻtkazishi mumkin.
Yoʻlni ajratadigan sayilgohlar odamlarni xavfdan saqlaydi. Odatda, yoʻlning oʻrtasidagi sayilgoh mashinalar yoʻnalishini ikkiga ajratadi, yoʻlni ikkita kichikroq qismga boʻladi. Bu, albatta, piyodalar yoʻllarni xavfsiz kesib oʻtishiga yordam beradi. Sayilgoh xuddi keng va katta orolcha vazifasini oʻtaydi.
Sayilgohlar rostdan ham odamlarga tegishli. Aslida, mavzening atrofidagi trotuarlar ham odamlarga tegishli, daraxtlar koʻp, bemalol sayr qiladigan joy boʻlishi lozim. Lekin bizning reallikda trotuarlar mashinalar bilan toʻla. Sayilgohlarning koʻpiga mashina kirmaydi (faqat baʼzida juda axmoq odamlarni kuzatish mumkin). Shu sayilgoh ichidagi yoʻlak tugaguncha xavotirsiz sayr qilsa boʻladi.
Sayilgohlar odatda tinch. Kitob oʻqish, medidatsiya, baʼzi shaxsiy rejalarni tuzish, sport bilan shugʻullanish va shunchaki dam olish uchun juda qulay.
Hozir Toshkentda har bir qarich yerga axmoqona ravishda nimadir qurilayotgan, asosiy eʼtibor mashinalarga qaratilgan vaziyatda yangi sayilgohlar qurilishini kutish qiyin. Shuning uchun ham borini qattiq asrashimiz muhim. Boʻlmasa hokimiyatlar va quruvchilar shaharni daraxtlarsiz qutilardan iborat shaharga aylantirishi ehtimoldan holi emas.
Quyida Abdulla Qodiriy koʻchasida joylashgan, 2014-yilda “xatna qilingan” va 2015-yilda yoʻl kengaytirilishi hisobiga ikki qator daraxtlaridan ayrilgan sayilgohdan fotosuratlar.
Tasavvur qiling, agar barcha tramvay yoʻllarida (Navoiy, Amir Temur, Shota Rustaveli koʻchalarida) shunaqa sayilgohlar boʻlganda Toshkent qanaqa boʻlardi?..
#shahar @FarLives 🌀

Buyuk ajdodlarimiz
Bir necha yuz yillar avval yashagan ajdodlarimiz bilan faxrlanishga undash muhim propagandalaridan biri. Alisher Navoiy, Amir Temur, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Fargʻoniy va hokazo allomalarimizni uzoq sanashimiz mumkin. Albatta, hamma xalqlarning ham oʻz qahramonlari mavjud.
Bir tomondan, insoniyat rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan ajdodlarni xotirlash va ularning nomini abadiylashtirish — yaxshi gʻoya. Lekin, men ular bilan faxrlanish va toʻxtamasdan ularni yoshlarga misol sifatida koʻrsatishga salbiy qarayman. Allomalar, albatta, buyuk ishlar qilishgan va asosiy fikr bu aynan “qilishgan”. Oʻtgan zamonda. Yuzlab yil oldin.
Afsuski, biz allomalarimiz bilan qancha faxrlanganimiz bilan:
- Dunyodagi eng yaxshi tibbiyot biznikimas, Ibn Sino bizning ajdodimiz boʻlishi va uning nomi bilan butun boshli bitta soha (fan) atalganiga qaramay.
- Eng kuchli dasturchilar, injenerlar, AT sohasi mutaxassislari bizdamas. Al-Xorazmiy matematika rivojlanishiga katta hissa qoʻshganiga qaramay.
- Adabiyotimiz ahvoli haqida biror narsa ham deyolmayman, chunki, birorta odamdan soʻnggi yillarda yozilgan biror asar boshqa tillar va davlatlarda muhokama boʻlganini eslolmayman. Bu ham Alisher Navoiyning hissasiga qaramay.
- Geografik joylashuvimiz juda noqulay. Amir Temur buyuk sarkarda boʻlgani va davlat chegaralarini kengaytirganiga qaramay. Bundan tashqari, u qurgan binolar va ularning atrofini yaxshi saqlab qolishni ham eplolmayapmiz.
Men esa zamonamiz qahramonlari bilan faxrlanishni xohlardim:
- Kimdir Nobel mukofoti olsa.
- Jurnalistlarimiz Pulitser mukofotini oladigan darajada kuchaysa.
- Mamlakatimizda kuchli xalqaro AT-kompaniyalar paydo boʻlsa. Yandex, Wargaming, EPAM, MacPaw, Grammarly va hokazolar kabi. Atayin sobiq Sovet davlatlaridan misol keltirdim, sal boʻlsa ham adolatli solishtiruv boʻlsin, deb.
- Yoki Telegram, TikTok, Pixelmator kabi mahsulotlar ishlab chiqarilsa.
- Odamlar davolanish uchun falon pul sarflab Hindiston, Isroil kabi davlatlarga bormasa.
- Fazoni oʻzlashtirish uchun hissa (hech boʻlmasa sunʼiy yoʻldosh) qoʻshsa.
- New York Times keltiradigan “bestseller” kitoblar paydo boʻlsa.
- Xalqi erkin va boy yashaydigan, adolatli saylov boʻladigan, korrupsiya va monopoliyalar kam davlat quradigan amaldorlar paydo boʻlsa.
- Biror filmimiz Oskarga nomzodi qoʻyilsa.
- Insoniyat darajasida hissa qoʻshadigan odamlar paydo boʻlsa: Bill Geyts, Elon Mask, Li Kuan Yu kabi.
Yana bir qancha narsalarni sanashim mumkin, lekin roʻyxatni uzaytirgandan foyda yoʻq. Yuz yillar oldin yashagan odamlarning muvaffaqiyati haqida oʻylashdan koʻra aynan hozir odamlar yuqoridagi kabi muvaffaqiyatga erishishi uchun nima qilayotganimiz yoki qilmayotganimiz haqida qaygʻurishimiz lozim.

📹 Shanba videolari - 4
Microsoft qurilmalari
Kompaniya oxirgi vaqtlar juda zoʻr rivojlanyapti va mahsulotlari ham odamni qiziqtiradigan. Microsoft bemalol Apple, Google, Sony, Slack va hokazo kompaniyalar bilan bemalol raqobat qiladigan kompaniyaga aylandi. Shu hafta taqdim qilgan qurilmalarining dizayni ham, videolari ham yaxshi. Hatto bulutli platformalar sohasida ham Amazonʼdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Yagona oqsayotgan tomoni — oʻzining smartfoni yoʻq. Lekin bu ketishida keyinroq Android yoki Windows asosida Surface Phone chiqarishi ham ehtimoldan holi emas.
- Microsoft Surface Go 2 — kichikroq va narxi atigi $399 boʻlgan planshet-noutbuk.
- Microsoft Surface Book 3 — toʻlaqonli noutbuk. MacBook Pro kabilar bilan raqobat qiladi.
- Microsoft Surface Earbuds — simsiz naushniklar. Hozir deyarli hamma qurilma ishlab chiqaruvchilar AirPodsʼga raqobatchi chiqaryapti.
Bu qurilmalarni Chaqmoq FMʼning keyingi sonida muhokama qilamiz.
Robot kamera
Ilya Birman kanalidan oldim: Markes Braunli robot kameraning taqrizini tayyorlabdi. Hozir juda katta sifatda va juda tez oladigan kameralar ommaviylashayotgandek tuyulyapti. Oskar taqdimotidagi Bred Pittning videosiga koʻpchilikning koʻzi tushgan boʻlishi kerak. Videolar oʻziga xos effektli chiqadi. Birinchi video Markesdan, qolganlari Kol Valizer ismli operator ishlari.
- Dope Tech: Camera Robots!
- Brad Pitt is the coolest guy on the GlamBOT!
- Best of Glambot: 2020 Grammys
- Best of Glambot: 2020 Golden Globe Awards
The Last of Us Part II
Bu 2013-yilda chiqqan, juda koʻp geymerlar tomonidan yuqori baholangan, taʼsirchan oʻyinning ikkinchi qismi. Konsollarini sottiradigan oʻyin, degan termin bor. The Last of Us — shunaqa oʻyin. Oʻyin parazit qoʻziqorin mutatsiya boʻlib odamlarga tarqagan, ular zombiga aylangan dunyoda ikki qahramonning sarguzashtlari haqida. Ikkinchi qismi 19-iyunda chiqadi. Birinchi video — treyleri, ikkinchisi — yangi qismi taqdimotidagi auditoriyaning reaksiyasi.
- The Last of Us Part II | Story Trailer | PS4
- The Last of Us Part II - Reveal Reactions
Inside XBox
Yana oʻyinlar haqida. Yuqorida aytganimdek, Microsoft tobora boshqacha. Yangi avlod konsollari raqobatiga yaxshi tayyorgarlik koʻryapti bu safar. Shu hafta ular Xbox Series X deb nomlangan yangi konsoliga chiqadigan oʻyinlarni koʻrsatishdi.
- First Look Xbox Series X Gameplay
Ves Anderson
Bu rejissorning filmlarini yoqtiraman. Juda. Ayniqsa bularni: “Grand Budapesht” mehmonxonasi, Itlar oroli, Oʻxshashi yoʻq mister Foks. Ves Andersonning filmlaridagi kadrlar, sahnalar, yozuvlar, kameraning oʻtishlari, hikolayash kabilar juda ustalik bilan ishlanadi. Masalan, u kabi simmetriyani yaxshi koʻradigan rejissorni topolmaysiz. KinoPoisk turli kino odamlari haqida yaxshi videolar qilyapti soʻngga paytlarda.
- Как снимает Уэс Андерсон
Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/353

Hurmatli Beeline, bugun Oʻzbekistonda gʻalabaning 75 yilligini nishonlasmas, Xotira va qadrlash kuni.
@FarLives 🌀
@FarLives 🌀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻl qismidagi harakat mashina, velosiped, piyoda va jamoat transporti tomonidan boʻlgandagi oʻtkazuvchanlik (soatiga nechta odam).
https://twitter.com/urbanthoughts11/status/1259080757861134336?s=21
#shahar

Qoʻlda yozilgan matn
Troll.uzʼning yozishicha, baʼzi oliy oʻquv yurtlarining rektorlari talabalardan diplom ishini qoʻlda yozib, keyin uni skaner qilib yuborishni soʻrayotganmish:
Баъзи бир давлат олийгоҳларида ректорлар ва деканлар диплом ишларини қўлда ёзиб, кейин сканнер қилиб жўнатишни талаб қиляпти экан.
Шундай ректорларга 19 асрдан алангали саломлар!
https://t.me/trolluz/7101
Keyingi postda hazil sifatida matnni koʻchirib yozadigan mashinachani koʻrsatgan: https://t.me/trolluz/7103
Bechora talabalar bu axmoqona talabni onlayndagi baʼzi servislardan foydalanib ham bajarishi mumkin. Masalan, aynan konspektlarni qoʻlda yozilganini imitatsiya qilib beradigan handwrittner.ru servisi mavjud (quyidagi fotoda misol). Hatto bir nechta shriftlardan birini tanlash imkonini beradi.
Dasturlashni biladiganlarga esa Habrʼdagi maqolani tavsiya qilaman: https://habr.com/ru/post/316404/
Yana-da yalqovlar uchun esa Pikabu saytida tayyor shriftdan foydalanish boʻyicha qoʻllanma keltirilgan: https://pikabu.ru/story/konspekt_dlya_lenivyikh_4093825
Iloji boricha hamma ishni avtomatlashtirish kerak. Qimmatli vaqtni bunaqa axmoqona talablarni bajarishgamas, foydaliroq faoliyatlarga sarflash lozim.

Menimcha, Oʻzbekiston jahon matbuoti erkinligi kunini aynan bugun, 14-mayda nishonlashi kerak.
https://t.me/massmediauz/100
#matbuot @FarLives
https://t.me/massmediauz/100
#matbuot @FarLives
Telegram
Mass-media fondi
Жаҳон матбуоти эркинлиги кунига бағишланади.
__
Посвящается всемирному дню свободы печати.
#WorldPressFreedomDay #WPFD2020
@massmediauz

Sardoba suv ombori fojeasi
Sardobadagi ofat va fojea haqida yetarlicha yozildi. Quyida mening oʻzim oʻqigan va meni shu mavzu boʻyicha fikrlarimni boʻlishishga undagan xabarlar.
- davletovuz: «Ўзбекгидроэнерго» ва “TO’PALANG HPD HOLDING” МЧЖ болалари ҳақида
- Troll.uz: Oʻzbekgidroenergo va Toʻpalang kompaniyalar guruhi haqida
- Gazeta.uz: Кто строил Сардобинское водохранилище
- Kun.uz: Sardoba fojiasi: «Asr o‘pirilishi» aybdorlari suvdan quruq chiqa olmasligi shart
Bu yerda bir qancha fikrlarimni bildirishim mumkin edi, lekin ular ortiqchaligini tushundim. Lekin masalaga boshqa tomondan yozdashsam…
Yaqinda bir doʻstim bilan shu fojeani muhokama qilish davomida Oʻzbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektrostansiyasi yodimizga tushdi. Tasavvur qiling, bizdagi joriy korrupsiya, oʻgʻirlik, tanish-bilishchilik, ochkoʻzlik, loqaydlik bilan biz odamzodning eng xavfli texnologiyalaridan biri — atom energiyasi bilan bogʻliq texnologiyaga qoʻl urishimiz qanchalik xavfli. Bu haqida oʻtgan yili Farhod Fayzullayev toʻliqroq yozgandi:
Битта оддий уйни ёлғондан берадиган мутасаддилар бор жойда атом реактори қуриб бўладими? Эртага, Худо кўрсатмасин, портлаб кетса, ЎзТВ яна чиройли далаларни кўрсатиб, «реактор, қанақа реактор, ҳеч нарса бўлгани йўқ» деб ўтиради.
Mana, hozir shunaqa bir fojeaning guvohi boʻldik. Agar atom elektrostansiyasi ham “Mustaqillikkacha bitarkan”, “Prezident kelib koʻrarkan”, “nechtasi hovli qurib inomarka oldi” kabi iboralarni qoʻllay oladigan qilib qurilsa natija qanaqa boʻlishi meni qoʻrqitadi juda. Chernobildagidek falokatni yuzlab yillar davomida ham tuzatib boʻlmaydi. Biz butun regionni zaharlab, odam yashab boʻlmaydigan hududga aylantirishimiz mumkin.
Xullas, eʼtiborni nisbatan xavfsiz va tavakkali kam boʻlgan energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga qaraganimiz yaxshi: quyosh va shamol. Suvni ham qoʻshmoqchiydim, lekin endi ikkilanib qoldim.
Men shu Sardoba fojeasining sabablarini oʻrganish jarayoni toʻlaqonli ochiq boʻlishini juda xohlardim. Hukumat komissiyasidan fojeaga qisman boʻlsa ham javobgar boʻlishi ehtimoli bor odamlarni olib tashlash lozim: Abdugʻani Sanginov, qurilishda qatnashgan odamlar, balki hokimlar. Aks holda, bu surishtiruv toʻlaqonli adolatli boʻlishi shubha bilan qarayman: bu odamlarda xalq tomonidanmas, davlat tomonidan berilgan kuch va huquq mavjud, va bu chiqariladigan xulosalarga yaxshigina taʼsir qilishi mumkin.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyaning Visual Science kompaniyasi koronavirusning uch oʻlchovli modelining animatsiyasini qilishibdi. Model 3 oy davomida turli ilmiy maʼlumotlar asosida qurilgan. Virusning strukturasi shunchalik murakkabligi odamni hayron qoldiradi.
Meduzaʼdan olindi: https://meduza.io/feature/2020/05/14/teper-koronavirus-mozhno-rassmotret-so-vseh-storon-dazhe-bez-mikroskopa-i-vse-blagodarya-detalnoy-3d-modeli-nad-kotoroy-rabotali-tri-mesyatsa