Far·hod·jon
Sogʻliqni saqlash vazirligiga koronavirus bilan kurashish uchun alohida hisob ochib, turli toʻlov tizimlari orqali pul tushirishni oson qilib qoʻyishni tavsiya qilaman. Menimcha, hozirgi vaziyatda koʻpchilik oz boʻlsa ham yordam berishga tayyor. Virus bilan…
“Koronavirus Info” @koronavirusinfouz kanali xabar berishicha, endi virusga qarshi kurashishga moliyaviy tomondan har qanday odam yoki kompaniya hissa qoʻshishi mumkin:
https://t.me/koronavirusinfouz/915
Lekin men hozircha Payme kabi ilovalar orqali qanday pul oʻtkazishni bilolmadim: xabarda faqat hisob raqamlari koʻrsatilgan, karta raqami emas. Menimcha, oddiy odamlar yuborishini qulaylashtirish uchun karta raqamiga pul yuborishni yoʻlga qoʻyish lozim.
#koronavirus @FarLives 🌀

Telegram
Koronavirus Info | Uyda Qoling!
UZ: Қадрли юртдошлар!
Бугун биз сизларни нафақат юртимиз, балки бутун дунё олдида турган кўринмас ёв билан курашга ўз ҳиссангизни қўшишга чақирамиз!
Бугун мамлакатимиздаги барча соҳа вакиллари коронавирус инфекциясига қарши курашда ёрдам қўлини чўзишга…

Aytgandek, Puzzle English 1-maygacha ikkita kursini bepul qilyapti:
- “Beginner” kursi boshlovchilar uchun va 198 ta darsdan iborat. Bu kurs ingliz tilini boshidan — alifbodan boshlab oʻrgatadi.
- Bolalar uchun kursi 88 ta darsdan iborat va 5 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan. Hozir uyda qolgan bolalar ingliz tili bilan doimiy va aniq metodika yordamida shugʻullanishi uchun juda foydali.
https://t.me/puzzleng/592
Shu havola orqali oʻtib roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://clck.ru/MZRE8 (bolalar kursi pastroqda)

Puzzle English
Puzzle English дарит бесплатный доступ к двум курсам "Метода Тичера" до 1 мая!
Карантин не только позволяет нам замедлить распространение вируса, но и дает возможность заняться саморазвитием и начать то, о чем вы давно мечтали☝🏻 Например, начать изучать…

Yandex xaritasida shahardagi tirbandlikni koʻrish mumkin. Kecha tushlikda 2 ballni koʻrsatgan tirbandlik tunda 0 ballga tushdi. Hatto ertalab hamma koʻchaga chiqadigan paytda ham bugun 0 ball. Bu — yaxshi. @FarLives 🌀
Far·hod·jon
Telegramda chatlar arxivi Telegramning may oyida chiqqan katta imkoniyatlaridan biri — Chatlar arxivi (yoki arxivlangan chatlar). Eʼlon qilingan kundan boshlab bu imkoniyat menga juda asqotdi: barcha kanallar, botlar, guruhlar shu arxiv ichida va haqiqiysiga…
Telegramda chat papkalari
Telegramning yangi, 6-versiyasida chatlar uchun papkalar qoʻshilibdi:
https://telegram.org/blog/folders
Kirib biroz ishlatib koʻrdim. Lekin men uchun katta foydasi yoʻqdek tuyuldi. Asosiy muammo — biror papkaga qoʻshilgan chat All Chats papkasida qolayotgani. Men oʻzim uchun quyidagi papkalarni qoʻshdim:
- Work - ish uchun;
- Channels - kanallar;
- Food - turli taom buyurtma qiluvchi botlar.
Men botlar asosiy chatlarning ichida chiqishini xohlamayman. Papka qoʻshdimmi, uning ichida qolsin faqat. Hozirgi holatda papkaga qoʻshilgan chatlarni arxivlab chiqish lozim va bu chatlar arxivini juda tartibsiz holatga keltiradi.
#telegram @FarLives 🌀

Oʻzbekistonda AT sohasidagi mutaxassislar maoshlari Bir necha yildan beri axborot texnologiyalari (AT yoki IT) sohasidagi odamlar bilan ishlab kelaman. Oʻzbekistonning AT bozorida bir qancha yechilmagan muammolar, kamchilik va qiyinchiliklar mavjud. Bulardan…
AT sohasidagi maoshlar. 2020-yil fevral.
Fevral oyining boshida AT sohasidagi mutaxassislarning maoshlari boʻyicha soʻrovnomani eʼlon qilgandim. Afsuski, 22-fevralda tugagan bu soʻrovnomaning natijalarini yaxshilab koʻrib chiqib, ularni koʻrsatadigan darajaga olib bormasimdan men bilan kichik bir baxtsiz hodisa yuz berdi va hamma ishni 2-3 haftaga toʻxtatishga majbur boʻldim. Sogʻligʻim bu ishga diqqat qilishga imkoniyat berishi bilan ishni qayta boshlab kuni kecha tugatdim.
Natija ikki qismdan iborat va ikkalasi ham devof.uz saytida mavjud.
Maoshlar boʻyicha hisobot
Ishtirokchilarning javoblari asosida turli statistik maʼlumotlar hisobotdan oʻrin olgan. Qaysi faktorlar nimalarga taʼsir koʻrsatayotgani shu statistikada koʻrinadi. Hozircha, faqat oʻzimga qiziq tuyulgan maʼlumotlar ustida ishlangan.
https://devof.uz/uz/salary-report/2020-02/
Maoshlar vidjeti
Soʻrovnoma natijalari boʻyicha moshlarni turli daraja, bilim, tajribasi boʻyicha koʻrsatib beradigan interaktiv vidjet ham mavjud. Masalan, “Junior QA Engineer” uchun oʻrtacha oylikni shu vidjetdan koʻrsa boʻladi. Yana texnologiyalar boʻyicha ham filtrlash mumkin.
https://devof.uz/uz/salaries/
——————————
Birinchi safar maʼlumotlarni qayta ishlash qiyinroq boʻldi va baʼzi savollar notogʻriroq berilgani soʻrovnoma tugagandan keyin aniqlandi. Shuning uchun, keyingi soʻrovnomalarda jarayonni iloji boricha maksimal avtomatlashtirishga harakat qilamiz.
Talab va takliflar → far@farhodjon.com
@FarLives 🌀

“Harri Potter va hikmatlar toshi” (Harry Potter and the Philosopher's Stone) kitobini Audible servisida bepul eshitish mumkin. Stiven Fray tomonidan oʻqilgan.
https://stories.audible.com/pdp/B017V54W6O
Umuman, Amazon juda koʻp kitoblarni bepul eshitish imkoniyatini beryapti bu yerda: https://stories.audible.com/discovery
Kitobning oʻzbekcha nomi Vikipediyadan olindi. Men oʻzim “Garri Potter”ga oʻrganganman.
#kitob @FarLives 🌀

Jarayonlarni optimallashtirish: Bojxona va IIV
Yaqinda oʻzim ishtirok etgan ikkita jarayon va ular aslida qanaqa ishlashi haqida:
https://farhodjon.uz/blog/customs-and-police-process-optimization/
#government #koronavirus @FarLives 🌀

Farhodjon Chinberdiyev
Jarayonlarni optimallashtirish: Bojxona va IIV
Koronavirus qarshi kurashish boʻyicha kiritilgan choralar biz oʻrganib qolgan dunyo bunaqa hayot tarziga tayyormasligimizni koʻrsatib berdi. Ayniqsa, hozirgi Oʻzbekistondagi aholi, hukumat va biznes hali oʻzining ustida ancha ishlashi kerakligini isbotladi.
Yaqinda yaxshi loyiha — matn.uz ishga tushibdi va bu oʻzbek tilining rivojlanishi (yoki kamida ortga ketmasligi) uchun muhim. Hozirda loyiha imlo xatolarini tekshirish, lotin va kirill alifbolari orasida transliteratsiya va lugʻatni taklif qilyapti.
Xabar berilishicha, ushbu loyiha odamlarga bepulligi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan kafolatlanadi.
Menimcha, agar loyihani keyinroq pullik qilish (monetizatsiya) rejalashtirilmagan boʻlsa, uning kodini ochish umumiy maqsadga juda sezilarli yordam beradi:
1. Boshqa dasturchilar ham loyihani takomillashtirishda qatnashadi.
2. Kodi ochiqligi turli dasturlash tillari, freymvorklar yoki kontentni boshqarish tizimlariga (CMS) integratsiyasini tezlashtiradi. Hatto odamlar Google Docs kabi servislarga ham qoʻshishi mumkin buni.
3. Kelajakda mabodo fond yoki loyihada qatnashgan kompaniya yopilib ketsa, bu loyihaga ziyon yetkazmaydi. Kodi ochiq boʻlgani uchun boshqa serverda yoki odamlar oʻzlari uchun koʻtarvolishi mumkin.
#oʻzbek_tili @FarLives 🌀

Chaqmoq FM ⚡ 3-epizod
Ushbu epizod Hamza Foziljonov bilan yozildi va asosan Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari va umuman mobil qurilmalar haqida.
Mavzular:
- Xitoy smartfonlari (Huawei, Xiaomi, Oppo, Vivo, OnePlus, Meizu va h.k.)
- Smartfonni (tez) almashtirish haqida
- Xitoy smartfonlariga qaytamiz
- Oʻzbekistondan Xitoy smartfonlarini sotib olish va bojxona
- Trade-in
- “Malika” (Fleshka) bozori va boshqa magazinlar
- Xiaomi (MI) ekotizimi va ozroq aqlli uy qurilmalari
- Xitoydagi Android ilova-doʻkonlari (App Store)
- Yandex servislari Oʻzbekistonda
Podkast deyarli barcha platformalarda mavjud:
- Apple Podcasts
- Google Podcasts
- Yandex.Musiqa
- Spotify
- YouTube
- Overcast
Podkast haqidagi har qanday fikr-mulohaza biz uchun muhim. Talab va takliflarni far@farhodjon.com pochtasiga yuboring.
Boshqa platformalar podkast sahifasida: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/
Podkastlarga qanday obuna boʻlish haqida bu yerda yozganman: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/
#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

Apple va Google birgalikda Bluetooth (Low Energy) texnologiyasi orqali odamlarning bir-biri bilan kontakt qilganini saqlash texnologiyasini yoʻlga qoʻyishayotganmish. Ishga tushgandan soʻng, oxirgi 14 kunlik kontaktlar har bir smartfonda saqlanadi. Agar smartfon egasida koronavirus tasdiqlansa, bu maʼlumot davlat yoki sogʻliqni saqlash tashkilotiga taqdim qilinadi. Virus bilan kasallangan bemor kontakt qilgan odamlarni tezda topvolishga katta yordam beradi bu.
Apple saytida: https://www.apple.com/covid19/contacttracing/
The Verge: https://www.theverge.com/2020/4/10/21216484/google-apple-coronavirus-contract-tracing-bluetooth-location-tracking-data-app

Shanba videolari 📹
Орёл и Решка. Карантин
Ukrainaning “Орёл и Решка” shousi toʻlaqonli sayohatga moʻljallangan. Lekin hozirgi karantin va sayohat sohasi deyarli oʻlgan paytda ular juda qiziqarli format oʻylab topishibdi. Dunyoning turli joylarida qolgan yoki yashaytgan rusiyzabonlar atrofidagi vaziyat haqida oʻzlari video olib yuborishyapti. Biti Italiyada kruiz laynerda qolib ketgan, biri Saudiya Arabistonidagi yagona ayollar va erkaklar birga oʻqiydigan universitetda, biri Fransiyada oilasi bilan uy-mashinada, boshqasi boʻm-boʻsh Venetsiyani koʻrsatyapti. Xullas, videolar juda ajoyib — uyda qolib koʻrgani rosa mos.
- Токио, Ориндж, Иерусалим
- Ухань, Варанаси, Дубай
- Большой выпуск №3 (Италия, Франция, Норвегия, Саудовская Аравия, Япония)
Shaharlar va Iqtisodiyot
Behzod Hoshimov Kaliforniya Davlat Universiteti Professori Nuriddin Ikromov bilan shaharlar iqtisodiyoti, arzon uylar qurilishi, shaharlarni rejalashtirish, propiska masalasi, ipoteka, oʻyinlar nazariyasi, narxlarning adolatligi va psixologiyani iqtisoddagi tadbirlari haqida suhbatlashibdi.
- “Shaharlar va Iqtisodiyot" — Kaliforniya Davlat Universiteti Professori Nuriddin Ikromov
Liziqi 李子柒
Artemiy Lebedev orqali topdim buni. Bir xitoylik qiz oddiy uy yumushlarini bajarib, oʻzi va buvisiga har xil gʻamxoʻrlik qilishi haqidagi YouTube-kanal. Millionlab odamlar tomosha qilyapti.
- Masalan, bu videoda chigit ekib, ularning koʻchatini kattaroq maydoga ekib, keyin uni yetishtirib, paxtasini terib koʻrpa tayyorlashi haqida: https://youtu.be/hR4DiU8wcVk
- Bunisi esa bambukdan mebel tayyorlashi: https://youtu.be/LTejJnrzGPM
- Yoki turli quritilgan meva va magʻizlardan shirinliklar qilish: https://youtu.be/FWMIPukvdsQ
Umuman, boshqa odamlar qanaqa hayot kechirishini kuzatish men avval tasavvur ham qilolmagan janr. Oʻtgan yili Norvegiyalik amaki haqida ham yozgandim.
ASMR
Bu — alohida janr. Kengaytmasi inglizchada: Autonomous sensory meridian response (avtonom sezgir meridian javobi). YouTubeʼdagi asosiy kontent — uxlash uchun yordam beradiganlari. Xotinim baʼzida eshitib turadi uyqudan oldin. Bu videolarda odam(lar) turli tovushlar va soʻzlar bilan tomoshabinni uxlashiga yordam beradi.
- ASMR 20 Triggers To Help You Sleep ♥
Deyarli boʻsh Nyu-York
- Nyu-Yorkning havodan olingan videosi. Imkon boʻlsa 4K sifatda tomosha qiling. https://youtu.be/Pp-o-rZ7ZFc
- Boʻshab qolgan Markaziy park, Manhetten: Жизнь во время эпидемии: Центральный парк и пустой мидтаун.
——
Bir paytlar Artemiy Lebedev oʻzining jonli jurnalida (LiveJournal, Живой Журнал, ЖЖ) “Ютюб-вечеринка” (YouTube kechasi) degan odatiy post qoldirardi va birinchi darajadagi hamma izohlarda oʻquvchilar YouTubeʼdan turli videolar qoldirishardi. Qiziq format boʻlgan.
#youtube @FarLives 🌀

👍1
Lotin alifbosining yagona muammosi
Oʻzbek tili uchun lotin alifbosini ishlatishni boshlash va bunda odamlarni qiynaydigan yagona muammo haqida:
https://farhodjon.uz/blog/the-only-problem-of-uzbek-latin-alphabet/
#oʻzbek_tili @FarLives 🌀
Oʻzbek tili uchun lotin alifbosini ishlatishni boshlash va bunda odamlarni qiynaydigan yagona muammo haqida:
https://farhodjon.uz/blog/the-only-problem-of-uzbek-latin-alphabet/
#oʻzbek_tili @FarLives 🌀
Farhodjon Chinberdiyev
Lotin alifbosining yagona muammosi
Ancha vaqtdan beri oʻzbek tili uchun asosan lotin alifbosini ishlataman. Menga kirill alifbosi yoqadi va 1993-yilda lotin alifbosiga oʻtish juda va juda axmoqona qaror boʻlgan, deb hisoblayman. Xuddi Qozogʻistonga oʻxshab vaqt oʻtib toʻgʻri qarorni bir necha…
📹 Shanba videolari - 2
Filadelfiyaning havodan dron orqali olingan videosi
Video juda “tekis” olingan, xuddi oʻyinlarning treyleri yoki 3D-videoni eslatvoradi. Yana Amerika shaharlaridagi tartibni ham koʻrsa boʻladi.
- Watch Philadelphia aerial drone footage of COVID-19 quarantine shelter in place, no people/traffic
Anton Ptushkin Saudiya Arabistonida
Anton Ptushkin yaqingacha juda yopiq, oʻta konservativ boʻlgan Saudiya Arabistoniga sayohat qilgan va u yerdan ajoyib video tayyorlagan.
- Саудовская Аравия. Нефть, туризм и большие перемены. Большой Выпуск.
Piter Makkinnon
Fotograf va blogger Piter Makkinnon fotografiya va film olishga bogʻliq qiziq videolar qiladi. Baʼzida odamlar yuborgan fotolarni tahrirlaydi, baʼzida shu fotolarni boshqa dizaynerlarni yollab yaxshilatadi, baʼzida esa Gollivuddagi maxsus effektlar olingan sahnalarni baholaydi.
- Editing YOUR Photos!!
- I Paid Photoshop ‘Experts’ to edit this photo better than me
- I Paid VFX 'Artists' to edit my green screen footage!
- Filmmaker Reacts to CRAZY HOLLYWOOD CAMERA SCENES!
Yangi Minecraft
Windows 10 uchun chiqadigan Minecraftʼning yangi beta versiyasi NVIDIA grafik videokartalarida ishlaydigan nurlarning izlanishini (ray tracing) qoʻllab quvvatlarkan. Bu oʻyinga avval 3D dasturiy taʼminotlarda soatlab hisoblanadigan (rendering) texnologiyani olib keladi. Yaxshi, lekin Minecraftʼda oʻziga xos piksel-art stilni kamaytiradi.
- Announcing the Minecraft with RTX for Windows 10 Beta!
Anton Sheyn orzularni amalga oshirish haqida
Anton Sheyn qanaqadir buyuk narsa yaratishni orzu qilib oʻtiravermasdan, gʻoyalarni amalga oshirishni boshlash haqida juda qiziq maʼruza qilgan. Hozirda u Yandex qidiruvining art-direktori.
- Антон Шеин – Мечтать вредно
Qurilmalar
Mahsulotlarning videolari ham oʻziga xos qiziq janr. Turli kompaniyalar oʻzlarining mahsulotlarini ommaga qanaqa taqdim qilishi doim menga yoqqan.
- Microsoft: Introducing Surface Neo
- Apple: iPad Pro — Your next computer is not a computer
- Bir paytlar yotvolib tomosha qilgan videolarimdan biri: Microsoft "Surface" - The Possibilities. Bu — 2007-yil, endi iPhone taqdim qilingan paytda! Meni rosa hayron qoldirgan. Umuman olganda, menga Surface planshetlari yoqadi: ham planshetning yaxshi tomonlarini oʻz ichiga olgan, ham toʻlaqonli operatsion tizimga ega. Lekin shu operatsion tizim Windows boʻlganligi meni toʻxtatadi.
Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/346
#shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

Tipografikaga qiziquvchilar va yozilayotgan matnlarda vizual savodli boʻlishni xohlaydiganlar uchun juda foydali qoʻllanma: Butterikning amaliy tipografikasi — Butterick’s Practical Typography.
https://practicaltypography.com
Qoʻllanmada:
- Tipografika nima? Kim uchun? Va nega ahamiyatli?
- toʻgʻri va jingalak tirnoqlar farqi;
- chiziqcha va tire;
- ligaturalar;
- faqat bosh harflar bilan yozish;
- sahifa maketi va hokazolar.
#dizayn #tipografika @FarLives 🌀

Practicaltypography
What is typography? | Butterick’s Practical Typography
Qoyali togʻlar. Birinchi qism: Grand Lake atrofi
Kolorado shtatiga qilgan sayohatim haqida yozishni davom ettiraman. Bu safargisi koʻproq tabiat haqida. Amerikaning tabiati rostdan rang-barang va bunda oʻrmon va togʻlarga boy Kolorado oʻziga xos oʻrin egallaydi.
https://farhodjon.uz/travel/usa/colorado/grand-lake-and-summerland-park-june-2016/
#sayohat @FarLives 🌀

Lotin alifbosining yagona muammosi Oʻzbek tili uchun lotin alifbosini ishlatishni boshlash va bunda odamlarni qiynaydigan yagona muammo haqida: https://farhodjon.uz/blog/the-only-problem-of-uzbek-latin-alphabet/ #oʻzbek_tili @FarLives 🌀
Bugungi topilma: Venger alifbosida ham diaktrik belgili harflar, ham digraflar (ikki belgili harf) mavjud. Masalan, “O” va yana uchta diaktik belgilar bilan: Ó, Ö, Ő. Yoki: U, Ú, Ü, Ű. Digraflar: Dz, Gy, Ly, Sz, Zs kabi. Va hatto uchra belgidan iborat harf (trigraf): Dzs!
https://en.wikipedia.org/wiki/Hungarian_alphabet

Chaqmoq FM ⚡ 4-epizod
YouTube: https://youtu.be/rhRRGTL5z0k
Podkast platformalarida mavjud yoki tez orada chiqadi.
Epizod Toʻlqin Yusupov va yangi mehmon — Nodir Xalilov bilan yozildi. Asosiy mavzu Apple kompaniyasining soʻnggi qurilmalari haqida.
Mavzular:
- iPad Pro
- iPhone SE
- MacBook Air
- Texnologik kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq toʻlashni boshladi
- Apple va Google Bluetooth texnologiyasi orqali koronavirus tarqalishining oldini olishmoqchi
- Koronavirus va karantin
Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/
Podkastlarga qanday obuna boʻlish va ularni eshitish haqida: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/