Forwarded from Nodizayn
Тошкентда бир хил кўринишдаги бинолар кўплиги учун шаҳар бироз зерикарли. Биноларнинг фасадларига ҳар хил мавзулардаги стрит-арт тасвирлаб, яхши атмосфера яратса бўлади.
Қуйида тайёр стрит-артлардан фойдаланиб, эскиз кўринишда бир нечта мисоллар келтирдим:
https://nodir.design/posts/tashkent-streetart/

COVID-19 va masofadan ishlash
Koronavirus infeksiyasi (COVID-19: COrona VIrus Disease 2019) tarqalishi dunyo masofadan ishlash haqida yana bir bor jiddiy oʻylab koʻrishiga olib keldi. Bizning kompaniyada aynan ofisga kelib ishlash lozim, degan shart avvaldan mavjud boʻlmagan. AT sohasidagi juda koʻp ishlarni masofadan bajarsa boʻladi. Barqaror va tez internet va kerakli qurilmalar yetarli. Ayniqsa, Oʻzbekistonda ham koronavirus aniqlangan holatda ish, taʼlim, muloqot masofadan boʻlishi juda dolzarb.
Lekin kasbdoshlar bilan biroz maslahatlashib, 12-mart kuni kompaniyamizning Toshkentdagi ofisimizdagi odamlardan imkoni boricha uydan ishlashni soʻradik. Bu qarorning asosiy sabablari quyidagilar edi:
- bizning ofisimiz biznes markazida joylashgan va boshqa kompaniyalarning xodimlari ham yetarli;
- kasbdoshlarimizning koʻpi ommaviy ovqatlanish shahobchalariga (kafe, oshxona) borishadi va tushlik paytida odamlar juda koʻp;
- baʼzi kasbdoshlarimiz namoz oʻqish uchun masjidga borishadi (ayniqsa, juma kuni) va bu ham virus tarqalishiga taʼsir qilishi mumkin;
- ofisimizdagi havo tozalash va aylantirish tizimi juda ideal emas (AQShdagi ofisimiz bilan solishtirib boʻlmaydi);
- koʻpchilik ommaviy transport vositalaridan foydalanishadi.
Kompaniyaning siyosatida qoʻl berib koʻrishish, boshqa shaharlarga avvaldan ogohlantirmasdan sayohat qilish, ofisga mehmon chaqirish yoki boshqa ofislarda mehmon boʻlish kabilar taqiqlangan va ofisni toza saqlash lozim.
Odatiy holatda kompaniyamizda har doim kimdir uyidan ishlaydi (ayniqsa, odam koʻpaygandan keyin). Va bu shu paytgacha muammo boʻlmagan. Shundoq ham kompaniyamiz masofaviy (remote) hisoblanadi. Kasbdoshlarimiz Oʻzbekiston, AQSh, Ukraina, Rossiya, Polsha, Avstraliya kabi davlatlardan ishlaydi. Bizda uydan yoki masofadan ishlash boʻyicha qoidalar va koʻrsatmalar yetarli.
Shu orada masofadan ishlash boʻyicha baʼzi tajribalarimizni boʻlishsam:
- uydan ishlash ham ish: oila aʼzolaringiz “bu uyda oʻtiribdi baribir”, deb hadeb bezovta qilmasligi lozim va buni oʻzingiz tushuntirishingiz kerak (ayniqsa, bolalarga);
- iloji boricha alohida ish joyi va xona maʼqul;
- ish vaqtini ham alohida nazorat qilinadi: ish vaqti tugaganda xuddi boshqa kunlardagidek dam olish lozim; masalan, men baʼzida uydan ishlaganda eʼtiborsiz qolsam tunda ham ishlab oʻtiraveraman;
- uydan ishlaganda ishga tayyorlanishga va yoʻlga vaqt ketmaydi va bu uning juda ijobiy tomoni: kuningizda 1-2 soat qoʻshimcha vaqt topiladi (kitob oʻqishga, oʻzingizning ustingizda ishlashga, shunchaki sayr qilishga);
- imkoni boricha kompaniyadagi har qanday bilimni har qanday odam mustaqil topa oladigan boʻlishi lozim: “bu narsani anavi odamdan soʻra” yoki “menda hozir ruxsat yoʻq falonchi bersa qilaman ishimni” kabi narsalar ishning samarasiga juda salbiy taʼsir qiladi; bizda bilimlar Notionʼda, parollar 1Passwordʼda saqlangan;
- ishda biz Slackʼdan foydalanamiz va bu ish va shaxsiy mavzulardagi suhbatlarni ajratadi; ikkalasiga ham Telegram ishlatish, menimcha, mahsuldorlikka salbiy taʼsir qiladi;
- javob zudlik bilan talab qilinmaydigan va uzun muhokamalar odatda pochta orqali boʻladi;
- masofadan ishlaganda barqaror ishlaydigan video-muhokamalar juda muhim; biz hozir Zoom ishlatamiz: bir paytlar yaramas Uztelecom barcha video-chatlarni yopganda shu ochiq qolib ketgan (umuman olganda ham Zoom juda yaxshi servis);
- turli video va foto tomosha qiladigan saytlar va ilovalar, ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyot boʻlish: uyda shundoq ham ish muhitini yaratish qiyin boʻlgan vaqtda ular sizni juda chalgʻitishi mumkin;
- odam kam paytda (tunda, masalan) koʻchada sayr qilib kelish kayfiyat va sogʻliqqa yaxshi taʼsir qiladi (uyda ishlaganda harakat kamayib ketishi ehtimoli katta).
Masofadan ishlash boʻyicha qoʻshimcha qoʻllanmalar:
- REMOTE: Office Not Required — Basecamp servisini yaratganlardan kitob; ular toʻlaqonli masofadan ishlaydigan kompaniya;
- The Ultimate Guide to Remote Work — Zapier kompaniyasidan qoʻllanma (bular ham ofissiz ishlaydi);

- How to work well from home this week – so you can next week, too — Van Shnayderdan maqola;
- How Doist Makes Remote Work Happen, Remote Work Guides — 68 ta odam 25 ta davlatdan ishlaydigan Doist kompaniyasidan maqola va qoʻllanma;
- Resources for companies embracing remote work — Gitlabʼdan (buyam toʻlaqonli masofaviy) yaxshi qoʻllanma;
- Комьют — Ilya Birman ishga qatnashning maʼnosizligi haqida.
Hozirgi paytda davlat tashkilotlari ham masofadan ishlashni sinab koʻradigan payt. Aks holda, bizning beparvoligimiz, byurokratiya va majlisbozliklarimiz bilan virusni koʻproq tarqatishga erishishimiz ehtimoli yuqoriroqdek...

Sogʻliqni saqlash vazirligiga koronavirus bilan kurashish uchun alohida hisob ochib, turli toʻlov tizimlari orqali pul tushirishni oson qilib qoʻyishni tavsiya qilaman. Menimcha, hozirgi vaziyatda koʻpchilik oz boʻlsa ham yordam berishga tayyor. Virus bilan kurashayotgan odamlarga qoʻshimcha kofe berishadi hech boʻlmasa yoki turli tibbiyot qurilmalari va dorilarga yoʻnaltirish mumkin.
#koronavirus @FarLives 🌀
#koronavirus @FarLives 🌀
Far·hod·jon
Sogʻliqni saqlash vazirligiga koronavirus bilan kurashish uchun alohida hisob ochib, turli toʻlov tizimlari orqali pul tushirishni oson qilib qoʻyishni tavsiya qilaman. Menimcha, hozirgi vaziyatda koʻpchilik oz boʻlsa ham yordam berishga tayyor. Virus bilan…
“Koronavirus Info” @koronavirusinfouz kanali xabar berishicha, endi virusga qarshi kurashishga moliyaviy tomondan har qanday odam yoki kompaniya hissa qoʻshishi mumkin:
https://t.me/koronavirusinfouz/915
Lekin men hozircha Payme kabi ilovalar orqali qanday pul oʻtkazishni bilolmadim: xabarda faqat hisob raqamlari koʻrsatilgan, karta raqami emas. Menimcha, oddiy odamlar yuborishini qulaylashtirish uchun karta raqamiga pul yuborishni yoʻlga qoʻyish lozim.

Telegram
Koronavirus Info | Uyda Qoling!
UZ: Қадрли юртдошлар!
Бугун биз сизларни нафақат юртимиз, балки бутун дунё олдида турган кўринмас ёв билан курашга ўз ҳиссангизни қўшишга чақирамиз!
Бугун мамлакатимиздаги барча соҳа вакиллари коронавирус инфекциясига қарши курашда ёрдам қўлини чўзишга…

Aytgandek, Puzzle English 1-maygacha ikkita kursini bepul qilyapti:
- “Beginner” kursi boshlovchilar uchun va 198 ta darsdan iborat. Bu kurs ingliz tilini boshidan — alifbodan boshlab oʻrgatadi.
- Bolalar uchun kursi 88 ta darsdan iborat va 5 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan. Hozir uyda qolgan bolalar ingliz tili bilan doimiy va aniq metodika yordamida shugʻullanishi uchun juda foydali.
https://t.me/puzzleng/592
Shu havola orqali oʻtib roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://clck.ru/MZRE8 (bolalar kursi pastroqda)

Puzzle English
Puzzle English дарит бесплатный доступ к двум курсам "Метода Тичера" до 1 мая!
Карантин не только позволяет нам замедлить распространение вируса, но и дает возможность заняться саморазвитием и начать то, о чем вы давно мечтали☝🏻 Например, начать изучать…

Yandex xaritasida shahardagi tirbandlikni koʻrish mumkin. Kecha tushlikda 2 ballni koʻrsatgan tirbandlik tunda 0 ballga tushdi. Hatto ertalab hamma koʻchaga chiqadigan paytda ham bugun 0 ball. Bu — yaxshi. @FarLives 🌀
Far·hod·jon
Telegramda chatlar arxivi Telegramning may oyida chiqqan katta imkoniyatlaridan biri — Chatlar arxivi (yoki arxivlangan chatlar). Eʼlon qilingan kundan boshlab bu imkoniyat menga juda asqotdi: barcha kanallar, botlar, guruhlar shu arxiv ichida va haqiqiysiga…
Telegramda chat papkalari
Telegramning yangi, 6-versiyasida chatlar uchun papkalar qoʻshilibdi:
https://telegram.org/blog/folders
Kirib biroz ishlatib koʻrdim. Lekin men uchun katta foydasi yoʻqdek tuyuldi. Asosiy muammo — biror papkaga qoʻshilgan chat All Chats papkasida qolayotgani. Men oʻzim uchun quyidagi papkalarni qoʻshdim:
- Work - ish uchun;
- Channels - kanallar;
- Food - turli taom buyurtma qiluvchi botlar.
Men botlar asosiy chatlarning ichida chiqishini xohlamayman. Papka qoʻshdimmi, uning ichida qolsin faqat. Hozirgi holatda papkaga qoʻshilgan chatlarni arxivlab chiqish lozim va bu chatlar arxivini juda tartibsiz holatga keltiradi.
#telegram @FarLives 🌀

Oʻzbekistonda AT sohasidagi mutaxassislar maoshlari Bir necha yildan beri axborot texnologiyalari (AT yoki IT) sohasidagi odamlar bilan ishlab kelaman. Oʻzbekistonning AT bozorida bir qancha yechilmagan muammolar, kamchilik va qiyinchiliklar mavjud. Bulardan…
AT sohasidagi maoshlar. 2020-yil fevral.
Fevral oyining boshida AT sohasidagi mutaxassislarning maoshlari boʻyicha soʻrovnomani eʼlon qilgandim. Afsuski, 22-fevralda tugagan bu soʻrovnomaning natijalarini yaxshilab koʻrib chiqib, ularni koʻrsatadigan darajaga olib bormasimdan men bilan kichik bir baxtsiz hodisa yuz berdi va hamma ishni 2-3 haftaga toʻxtatishga majbur boʻldim. Sogʻligʻim bu ishga diqqat qilishga imkoniyat berishi bilan ishni qayta boshlab kuni kecha tugatdim.
Natija ikki qismdan iborat va ikkalasi ham devof.uz saytida mavjud.
Maoshlar boʻyicha hisobot
Ishtirokchilarning javoblari asosida turli statistik maʼlumotlar hisobotdan oʻrin olgan. Qaysi faktorlar nimalarga taʼsir koʻrsatayotgani shu statistikada koʻrinadi. Hozircha, faqat oʻzimga qiziq tuyulgan maʼlumotlar ustida ishlangan.
https://devof.uz/uz/salary-report/2020-02/
Maoshlar vidjeti
Soʻrovnoma natijalari boʻyicha moshlarni turli daraja, bilim, tajribasi boʻyicha koʻrsatib beradigan interaktiv vidjet ham mavjud. Masalan, “Junior QA Engineer” uchun oʻrtacha oylikni shu vidjetdan koʻrsa boʻladi. Yana texnologiyalar boʻyicha ham filtrlash mumkin.
https://devof.uz/uz/salaries/
——————————
Birinchi safar maʼlumotlarni qayta ishlash qiyinroq boʻldi va baʼzi savollar notogʻriroq berilgani soʻrovnoma tugagandan keyin aniqlandi. Shuning uchun, keyingi soʻrovnomalarda jarayonni iloji boricha maksimal avtomatlashtirishga harakat qilamiz.
Talab va takliflar → far@farhodjon.com
@FarLives 🌀

“Harri Potter va hikmatlar toshi” (Harry Potter and the Philosopher's Stone) kitobini Audible servisida bepul eshitish mumkin. Stiven Fray tomonidan oʻqilgan.
https://stories.audible.com/pdp/B017V54W6O
Umuman, Amazon juda koʻp kitoblarni bepul eshitish imkoniyatini beryapti bu yerda: https://stories.audible.com/discovery
Kitobning oʻzbekcha nomi Vikipediyadan olindi. Men oʻzim “Garri Potter”ga oʻrganganman.
#kitob @FarLives 🌀