Far·hod·jon
Yandex.Xaritalar tahrirlovchisi (xalq xaritasi) Yandex.Xaritalar servisi Oʻzbekistonda (ayniqsa, Toshkentda) juda yaxshi ishlayotganiga qaramay, unda kamchiliklar koʻp. Ayniqsa, mavzelar ichida va shaharlardan tashqariga chiqqanda. Bu kamchiliklardan nolib…
Odamlarga bu usulda ham yordam bersa boʻladi
Oʻzbekistonda AT sohasidagi mutaxassislar maoshlari
Bir necha yildan beri axborot texnologiyalari (AT yoki IT) sohasidagi odamlar bilan ishlab kelaman. Oʻzbekistonning AT bozorida bir qancha yechilmagan muammolar, kamchilik va qiyinchiliklar mavjud. Bulardan biri — mutaxassislarning maoshlari biror standart asosidamasligi. Faqat mutaxassis yollash bilan shugʻullanadigan kompaniyalarda qanaqadir ichki maʼlumotlar bor va ular har doim ham ishonchli va yetarli emas.
Masalan, quyidagi savollarga umumiy, bozordan kelib chiqib javob berish qiyin:
- Python dasturlash tilida yozadigan boshlovchi dasturchiga qancha maosh taklif qilish kerak?
- Maoshni bir yilda necha marta qayta koʻrib chiqish lozim?
- Agar qayta koʻrilsa, maoshni necha foizga oshirish kerak?
- Bozorda “middle” darajadagi dizaynerning maoshi qancha?
- Ingliz tilini bilish daromadga qanchalik taʼsir qiladi?
- Turli dasturlash tillaridagi odamlarning maoshlari qanchalik farq qiladi?
- Agar “senior” darajasigacha oʻssam, qancha daromad olishim mumkin?
va hokazo.
Bu savollarning kelib chiqishi yagona, ochiq va doimiy yangilanib turadigan manba yoʻqligi. Gʻarbda Glassdoor nomli sayt bor va u yerda odamlar anonim ravishda maoshlarni qoldirishadi va kompaniyalarni baholashadi.
Rossiyada hozir Хабр Карьера maoshlar boʻyicha statistikani chop etadi: career.habr.com/salaries. Eskiroq statistikani ham koʻrish mumkin: Зарплаты в ИТ во втором полугодии 2018 года: по данным калькулятора зарплат «Моего круга».
Ukrainada esa Developers of Ukraine (DOU) saytining maoshlar haqida alohida boʻlimi mavjud: jobs.dou.ua/salaries. Bu yerda turli shaharlardagi har xil daraja va texnologiyalarda ishlaydigan mutaxassislarning oʻrtacha maoshlarini koʻrish mumkin. Butun Ukraina bozori shu manbaga suyanadi. Hatto chet ellik kompaniyalar Ukrainadan dasturchilarni yollayotganda ham. DOU bir yilda ikki marta AT mutaxassislari orasida soʻrovnoma oʻtkazadi va natijasini yuqoridagi saytda va Githubʼda chop etadi. Juda qulay.
Menimcha, Oʻzbekiston uchun xuddi shu kabi statistika zarur. Bu sohada ishlayotgan har qanday odam uchun muhim: dasturchi, dizayner, test qiluvchi, mahsulot va loyiha menejerlari, boshqaruv vazifalarida ishlaydigan odamlar uchun va h.k. Masalan, biror dasturchi oʻzining darajasidagi odam bozorda qancha maosh olayotganini bilsa boʻladi va bu rahbarlar bilan maoshni muhokama qilishda manba vazifasini oʻtaydi. Kompaniyalar ham yangi odam ishga olayotganda yoki xodimlarning maoshlari qayta koʻrilayotganda shu manbaga suyanishi mumkin.
Xullas, biz shu soʻrovnomani yuritish va muntazam ravishda yilda ikki marta oʻtkazib borish masʼuliyatini olyapmiz. Soʻrovnoma havolasi quyida. Sohada ishlaydigan qancha koʻp odam soʻrovnomaga javob bersa, natijalar shunchalik aniq boʻladi. Javoblar anonim: shaxsni aniqlash mumkin boʻlgan savollar mavjud emas.
🚩🚩🚩
http://bit.ly/uzb-it-salaries-2020-02
🚩🚩🚩
Soʻrovnomaga javob bergandan soʻng shu postni yoki soʻrovnomani boshqa hamkasblaringiz bilan boʻlishishni unutmang.
Soʻrovnoma 22-fevral 22:00 gacha davom etadi. Natijalar devof.uz saytida eʼlon qilinadi.
Twitterʼda savol berish mumkin: https://twitter.com/FarLives/status/1227097728527802369
@FarLives 🌀

Yandex Ob-havo harorat va tabiat hodisalari ancha keng detallari bilan koʻrsatadi. Yaqinlashib kelayotgan yomgʻirli bulutlar oqimini xaritada koʻrish mumkin. Baʼzida oqim qayerdan kelib qayerga ketayotganini koʻrish qiziq.
yandex.uz
Яндекс Погода – точный прогноз погоды в любой точке мира
Подробный прогноз погоды на сегодня, завтра, неделю, 10 дней, месяц на Яндекс Погоде. Прогноз погоды с точностью до района. ☂ Карта осадков онлайн и другие погодные карты. Температура воздуха и воды, давление и влажность, скорость ветра, магнитное поле и…
Biz uchun odatiy holatga aylangan ariqlar (va umuman Samarqand) haqida Ilya Varlamov yozyapti:
Но самая жесть с арыками. Подземной ливневой канализации тут нет, зато, как это часто бывает в Азии, тут есть сеть арыков – канав вдоль дорог, куда уходит вода. Арык не просто отводит воду. В деревнях вода может служить для полива. В арыках купаются дети, в них моют посуду, в них сливают всякое говно. В общем, важная часть культуры. А ещё в арык можно провалиться и умереть.
https://varlamov.ru/3790947.html
Umuman, bu muammo Oʻzbekistonning hamma shaharlarida mavjud. Hatto Toshkentda ham. Bizga shaharsozlik Yevropaga nisbatan ancha kech kirib kelgani uchun odamlar shaharni odamlarga qulay qilib qurishni 22-asrda oʻrganishi kutilyapti 😀
Moskvada ham, Amerikaning shaharlarida ham ariqlar yoʻq. Suv kanalizatsiya trubalari orqali ketadi.
#shahar @FarLives 🌀

Teletype
Увидеть Самарканд, споткнуться и умереть
Идея посетить Самарканд возникла спонтанно. У меня было несколько свободных дней, я долго листал карту и думал, куда бы поехать. Везде...
Stamen studiyasi OpenStreetMap xaritasi uchun turli effektlar qoʻshadigan dastur qilishibdi: http://maps.stamen.com/#watercolor/14/41.3114/69.2820
Menga akvarel bilan chizilgan stilni beradigani yoqdi. Toshkentni bu yerda koʻrish mumkin: http://maps.stamen.com/watercolor/#15/41.3127/69.2859
#shahar @FarLives 🌀
Menga akvarel bilan chizilgan stilni beradigani yoqdi. Toshkentni bu yerda koʻrish mumkin: http://maps.stamen.com/watercolor/#15/41.3127/69.2859
#shahar @FarLives 🌀
Aytgandek, oʻz ishini sevish boʻyicha: Blade Runner 2049 filmidagi baʼzi joylar haqiqiysiga yasalgan ekan. Men faqat kompyuterda tayyorlangan, deb oʻylardim. Bajarilgan ishni koʻrib odam hayron qoladi.
https://youtu.be/sLxxbfsj8IM
https://youtu.be/sLxxbfsj8IM
YouTube
Blade Runner 2049 Miniatures | Behind the Scenes with Wētā Workshop
Proud recipients of the Visual Effects Society Award for Outstanding Model in a Photoreal or Animated Project: LAPD Building. Congratulations to our artists Alex Funke, Joaquin Loyzaga, Chris Menges, Steven Saunders, and the Wētā Workshop crew on Blade Runner…
📣 Podkastlar
Podkastlarni qanday topishim va eshitishim haqida uzun post yozdim. Podkast haqida eshitmaganlar va endi tanishishni boshlaganlar uchun rosa asqotadi, degan umiddaman.
https://farhodjon.uz/blog/podcasts/
Aytgandek, Telegram uzun matnlarni oʻqish uchun yaxshi platformamas. Shuning uchun, ham vebsaytimga havolani, ham Telegramʼdagi Instant View versiyasini keltiryapman.
#podkastlar @FarLives 🌀

Farhodjon Chinberdiyev
📣 Podkastlar
Men podkast eshitaman. Men koʻp podkast eshitaman. Audiokitoblarni eshitmayotgan vaqtlarda eshitadiganim — podkastlar. Ular menga turli yangiliklarni har xil saytlardan oʻqimasdan umumiy maʼlumot olish va muhokamasini eshitish, qiziq intervyular bilan joriy…
Qaysi chet tili bilan yaxshiroq tanishsiz? Masalan, bemalol kitob yoki maqola oʻqiy olasiz.
Final Results
52%
Ingliz tili
32%
Rus tili
2%
Boshqa chet tili
14%
📊
Chaqmoq FM ⚡
Katta eʼlon!
Oʻzbek tilida, zamonaviy texnologiyalarga bagʻishlangan podkast boshladim. Chaqmoq FM deb nomlangan ushbu podkastda turli mehmonlar bilan yangi paydo boʻlayotgan (va eski) texnologiyalarni, qurilmalarni, internet, smartfonlar bozori, narsalar interneti (IoT), operatsion tizim va dasturiy taʼminotni muhokama qilamiz.
Birinchi epizodini Toʻlqin Yusupov bilan yozdik. Mavzular:
- Birinchi podkast haqida
- iPad 10 yoshda
- Google yana bir messenjer ustida ishlamoqda
- Chexiyada 16 mln yevrolik davlat buyurtmasi bo‘lgan sayt bepulga qilib berildi
- Katta kompaniyalarning 2019-yil 4-chorakdagi daromadlari
- Striming servislari jangi
- Huawei smartfonlar bozoridagi ikkinchi kompaniya
Podkast deyarli barcha platformalarda mavjud:
- Apple Podcasts
- Spotify
- YouTube
- Overcast
Boshqa platformalar podkast sahifasida: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/
Podkastlarga qanday obuna boʻlish haqida bu yerda yozganman: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/
#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

#FayzliToshkent davomli boʻladi!
Gazeta.uz va Никита Макаренко yozyapti:
- https://www.gazeta.uz/ru/2020/02/21/trees-cut/
- https://www.facebook.com/photo.php?fbid=3072033169476494&set=a.228270690519437&type=3&theater

Facebookʼda ham sahifa ochdim: https://www.facebook.com/FarLives/
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Forwarded from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🏡 Тошкентнинг Яккасарой тумани Юнус Ражабий кўчасида дарахтлар кесилиши ҳолати давлат назоратига олинди. Пойтахт ҳокимлиги ва прокуратураси ҳамда барча алоқадор ташкилот ва идоралар таркибида ишчи гуруҳ тузилди.
Ишчи гуруҳ қисқа муддатда шаҳримиз иқлими ва ландшафтига мос келадиган серсоя дарахатлар экиш орқали дарахтзорнинг қайта тикланишини таъминлайди.
Кўчат экиш ва бошқа ободонлаштириш ишлари маҳаллий аҳоли хоҳиш-истакларини ҳисобга олган ҳолда амалга оширилади.
Ушбу ҳолат бўйича қонунбузарликларга йўл қўйган шахсларга нисбатан қонуний чоралар кўрилади.
Ишларнинг бориши ва ўрганиш натижалари тўғрисида ахборот бериб борамиз.
Тошкент шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Propiska haqida kichik “film”. Aziz Ikromovning “propiska”ni isloh qilish boʻyicha aytgan gapi asosida:
https://kun.uz/uz/news/2020/02/17/aziz-ikromov-propiska-sozi-orniga-qayd-etish-soz-birikmasi-ishlatiladi

Internet tezligi haqida (yana)
Spot.uz va Kun.uz yozishicha, Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov quyidagilarni aytgan:
1. Internetga ulanish imkoniyati tezligini 10 marotabaga oshirish (aholida internetga ulanish imkoniyatini o‘rtacha 10 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlarda esa 100 Mbit/s dan 1000 Mbit/s gacha).
2. Xorijiy kontent tashkil etuvchi Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi.
3. Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash maqsadida respublikamizning aholi hududlari bo‘yicha 12 ming kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari quriladi.
Internet tezligini 10 marotaba oshirish juda yaxshi, lekin tezlikni solishtirish ichkariga nisbatan boʻlmasligi lozim. Masalan, biror tashkilot yoki jarayonning samaradorligini oʻlchash uchun KPI (key performance indicator — asosiy samaradorlik koʻrsatkichi) ishlatiladi. Agar biz Oʻzbekiston ichkarisidan qarasak, internet tezligining 1 yoki 2 Megabit/sekundga oshishi yaxshidek tuyuladi. Lekin bu odamlarning hayotini juda ham yaxshilamasligi tabiiy. Shuning uchun, KPI sifatida internet tezligi boʻyicha Oʻzbekistonning dunyoda egallagan oʻrnini olish lozim. Speedtestʼning global roʻyxatida Oʻzbekiston mobil internet boʻyicha 132, simli internet boʻyicha 104-oʻrinni egallayapti. AKT vazirligiga bunaqa topshiriq qoʻyish mumkin: AKT vazirligi 2020-yilning oxirigacha mobil internet tezligini 100-oʻrindan va simli internet tezligini 90-oʻrindan quyiga tushirsin. Keyin AKT vazirligi turli yoʻllarini oʻylab topsin va vazirlikka shu masalada xalaqit beradigan toʻsiqlar olib tashlansin. Balki, hozirgi internet tezligini yetarli, deb hisoblayotgan Oʻzbektelekomʼdan tashqi kanalga boʻlgan monopoliyasini olib tashlar: u ham boshqa kompaniyalar bilan bir xil huquq asosida ishlab koʻrsin?.. Balki, saytlarni ortiqcha cheklashga harakat qilib (0,05% odam kirishi mumkin boʻlgan) butun Oʻzbekiston xalqiga zarar yetkazilayotgandir?..
Umid qilaman, 2018-yildagidek internet tezligini oshiramiz, deb YouTube, Facebook kabi saytlarni yopib qoʻyishmaydi va Oʻzbekiston uchun internet tez va barqaror boʻlishi juda muhimligini tushunishadi.
Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish haqida men ikkilanyapman. Bir tomondan, internet traffikini juda katta qismi boʻlgan YouTube va Facebook (videolar) kontenti mamlakatning ichida boʻlishi juda qulay. Ular uchun xuddi bir CDN edge server (kontent yerkazish tarmogʻidagi server; fayllar sinxronizatsiya qilinib, atrofdagi foydalanuvchilarga shu serverdan maʼlumot yetkaziladi) kabi ishlaydi. Ikkinchi tomondan esa, aynan qanaqa maʼlumotlar saqlanishi va Oʻzbektelekom kabi kompaniyalar qanaqa qismini koʻra olishi qiziq. Masalan, agar ular mening shaxsiy maʼlumotlarim, xabarlarimni koʻra oladigan holat boʻlsa (bunga texnologik kompaniyalar ham yoʻl qoʻymaydi aslida), bu kerak emas. Internet tezligining oshishi va davlat internet biznesiga xalaqit bermasligi shu kompaniyalar tabiiy ravishda bizning bozorga qiziqishiga olib keladi.
Respublika hududida optika liniyalarini qurishga men juda ijobiy qarayman. Regionlarda ham internet-biznes rivojlanishi uchun bu juda muhim. Masalan, shahardan tashqariroq joyga 1-2 haftaga ishlagani chiqish uchun odam ikkilanadi: hatto mobil internet yetarlicha tezlikka ega boʻlmasligi mumkin. Va internetning narxlanishini ham alohida KPI sifatida yuritsa boʻladi.
#uztelecom @FarLives 🌀

Spot
Мининфоком хочет локализовать Google, Yandex и Facebook
По словам Олимжона Умарова, это позволит значительно увеличить скорость загрузки контента.
Tasvirga olish uchun ruxsat soʻrash
Menimcha, odamlarni tasvirga olish bilan bogʻliq qonun erta qabul qilinyapti va notoʻgʻri asos ustida qurilyapti. Bu ham boʻlsa ruxsat olish bilan bogʻliq. Eslaymiz, biror natijaga erishish uchun yillar davomida bir qancha spravkalar talab qilingan. Endi davlatdanmas, odamlardan spravka yigʻib yuradi bloger va fotograflar :)
Mening qarshiliklarim bulardan iborat:
1. Bu ham bir cheklashning yangi usuli va odamlarda qisman boʻlsa ham qoʻrquv uygʻotishga qaratilgandek.
2. Odamlarning orasida nizo tugʻdirishi oson: bugun ogʻzaki ruxsat bergan odam ertaga “men ruxsat bermaganman” deb tuhmat qilishi mumkin.
3. Davlat cheklov yoki ruxsat olishdan kelib chiqmay, tasvirga olinganlar uchun qanaqadir mexanizm qilgani samaraliroq. Har doim ruxsat soʻrab yuradigan fotograf yoki bloger iqtidorini toʻlaqonli ishlatishi qiyin.
4. Tasvirga olish taqiqlanganiga misol sifatida negadir Adliya vazirligi uchun qulay boʻlgan davlatlar tanlangan: Braziliya, Ispaniya, Shversariya. Negadir AQSh, Rossiya kabi davlatlarda tasvirga olish erkinligi aytilgan, lekin ular misol sifatida ishlatilmagan.
5. Sal notoʻgʻri talqin qilinsa, davlat xizmatchilarining ishdan tashqari holatlardagi jinoyati “oqlanib” ketishi mumkin.
Qonun bu yerda: https://regulation.gov.uz/uz/document/13996
@FarLives

Газета.uz
Fuqarolar ruxsatisiz ularni tasvirga olishni taqiqlash taklif qilinmoqda
Qonunchilikka fuqaroning tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi me’yorni kiritish rejalashtirilmoqda. Fuqaroning ruxsatisiz uni tasvirga olishni taqiqlash (ayrim istisnolar bilan) taklif qilinmoqda.
Chaqmoq FM ⚡ 2-epizod
Podkastning ikkinchi epizodi ham tayyor. Bu epizod Toʻlqin Yusupov va Darxonbek Mamataliyev bilan yozildi.
Mavzular:
- Bolalar uchun dasturlash
- Samsungning yangi taqdim qilingan qurilmalari haqida
- Android 11 haqida
- iOS 14 haqida mish-mishlar
- Parlament IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani o‘rganmoqda
- O‘zAga davlat budjetidan 5,4 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda
Podkast deyarli barcha platformalarda mavjud:
- Apple Podcasts
- Google Podcasts (yangi)
- Spotify
- YouTube
- Overcast
Endi podkastni Google Podcastsʼda ham eshitish mumkin. Podkast haqidagi har qanday fikr-mulohaza biz uchun muhim. Talab va takliflarni podkastning sahifalarida qoldirishingiz mumkin yoki far@farhodjon.com pochtasiga yuboring.
Boshqa platformalar podkast sahifasida: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/
Podkastlarga qanday obuna boʻlish haqida bu yerda yozganman: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/
#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀
Podkastning ikkinchi epizodi ham tayyor. Bu epizod Toʻlqin Yusupov va Darxonbek Mamataliyev bilan yozildi.
Mavzular:
- Bolalar uchun dasturlash
- Samsungning yangi taqdim qilingan qurilmalari haqida
- Android 11 haqida
- iOS 14 haqida mish-mishlar
- Parlament IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani o‘rganmoqda
- O‘zAga davlat budjetidan 5,4 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda
Podkast deyarli barcha platformalarda mavjud:
- Apple Podcasts
- Google Podcasts (yangi)
- Spotify
- YouTube
- Overcast
Endi podkastni Google Podcastsʼda ham eshitish mumkin. Podkast haqidagi har qanday fikr-mulohaza biz uchun muhim. Talab va takliflarni podkastning sahifalarida qoldirishingiz mumkin yoki far@farhodjon.com pochtasiga yuboring.
Boshqa platformalar podkast sahifasida: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/
Podkastlarga qanday obuna boʻlish haqida bu yerda yozganman: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/
#chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀
Apple Podcasts
Chaqmoq FM ⚡️
Technology Podcast · 8 Episodes
Jon Hopkins Universiteti (Baltimor, AQSh) koronavirus tarqalishi boʻyicha yaxshi sayt qilibdi. Hamma maʼlumotlar mavjud:
https://www.arcgis.com/apps/opsdashboard/index.html#/bda7594740fd40299423467b48e9ecf6

#shahar
Mahsulot dizayneri Nodirxon Xalilov Toshkentdagi binolarda turli strit-artlar qanaqa ajoyib boʻlishini koʻrsatuvchi loyiha tayyorlabdi:

Forwarded from Nodizayn
Тошкентда бир хил кўринишдаги бинолар кўплиги учун шаҳар бироз зерикарли. Биноларнинг фасадларига ҳар хил мавзулардаги стрит-арт тасвирлаб, яхши атмосфера яратса бўлади.
Қуйида тайёр стрит-артлардан фойдаланиб, эскиз кўринишда бир нечта мисоллар келтирдим:
https://nodir.design/posts/tashkent-streetart/