Far·hod·jon
1.13K subscribers
350 photos
54 videos
2 files
429 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Yandex.Xaritalar tahrirlovchisi (xalq xaritasi)

Yandex.Xaritalar servisi Oʻzbekistonda (ayniqsa, Toshkentda) juda yaxshi ishlayotganiga qaramay, unda kamchiliklar koʻp. Ayniqsa, mavzelar ichida va shaharlardan tashqariga chiqqanda. Bu kamchiliklardan nolib Yandex tuzatishini kutib oʻtirish ham notoʻgʻri. Xaritadagi kamchiliklarni tuzatish uchun Yandexʼning alohida servisi mavjud: Xalq xaritasi (ruschada Народная карта).

Yandexʼda hisobi bor boʻlgan odam (Yandex.Taksi ishlatayotgan hamma) shu xaritaga kirib turli notoʻgʻri maʼlumotlarni tuzatishi va yangi binolarni kiritib qoʻyishi mumkin. Va shu tuzatishlar 1-2 hafta ichida moderatorlar tomonidan koʻrib chiqiladi va asosiy xaritada chop etiladi.

Yaqinda turmush oʻrtogʻim Yandex.Taksi chaqirganda ilova mavze ichidagi yoʻl yopilganini bilmagan. Haydovchi biroz aylanib kelishiga toʻgʻri keldi. Shu kunning oʻzida men mavze ichidagi baʼzi kichik koʻchalarda oʻtish joylarini tuzatib chiqdim: qayerdadir faqat piyoda yoki velosiped bilan oʻtish mumkin, qayerdadir mashinalar toʻxtash joyi bor, qayerdadir Yandex.Xaritalarda koʻrsatilmagan magazin yoki bino mavjud. Bir hafta oʻtmasdan Yandex mening tuzatishlarim chop etilgani haqida email yozdi.

Asosiy xaritaga ham kompyuterdan, ham telefondan kirdim — rostdan ham tuzatishlar qabul qilingan. Endi haydovchilarni chalgʻitadigan yoʻllar kamaydi va atrofdagi kichik magazinlar xaritada.

Qancha koʻp odam xaritani tahrirlashda qatnashsa, u shuncha haqiqiylashib, toʻgʻrilanib boradi.

#internet @FarLives 🌀
Ispan grippi

Koronavirus tarqalishigacha umuman eshitmagan bitta faktni oʻqib juda hayron boʻldim. Nega menga avval uchramaganligi qiziq.

1918-1919-yillarda (Birinchi jahon urushidan keyin) “Ispan grippi” yoki “ispanka” nomi bilan tarqalgan kasallikdan oʻsha paytdagi Yer aholisining 2,7–5,3% aholisi oʻlgan ekan: taxminan 50–100 millionta odam! Hindistonning oʻzida 18 millionta odam oʻlgan. Xitoyda esa 9,5 millionta.

Vikipediyada:
- https://en.wikipedia.org/wiki/Spanish_flu
- https://ru.wikipedia.org/wiki/Испанский_грипп

Meduzaning bu maqolasi shu kabi viruslar qayerdan paydo bo’lishi haqida yaxshi yozilgan:
https://meduza.io/feature/2020/01/25/otkuda-berutsya-novye-virusy-budet-li-novaya-ispanka-pochemu-my-vse-esche-ne-zarazilis-stydnye-voprosy-o-globalnyh-epidemiyah
Millat ahamiyati

Anchadan beri boʻlishish haqida oʻylab yurgan narsalarimdan biri bu hozirgi zamonda millatning ahamiyati. Adashmasam, haligacha televizor orqali (men televizor koʻrmayman iloji boricha) “oʻzbeklarga u narsa xos, bu narsa xosmas” kabi mavzular muhokama qilib turiladi. Va bunaqa mavzularda gaplashishda har doim hisobga olinishi lozim boʻlgan narsalar bor.

Birinchidan, “toza” millatlar dunyoda deyarli qolmagan. Insoniyatning million yillik tarixida xalqlar juda aralashib ketgan. Oʻrta Osiyoda yashaydigan xalqlarda bemalol arab, fors, moʻgʻul va hatto grek DNKlari topilishi mumkin. Va bu yaxshi; bunga aslo salbiy yondashish kerak emas.

Bundan uch yilcha oldin bir tanishim 23andMe servisidan foydalangandi. Bu servis odamning DNK namunasini olib (soʻlagi yoki oʻgʻiz boʻshligʻidagi teridan), uni tekshirib uzuuun hisobot tayyorlashadi. Hisobotda odamning kelib chiqishi, sogʻligʻiga bogʻliq oʻziga xosliklarni koʻrish mumkin (3-5 haftada tayyorlab berishadi). Tanishimning ajdodlari boʻyicha hisoboti quyidagi fotoda.

Hisobot 100% toʻgʻri chiqmasligi mumkin, lekin yuqoridagi fikrni ilmiy yoʻl bilan qisman tasdiqlaydi: 1,5% grek, 1,1% moʻgʻul. Va bu ham aniq fakt: Oʻrta Osiyo turli xalqlar bilan munosabatda boʻlgan — grek, fors, arab, moʻgʻul, ruslar va hokazo.

Ikkinchidan, yuqoridagidan kelib chiqqanda, millatning oʻziga xosligini ifodalovchi xususiyatlar ham aralashib ketgan. Masalan, “oʻzbeklarga bu xos, u esa xos emas” deydiganlar shu xosliklardan qanchasi din asosida ekanligini unutmasliklari lozim. Lekin diniy nuqtai nazardan esa deyarli hamma xalqlar bir xil. Bundan tashqari, mahalliy urf-odatlarning qanchadir qismi Zardushtiylik dini keng tarqalgan davrlardan beri saqlanib qolgan (masalan, Navroʻz bayrami).

Uchinchidan, koʻp davlatlarda millatga alohida urgʻu berish siyosiy ahamiyatga ega. Davlatda koʻpchilikni tashkil qilgan millatga ularning oʻziga xosligi yoki buyukligini goʻya sifatida singdirib, boshqa millatlarni dushman sifatida koʻrsatib foydalanish haligacha uchrab turadigan juda salbiy tajriba.

Toʻrtinchidan, hozirda koʻpgina rivojlangan davlatlarda turli xil millat vakillari bemalol yashaydi (Shimoliy Amerika va Yevropa, qisman Janubi-Sharqiy Osiyo). Va bu davlatlarda “davlat=millat” ekvivalentligi yoʻq. Shaxsan men uchun davlat nomlanishida biror millatga taalluqlilik yoʻqligi — yaxshi gʻoya. Masalan, AQSh yoki Singapur davlatlarida asosiy aholining millati qaysiligini nomiga aniqlab topish qiyin. Lekin Yaponiya, Oʻzbekiston, Germaniya va hokazo kabi nomlarda qaysi millatga asosiy urgʻu berilishini nomning oʻzidan topsa boʻladi.

Beshinchidan, globallashuv va har qanday maʼlumotni internetdan topish mumkin boʻlgan zamonda shaxsni biror millatga taalluqliligiga qarab baholash — eski va notoʻgʻri.

Umuman olganda, men fuqaro passportida “millati” boʻlimi boʻlishiga, davlat turli koʻrinishlarda shaxsning millatiga eʼtibor berishiga (diskriminatsiyaga ham aylanib ketishi mumkin baʼzida), yoki deputatlikka nomzodlar oʻzlarining millatini alohida koʻrsatishiga (bu — nomzodning yutugʻimas), “biz unaqamiz, biz bunaqamiz” deb hadeb taʼkidlanadigan propagandaga qarshiman. Men davlatimizning nomi nisbatan qisqaroq, biror millatga urgʻu bermaydigan boʻlishini ham xohlardim lekin bu ham bir tarixiy meros va hammamiz (dunyo ham) bu nomga oʻrganib boʻlganmiz.

Til esa boshqa masala.

@FarLives 🌀
UzAuto Motors juda va juda yomon ishlayotganining isboti.

Navbatdagi odamlar soni: 19 159!!!

http://savdo.uzavtosanoat.uz/#/order

😱😱😱

Oʻn toʻqqiz mingta odam mashinaning pulini toʻlab kamida 2 oy kutishga majbur boʻlayotgani achinarli vaziyat. Aslida pul toʻlaganingdan keyin bir hafta ichida mashina eshiging tagida boʻlishi kerak.

@FarLives 🌀
Google Maps ilovasi va sayti Toshkentda transport yoʻnalishlarini koʻrsatyapti. Yoʻl haqi haqidagi maʼlumot ham mavjud.

https://goo.gl/maps/XqteKR2iJCLd3D3M9

Bu shaharga keladigan turistlar uchun juda qulay, chunki, Google Maps gʻarbda juda ommaviy foydalaniladigan servis.

#shahar @FarLives 🌀
Yandex Toloka

Aytgandek, rus tilini yaxshi biladigan odamlar Yandex Toloka orqali uydan chiqmasdan daromad qilishlari mumkin. Yandexʼning ushbu xizmatida turli vazifalarni bajarib mukofot olsa boʻladi.

Tolokaʼda quyidagi turdagi vazifalar mavjud:
- avmobillarni tekshirish: fotosi toʻgʻri olinganmi, turli shikastlar yetkazilganmi, avtoraqami toʻgʻrimi;
- reklama bannerlarini baholash;
- vebsaytlarni va fotolarni solishtirish;
- qidiruv natijalarini tekshirish;
- Yandex.Mahalla xabarlari moderatsiyasi;
- fotolarda porno bor-yoʻqligini aniqlash (18+) va hokazo.

Foydalanish:
1. Yandex tizimida hisob ochiladi (mail@yandex.ru kabi): https://passport.yandex.uz/registration/mail
2. Tolokaʼda sinov uchun vazifalar bajariladi; har bir bajarilgan vazifa uchun baho beriladi va umumiy reyting profilda koʻrinib turadi: https://toloka.yandex.uz/profile
3. Reyting imkon beradigan pulli vazifalar bajariladi; vazifa qiyinligiga qarab narxi ham oshadi.
4. Ishlab topilgan pul Yandex Pul (Яндекс Деньги) orqali chiqarib olinsa boʻladi.

Hozirda Hamkorbank, InfinBank filiallari va OSON elektron toʻlov tizimi orqali Yandex Pul hamyonini ochish mumkin: https://yandex.ru/support/money/identification/uzbekistan.html

Yandexʼga bu nega kerak?
Hozirda sunʼiy intellekt (artificial intellect) va mashina oʻrganishi (machine learning) juda rivojlanyapti. Shu sohadagi dasturiy taʼminotlar va algoritmlar uchun birlamchi maʼlumot kerak: manavi hotdog, bunisi hotdogmas, degan. Va bunaqa birlamchi maʼlumotlar qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi. Baʼzi algoritmlarni minglab, millionlab misollarda “oʻrgatib” sifatliroq natija olinadi. Masalan, uy bozoridagi bir qancha xususiyat va vaziyatdan kelib chiqib uyning narxini aytib beradigan algoritm uchun kamida 1-2 yil davomida yigʻilgan uylar va narxlarning toʻplami kerak. Shu toʻplamni asosida model quriladi va bu model tizimga kiritiladigan yangi uylarning taxminiy narxini aniqlash uchun yordam beradi.

Xuddi shu kabi turli fotosuratlarning sifatini, undagi obyektlarni, unda qanaqa voqea boʻlayotganini bilish uchun odamlarning yordami kerak. Tolokaʼda bajariladigan vazifalar natijalari keyinroq Yandex (va boshqa kompaniyalarning) xizmatlarini aqlliroq qiladi.

Masalan, hozir koʻpchilik xarita xizmatlarida binolarni belgilash avtomatik amalga oshadi: bu jarayonda qachonlardir odamlar boʻlgan, lekin hozir juda koʻp binolar fazodan olingan fotosuratlardan aniqlanishi mumkin. Odamlar bu yerda dasturiy taʼminot oʻz ishini qanchalik sifatli qilayotganini tekshirish va xatoliklarni tuzatish uchun kerak.

Men nega bu haqida yozyapman?
Menimcha, buyogʻiga Tolokaʼga oʻxshagan xizmatlar koʻpayadi. Sunʼiy intellekt turli sohalarga kirib kelyapti va bu jarayon tezlashib boraveradi. Shundan kelib chiqib, maʼlumot bilan ishlash sohasi juda rivojlanadi: tozalash, sifatini oshirish, belgilash kabi. Biror qoʻshimcha bilim talab qilmagan holatda bu ishni aholining koʻp qatlami bajarishi mumkin. Uydan chiqmasdan hatto. Faqat til bilish va internetdan xabardor boʻlish yetarli.
Va imkoniyati cheklangan odamlar uchun ham yaxshi imkoniyat.

#internet @FarLives 🌀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tesla mashinalaridagi avtopilot algoritmi dunyoni shunaqa koʻrarkan.
Oʻzbekistonda AT sohasidagi mutaxassislar maoshlari

Bir necha yildan beri axborot texnologiyalari (AT yoki IT) sohasidagi odamlar bilan ishlab kelaman. Oʻzbekistonning AT bozorida bir qancha yechilmagan muammolar, kamchilik va qiyinchiliklar mavjud. Bulardan biri — mutaxassislarning maoshlari biror standart asosidamasligi. Faqat mutaxassis yollash bilan shugʻullanadigan kompaniyalarda qanaqadir ichki maʼlumotlar bor va ular har doim ham ishonchli va yetarli emas.

Masalan, quyidagi savollarga umumiy, bozordan kelib chiqib javob berish qiyin:

- Python dasturlash tilida yozadigan boshlovchi dasturchiga qancha maosh taklif qilish kerak?
- Maoshni bir yilda necha marta qayta koʻrib chiqish lozim?
- Agar qayta koʻrilsa, maoshni necha foizga oshirish kerak?
- Bozorda “middle” darajadagi dizaynerning maoshi qancha?
- Ingliz tilini bilish daromadga qanchalik taʼsir qiladi?
- Turli dasturlash tillaridagi odamlarning maoshlari qanchalik farq qiladi?
- Agar “senior” darajasigacha oʻssam, qancha daromad olishim mumkin?

va hokazo.

Bu savollarning kelib chiqishi yagona, ochiq va doimiy yangilanib turadigan manba yoʻqligi. Gʻarbda Glassdoor nomli sayt bor va u yerda odamlar anonim ravishda maoshlarni qoldirishadi va kompaniyalarni baholashadi.

Rossiyada hozir Хабр Карьера maoshlar boʻyicha statistikani chop etadi: career.habr.com/salaries. Eskiroq statistikani ham koʻrish mumkin: Зарплаты в ИТ во втором полугодии 2018 года: по данным калькулятора зарплат «Моего круга».

Ukrainada esa Developers of Ukraine (DOU) saytining maoshlar haqida alohida boʻlimi mavjud: jobs.dou.ua/salaries. Bu yerda turli shaharlardagi har xil daraja va texnologiyalarda ishlaydigan mutaxassislarning oʻrtacha maoshlarini koʻrish mumkin. Butun Ukraina bozori shu manbaga suyanadi. Hatto chet ellik kompaniyalar Ukrainadan dasturchilarni yollayotganda ham. DOU bir yilda ikki marta AT mutaxassislari orasida soʻrovnoma oʻtkazadi va natijasini yuqoridagi saytda va Githubʼda chop etadi. Juda qulay.

Menimcha, Oʻzbekiston uchun xuddi shu kabi statistika zarur. Bu sohada ishlayotgan har qanday odam uchun muhim: dasturchi, dizayner, test qiluvchi, mahsulot va loyiha menejerlari, boshqaruv vazifalarida ishlaydigan odamlar uchun va h.k. Masalan, biror dasturchi oʻzining darajasidagi odam bozorda qancha maosh olayotganini bilsa boʻladi va bu rahbarlar bilan maoshni muhokama qilishda manba vazifasini oʻtaydi. Kompaniyalar ham yangi odam ishga olayotganda yoki xodimlarning maoshlari qayta koʻrilayotganda shu manbaga suyanishi mumkin.

Xullas, biz shu soʻrovnomani yuritish va muntazam ravishda yilda ikki marta oʻtkazib borish masʼuliyatini olyapmiz. Soʻrovnoma havolasi quyida. Sohada ishlaydigan qancha koʻp odam soʻrovnomaga javob bersa, natijalar shunchalik aniq boʻladi. Javoblar anonim: shaxsni aniqlash mumkin boʻlgan savollar mavjud emas.

🚩🚩🚩

http://bit.ly/uzb-it-salaries-2020-02

🚩🚩🚩

Soʻrovnomaga javob bergandan soʻng shu postni yoki soʻrovnomani boshqa hamkasblaringiz bilan boʻlishishni unutmang.

Soʻrovnoma 22-fevral 22:00 gacha davom etadi. Natijalar devof.uz saytida eʼlon qilinadi.

Twitterʼda savol berish mumkin: https://twitter.com/FarLives/status/1227097728527802369

@FarLives 🌀
Biz uchun odatiy holatga aylangan ariqlar (va umuman Samarqand) haqida Ilya Varlamov yozyapti:

Но самая жесть с арыками. Подземной ливневой канализации тут нет, зато, как это часто бывает в Азии, тут есть сеть арыков – канав вдоль дорог, куда уходит вода. Арык не просто отводит воду. В деревнях вода может служить для полива. В арыках купаются дети, в них моют посуду, в них сливают всякое говно. В общем, важная часть культуры. А ещё в арык можно провалиться и умереть.

https://varlamov.ru/3790947.html

Umuman, bu muammo Oʻzbekistonning hamma shaharlarida mavjud. Hatto Toshkentda ham. Bizga shaharsozlik Yevropaga nisbatan ancha kech kirib kelgani uchun odamlar shaharni odamlarga qulay qilib qurishni 22-asrda oʻrganishi kutilyapti 😀

Moskvada ham, Amerikaning shaharlarida ham ariqlar yoʻq. Suv kanalizatsiya trubalari orqali ketadi.

#shahar @FarLives 🌀