Far·hod·jon
1.14K subscribers
350 photos
54 videos
2 files
429 links
https://linktr.ee/far5n10v

Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Download Telegram
Yulduzlar jangining yangi posteri zo'r! #kino
Ford 2020-2021-yildan boshlab xaridorlarga yuboriladigan elektr mashinasini taqdim qildi: Mustang Mach-E. Toʻliq zaryadlanganda oʻrtacha 482 kilometr yurarkan (300 milya). Narxi 43 895 dollardan boshlanadi. Ford ham elektr mashinalari bozoriga yaxshi kirib kelayotganiga xursandman.

The Vergeʼdan qisqacha taqriz: https://www.theverge.com/transportation/2019/11/17/20967565/ford-mustang-mach-e-electric-suv-specs-price-la-auto-show-2019

Salonning (interyer) old qismida katta 15,5 dyuym diagonalli ekran mavjud. Va interfeysi yoqdi:
Inglizcha Vikipediyaning aytishicha, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni — forsiy. Oʻzbekcha Vikipediya Xorazmiyning millati haqida hech narsa demagan. Ruscha Vikipediya uni Oʻrta Osiyolik, deyapti.

Inglizcha Vikipediyaning muhokamalar arxivida (5 ta sahifadan iborat oʻziyam) rosa tortishuv ketgan shu mavzuda: https://en.wikipedia.org/wiki/Talk:Muhammad_ibn_Musa_al-Khwarizmi/Archive_1

Shunchaki, shanba uchun qiziq mutolaa.
Har safar afisha.uz sayti orqali kinopremyeralarni qarab chiqayotganimda bir savol qiynaydi:

“Muhammad Termiziy” filmi, adashmasam, apreldan beri kinoteatrlarda qoʻyilyapti. Shu orada bir nechta milliardlab pul ishlagan Gollivud filmlari “kelib-ketdi”. Lekin bu film haligacha afishada: https://www.afisha.uz/movie/5060/

Nega? Men oʻtkazvorgan, lekin juda yaxshi filmmi bu?

#kino
Internetda chegirmalar

Imkoni boricha, har xil magazinlardagi mahsulotlarni ularning koʻrsatilgan narxidan kamroqqa sotib olishga harakat qilaman. Internet magazinlari va servislari ham bundan mustasno emas.
Masalan, AQShga borganimda Jimmy John's, Papa John's Pizza yoki Postmates kabi joylardan onlayn buyurtma berishda Google orqali bir tekshirvolaman: “papa johns promo code” kabi. Shu orqali oʻzining saytida koʻrsatilmagan chegirmalarni ham topish mumkin (quyida birinchi foto).

Yaqinda Displate saytidan Geraltning metal posterini sotib oldim (The Witcher 3 videooʻyinining qahramoni). “displate discount code” qidiruvi orqali topilgan kodni ishlatib shu posterni sotib olish uchun 9 dollar kam toʻladim.

Keyinroq qarasam, aynan shunaqa holatlarda foydalansa boʻladigan brauzer uchun tayyor kengaytma bor ekan: Honey. Biror saytga tashrif buyurilganda kengaytma avtomatik ravishda promo kod va chegirmalarni taklif qiladi. Qulay. Yaqinda shu kompaniyani Paypal 4 milliard (!) AQSh dollariga sotib oldi. Bunchalik qimmat kompaniya, deb oʻylamagandim.

Geralt esa devorimdan joy oldi (quyida ikkinchi foto).

#internet
Oʻzbekistonda mollar passport olsa, Rossiyada ular VR shlem oladi: https://meduza.io/shapito/2019/11/25/v-podmoskovie-korovam-vydali-vr-ochki-teper-zhivotnye-pasutsya-na-virtualnom-pole

Yaqinda Half-Life oʻynashini kutamiz.
Prezident administratsiyasi yaxshiroq dizayner yollaganga oʻxshaydi. Ortdagi yozuvdagi shrift yaxshi tanlangan. Umumiy dizayni ham maʼqul, baʼzi joylardagi ikkita boʻshliqni (пробель, space) hisobga olmasa.
Anton Ptushkin kanali

Bugun suhbat davomida Artermiy Lebedevning yangi video formatini muhokama qilgandik. Shu orada suhbatdoshim Anton Ptushkinning videolaridan xabardor emasligini bildim. Bir yoʻla kanalni va videolarni hamma bilan boʻlishmoqchiman.

Anton — teleboshlovchi. 2017-2018-yillarda Ukrainaning “Орёл и решка” koʻrsatuvini olib borgan. 2018-yildan esa sayohatlaridan qiziqarli epizodlar tayyorlayapti. Bemalol oila bilan maza qilib koʻrsa boʻladi.

Menga juda qiziq boʻlgan epizodlar:

- Yaponiya: https://youtu.be/Gb0TQ7VeApY
- Shveytsariya: https://youtu.be/YtZZ-hxz9TI
- Yangi Zelandiya: https://youtu.be/6ASD8gHrDeE
- Yevropadagi avtosayohati: https://youtu.be/7Usv7Fa-dUI
- Burning Man festivalidan: https://youtu.be/D-113xcG0xg
- va kruizdagi sayohat: https://youtu.be/H76pEfqywAc

Kanaliga bu yerda yozilamiz: https://www.youtube.com/channel/UClI9aidW3X044NeB4QS-yxw

#sayohat #youtube
Yandex.Xaritalar tahrirlovchisi (xalq xaritasi)

Yandex.Xaritalar servisi Oʻzbekistonda (ayniqsa, Toshkentda) juda yaxshi ishlayotganiga qaramay, unda kamchiliklar koʻp. Ayniqsa, mavzelar ichida va shaharlardan tashqariga chiqqanda. Bu kamchiliklardan nolib Yandex tuzatishini kutib oʻtirish ham notoʻgʻri. Xaritadagi kamchiliklarni tuzatish uchun Yandexʼning alohida servisi mavjud: Xalq xaritasi (ruschada Народная карта).

Yandexʼda hisobi bor boʻlgan odam (Yandex.Taksi ishlatayotgan hamma) shu xaritaga kirib turli notoʻgʻri maʼlumotlarni tuzatishi va yangi binolarni kiritib qoʻyishi mumkin. Va shu tuzatishlar 1-2 hafta ichida moderatorlar tomonidan koʻrib chiqiladi va asosiy xaritada chop etiladi.

Yaqinda turmush oʻrtogʻim Yandex.Taksi chaqirganda ilova mavze ichidagi yoʻl yopilganini bilmagan. Haydovchi biroz aylanib kelishiga toʻgʻri keldi. Shu kunning oʻzida men mavze ichidagi baʼzi kichik koʻchalarda oʻtish joylarini tuzatib chiqdim: qayerdadir faqat piyoda yoki velosiped bilan oʻtish mumkin, qayerdadir mashinalar toʻxtash joyi bor, qayerdadir Yandex.Xaritalarda koʻrsatilmagan magazin yoki bino mavjud. Bir hafta oʻtmasdan Yandex mening tuzatishlarim chop etilgani haqida email yozdi.

Asosiy xaritaga ham kompyuterdan, ham telefondan kirdim — rostdan ham tuzatishlar qabul qilingan. Endi haydovchilarni chalgʻitadigan yoʻllar kamaydi va atrofdagi kichik magazinlar xaritada.

Qancha koʻp odam xaritani tahrirlashda qatnashsa, u shuncha haqiqiylashib, toʻgʻrilanib boradi.

#internet @FarLives 🌀