This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bitta boʻlak qoʻshib yoʻlni kengaytiraylik, hammasi yaxshi boʻladi...
https://twitter.com/urbanthoughts11/status/1191295205187686400
#shahar

Motorola 2004-yilda sotuvga chiqarilgan Razr telefonini qayta ishlab chiqaribdi. 2020-yil yanvardan $1499 narxda sotuvda. Telefon xuddi originaliga oʻxshab buklanar ham ekan!
https://youtu.be/IxSTFbL9ziw
Mening birinchi haqiqiy telefonim shu Razr boʻlgan. Dizayni oʻziga xos, alohida audiopleyeri iTunes orqali sinxronizatsiya boʻlardi. Shu telefon orqali Apple mahsulotlari bilan tanishishni boshlaganman. U paytda odamlar iTunes dasturida turli musiqalarni albomlarga yigʻish, ularga mos kaver (cover) rasmlar qoʻyish va pleylistlar tayyorlashni yoqtirishardi...
Nostalgiya!
The Verge nashridan taqriz: https://www.theverge.com/2019/11/13/20963294/motorola-razr-new-foldable-smartphone-android-hands-on-flip-phone-photos-video
#gadjetlar

2020-yilda chiqadigan Microsoft Flight Simulator oʻyinida landshaft va bulutlarning grafikasini ajoyib qilishibdi. Baʼzi kadrlar xuddi Google Mapsʼning koinotdan olingan fotolariga oʻxshaydi.
https://youtu.be/3U0wDwaPsSs
#oʻyinlar
https://youtu.be/3U0wDwaPsSs
#oʻyinlar
YouTube
Microsoft Flight Simulator - Official Gameplay Reveal Trailer | X019
Coming 2020, Microsoft Flight Simulator is the next generation of one of the most beloved simulation franchises. From light planes to wide-body jets, fly highly detailed and stunning aircraft in an incredibly realistic world. Create your flight plan and fly…
Aytgandek, Microsoft haqida gap ketganda: kompaniya oʻzining mahsulotlari uchun chiroyli videolar olishni oʻrganib olibdi. Qoyil!
Yammer: https://youtu.be/EtSM2F_LQGc
Microsoft Office yagona mobil ilova boʻlgani haqida: https://youtu.be/QDPzKA1v32o
Tasks: https://youtu.be/GApEgSszb34
The Verge ham yozyapti bu haqida: Microsoftʼning yangi videolari zerikarli dasturiy taʼminotni yana jozibali qilyapti
#microsoft

The new Yammer in Microsoft 365
The new Yammer. Completely redesigned with new capabilities that power leadership engagement, company-wide communication, and communities that delivers a beautiful, intelligent experience for both web and mobile. Deeper integrations connect Yammer to Microsoft…
Yoʻlda: Kanzas-Siti → Denver. Iyun 2016.
2016-yilda Kanzas-Siti shahridan Denver shahriga borishdagi taassurotlarimni yozdim. Boshida AQShdagi magistrallar tizimi haqida maʼlumot berilgan.
https://farhodjon.uz/travel/routes/2016/kc-denver/
#sayohat @FarLives 🌀

Farhodjon Chinberdiyev
Yoʻlda: Kanzas-Siti → Denver. Iyun 2016.
2016-yilning iyunida bir nechta tanishlarim bilan Kanzas-Sitidan Denver shahriga minivenda sayohat qildik. AQShning katta yoʻllariga birinchi marta chiqayotganim uchun baʼzi narsalar menga qiziq tuyuldi. Albatta, AQShda yoʻl safari (road trip) odamni zeriktirmaydi:…
Far·hod·jon
Yangi oʻzbek alifbosi uchun poster 2016-yilda hazilsifat qilib “yangi oʻzbek alifbosini” eʼlon qilgandim: abdefghijklmnopqrstuvxyz6g'w4ng Kuni kecha shu “alifbo” uchun poster qildim. Endi, u — tushunarliroq, kirillcha alifbo bilan solishtirsa boʻladi.…
Aytgandek, yangi oʻzbek alifbosi uchun qogʻoz poster ham chiqardim 😅
Ford 2020-2021-yildan boshlab xaridorlarga yuboriladigan elektr mashinasini taqdim qildi: Mustang Mach-E. Toʻliq zaryadlanganda oʻrtacha 482 kilometr yurarkan (300 milya). Narxi 43 895 dollardan boshlanadi. Ford ham elektr mashinalari bozoriga yaxshi kirib kelayotganiga xursandman.
The Vergeʼdan qisqacha taqriz: https://www.theverge.com/transportation/2019/11/17/20967565/ford-mustang-mach-e-electric-suv-specs-price-la-auto-show-2019
Salonning (interyer) old qismida katta 15,5 dyuym diagonalli ekran mavjud. Va interfeysi yoqdi:

The Verge
Ford’s Mustang Mach-E is an electric SUV with up to 300 miles of range
Starting at $43,895 and coming in late 2020
Inglizcha Vikipediyaning aytishicha, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni — forsiy. Oʻzbekcha Vikipediya Xorazmiyning millati haqida hech narsa demagan. Ruscha Vikipediya uni Oʻrta Osiyolik, deyapti.
Inglizcha Vikipediyaning muhokamalar arxivida (5 ta sahifadan iborat oʻziyam) rosa tortishuv ketgan shu mavzuda: https://en.wikipedia.org/wiki/Talk:Muhammad_ibn_Musa_al-Khwarizmi/Archive_1
Shunchaki, shanba uchun qiziq mutolaa.

Wikipedia
Al-Khwarizmi
9th-century Persian mathematician and astronomer
Har safar afisha.uz sayti orqali kinopremyeralarni qarab chiqayotganimda bir savol qiynaydi:
“Muhammad Termiziy” filmi, adashmasam, apreldan beri kinoteatrlarda qoʻyilyapti. Shu orada bir nechta milliardlab pul ishlagan Gollivud filmlari “kelib-ketdi”. Lekin bu film haligacha afishada: https://www.afisha.uz/movie/5060/
Nega? Men oʻtkazvorgan, lekin juda yaxshi filmmi bu?
#kino

Afisha.uz
Мухаммад Термизий Описание
Биография
Internetda chegirmalar
Imkoni boricha, har xil magazinlardagi mahsulotlarni ularning koʻrsatilgan narxidan kamroqqa sotib olishga harakat qilaman. Internet magazinlari va servislari ham bundan mustasno emas.
Masalan, AQShga borganimda Jimmy John's, Papa John's Pizza yoki Postmates kabi joylardan onlayn buyurtma berishda Google orqali bir tekshirvolaman: “papa johns promo code” kabi. Shu orqali oʻzining saytida koʻrsatilmagan chegirmalarni ham topish mumkin (quyida birinchi foto).
Yaqinda Displate saytidan Geraltning metal posterini sotib oldim (The Witcher 3 videooʻyinining qahramoni). “displate discount code” qidiruvi orqali topilgan kodni ishlatib shu posterni sotib olish uchun 9 dollar kam toʻladim.
Keyinroq qarasam, aynan shunaqa holatlarda foydalansa boʻladigan brauzer uchun tayyor kengaytma bor ekan: Honey. Biror saytga tashrif buyurilganda kengaytma avtomatik ravishda promo kod va chegirmalarni taklif qiladi. Qulay. Yaqinda shu kompaniyani Paypal 4 milliard (!) AQSh dollariga sotib oldi. Bunchalik qimmat kompaniya, deb oʻylamagandim.
Geralt esa devorimdan joy oldi (quyida ikkinchi foto).
#internet

Google
papa johns promo code - Google Search
Oʻzbekistonda mollar passport olsa, Rossiyada ular VR shlem oladi: https://meduza.io/shapito/2019/11/25/v-podmoskovie-korovam-vydali-vr-ochki-teper-zhivotnye-pasutsya-na-virtualnom-pole
Yaqinda Half-Life oʻynashini kutamiz.
Yaqinda Half-Life oʻynashini kutamiz.
National Geographic Travel Toshkent metrosi haqida:
https://www.instagram.com/p/B5mRjtkAeTC/?igshid=1p9b3rwq4qglh

Instagram
National Geographic Travel
Photo by Muhammed Muheisen @mmuheisen | The capital of Uzbekistan is home to one of the world’s most ornate subway systems. Many of the stations in Tashkent are decorated with mosaics and chandeliers. It is considered one of only two subway systems in operation…
Anton Ptushkin kanali
Bugun suhbat davomida Artermiy Lebedevning yangi video formatini muhokama qilgandik. Shu orada suhbatdoshim Anton Ptushkinning videolaridan xabardor emasligini bildim. Bir yoʻla kanalni va videolarni hamma bilan boʻlishmoqchiman.
Anton — teleboshlovchi. 2017-2018-yillarda Ukrainaning “Орёл и решка” koʻrsatuvini olib borgan. 2018-yildan esa sayohatlaridan qiziqarli epizodlar tayyorlayapti. Bemalol oila bilan maza qilib koʻrsa boʻladi.
Menga juda qiziq boʻlgan epizodlar:
- Yaponiya: https://youtu.be/Gb0TQ7VeApY
- Shveytsariya: https://youtu.be/YtZZ-hxz9TI
- Yangi Zelandiya: https://youtu.be/6ASD8gHrDeE
- Yevropadagi avtosayohati: https://youtu.be/7Usv7Fa-dUI
- Burning Man festivalidan: https://youtu.be/D-113xcG0xg
- va kruizdagi sayohat: https://youtu.be/H76pEfqywAc
Kanaliga bu yerda yozilamiz: https://www.youtube.com/channel/UClI9aidW3X044NeB4QS-yxw
#sayohat #youtube

Япония, которая взрывает мозг. Большой выпуск.
✅Заказать карту Тинькофф с бесплатным обслуживанием https://l.tinkoff.ru/blackcard
✅Искать дешевые билеты на Aviasales https://clck.ru/Fc5Gf
Подписаться на канал : http://bit.ly/Follow_Ptushkin
Music :
Blue Wednesday: https://bluewednesday.bandcamp.com…

Ingliz tilida audiokitoblar eshitishni xohlovchilar uchun Theory & Practice nashri rus tilida qiziq material tayyorlagan:
https://theoryandpractice.ru/posts/16143-s-irlandskim-ili-tekhasskim-aktsentom-putevoditel-po-audioknigam-na-angliyskom-yazyke
Masalan, marhum Alan Rikman oʻqigan The Return of the Native kitobidan parcha: https://youtu.be/sBS_TZ7ud9E
Yoki Jeremi Ayronsning ham ovozi va diksiyasi ajoyib (Lolita kitobi): https://youtu.be/inxiWyRZBdI
Qanday kitob oʻqishim haqida bu yerda yozganman: https://farhodjon.uz/blog/how-i-read-books/
#kitob

Theory & Practice
С ирландским или техасским акцентом: путеводитель по аудиокнигам на английском языке
Список чтецов и произведений от переводчицы Анастасии Завозовой.
Yandex.Xaritalar tahrirlovchisi (xalq xaritasi)
Yandex.Xaritalar servisi Oʻzbekistonda (ayniqsa, Toshkentda) juda yaxshi ishlayotganiga qaramay, unda kamchiliklar koʻp. Ayniqsa, mavzelar ichida va shaharlardan tashqariga chiqqanda. Bu kamchiliklardan nolib Yandex tuzatishini kutib oʻtirish ham notoʻgʻri. Xaritadagi kamchiliklarni tuzatish uchun Yandexʼning alohida servisi mavjud: Xalq xaritasi (ruschada Народная карта).
Yandexʼda hisobi bor boʻlgan odam (Yandex.Taksi ishlatayotgan hamma) shu xaritaga kirib turli notoʻgʻri maʼlumotlarni tuzatishi va yangi binolarni kiritib qoʻyishi mumkin. Va shu tuzatishlar 1-2 hafta ichida moderatorlar tomonidan koʻrib chiqiladi va asosiy xaritada chop etiladi.
Yaqinda turmush oʻrtogʻim Yandex.Taksi chaqirganda ilova mavze ichidagi yoʻl yopilganini bilmagan. Haydovchi biroz aylanib kelishiga toʻgʻri keldi. Shu kunning oʻzida men mavze ichidagi baʼzi kichik koʻchalarda oʻtish joylarini tuzatib chiqdim: qayerdadir faqat piyoda yoki velosiped bilan oʻtish mumkin, qayerdadir mashinalar toʻxtash joyi bor, qayerdadir Yandex.Xaritalarda koʻrsatilmagan magazin yoki bino mavjud. Bir hafta oʻtmasdan Yandex mening tuzatishlarim chop etilgani haqida email yozdi.
Asosiy xaritaga ham kompyuterdan, ham telefondan kirdim — rostdan ham tuzatishlar qabul qilingan. Endi haydovchilarni chalgʻitadigan yoʻllar kamaydi va atrofdagi kichik magazinlar xaritada.
Qancha koʻp odam xaritani tahrirlashda qatnashsa, u shuncha haqiqiylashib, toʻgʻrilanib boradi.
#internet @FarLives 🌀

Yandex
Yandex Map Editor
Map Editor is an editor for Yandex Maps that lets you create, edit, and correct maps based on satellite images and other data. Edits made in the Map Editor are incorporated into Yandex Maps.